Nazorat topshiriqlari:
1.So‘zning biror turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi, ma'lum bir grammatik kategoriyaga xosligini ifodalovchi ma'noni izohlang
2.So‘z turkumlarini ikkiga umumiy kategorial ma'noga ega va
umumiy kategorial ma'no ifodalaydigan so‘z turkumiga ajrating.
Ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, undov, taqlid va madal so‘zlar.
3.So‘z turkumlari ichki kategorial grammatik ma'nolarini ifodalovchi paradigmalarni sanab ko‘rsating.
Ot; Yordamchi so‘zlar;
Sifat; Undov so‘zlar;
Son; Madal so‘zlar;
Olmosh; Taqlid so‘zlar;
Fe'l;
Ravish;
2-reja bayoni
So‘z turkumlari tildagi so‘zlar ma'nolari, morfologik bilgilari va gapda bajaradigan vazifalariga ko‘ra ma'lum to‘dalarga guruhlanadi. So‘zlarning ma'lum grammatik ma'no, morfologik belgi va sintaktik vazifasiga qarab guruhlarga bo‘linishi so‘z turkumi deyiladi.
Har bir turkum o‘ziga xos grammatik ma'no anglatadi va shu grammatik ma'nolarni ifodalovchi grammatik shakllarga ega bo‘ladi. Jumladan, ot turkumi "predmetlik" ma'nosini (uy, bino, inson, do‘stlik, sevgi, istiqlol kabi) fe'l turkumi "harakat"ni (yoz, o‘qi, ishla, boshla, ichir kabi), sifat "belgi"ni (qizil, oq, yaxshi, odobli kabi), ravish holatni (tez, sekin, mo‘l, oz kabi) anglatadi. So‘z turkumlari ifodalayotgan bunday mavhum grammatik ma'nolar so‘zlarni turkumlarga ajratishda asosiy belgi hisoblanadi.
Hozirgi o‘zbek tilida so‘zlar umumiy kategorial ma'nosidan tashqari konkret narsa, belgi, harakat kabilarni ataydi, ya'ni mustaqil leksik ma'no tashiydi va gapda mustaqil gap bo‘lagi vazifasida kela oladi. Bunday so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga xos bosh belgi biror voqea- hodisa (predmet, belgi, harakat, miqdor) haqidagi tushunchalarni ifodalaydi, demak, lug‘aviy ma'no anglatadi. Ikkinchi, umumiy belgi gap bo‘lagi vazifasida kelishdir. Uchinchi juz'iy, lekin muhim belgi - so‘z yasash va shakl yasash va forma o‘zgartish xususiyatining mavjudligidir. Morfologik belgi (kategoriya)ga ega bo‘lishi barcha so‘z turkumlari uchun birdek xos emas. Masalan, ot va fe'l turkumidagi so‘zlar uchun har uchala hodisa - so‘z yasash, shakl yasash va so‘z o‘zgartish (turlanish va tuslanish) mavjud bo‘lsa, sifatlar uchun esa ikkitasi so‘z yasash va shakl yasash xos, ravishda asosan so‘z yasash qisman shakl yasash (daraja yasalishi) bor.
Xullas, mustaqil so‘zlar umumiy kategorial ma'nolariga ko‘ra quyidagi turkumlarga bo‘linadi: ot, sifat, son, olmosh, fe'l va ravish.
O‘zbek tilida umumiy kategorial ma'noga ega bo‘lmagan so‘zlarga ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalar kiradi. Bu guruhdagi so‘zlar mustaqil lug‘aviy ma'noga ega emasligi, gapda mustaqil gap bo‘lagi vazifasida kela olmasligi bilan xarakterlanadi. Ular gapda turli xil grammatik ma'nolarni ifodalaydi, xolos. Shunga ko‘ra bu so‘zlar yordamchi so‘zlar deb yuritiladi.
Yordamchi so‘zlarni umumiy vazifalariga ko‘ra 3 ga: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamalarga bo‘lib qaraladi.
Ko‘makchi - maqsad, sabab, vaqt, makon, vosita kabi modal ma'nolarni anglatadi: uchun tomon, orqali, maqsadida kabilar.
Bog‘lovchi - gaplar va gap bo‘laklarini bog‘lovchi, ular orasidagi turli grammatik aloqa_munosabatlarini ifodalashga xizmat qiladi: va chunki, shuning uchun kabilar.
Yuklama - so‘zga va gapga qo‘shimcha ma'no beruvchi so‘zlardir: axir, xuddi, -u, -yu, -ku, -mi, -chi kabilar.
Tilimizda so‘zlovchining gapda ifodalnayotgan fikrga, fikrning borliqqa munosabatini ko‘rsatadigan: balki, albatta, so‘zsiz, chamamda kabi so‘zlar guruhi borki, ularni bir guruhga jamlab modal so‘zlar deb yuritamiz. Modal so‘zlar tasdiq, ishonch, gumon, taxmin kabi modal ottenkalarni ifodalaydi.
Shuningdek, o‘zbek tilida turli - tuman xis-tuyg‘ularni, xitob, chaqiriq, undash kabi ma'nolarni ifodalovchi so‘zlar guruhi ham bor bo‘lib, ular undov so‘zlar deb yuritiladi. Undov so‘zlar lug‘aviy ma'no (nominativ ma'no)ga ega emasligi va yordamchi so‘zlarga xos vazifada kelmasligi bilan alohida guruh tashkil qiladi: ofarin, barakallo, eh, oh kabilar.
Borliqdagi jonli va jonsiz predmetlarning ixtiyoriy_ixtiyorsiz ravishda chiqargan tovushlari va ularning ko‘rinishi hamda holatiga taqlidni bildirgan taq -tuq, yilt - yilt, lov -lov, lip-lip kabi so‘zlar guruhi borki, ular taqlid so‘zlar deb yuritiladi. Shunday qilib tilimizda quyidagi so‘z turkumlari : ot, sifat, son, olmosh, fe'l va ravish (mustaqil so‘zlar), ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama (yordamchi so‘zlar), modal, undov, taqlid so‘zlar (alohida so‘zlar)ga bo‘linadi.
Quyida ularning har biri haqida alohida - alohida to‘xtalamiz.
So‘zlarni turkumlarga ajratishning boshqa me'zonlari ham bor. Bunda so‘zlar ma'nosiga ko‘ra quyidagilarga :nomlovchi (atovchi) so‘zlar,yordamchi so‘zlar,
3) ifodalovchi so‘zlar,4) ko‘rsatuvchi so‘zlarga bo‘linadi. Nomlovchi so‘zlarga mustaqilso‘zlar; yordamchi so‘zlarga bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklamalar kiradi; ifodalovchiso‘zlarga undov, taqlid va modal so‘zlar kiradi. Ko‘rsatuvchi so‘zlarga olmoshlar kiradi.
2. Morfologik jihatdan o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan so‘zlarga bo‘lish mumkin. O‘zgaradigan so‘zlarga: ot, sifat, son, olmosh, fe'l so‘zlar, o‘zgarmaydigan so‘zlarga ravishlar kiradi.
3. Sintaktik jihatdan gapda vazifa boshqaradigan va vazifa boshqarmaydiganso‘zlarga bo‘lish mumkin: vazifa bajaruvchilarga ot, sifat, olmosh, fe'l, ravish,taqlid va modal so‘zlar kirsa, bajarmaydiganlarga ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamava undov so‘zlar kiradi. Demak, so‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning turli tomonlari, xususiyatlari hisobga olinmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: |