Nazorat savol(topshiriq)lari:
1-topshiriq. Berilgan so‘zlarni tahlil etib, yasovchi asos (o‘zak), yasovchi vosita(affiks)ga ajrating.
Himoyachilarimiz, a’lochilardan, gulzorlarda, paxtakorlarning, sinfdoshlarga.
2-topshiriq. Berilgan so‘zlardagi yasovchi qo‘shimchalarning o‘zakka, tub yoki yasama so‘zga, so‘zning lug‘aviy shakliga qo‘shilib kelayotganini aniqlang.
Bog‘, bog‘bon, bog‘dor, bog‘dorchilik, bog‘li, bog‘liq, bog‘siz, bog‘bonlik, bog‘bonchilik.
1-topshiriq. O‘zakdosh yasalmalarda o‘zakning umumiy, affiksning xususiy, maxsus ma’no ifodalashini tushuntiring.
suv-chi > suvchi; sut-chi > sutchi; sinf-dosh > sinfdosh; ish-chan > ishchan; ish-li > ishli; arava-kash > aravakash; chuqur-lashtirish > chuqurlashtirish; ish-la > ishla.
2-topshiriq. Berilgan so‘zlarni "yasovchi > yasalma"lik munosabatidagi umumlashtiruvchi qism ("yasovchi asos")ini aniqlang. qishloqi, eroni, multoni, panjobi.
Namuna: qishloq-i > qishloqi: "qishloq" - yasovchi asos, "- i" yasovchi vosita, "qishloqi" - yasalma. Yasalmada ma’no xususiylashgan, ya’ni toraygan - "qishloqlik" kabi o‘rin - joyga xoslik ma’nosini ifodalayapti. Vaholanki, "qishloq" asosidan yana qator ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar yasash mumkin bo‘ladi: qishloq-dosh > qishloqdosh.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.M.Hamroyev,D.Muhamedova,D.Shodmonqulova,X.G‘ulomova,Sh.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. -300 bet.
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009-yil. -240 bet.
3.H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5.R.Yunusov. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
6.U. Tursunov, J. Muxtorov. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. «O‘zbekiston», Toshkent. 1992-yil.
7. Z. Masharipova.O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. T., 2008.
Dostları ilə paylaş: |