1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə45/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92
она тилидан қулланма

SO‘ROQ OLMOShLARI. Predmet, belgi, son haqida so‘roq bildiruvchi olmoshlari deyiladi: Kim? Nima? Kancha? kabilar. So‘roq olmoshlari yordamida so‘roq gaplar to‘ziladi. So‘roq olmoshlaridan kim? Shaxslar uchun, nima? Ne? Umuman predmetlar uchun qo‘llaniladi. So‘roq olmoshlari birlik va ko‘plik formada ishlatiladi. Kim?, - kimlar?, nima?, - nimalar? Har bir so‘roq olmoshi o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Kim? 1. Faqat shaxs haqida so‘roqni bildiradi. Egalik, kelishiliklar bilan turlana oladi: Kimning? Kimda? Kimim? Kimingiz?
Ko‘plik affiksini oladi. Bunda shaxslarni ajratib ko‘rsatadi, yoki yolgiz shaxsga xurmatni bildiradi: Kimlar keldi? (qanday odamlar ma'nosida) bu kishi kimlar?
Aniqlovchi bo‘lib kelmaydi va o‘zidan oldin sifatlovchi - aniqlovchi olmaydi.
Kim olmoshiga - sa, qo‘shilganda, so‘roqlikdan chikadi, otga aylanadi. Kimsa bormikan anga kurganda kulgu kelmadi (A. N.).
Ayrim vaqtda juftlashib kelib shaxslarning kimligini aniqlash uchun qo‘llanadi: Kim-kim keldi? Kim-kimlar so‘zlar?
Kim olmoshi gapda ko‘pincha ega, kesin, to‘ldiruvchi bo‘lib keladi: Kim keldi? Nima olmoshi predmet yoki voqealarga nisbatan so‘roqni bildiradi: Sizning nima dardingiz bor? (A. K.)
Nima olmoshi takrorlanib kelishi mumkin: nima-nima olding? Nima olmoshi so‘roq so‘z - gap bo‘lib keladi: Men ertaga ketaman.Nima?
Men ertaga ketaman deyapman.


JAMLASh - BELGILASh OLMOShLARI. Predmetning yig‘disini, to‘dasini bildirib ularni ayirib ta'kidlab ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra ularni ikki kichik gruppaga: jamlash va belgilash olmoshlarga ajratish mumkin. Birinchi gruppaga kiruvchi olmoshlar jamlashnigina ifodalasa, ikkinchi gruppaga kiruvchi olmoshlar esa predmetni kiman jamlash bilan birga ta'kidlab, aniqlab ham ko‘rsatadi.
1. Jamlash olmoshlariga hamma, bari, barcha, butun, yalpi so‘zlari kiradi.
Hamma olmoshi predmet va shaxslar to‘dasini ko‘rsatadi: Hammaning eti jimirlab ketdi (A. K.) Hamma olmoshi predmetlar belgisining jamini ko‘rsatib, gapda sifat xarakterida keladi: Bahorda o‘tkazilgan hamma nihollar ko‘karibdi.
X a m m a olmoshi uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z vazifasida keladi: Onam, opam, akam va men - h a m m a m i z dasturxon atrofida davra kurganmiz (O.).
B a r i , j a m i olmoshlari ham predmet va shaxslarning yigindisini ifodalaydi: Kizlarning b a r i s i shu erda. Kelganlarning j a m i s i un sakkizta.
B a r ch a olmoshi ko‘prok sifat harakterida qo‘llanib predmetning miqdoriga ko‘ra belgisini ifodalaydi: B a r ch a odamlar maydonga chiqdi.
B u t u n olmoshi ham miqdor ifodalaydi, lekin bu olmosh ifodalagan miqdor tushunchasi predmetga aloqador bo‘lmay, u haraktning miqdoriga ko‘ra belgisidir: Xali b u t u n qishloq uyquda. (U.).
Belgilash olmoshlaridan har so‘zi va uning bir qator so‘roq olmoshlari, shuningdek, narsa, bir kabi so‘zlar bilan qo‘shilishidan ham hosil bo‘ladi. Har olmoshi o‘zi yakka xolda qo‘llanib, predmetni sanab ko‘rsatish orqali uning belgisini ifodalaydi: Har qanaqa masala ko‘pchilikning rayiga xal etishi kerak. (A. K.)
Belgilash-jamlash olmoshlari tuzilishiga ko‘ra ikki xil: tub (har, hamma, bari, butun, yalpi kabilar) va qo‘shma so‘z xoldia (har qancha, har nima, har bir kabilar) bo‘ladi.
Belgilash-jamlash olmoshlari gapda ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi xol bo‘lib keladi.

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin