1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


- mavzu: OT. OTNING LEKSIK- GRAMMATIK XUSUSIYATLARI



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə15/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92
она тилидан қулланма

4- mavzu: OT. OTNING LEKSIK- GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Mavzu rejasi
  1. Ot va uning ma'no turlari.


  2. Atoqli va turdosh ot


  3. Yakka va to‘da ot




Mavzuga oid tayanch atama va iboralar; ot, predmetlik ma'nosi, otning sintaktik vazifasi, otning predmetlik- grammatik ma'nosi, otning ma'no turlari, atoqli va turdosh otlar, kishi va narsa otlari, sanaladigan va sanalmaydigan otlar, aniq va mavhum otlar, yakka va to‘da otlar, modda otlari, otlarda son kategoriyasi, grammatik va logik son, birlik va ko‘plik shaklga ega otlar, faqat birlik shaklga ega otlar, otning egalik kategoriyasi, kelishik kategoriyasi, otning funktsional shakllari.
Predmetlik ma'nosini anglatib, son, egalik, kelishik kabi grammatik kategoriyalarga, turli ma'no va vazifa uchun qo‘llanuvchi funktsional formalarga, shuningdek, o‘ziga xos so‘z yasalishi sistemasiga ega so‘zlar ot deb yuritiladi.
Ot morfologiyada katta o‘rin tutadi, chunki boshqa so‘z turkumlari otning belgi xususiyatlarini ko‘rsatadi. Jumladan, sifat otning belgisini, son miqdori va tartibini, fe'l harakatini bildiradi: katta bino, 3 – kurs, unta kitob, kitobni o‘qimoq kabi.
Ot so‘zning kim, nima, qaer olmoshlari balan munosabatdor bo‘lishi, ya'ni gapda mutloq bosh bo‘lak vazifasida kelishi ham uning muhim grammatik xususiyati hisoblanadi.
Predmetlik grammatik ma'nosini ifodalash bu logik tushuncha bo‘lmay, grammatik hodisadir. Chunki bir-biridan ancha uzoq bo‘lgan bir qancha tushunchani ifodalovchi so‘zlar, masalan, inson, sigir, chumoli kabi tirik mavjudotlarni ifodalovchi , quyosh, osmon, tog‘, suv kabi ob'ektiv borliqqa xos hodisalarni: paxta, sholi, bugdoy kabi usimliklarni, haratat, bilim kabi fikrda predmetdek tasavvur qilinadigan hodisa, xususiyat, munosabatlarni ifodalovchi tushunchalar, shuningdek, tepalik, pastlik, Guliston, Sirdaryo kabi o‘rin-joy otlarining barchasi predmetlik grammatik ma'nosini ifodalab, xilma-xil logik tushunchalarni bitta grammatik ma'no atrofida umumlashtirib turadi. Demak, grammatik umumlashtirish logik umumlashtirishdan kengdir.
Otlarning ma'noga ko‘ra turlari. Otlarni ma'nosiga ko‘ra turlicha tasnif qilish mumkin: bunda otlarning grammatik xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi semantik belgilar asosga olinadi:
bir turdagi predmetlarning umumiy nomini yoki birinchi nomini bildirishga ko‘ra (atoqli va turdosh otlar),kim yoki nima olmoshlariga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra (atoqli va turdosh otlar)sanalish va sanalmasligiga ko‘ra (sanaladigan: daftar, qalam; sanalmaydigan: havo, bulut, un, qum, tuproq kabi).

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin