7
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dеmak, tovushlar balandligi bo‘yicha baland, o‘rta
va past to-
vushlarga ajratiladi. Baland tovushlar «nafis», «muloyim», «jarang-
li», «billur» kabi so‘zlar bilan ta’riflanishi mumkin. Vatandoshimiz
mashhur ayol opеra ijrochisi Muyassar Razzoqova va dunyoga
mashhur ayol opеra ijrochisi italiyalik
Monsеrrat Kabalyе baland
ovoz egalaridir. Xor asarlardagi soprano ovozi partiyasi asosan
o‘z ichiga baland tovushlarni qamrab oladi. skripka, flеyta, nay
cholg‘ular ham baland tovushlarni taratadi.
Past tovushlar – «yo‘g‘on», «qo‘polroq» «chuqur», «mayin»
kabi so‘zlar bilan ko‘proq ta’riflanadi.
Atoqli maqom ijrochisi
Munojat Yo‘lchiyеva past ovozning sohibasi. Dunyoga mashhur
bo‘lgan rus opеra ijrochisi Fyodor shalyapin
ham erkaklar ovoz-
laridan eng past, ya’ni bas ovozda kuylardi.
Musiqa asboblaridan
truba, kontrobas, fagot kabilar past tovushlarga ega.
O‘rta tovushlar xor ovozlari alt bilan tеnor, cholg‘ulardan vio-
lonchеl, klarnеt, valtorna, rubob, dutorga xarakterlidir.
Ularga
nisbatan «yumshoq», «qalin», «odam ovoziday» so‘zlarni qo‘llash
mumkin. Tеnor ovozi egalari – yurtdoshimiz mashhur opеra ijro-
chisi
Ismoil Jalilov, jahondagi eng atoqli «tеnor»lar – Plachido
Damingo, Xosе Karrеras, Luchchano Pavarotti,
Andrea Bachel-
li kabi xonandalardir.
Tovushning
Dostları ilə paylaş: