Baravarlashtirilgan musobaqalar tayyorgarligi har xil bo`lgan
jamoalar
orasida o`tkaziladi. Jamoalarning qiziqishini saqlab qolish uchun kuchsizrok
jamoaga oldindan yoki uchrashuv tamom bo`lgandan so`ng qo`shimcha
ochkolar
beriladi.
Klassifikatsiya musobaqalari jamoalarning (o`yinchilarning) tayyorgarligini
aniqlash, sport klassifikasiyasining razryad talablarini bajarish maqsadida
o`tkaziladi.
Saralash musobaqalari tayyorgarligi eng yaxshi jamoalarni (o`yinchilarni)
aniqlab, keyingi yirik musobaqalarda qatnashtirish uchun o`tkaziladi.
Match uchrashuvlari musobaqalar kalendarida ko`zda tutilgan va an’anaviy
hisoblanadi. Uchrashuvlarda ikki va undan ortiq jamoalar qatnashishi mumkin.
Musobaqalarning bunday turlari alohida shaharlar, viloyatlar hamda chet davlatlar
orasida do`stlik munosabatlarining rivojlanishiga yordam beradi.
O`rtoqlik uchrashuvlari bo`lajak musobaqalarga
va sport trenirovkasining
ba’zi bir bo`limlari bo`yicha tayyorgarlikni aniqlash maqsadida ayrim jamoalar
o`rtasida o`tkaziladi.
Musobaqa o`tkazish sistemalari
Musobaqa paytida hamma jamoalarga g`g`alaba
uchun kurashishga bir xil
sharoit yaratib berish va g`oliblarni haqiqiy natijalar asosida aniqlash kerak.
Musobaqalarni o`tkazish sistemalari har xil bo`lishi mumkin. Lekin u yoki bu
sistemalarni tanlashda quyidagi sharoitlarni hisobga olish lozim:
a) musobaqa oldida turgan vazifalarni ;
b) musobaqa o`tkazish sharoitlarini;
b) qatnashuvchi jamoalarning sonini;
g) o`tkazilayotgan musobaqaning turlarini;
d) qatnashuvchilarning sport tayyorgarligi va ishlab chiqarishda bandligini;
ye) musobaqa o`tkazish joylarining bandligi, soni va hududiy joylashuvini.
Umuman olganda sport o`yinlari musobaqalarini O`tkazish amaliyotida asosan
ikkita (chiqib ketish va aylanma) sistema qo`llaniladi.
Bu ikki sistemaning qo`shqilish i natijasida uchinchi – aralash sistema paydo
bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: