1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)
16-17 mavzu. Ruhiy kasalliklarning umumiy ta’rifi. Asosiy psixopatologik simptomlar va sindromlari. Reja:
1. ruhiy kasalliklarga umumiy ta’rif. 2. Psihopatologik sindromlar ko’rinishlari. 3. Psihopatologik simptomlar ko’rinishlari. Tayanch so’zlar va iboralar: nevot Nevrotik sindromlar. Nevrotik sindromlarga nevrastenik (astenik), isterik va absessiv (yopishqoq, holatlar) sindromlar ta'luqlidir. Nevrastenik (astenik) sindromlar-o‘ta charchash holatidir, tez jahli chiqish va beqaror kayfiyat vegetativ alomatlar bilan qo‘shiladi va uyqusi buziladi. O‘ta charchash holati asteniyada ishning mahsuldorligini kamayishi bilan, ayniqsa aqliy mehnatni va hofizot kuchini eslash qobiliyatini pasayishi kuzatiladi, o‘z-o‘zini oson qo‘lga olishi susayadi, ta'sirchan, sabrsiz: tutoquvchan bo‘lib qoladi, kayfiyat ezilganlik holatidan – havotir, yig‘i-sig‘igacha o‘zgarib turadi. Uyqusi yuzaki, havotirli tushlar ko‘radi, tez-tez uyg‘onadi, kunduzi mudrab yuradi. Ko‘pincha giperesteziya kuzatiladi yorug‘ chiroqni, o‘tkir hid, baland tovushlarni ko‘tara olmaydi. Bemorlar bosh og‘rigadan, hayotiy jarayonlarda va aqliy mehnatda uning kuchayishidan shikoyat qiladilar. Nevrasteniyaga hamma vaqt vegetativ o‘zgarishlar hamrox bo‘ladi. Ko‘pincha yurak-qon tomirlar tizimi tomonidan faoliyat o‘zgarishlari (qon bosimining tebranishi, taxikardiya, pul'sning o‘ynovchanligi, yurak sohasida nohush sezgilar, badani me'yor haroratda bo‘lsa ham isib yoki sovib ketishi, kuchli ter ajratishi va boshqalar) kuzatiladi. Dispepsiya holatlari ham (ich surishi, kabziyat, yel hosil bo‘lishining ko‘payishi, ishtahaning pasayishi, vaznini yo‘qotishi, tushlarining o‘zgarishi) kuzatiladi. Erkaklarda ko‘pincha jinsiy mayl susayadi, ayollarda hayz buzilib,jinsiy sovuqlik paydo bo‘ladi. Agar nevrasteniya ko‘rinishida tutoqib ketish, ta'sirchanlik, sabrsizlik, ichki kuchlanish, o‘zini tutib turolmaslik g‘olib kelsa, giperstenik nevrastenik deyiladi. Boshqa holatda ko‘p charchashlik, yalqovlanish, ish qobiliyatining pasayishi, ish mahsuldorligini kamayishi kuzatilsa, gipostenik nevrasteniya deyiladi. Nevrastenik (astenik) sindromdako‘pincha ruxiyati o‘zgaradi. Psixogen hosil bo‘lgan nevrasteniyalarda zaharlanishlardan, bosh miyaning organik kasalliklaridan tuzalayotganida uchraydi.
Isterik sindrom. Ruhiy, vegetativ harakat va sezgi buzilishlarining alomatlari majmuasidan iboratdir.
Hissiyotlarni kuchli namoyon qiluvchi, tez o‘zgaruvchan simpatiya va antipatiya, mimika, namoyishkorona harakatlar, sun'iylik kuzatiladi. Nutq obrazli, aytilayotgan faktlar oshirib ko‘rsatiladi, ko‘pincha o‘ylab chiqarilgan bo‘ladi (hoxish hakikatga aylantirib gapiriladi). Bemorlar ishonuvchan va o‘z-o‘zini ishontiruvchan bo‘ladi. Ko‘pincha ko‘zg‘aluvchanlik qichqirik, yig‘isig‘i, qo‘llarini shaqillatish, yuzni u yoki bu guruh mushaklari qichishi va butun tananing diffuz titrashi, kiyimlarni yirtishi, sochlarini yulishi, o‘zidan ketishi, tutqanoqlar kuzatiladi. Shu bilan birga shunday ruhiy alohidaliklar bilan birga turlicha tabiati bo‘yicha faoliyat buzilishlari: harakat parezi, oyoqqo‘llarning falaji, giperkinez, anesteziyalar, giperesteziyalar, ko‘rlik, karlik, soqovlik, mutizm va boshqalar aniqlanishi mumkin. Isterik sindrom isterik nevrozda, shaxsning isterik taraqqiyotida isterik psixopatiyalar, ba'zan endogen psixozlarda
(shizofreniyada), ekzogen organik kasalliklarda kuzatiladi.
Ipoxondrik sindrom. Kasal bo‘lib qolish haqida qattiq havotirlanish bilan namoyon bo‘ladi. Bemor har xil hissiyotlarga o‘z hayolini jalb etadi (senestopatiya). Bemorlarning fe'l-atvorida o‘z sog‘lig‘iga o‘ta diqqat-e'tibor qilishi ko‘zga tashlanadi, bemorlar tushkunlikka tushgan, havotirlanadigan bo‘lib qoladi, turli mutaxassislarga murojaat qiladi, o‘zini ko‘p tekshirtiradi. Shunga o‘xshash sindrom og‘ir kasalliklardan tuzalish davrida, xususan shizofreniyada, sirkulyar depressiyada, bosh miyaning ekzogen organik shikastlanishlarida bo‘lishi mumkin. Ipoxondrik sindrom paydo bo‘lishi ruhiy tabiatga bog‘liq bo‘lib, ruhiy kechinmalardan natijasida bo‘lishi mumkin.
Psixopatiya sindromi. Hayajon – iroda, xohish doirasida ruhiy disgarmoniya sifatida namoyon bo‘ladi. Intellektualmnestik faoliyat saqlangan holda shaxsiyatning patologiyasi bo‘lib tashqi taassurotga muvofiq bo‘lmagan reaksiyalardir. Psixopatik sindromlar irsiy kelib chiqqan bo‘lib, tug‘ma yoki ruhiy ta'ssurot va shunga o‘xshash holatlarda (psixopatizasiya) shizofreniyada, bosh miyaning somatik kasalliklarida paydo bo‘lishi mumkin. Psixopatik sindrom ko‘rinishlari psixopatiyalarning klinik shakllariga astenik, psixoastenik, shizoid, yengil ko‘zg‘aluvchan, paronoyal, isterik va hokazolarga mos ko‘rinishda bo‘ladi.
Affektiv sindrom. Affektiv (emosional) sindromlar - kayfiyat muallaq shaklda depressiya va maniakal sindromlarko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ularning har biri o‘ziga xos uchta simptomlar yig‘indisidan iborat. Depressiv sindrom (depressiya, melanxoliya). Tushkunlik kayfiyatidan, tafakkur susayishidan va harakatning sekinlashuvidan iborat (depressiv uchlik). Bemorlar ezilib, qiynalib g‘am chekadilar, ularda ko‘pincha ruhiy ezilish bilan birga yurak sohasida og‘irlik ham seziladi. Oshqozon-ichak yo‘llari faoliyatining buzilishi – ishtahaning susayishi, qabziyat, og‘riqlar, meteorizm hamda diensefal sindrom va bronxial spazmlar, badanning turli xil qismlarida og‘riklar (tish og‘riga, bosh og‘riga, bel og‘riga va xokazolar). Juda ko‘p hollarda uyqu buzilishi, uyqusizlik, endokrin buzilishlar, erkaklarda impotensiya kuzatiladi. Shunday bemorlar tekshirilganda organik o‘zgarishlar kuzatilmaydi, xatto ular o‘zlarini uzoq vaqt somatik va nevrologik kasal deb yuradilar va ularga karshi uzoq vaqt natijasiz davolanadilar. Depressiv holatlar o‘ziga xos shaklda maniakal-depressiv psixozlarda kuzatiladi hamda ular nevrozlar, barcha ruhiy kasalliklar uchun xos bo‘lib, ruhiy bemorlik belgilari shakllanishida ishtirok etadi. Maniakal sindrom (maniya) psixopatologik jihatdan uchta
alomat bilan namoyon bo‘ladi. Yuqori ko‘tarinki kayfiyat. Fikrlashning tezlashuvi.
Harakat faolligi.Maniakal bemorlar quvnoq bo‘ladilar, g‘am-tashvish qilmaydilar, tez aloqaga kirishadilar, ular tez-tez, qattiq, ko‘pincha to‘xtamasdan gapiradilar. Har qanday tashqi ta'sirlarga beriladi. Bemorlar ortiqcha quvvat sezadilar, doimiy nima bilandir band bo‘lishni hoxlaydilar, faoliyat ko‘rsatishga harakat qiladilar, eslash o‘tkirlashgan (gipermneziya simptomi), she'r o‘qiydilar, ko‘pincha o‘zlari she'r to‘qiydilar, ashula aytadilar, raqsga tushadilar, seksual tormozlangan bo‘ladilar, ishtahalari juda ochilgan bo‘ladi. Maniakal sindrom uchun o‘z shaxsiyatini ortiqcha baholash, imkoniga ortiqcha baho berish, manmanlik, boylik vasvasasigacha borish, bemor o‘zlarini mashhur qo‘mondon, aktyor, shoir, badavlat odamlar deb hisoblaydilar. Maniakal holat bir qator hollarda ta'sirchanlik, g‘azab bilan kuzatiladi – g‘azabli maniya yanada murakkab maniyalar ko‘rinishida qayd kilinadi: maniakal affekt o‘tkir hissiy kuzatish vasvasasi bilan qo‘shiladi
maniakal vasvasa sindromiga gallyusinasiyalar qo‘shilganda maniakal gallyusinator vasvasa sindromi paydo buladi. Maniakal
sindrom maniakal depressiv psixoz uchun xos bo‘lib, yana shizofreniyada, bosh miyaning organik o‘zgarishlarida, yuqumli kasalliklarda uchraydi.
Gallyusinator-vasvasa (paranoe) sindromlar. Gallyusinozshunday holatning klinik ko‘rinishida to‘xtovsiz, ya'ni ketma-ket gallyusinasiyalardan iborat bo‘lib, bemorlarning aqli va ongi aniq bo‘lib, o‘ziga-o‘zi tanqidiy qarashi saqlangan bo‘ladi. Bu sindromni birinchi marta 1885 y. V.X.Kandinskiy yozgan. Klerambo (1920, 1926) ishlarida bu sindrom tasniflanadi. Ruhiy avtomatizmning uch turi farqlanadi. Assosiativ avtomatizm (ideator) fikrlarning nasliy tezlashuvi yoki sekinlashuvidan iborat bo‘lib, tasodifan bemor tafakkuri to‘xtab boshiga begona fikrlarning kirishi, uning fikrlarini o‘qishi, boshqarishi, ihtiyorsiz obrazlarning toshib kelishi-mentizm, o‘zgalarning yasalgan, tuzilgan fikrlarini olib ko‘yish, zo‘rlab bemorni ko‘pincha eng intim (ochiqlik belgisi) fikrlarini o‘qish, xususiyyoki yasalgan fikrlarning jaranglashi (fikrlar aks-sadosi)kuzatiladi. Hayoliy, tovushsiz gaplashishlar, telepatik fikran aloqalar, fikrlarni uzatish, bemorning o‘zini kuzatib yurganlar bilan dialog sifatida muloqoti, assosiativ avtomatizm murakkablashuvi: ko‘pincha bunday gaplashish nohush va bemor uchun qiynoqlidir, ular depressiv affekt bilan kuzatiladi. Bunday buzilish, akustik (tovush) komponentidan ajralgan bo‘lib, ruhiy gallyusinasiya atamasi bilan belgilanadi. Ruhiy gallyusinasiyalar akustik komponent bilan murakkablashuvi, tovush hosil bo‘lishi «ichki» hissiyotga aylanishi, eshituv psevdogallyusinasiyasi paydo bo‘lganligi hakida darak beradi. Eshituv bilan birga ko‘ruv va boshqa psevdogal-lyusinasiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Psevdogallyusinasiyalar Kandinskiy – Klerambo sindromining asosiy buzilishlaridir.
Sensor avtomatizm (senestopatik). Ayni maqsadda, tashqi ta'sirdan bo‘layapti deb bemorlar o‘ylaydigan jismoniy ta'sir, vasvasa deb nomlanuvchi, asosan ichki a'zolarda turli-tuman noxush, og‘ir og‘riqlardan iborat holat namoyon bo‘ladi. Bemorlar ularning orqasidan kuzatib yuruvchilar maxsus ravishda ularda bosish, cho‘zish, kuydirish, sovuq jinsiy kuzalish, ishtahani buzish deb bo‘lmaydigan narsalarni yedirish, kabziyat yoki ich surishini chaqirish, zahar tanglik holatini chaqirish hollarini bajaradilar.
Motor (harakat, kinerpik) avtomatizma. Bemorda shunday ishonch hosil bo‘ladiki, u «tashqi kuch» ta'sirida harakati va faoliyatining boshqarishini yo‘qotib qo‘yayotganidek tuyuladi. Ular tashqi ta'sir ostida, boshqaning hoxishiga ko‘ra qo‘llari ko‘tariladi, kallalari buriladi, chopishga majbur bo‘ladi yoki ba'zida teskarisini, harakatsiz jim turishga va hokazolarga majbur qilinadi deb ishonadilar. Bunga, nutq harakati psevdogallyusinasiyasi, yasalgan nutq akti, lab va tillarning buyurilgan harakati, majburlab, zo‘rlab, eshitarli qilib so‘z va gapni gapirish (boshida-hayolan) ham kiradi (Segla, 1895, 1914). Ruhiy avtomatizmning barcha turlari tizimlashgan kuzatib yurish va ta'ssurot vasvasalari bilan birga kuzatiladi. Ruhiy avtomatizm sindromi shizofreniyada, epidemik ensefalitda, ruhiy tutkanoqda uchraydi. Uning o‘tkir shakli jarohat, alkogol, tomirli va boshka psixozlar uchun xosdir.
Harakat buzilishi sindromlari. Harakat sindromlari stupor (harakatsizlik) quzg‘alish yoki ularning almashinishi bilan namoyon bo‘ladi. Stupor-psixomotor faoliyatning turli tomonlarini motorikasi (harakatini), fikrlashni va nutqning tormozlanish shaklidagi ruhiy patologik buzilishlaridir. Bemorlar stupor holatida uzoq vaqt o‘tirgan, yotgan yoki turgan holda harakatsiz qoladilar.
Savollarga javob bermaydi-mutizm, atrofda bo‘layotganlarga e'tibor bermaydi, hech narsa so‘ramaydi, ovqat yemaydi, yuvintirish,
kiyintirish, ovqatlantirishlarga qarshilik ko‘rsatadi, tibbiy muolaja ishlariga yomon nazar bilan qaraydi.
Ruhiy patologik buzilishlarga bog‘liq bo‘lgan holda stuporga va nozologik mansubligiga, stuporning hosil bo‘lishiga qarab uning quyidagi shakllari farqlanadi:
Katatonik
Psixogen
Depressiv
Gallyusinator
Alkogolli
Apatik
Epileptik
Maniakal
Ko‘pincha katatonik va psixogen stupor uchraydi. Nutq harakati psixomotor) qo‘zg‘alishi ruhiy xastalik holati bo‘lib, ruhiy faoliyatning turli tomonlarini, birinchi navbatda nutqni: fikrlash, motorika (harakat)ning tezlashuvi va kuchayishidan iboratdir.
Nutq harakati ko‘zg‘alganda bemorlarning nutqi, harakati va faoliyati tezlashadi, mimikasi va ifodasi jonlanadi, turli harakatlarni bajaradi. Bemorlar nafakat qattiq gapiradi, balki qichqiradi, harakatlari bo‘linuvchan va tez-tez bo‘ladi, faoliyati va
ahloq-odobi329.09betartib va mazmunsiz bo‘ladi. Qo‘zg‘alish kuchaygan sari-nutqi bog‘liqsiz, alohida-alohida so‘zlardan, oddiy
tovushlardan iborat bo‘lib qoladi. Harakat qo‘zg‘alishi impul'siv, betartib, mazmunsiz bo‘ladi, ba'zida ular hayvonlarga taqlid qilib qichqiradilar, akillaydilar, to‘rt oyoqlab yuradilar va hokazo (regress belgilari paydo bo‘ladi).
Psixomotor qo‘zg‘alish nisbatan kamroq, hollarda bir o‘zi klinik ko‘rinishni tashkil etadi. Odatda u turli ruhiy patologik buzilishlar: affektiv, vasvasa, gallyusinator, onganing xiralashuv holatlari, aqlsizlik bilan qo‘shiladi. Shuning uchun ruhiy motor qo‘zg‘alishning tavsifini aniqlaganda qaysi bir ruhiy patologik holat tarkibida paydo bo‘lishiga qarab ixtisoslashtiriladi.
Katatonik sindrom (katatoniya). Ikki qarama-qarshi buzilishlardan-katatonik stupor va katatonik ko‘zg‘alishdan iborat. «Katatoniya» atamasi va uning klinik ko‘rinishi Kal'baum (1863, 1874) tomonidan tasvirlangan. Katatonik stuporharakatsizlik va mutizm (jimlik) bilan namoyon bo‘ladi. Bemorlar stupor holatda harakatsizdirlar, uzoq vaqt (soatlar, kunlar) o‘tiradilar, yotadilar yoki holatini o‘zgartirmasdan turadilar.
Savollarga javob bermaydilar (mutizm). Ko‘pincha, ular mustaqil ovqatlanmaydilar, ularni kiyintirishda, ovqatlantirganda qarshilik ko‘rsatadilar, tibbiy muolaja tadbirlariga salbiy nuqtai nazardan qaraydilar. Bunday kasallar shifokorning murojatiga yuzini qarama-qarshi tomonga burib oladi, ko‘zingni
ko‘ray desa qovog‘ini yumib oladi. Bunday salbiy harakat faol bo‘lib, passiv negativizmga qarama-qarshidir. Passiv salbiy negativizmda bemorlar qarshilik ko‘rsatmasalarda qilgin degan taklifni bajarmaydilar. Katatonik stupor ko‘rinishida mushak
tonusining oshishi kuzatiladi. Stuporda bemorlar doimo, hamisha
embrional holatda yotadilar, yonboshlagan holda, tik turgan bo‘lsa,
boshi egilgan holda, qo‘llari yonida bo‘ladi, o‘tirgan bo‘lsa oyog‘i bukilgan holda va ba'zan bemorlar ustilariga xalat yoki choyshabni
yopib yuzlarini ochib o‘tiradilar kapushon simptomi (1936).
Ko‘pincha ―xartum‖ simptomi bo‘ladi-lablarini chuchchaytirib, xavo yostig‘ida (Dyure simptomi), boshi yostiqdan ko‘tarilgan holda soatlab va undan uzoqroq ham yotadi. Katatonik stupor undan tashqari katalepsiya bilan kuzatiladi. Mum egiluvchanligi bilan, bemorga qimirlamay yotgan holatiga qanday holat bersangiz qo‘lini
ko‘tarib, oyog‘ini ko‘tarib, boshini boshqa tomonga bursangiz o‘shanday holda uzoq, vaqt qoladi. Substupor holat harakat tormozlanishi bilan kuzatilsada, stupor darajasiga yetib bormaydi. Katatonik qo‘zg‘alish stuporni almashtirishi mumkin yoki stuporsiz o‘zi rivojlanishi mumkin. Katatonik qo‘zg‘alishda bemor sergap bo‘lib ketadi, doimo bir xil stereotip uzluksiz harakat qiladi – qiliqlari tabiiy emas, ma'nosiz, ketma-ket emas, birdan yoki ko‘pincha o‘xshash harakat, atrofdagalarning harakat holatlarini qaytaradi, exopraksiya. Qo‘zg‘alish kuchaygan sari nutq
bog‘lanmagan, bemorlar bir so‘zni va so‘zlar yig‘indisini qaytaraveradi-exolaliya, nutq sirpanishi, sirpanchiq nutq.
Qo‘zg‘alishning cho‘qqisida bemorlar negativ holatga moyil bo‘ladilar, impul'siv holatda bo‘ladilar-birdan chala boshlaydilar, qo‘lga tushganini sindira boshlaydilar, odamlarga hujum qiladilar, kiyimlarini yirta boshlaydilar, o‘zini-o‘zi jarohatlaydi, hamma narsaga qarshilik ko‘rsatadilar. Katatonik qo‘zg‘alish turli affektiv qo‘zg‘alishlar – ekstaz, jahl, g‘azab, vaqti-
vaqti bilan sukut va befarqlik bilan kuzatiladi.
Katatonik sindrom ko‘pgina ruhiy kasalliklardan shizofreniyaga, ekzogenorganik psixozlarga va tutqanoqqa xosdir.
Geberfrenik sindrom-harakat va nutq qo‘zg‘alishlari esa pastlik va o‘zgaruvchan affekta bilan qo‘shiladi. Quvonch, masharabozlik va noo‘rin, ko‘pincha qo‘pol, erotik mazmundagi kasallarning hazillariga hech kim atrofda kulmaydi. Bemorlar aniqlashga harakat qilib so‘roqlaydilar, aftini burishtiradilar, qiyshanglaydilar, umboloq oshadilar, so‘kinadilar, o‘zini ahmoqona tutishi, hulq odobi – impul'siv antisosial ishlar bilan kuzatiladi. Geberfrenik sindrom tarkibida katatonik simptomlar (katatonik-geberfrenik sindrom) hosil bo‘lishi mumkin, kamroq holda – muallaq bo‘lmagan gallyusinator va vasvasa
buzilishlar uchraydi. Geberfrenik sindrom ko‘pincha yoshlarda shizofreniyada, kamroq, yoshlarda shizofreniyada, kamroq holda ekzogen organik psixozlarda (jarohat, zaharlanish) uchraydi.
Ong buzilishi sindromlari. Ong buzilishining boshlanishida quyidagi sindromlar farqlanadi. Ongning garang bo‘lish holatini uch darajasi farqlanadi. Qisqa vaqt davom etuvchi ongning garangligi obnubulyasiya (yunoncha nubisbulut) deyiladi. Bunda tashqi taassurotni qabul kilish bir oz qiyinlashadi, ong xuddi bulut yoki tugun bilan o‘ralgandek bo‘lib turadi.
Garanglik-ongning sezilarli darajada buzilishi tashqi taassurot-larni qabul qilish chegarasi qisqaradi. Bemorlar savollarga qiyinchilik bilan javob beradi, qiynaladi, to‘xtab-to‘xtab gapiradi, ko‘pincha gapirmay jim o‘tiradi, o‘rnida yotadi, bo‘shashgan bo‘ladi, harakatlari sekinlashgan, atrofdagi voqealarga farqsiz bo‘lib qoladi. Og‘riq taassurotiga javob reaksiyasi susaygandir. Ongning buzilishi yanada rivojlansa garanglik–soporoz yoki komatoz holatga o‘tadi.
Sopor – ong (es-xushni) buzilishining chukurroq darajasi bo‘lib, bemor atrofga va o‘z shaxsiga mo‘ljali to‘la yo‘qoladi. Bemorlar go‘yoki uxlayotgandek ko‘zini yumib yotadi, shartsiz (qorachik, korneal paylar, yutish) reflekslari saqlanib qoladi.
Koma (komatoz holat)-ongning (es-xushning) to‘la yo‘qolishi, xar kanday muljalning to‘la yo‘qligi bilan, ichki a'zolar faoliyatining buzilishi bilan tavsiflanadi. Sopordan farqli ularoq komada tashqi taassurotga javob to‘la yo‘qoladi. Organizm barcha faoliyatlarining keskin susayishi fonida yutish, kichik chanoq a'zolarining faoliyati buziladi, nafas aritmiyasi, kollaptoid holat, ruhiy motor qo‘zg‘alish, tutqanoqsimon harakatlar, stuporlar paydo bo‘ladi. Sopor va koma organizmning nerv yoki somatik kasalligidan darak beradi. Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar (alkogol, narkomanlik, toksikomaniya, sanoatda, qishloq xo‘jalik va boshqa zaharlanishlarda), modda almashinuvining buzilishlarida (uremiya, diabet), jigar yetishmovchiligida, bosh-miya jarohatlarida, miya o‘smalarida bosh miya tomirlarining boshqa organik kasalliklarida uchraydi.
Delirioz holat (deliriy). (yunoncha deliriumaqlsiz, ongning qorong‘ilashuvi ko‘p uchraydigan shakldir.
Deliriy – ongning o‘tkir paydo bo‘ladigan buzilishi bo‘lib, sahnalashtirilgan, aniq, ko‘pincha qo‘rqituvchi, asosan ko‘ruv hamda eshituv va sezuv gallyusinasiyalari bo‘lib, sezilarli qo‘zg‘alish va qo‘rquv sezgilari bilan davom etadi. Bemorning ong, es-hushi buzilgan, o‘z shaxsini to‘g‘ri anglasada makon va zamonga mo‘ljali to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bemorlar gallyusinator obrazlariga faol javob beradi. Ular qo‘rqinchliklardan, hujum qilayotgan ajoyibotlardan o‘zlarini himoya qiladilar, ba'zan ko‘ringan narsalarga hujum qiladilar, ba'zan qo‘rqib bezorilardan qochib ketadilar, hayvon, hasharotlardan himoyalanish uchun ham qochadilar yoki quloqlarini berkitib oladilar. Buyruqona qo‘rqituv qat'iyligi doimiy emas. Deliriy odatda aniq ongli, es-hushli kunlar bilan bo‘linib turadi. Kechga yaqin va kechasi deliriy kuchayadi. Yozilgan tipik deliriydan tashqari, ongning atipik delirioz buzilishlari ham uchrashi mumkin: deliriy-sezilarli harakat qo‘zg‘alishlarisiz kechadi; ular doimo nimalarnidir pichirlaydilar, atrofga mo‘ljal olishi yaxshi emas, bir xil ma'nosiz harakat qiladilar, o‘rindiqda yotganida xotirjam yotolmaydilar. Deliriyning bu ko‘rinishlarisurunkali kechuvchi og‘ir somatik kasalliklar uchun (o‘smalar,surunkali yurak, buyrak, jigar yetishmovchiliklarining dekompensasiya davrlari uchun) xosdir. Bir qator deliriy holatlarda gallyusinator obrazlar predmeti bo‘lib, kasbga taalluqli voqealar xizmat qiladi, bu kasb deliriysi deyiladi. Qo‘zg‘alish odatdagi kasb harakatlari bilan boshlanadi, mashinistka mashinkada chop etish harakatlarini qiladi, ovqat tarqatuvchi ovqat tarqatayotgandek tuyuladi, oshpaz bo‘lsa narsalarni qirqayotgandek bo‘ladi. Deliriyning davomiyliga bir necha minutdan soatlar, haftalargacha davom etadi. Deliriy tamom bo‘lgach qisman amneziya bo‘ladi. Ongning oneyroid buzilishi (yunonchaoneiros tush ko‘rish), oneyroid tush ko‘rish, fantastik qorong‘ilashish vasvasasi. Tush kabi aniq, sahnalashtirilgan fantastik gallyusinasiyalarni tashib kelishi, huddi bemor sog‘lom odam tush ko‘rganidek ko‘radi, ongni to‘ldiradi. Bemorning nigohi oldida paydo bo‘lgan suratlar tushga o‘xshaydi, bir-birini ketidan kela boshlaydi, xuddi voqealar bir-biridan chiqayotgandek, sahnalashtirilgandek tuyuladi va shu bilan ajralib turadi. Bemorlar ko‘pincha atrofdan to‘la ajralganlarida, atrofdagilarga mo‘ljallari buzilgan vao‘zini kasallik dunyosiga cho‘mgan, yoxud mo‘ljali ikkilangan holdadir, ya'ni ham real, ham patologik holatlarni aks ettiradi. Bemorlar shu holda planetalararo sayohatlar qiladilar. Mars aholisini ichida bo‘ladilar, ular bilan kurashish haqida kelishuvlar olib boradilar, tarixiy borlik ichida sangib yuradilar, jannat yoki jahannamga tushadilar, oneyroiddan chiqqandan so‘ng boshidan kechganlarini ikir-chikirlarigacha to‘la yozadilar. Oneyroidda yuz ifodasi ko‘pincha bir xil bo‘ladi, qotib qoladi, ba'zan ruhlangan holatda bo‘ladi.
Ongning oneyroid buzilishi endogen-shizofreniyada, o‘tkir metalkogol simptomatik tomirli psixozlarda, tutqanoqda, ekzogen
organik kasallik va boshqa holatlarda uchraydi. Ongning amentiv buzilishi – amensiya (yunoncha amentiakuchsizlik) –klinik jihatdan barcha turdagi mo‘ljalning buzilishi bilan tavsiflanadi. Atrof muhit-bemor tomonidan bo‘lingan holda, bo‘lak-bo‘lak holda qabul qilinadi. Ular bir butun qilib tafakkur qila olmaydilar. Ya'ni nisbiy mushohada saqlangan holda, sintez qilish qobiliyati yo‘qoladi, bemorlarning yotgan o‘rni miqyosidagi harakat besaranjomligi, ma'nosiz nutq (alohida so‘z yoki tovushlar talaffuzi) va harakatsizlik davrlari bilan almashinadi, kayfiyati beqaror, o‘zgarib turuvchi, ilojsiz holatda bo‘ladi. Uzuq-yuluq gallyusinasiyalar bo‘lishi mumkin. Haftalab davom etuvchi amensiya to‘la amneziya bilan tugaydi. Amensiya og‘ir, yuqumli somatik kasalliklar uchun xosdir, xususan tug‘rukdan keyingi sepsis rivojlanishida uchraydi. Ongning xiralashuvi (kirarli-chiqarli bo‘lishi). «Sumer» boshlanishi va tugashi to‘satdan bo‘ladi. Mo‘ljalning chuqur buzilishi kuzataladi, atrof muhit xaqiqatini qisman to‘g‘ri qabul qilishi saqlanadi. Bunda odatdagi avtomatik harakatlar, xatto o‘zini tutishining anchagina murakkab shakllari saqlanib qolishi mumkin. Ko‘pincha bemorlarning tashqi qiyofasi tartibli bo‘lishi mumkin. Ular uylaridan chiqadilar, adashib yuradilar, shahar transportidan foydalangan holda uyidan uzoqqa ketib qolishi mumkin. Atrofdagalarga huddi sog‘lom odamdek tuyulishi mumkin. Bunday holatning davom etishi mumkin va to‘la amneziya bilan kuzataladi. Es-xushi onganing bunday kirarli-chiqarli bo‘lishini shizofreniyaning oddiy shakli deb, gallyusinasiya, vasvasa bilan kuzatiluvchi g‘azab, g‘am-qayg‘u va qo‘rquv affekti qo‘zg‘alishi bilan kechuvchi «psixotik» shaklidan farqlanadi. Psixopatologik buzilish (gallyusinasiya, vasvasa, kuchli g‘azab affekti) va ongning chuqur o‘zgarishi ta'sirida bemor birdan o‘ta havfli ishlar, dahshatli ravishda dushman deb qabul qilgan qarindosh-urug‘larini yoki begona odamlarni o‘ldirishi yoki jarohatlashi mumkin, qo‘liga tushgan hamma narsani ma'nosiz buzishi mumkin. Esini kirdi-chiqdi bo‘lib buzilish huruji ko‘pincha birdan to‘xtaydi, so‘ngra chuqur uyqu va to‘la amneziya kuzataladi. Ongning kirarli-chiqarli buzilishi turlariga ambulator avtomatizm kiradi. Bunda birdan ongini, es-hushini yo‘qotadi va bemor tashqi ko‘rinishidan maqsadga muvofiq harakat va ishlar qila boshlaydi. Ambulator avtomatizm davomiyligi soat, kun, haftalab davom etib, o‘zga shaharlarga tashqi ko‘rinishidan qoidadek odob bilan borib kelishi va buni mutlaqo unutishi – trans deyiladi. Yosh va o‘smirlarning uyqusida paydo bo‘luvchi ambulator avtomatizm – somnambulizm uyquda yurish – lunatizm deyiladi. Ongning kirarli-chiqarli buzilishlari epilepsiyada: bosh miyaning organik kasalliklarida (miya o‘smasi, meningo-ensefalitlarda, miya jarohatlarida va b.) uchraydi. Tutqanoqlar (paroksizmlar, qaltirash holatlari).
Tutqanoqlar ongning birdan boshlanuvchi qisqa vaqt buzilishi bo‘lib, to‘la ongsizlanishgacha boruvchi badan qaltirashi; titrash bilan kuzatiluvchi holatdir. Tutqanoqlarning quyidagi shakllari
farqlanadi. Katta epileptik tutqanoq. Generallashgan: tonikoklonik, titrash tutqanog‘i. Ko‘p holatlarda aura (buron) boshlanadi. Bemor to‘satdan ongni yo‘qotadi, xuddi chalib yuborilgandek birdan yiqiladi, bunda noaniq g‘ayriohangli qichqiriq bo‘ladi. Ko‘pincha bemor yiqilayotganda jiddiy jarohat (eti uzilishi, suyak sinishi, kuyish) olishi mumkin. Tutqanoq barcha
mushaklarning qisqarish fazasi bilan boshlanadi, qo‘l-oyoqlari cho‘zila boshlaydi, jag‘lar yumiladi, siqiladi. Tishlarini gajirlatadi, tili va lunjini tishlab olishi mumkin. Nafasi to‘xtaydi, yuzi oqaradi, keyin qo‘qaradi, ko‘zlari orqaga tortib ketadi, qorachig‘i kengayadi, yorug‘ga reaksiya bermaydi. Ixtiyorsiz siydik ajrashi, ixtiyorsiz defikasiya akti bo‘lishi mumkin.Tutqanoqning tipik qisqarish bosqichi 30-40 sekund davom etadi.
Tonik qisqarish klonik fazaga o‘tadi, ko‘ndalang-targ‘il mushaklar tez qisqarib bo‘shasha boshlaydi, og‘zidan ko‘piksimon so‘lak chiqadi, tilini tishlab olgan bo‘lsa ko‘pik qizaradi. Klonik titrash 2-3 minut davom etadi. Titroq asta-sekin so‘nadi, komatoz holati asta-
sekin soporoz holatiga va uyquga o‘tib ketadi. Tutqanoqning barcha
davri (auradan tashqari) to‘la esdan chiqadi.
Kichik epileptik tutqanoq (Petit mal) xuddi kattasidek, ongining to‘satdan buzilishi, esi yo‘qolishi bilan boshlanadi. Ammo katta tutqanoqdan farqli o‘laroq yiqilmaydi, davomiyligi juda qisqa (sekundlar). Yengil klonik qisqarishlar ba'zi yuz va yelka mushaklar guruhlaridagina bo‘ladi. Tutqanoq esdan chiqadi, Jekson tutqanoqlari (qisman epileptik tutqanoqlar) ko‘z soqqasini bir tomonlama, boshi, tanani bir tomonga qarab tonik va klonik titrashlar xurujidir. Xuruj ko‘pincha aniq ongli holatda rivojlanadi, ong faqat titroqning cho‘qqisida butun tanaga tarqalayottanidagina yo‘qoladi. Narkoleptik tutqanoq birdan boshlanadi, bemor to‘xtatib bo‘lmaydigan uyquga tushadi. U birdan eng noqulay joyda bo‘lsa ham, noqulay holatda ham uxlab qoladi. Uning uyqusi joy tanlamaydi. Yurib turib, ovqat vaqtida, ishlab turib qotib uxlab qoladi.
Kataplektik tutqanoqbemor birdan huddi bir qancha suyak singanda ag‘anagandek, kutilmagan bir taassurot (qo‘rqitish, to‘satdan yorug‘ nur, tovush) natijasida mushak tonusining to‘satdansusayishi natijasida ag‘anab tushadi. Ongi saqlanadi, amneziya bo‘lmaydi. Affektiv buzilishlar labilligi bilan tavsiflanadi, ko‘pincha g‘azabini bosa olmaydi, ammo u tez o‘tib ketadi. Qiziqish chegarasi torayadi, nozik his-hayajoni (yaqinlarga iliq munosabat va rahm, qondoshlik hissiyotlari) buziladi. Xissiy befarqlik va boshqalar paydo bo‘ladi. Nutqida so‘zlar kambag‘alligi kuzatiladi, ko‘pincha yordamchi so‘zlardan foydalanadi, tayyor so‘zlar yig‘indisidan foydalanadi, bemorlar gaplashganda asosiy bosh mavzuni ajrata olmaydilar va mohiyatsiz masalalarga ko‘p e'tibor berib qoladilar.