1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə78/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Klinik ko‘rinishi
Bu buzilishlar tez uxlab qolish, kechalari tez uyg’onib ketish, tungi qo‘rquvlar, uyqu holatida yurish va gapirish bilan kechadi. Mudroq bosishi 1-2 soat bo‘lib uni har-xil qo‘rquvlar bilan kechishi patologik odatiy xatti-harakatlar shilqim harakatlar bilan birga kuzatiladi. Yosh bolalar asosan kechalari birdaniga uyg’onib ketishi ko‘p uchraydi.Bola bemalol uyg’onib 1-2 soat o‘ynab o‘tirishi keyin yana uyquga ketishi kuzatiladi.Tungi qo‘rquvlar yosh bolalar vamaktabgacha bo‘lgan bolalar orasida ko‘p uchraydi. Shuningdek somnambulism va uyqusida gapirishi holati kuzatilib mazmunan tushda bo‘layotgan voqealarniifodalaydi.Bu holatlarni epilepsiyada yuz beradigan uyquning paroksizmal buzilishi bilan solishtirish kerak .Bunda jarayon birdan boshlanib birdan to‘xtaydi.

Nevrotik anoreksiya
Bolalar orasida keng tarqalgan holat bo‘lib bolalarning ovqatga nisbatan bo‘lgan buzilish xatti-harakatlari bilan kechadi. Asosan yosh bolalar va maktabgacha bo‘lgan o‘rtasida uchrab turadi. Uni kelib chikishida hampsixotravmatik faktorlar sabab bo‘ladi hamda vegetativ regulyatsiyaning buzilishi bilan bog’liq bo‘lgan nevropatik holatlar sabab bo‘ladi. Patogenezida ovqatlanishmarkazida salbiy omil ta’sirida yuzaga kelgan ko‘zgalish o‘chog’i yotadi. Natijada bolada ovqatga nisbatan salbiy munosobat shakllanadi.

Klinik ko‘rinishi
Bola ovqatni egisi kelmaydi, ovqatga nisbatan tanlash kuchayadi, ovqatlanishga xohishsiz o‘tiradi. Ko‘pincha ovqat eganda qusish sodir bo‘ladi. Injiqlik yig’loqilik bilan birga kuzatiladi. Bu ko‘pincha qo‘rquv bilan kuzatiluvchipsixotravmatik omillar va ortiqcha erkalatilgan bolalardagi nevropatik holatlarda paydo bo‘ladi.Bu holatni bolalarda har-xil somatik va infektsion kasalliklardan so‘ng paydo bo‘ladigan astenik-somatogen anoreksiyadan farqlash kerak bo‘ladi.

Nevrotik enurez


Enurez bu beixtiyor, asosan tungi vaqtda siydik ajratish holati. 4 yoshdan keyin bu holat kuzatilsa buni patologik enurez deyiladi. Bolalar orasida 10% o‘g’il bolalarda 12% qizlarda 7% uchraydi. Maktab yoshdagilarda 4% uchraydi,o‘smirlarda juda kam qayd etiladi. Enurezning 2ta etiologik turi farqlanadi:
1. Nevrotik enurez-psixotravma hisobiga yuzaga keladi.
2 .Nevrozsimon enurez-bosh miyaning organik buzilishida uchraydi.
Enurez yuzaga kelish vaqtiga qarab ikki xil bo‘ladi:
1. Birlamchi enurez ilk bolalik davrida kuzatilib bunda bola etarlicha ko‘nikmaga ega bo‘lmaydi.
2. Ikkilamchi enurez bola etarlicha ko‘nikmaga ega bo‘lgandan so‘ng kuzatiladi.
Enurezning kelib chikishi yana nevropatik holatlarda va irsiy bo‘lishi mumkin. Patogenezida: bosh miyaning siydik ajratishni regulyatsiya qiluvchi markazida turg’un ko‘zg’alish o‘chog’i paydo bo‘lib, natijada vistseral analizatorning faoliyati buziladi hamda nevrozsimon enurezda etarlicha rivojlanmagan siydik ajratishni regulyatsiya qiluvchi markazning shikastlanishinsabab bo‘ladi. Shuningdek oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra enurezga uyqun mexanizmlarini buzilishi ham sabab bo‘lishi aniqlangan.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin