1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə77/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Nevrotik tiklar
Bular turli-tuman avtomatizatsiyalashgan odatiy elementar harakatlar (ko‘zni pirpirashi, peshonani tirishtirish, burun qanotlarini tirishishi, labni yalash, elka qisish, oyoq-qo‘l va tana bilan har-xil harakatlar qilish) hamda yo‘talibqo‘yaverish, har-xil tovushlar chiqarish bo‘lib, ular biron bir himoya harakati holida yuzaga kelib, keyin fiksatsiyalanib qoladilar. Nevrotik tiklar bolalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, asosan 7-12 yoshdagi bolalarda ko‘p uchraydi. Tiklarasosan pubertat davrida ko‘payadi. Kuchli va uzoq davom etuvchi psixotravmatik faktorlar rol’ o‘ynaydi. Tiklar asosan himoya refleksi hisobiga yuzaga kelib, nevrotik buzilish asosida saqlanib qoladi.

Klinik ko‘rinishi
Odatda yuz, bo‘yin, elka kamaridagi harakatlar kuzatiladi. Tiklar bo‘ladi. Kasallik davomida joylashishi ko‘p marta o‘zgarib boradi. Vaqt o‘tib borishi bilan tiklar psixopatologik shilqim holatga o‘tishi mumkin. Sub’ektiv bolalar tiklarnikasallik emas, balki odat deb hisoblaydilar. Tiklar omil ta’sir etgan vaqtda yoqi bir muncha keyin paydo bo‘lishi mumkin. Ba’zida tiklar 3-4 haftadan so‘ng yo‘qolib qolishi mumkin. Lekin ko‘pincha ular saqlanib qoladilar. Tiklar boshqa nevrotik buzilishlar:kayfiyat o‘zgaruvchanligi, yig’loqilik, ko‘zg’aluvchanlik, epizodik qo‘rquvlar, astenik simptomlar bilan birga kechadi. Statistikaga ko‘ra tiklar 30%da

sog’ayishi, 36%da yaxshilanishi va 34% kasallik tuzalmasligi yoqi yomonlashuviga olib kelishi aniqlangan. Nevrotik tiklarni nevrozsimon tiklardan va organik giperkinezlardan farqlash kerak.Nevrozsimon tiklar stereotipik monoton holda bo‘lib, psixorganik sindrom va o‘choqli nevrologik belgilar bilan birga kechadi. Organik giperkinezlarda (xoreya) himoya harakterga ega bo‘lmagan bir guruh mushaklar ishtirokida harakatlar bilan ta’riflanib, ixtiyoriy ravishda bemorga


bo‘ysunmaydi.
Uyquning nevrotik buzilishi
Bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalganiga qaramasdan kam o‘rganilgan.Bunga ham psixotravmatik omillar hamda organik-nevropatik buzilishlar sabab bo‘ladi. Asosan uyqudan oldin bo‘ladigan jarohatlar muhim ahamiyatga ega. Patogenezida paradoksal uyqu tsikllarining davomiyligini

kamayishi yotadi, bola uyg’onishiga yaqin bo‘lgan holatda bo‘lib, lekin darajasi past bo‘ladi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin