1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə80/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Differentsial tashhis
Oligofreniya, shizofreniya, bosh miyaning organik kasalliklari, to‘g’ri ichak anomaliyalari (megakolon) dan farqlash kerak bo‘ladi.

Davolash prinsiplari
Davolash ishlari nevrotik buzilishlarda kompleks olib borilishi lozim.

1. Psixoterapiya adekvat psixoterapevtik tadbirlarni qo‘llash orqali amalga oshirish kerak.


Psixogen faktorlar ta’sirini yo‘qotish oilada va oila a’zolari o‘rtasida oilaviy psixoterapiya o‘tkazish va korrektsion-pedagogik ishlarni olib borish kerak. Bemor
bolaga unga mos tadbirlarni qo‘llash ayniqsa ba’zi holatlarda guruhli psixoterapiya yaxshi samara beradi. Gipnotik ishontirish autotrenning o‘tkazish kerak.
2. Medikamentoz davolash:
Maxsus rejim o‘rnatish va unga qattiq rioya qilishni nazorat qilib borish orqali nevrotik buzilishlarni davolanadi.
Davolashni effektivligi spazmolitiklar, vitaminlar, degidratatsion preparatlar, sedativ moddalar, trankvilizatorlar, desensibilizatorlar qo‘llanadi.
3. Fizioterapevtik muolajalar o‘tkazish yaxshi foyda beradi.
4. Dietoterapiya va LFK mashqlarini o‘tkazish kerak.
5. Odatda kasallikning vaqtiga bog’liq bo‘ladi. Qanchalik vaqtli boshlansa davolash shunchalik effektiv bo‘ladi.


Profilaktika
Profilaktik tadbirlarni o‘tkazish kattalar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish, bolalarni ruhiy rivojlanishini ko‘zatib borish, o‘z vaqtida tez va to‘g’ri davolash printsiplarini qo‘llashdan iborat bo‘ladi.

21-22-mavzu. Bolalar shizofreniyasi
Reja:
1. Bolalar shizofreniyasiga sabablar.
2. Shizofreniya shakllari.
3. Davolanishi.
Shizofreniya sabablari noma’lum bo‘lgan, surunkali kechishga va bemor ruhiyati bir butunligining turli buzilishlariga moyil kasallik hisoblanadi.
Shizofreniya rivojlanib borsa, fikrlashning buzilishiga, hissiy reaksiyalarning kamayishiga, apatik aql zaiflikka olib keladi. Ammo bu kasallik o‘z rivojlanishida to‘xtashi ham mumkin, bunda har xil buzilishlarning kompensatsiyasini va boshlang‘ich davrlarida to‘la sog‘ayish holatlarini kutish mumkin.
Shizofreniya ko‘p uchraydigan ruhiy kasalliklardan biri hisoblanadi. Nevropsixiatrik dispanserlarda davolanuvchi bemorlarning 1/5 qismini, ruhiy nevrologik kasalxonalarga keluvchi bemorlar (kasalligi endi boshlanganlar)ning 1/5 qismini va surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning 2/Z qismini shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar tashkil qiladi.
Shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar sonining oshib borishi, og‘ir kechishi, surunkali kasalliklarning odamlar orasida ko‘payib borishi natijasida bu kasallikning yomon oqibatlar bilan tugallanishini kuzatish mumkin.
Shizofreniya ko‘proq yoshlarda uchraydigan kasallikdir, ya’ni ko‘p hollarda 20-25 yoshlarda tez-tez uchrab turuvchi, uzoq kechish xususiyatiga ega bo‘lib, insonning yoshi, mehnatga yaroqli davrini shikastlovchi kasallikdir. Uning ijtimoiy ahamiyati shu bilan tushuntiriladi.
Bu jarayondan shizofreniyaning 3 ta asosiy alomati (belgisi) kelib chiqadi: autizm, ruhiyatning ajralishi va hissiy tanglik.
Autizm bu o‘xshash ko‘rinishni hosil qiluvchi, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan real borliqdan ketish. Bemorlar kasallik boshidanoq atrofdagilardan ajragan, jim yuradi, odamlar bilan kam muomala qiladi, majbur bo‘lgan hollarda rasmiy, sovuq muomalada bo‘ladi, ko'zini olib qochadi, so'rashganda qo‘l cho‘zmaydi. Ular bilan suhbat tor doirada chegaralangan bo‘ladi. Ayrim hollarda bemorlar niqobda yuradilar: katta qora ko’zoynak, keng shlyapa, uzun soch, soqol.
Ancha og‘irroq hollarda kasallar sababsiz o’qish va ishni tashlaydilar, uydan chiqmay qo‘yadilar va xatto ko‘p vaqtni o'rinda o'tkazadilar. Boshqa hollarda shahardan chiqib ketib, o‘rmon, tog‘, g‘orlarga yashirinadilar. Ba’zi bemorlar o‘z autizmini kompensatsiya qilish uchun ish joyini va kasbini o’zgartiradilar.
Bunday bemorlarning fikrlashi o‘zi bilan o'zi bo‘lib qoladi, ular xayolotlarida yashaydilar, o‘zlarini atrofda sodir bo'layotgan voqealar markazida turgandek his qiladilar.
Ruhiyatning ajralishi (ajralish qadim yunon tilida «skizis», shundan shizofreniya atamasi kelib chiqqan) qisman autizmdan kelib chiqadi. Bemor bir vaqtda ikki dunyoda yashaydi: ichki, o‘zi uchun asosiy bo'lgan va tashki real, bezak sifatida qabul qiladi. Ajralish bir necha turlarga ega. Ko‘pincha ambivalentlik (sezgining ikkilanishi) va ambitendentlik (xarakterning ikkilanishi) belgilari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunday hollarda bemor bir vaqtda bir kishiga yoki bitta ko‘rinishga ikki qarama-karshi his-tuyg‘uda bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda bemor ikki xil bir-biriga qarama-qarshi fikr borligini sezishi mumkin, bunda ayrim kasallar miyasi ikkita yarim sharga ajrab, ularning har qaysisini o‘zicha fikr yuritayotganini sezishi mumkin.
Og‘irroq hollarda bemorlar o'zlarining ikkita shaxsga ajraganini, ya’ni bir vaqtda ham o‘zi, ham boshqa odamligini his qiladi.
Hissiy to‘nglik kasallik boshlaninshdan seziladi. Bemorlar asta-sekin odamiylik tuyg‘u va qiziqishlarini yo‘qotib, oila a’zolari, yaqinlariga sovuq muomalada bo‘la boshlaydi. So‘ngra sovuqlik bir necha yilda ortib borib, bemor atrof-muhitga butunlay befarq bo‘lib qoladi.
Keyinchalik vasvasa g'oyalariga qiziqishi so‘nib boradi va ularni mexanik tarzda qaytaraveradi. Hissiy to'nglik iroda so‘nishi bilan birga keladi, ya’ni apatiyaga abuliya hamroh bo‘ladi (apatiko-abulik alomat). Shizofreniyaning asosiy alomatlari birgalikda o‘xshash holatni keltirib chiqaradi.
Kasallar doimo mudroq holda yuradilar, ularning fikrlashi ham mudroq tabiatda bo'lib, voqea va shaxslarning antiqa quyuqlashuvi va o‘rin almashinuvi sodir bo‘ladi: bir odam belgalari ikkinchi odamga qo‘shiladi, turli voqealar birlashadi yoki vaqt bo‘yicha suriladi.
Shizofreniya bilan og' rigan ko‘pchilik bemorlar atrof-muhit, vaqt va shaxsiyatga to‘liq va to‘g‘ri mo‘ljal oladi, ammo ayrim hollarda «ikkilama mo‘ljal» kelib chiqadi, bunda bemor to‘g‘ri mo‘ljal olgan holda shu vaqtning o‘zida o‘zining o‘zga shaxs ekanligani ta’kidlaydi. Shizofreniya kasalligida motorika, mimika va nutq o‘ziga xos. Ular harakati, holati, yurishi sun’iy, g'ayri-tabiiy bo‘lib qoladi va kekkayib, gerdayib yuradilar. Ularning nutqida sitata, murakkablashgan va o'ta aqlli so‘zlar va gaplar ko‘payib ketadi, xatto neologizmga, ya'ni ikki-ueh so'zdan tuzilgan antiqa so‘zlar tuzishgacha boradi («grippoz»gipnoz ta’sirida gripp keltirib chiqarishi).
Bemorlar noo‘rin jilmayishadi, kulishadi, qosh kerib chimirilishadi, peshonasida qotib qolgan xukmronlik, shu vaqtda o‘zining pastki qismida mutloq ma’nosiz, xatto niqobsimon qotib qolish, qarashi qaxili bo‘ladi. Mimikaning bunday o‘zgarishi paramimiya deyiladi va ruhiyatning ajralishi hamda hissiy tanglikda namoyon bo‘ladi.
Shizofreniya kechishiga ko‘ra yo uzluksiz yoki xurujli bo‘ladi, bunda har bir xurujdan so‘ng remissiya keladi, so‘ngra xuruj qaytalanishi mumkin. Har bir xurujdan keyin ruhiyatda turg‘un nuqson qoladi.
Oddiy shakli (turi) ko‘p uchraydi, asosan o‘smirlik vaqtida namoyon bo‘ladi: sekin-astalik bilan kam sezilarli boshlanishi va nisbatan sekin, ammo uzluksiz rivojlanuvchi remissiyalarsiz kechishi kuzatiladi. Bunda bemorlar fe’l-atvorida quyidagi o'zgarishlar kechadi: yakkalanish, ota-onasiga sovuq yoki yomon munosabat, kutilmagan, impulsiv, paradoksal qilmishlar, atrofdagilarga nisbatan negativizm, odatdagi qo'rquvning vo’qolishi va shu bilan bir vaqtda yangi, g‘alati ermak paydo bo‘ladi. Ular o‘z tashqi ko‘rinishlariga befarq bo‘lib qoladilar. Vaqt o‘tishi bilan atrofdagilardan ajrab boradilar. Ko‘pchilik hollarda ruhiy kasallik tashxisi kechikib aniqlanadi, chunk! kasallik belgilari sekin va kam sezilarli boshlangani uchun atrofdagilar ularni og‘ir fe’l-atvorli yoki yomon tarbiya qurboni sifatida qabul qiladilar. Bundan tashqari, shizofreniyaning oddiy shaklida vasvasa g‘oyalari va gallyusinatsiyalar uchramaydi. Kasallik boshlangach 3-5 yil o‘tgach apatiko-abulik tipidagi ruxiyat nuqsoni rivojlanadi.
Gebefrenik shakli (yunoncha «gebefreniya» -«o'smirlik ruxiyati») oddiy shakl singari asosan o‘smir!ik davrida uchraydi. Oddiy shaklda uchraydigan belgilar bilan bir qatorda bu yerda birinchi o‘rinda doimiy axmoqlik va tajovuzkorlik turadi. Ular o‘zini masxarabozga o‘xshab tutib, axmoqliklar qiladilar, xingillaydilar, atrofdagilarga tegajoklik qilib, ularda mayda ko'ngilsizliklar keltirib chiqaradilar, keksalarni mazax qilib, ustidan kuladilar. Bunday bemorlar ko'pincha bemehrlik namoyon qiladi va jinnilik qilib, xingillab qonli jinoyatlar sodir qilishi mumkin. Shizofreniyaning bu shakli kam uchrab, remissiyasiz, xavfli kechadi, darhol tashxis qilinmaydi (oddiy shakldagi singari atrofdagilar ularga uzoq vaqtgacha tarbiya ko‘rmagan yoki bezori deb qaraydilar) va ruhiyatning og‘ir nuqsoni rivojlanadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin