1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


Aqli zaif bolalar psixofiziologik rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə89/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Aqli zaif bolalar psixofiziologik rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari
Endogen va ekzogen ta’sirlarning bola miyasiga ta'siri natijasida patalogoanotomik va fiziologik o‘zgarishlar rivojlanadi. Buning natijasida miyaning to‘liq rivojlanmasligi kelib chiqadi. Patologik holatning shakllanishi patalogik ta’sirlarning ta’sir qilish vaqtiga bog’liq. G.E.Suxaryovaning fikricha, embrion rivojlanishining boshlang‘ich davrida zararli omillarning ta’sir qilishi og‘ir nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Buning natijasida nerv sistemasi birinchi bo'lib oldingi miya, skelet, mushaklar va ichki organlarda patalogik holatlar kuzatiladi. Agar zararli omillar embrion rivojlanishining keyingi davrida ta’sir qilsa faqatgina nerv sistemasi zararlanadi.
Patogen omillarning xususiyati ham katta ahamiyatga ega: moddalar almashinuvini buzilishining irsiylanishi, infeksion ta’siri, jarohatlar va boshqalar. Shuning bilan bir qatorda kasallikjarayoning namoyon bo’lish darajasi va uning lokalizasiyasi ham katta ahamiyatga ega.
Embriologiyaning ta’kidlashicha homilaning boshlang'ich rivojlanish davrida, zararli omillar og‘ir va diffuz jarohatlarni keltirib chiqaradi. Nerv sistemasining zararlanishi bilan birga skelet, mushak, teri, ko‘zlarning rivojlanishida anomaliyalar uchrashi mumkin. Kasallik o‘chog‘ining tarqalishi katta yoki kichkina bo’ladi, bu esa kasallikning klinik xarakterida,namoyon bo'ladi.
Miya morfologiyasining xususiyatlari. Oligofreniyada miya faoliyatining tarkibiy buzilishiga oid holatlar uning og‘ir darajasida (idiotiya, imbesillik) yaxshi o'rganilgan. Oligofreniyada to’liq rivojlanmaslik natijasida miya faoliyatidagi qo‘pol tarkibiy buzilishlar kuzatiladi. MiSol uchun, xaqiqiy mikrotsefaliyada yakuniy miyaning to’liq rivojlanmaslik hof&ti ko’zga tashlanadi. Asosan bu, miyaning peshona va tepa qismidagi joylarda ko’proq uchraydi. Miyaning og’irligi bunday me’yordagi miyaga qaragandan yengil bo’ladi. E.B.Krasovskiyning ma’lumotlariga qaraganda mikrotsefal bilan tug’ilgan chaqaloqning miyasi sog‘lom tug’ilgan chaqaloqning miyasiga nisbatan 1/4 ga teng bo’libarkan, ya'ni sog‘lom chaqaloq miyasiga nisbatan uch barobar yengil bo‘Iar ekan.
Bundan tashqari, mikrotsefal, Daun kasalligi va boshqa shunga o'xshash kasalliklarda miyaning tashqi ko‘rinishi ham zarar ko‘rar ekan. Ya’ni miya to‘qimalarining orasidagi masofalar me’yordan kichik (mikrog‘iriya) yoki me’yordan katta (paxirigiriya) ekanligi aniqlangan.
Miyaning rivojlanmaslik kasalligining og‘ir turlaridan biri megalotsefaligiyadir. Bunda miyaning og‘irligi va oUchamlari me’yoriy va o‘rta kattaliklardan oshib ketadi. Bu holatlarda miyaning hujayralari uning to‘qimalaridan ko‘p bo'ladi (ya’ni, ko‘l rang moddalar oq rang moddalardan ko’p bo’ladi), bosh miya qobig'i qalinlashgan, ko‘pchilik hujayralar oq moddalarga belangan bo’ladi. Nevronlar tarkibi qo‘pol buzilgan bo‘ladi: hujayralar o'Ichovi kattalashgan, bundan tashqari miya qon tomirlarini kengayganligi ham kuzatiladi.
Bola tug‘Uganda uning miyasidagi nerv hujayralari ma’lum bir mikdorda bo ‘ Lis hi va keyinchalik shaxsiy hayot jarayoning keyingi rivojlanish pog‘onalarida ularni ko‘payishiga oid ma’lumotlar ko’pdir.
Tuberoz sklerozida miya o‘ziga xos ravishda o’zgaradi. Miyaning tashqi yuza qobig’ida oq-ko‘k rangli qotishmalar borligi ko‘rinadi.
Miyaning keyingi rivojlanish davrlarida olgan jarohatlari shamollash, qon tomirlari faoliyatini buzilishi natijasida miyada tirtiqlar, xaltachalar (kista), gidrotsefallar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ba’zi holatlar nekroz va nerv tuzilmasini buzilishi natijasida paydo bo’ladi..
Miya qobiqlarida ham xarakterli o‘zgarishlar sodir bo'ladi: qobiqlar qalinlashadi, miya moddalari bir-biriga o‘sib qo‘shiladi: ba’zida qobiq va miya o‘rtasida bo’shliq paydo bo'lishi ham kuzatiladi. B.V.Tomoshevskiy miyaning yumshoq qobiq qismidagi tomirlarga boy qismini yoshlik davrida lat yeyishi bolaning aqliy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblashgan. Muallif miyaning yumshoq qobiq qismi chaqaloqlik davrida shamollash kasalligiga moyil ekanligini qayd qilib o‘tgan edi.
Miyada embrogenzaning eng dastlabki holatidagi rivojlanmagan hujayralar uchrab turadi. Oligofreniyaning ba'zi bir shakllarida yadro tuzilishining sitogenetik buzilishi kuzatiladi. Bu holat xromosomalar aberrasiyasi (sonini buzilishi, xromasoma tarkibining o'zgarishi, xromasomalarni uzilishi va boshqa) va ba'zi bir biokimyoviy buzilish orqali sodir bo‘ladi.
Debillikda miya tuzilishida qo‘pol tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Ammo hujayralar tuzilishida va biokimyoviy xarakterdagi buzilishlarda miya qoplami neyrodinamikasini yengil zararlanganligi ko‘zga tashlanadi.
Miya strukturasining noto‘g‘ri shakllanishi asosida bola miyasining fiziologik faoliyati o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlarni I.P.Pavlov, A.G.Ivanov-Smolenskiy,
N.Krasnodarskiy, I.N.Fyodorov kabi fiziolog va patafiziologlar o‘rganishgan. Ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, ko‘p hollarda dinamik nuqsonlarga kiruvchi qontomir, likvorodinamik, gormonal va fermentlarning buzilishi kuzatiladi.
Miyaning biotoklarini o‘rganish davomida oligofrenlarda alfa-ritm buzilganligi, sekin va atipik to‘lqinlar borligi aniqlanadi, bu esa ularda asosiy nerv jarayonlarining neyrodinimikasini buzilganligidan darak beradi. (I.A.Novikov va boshqalar) oligofren bolalarning oliy nerv faoliyatini shartli reflekslar metodi bu o‘rganish I.P.Pavlovning hamkorlari bilan boshlangan edi. Bu tadqiqotlar miya qobig‘ining ta'sirlanishining susayganligi, shartli bog‘lanishlarning mustahkam emasligi, faol ichki tormozlanishining susayganligi aniqlandi (A.S.Ivanov Smolenskiy).
Oxirgi yillarda oligofren bolalarning oliy nerv faoliyati professor A.R.Luriya boshchiligida labaratoriyalarda o‘rganildi. A.I.Meshryakova, V.A.Lyubovskiy, M.S.Pevznerlaming tadqiqotlari natijasida oligofren bolalarning umumiy va maxsus neyrodinamikasining o‘ziga xos tomonlari ochib berildi.
Shartli reflektor faoliyat asosiy nerv jarayonlarining ya’ni ularning kuchi, harakatchanligi va mazmunligining holatiga bog‘liq oligofreniyada nerv jarayonlarining kuchi buzilgan bo‘ladi. Shuning uchun shartli aloqalarini hosil bo‘lish jarayoni sustlashadi. Qo'zg'alish jarayoninig sustlashishi natijasida qo‘zg‘alish o‘choqlarini paydo bo‘lish qobiliyati buzilgan bo’libadi. Bir vaqtning o‘zida tormozlanish susayishini belgilashimiz mumkin, shu bilan birga miya po‘stlog‘ida aktiv harakatlanayotgan qo'zg'alish o‘chog‘ining barqarorligi susayadi. Bu esa uning irradiasiyasiga yordam beradi. Bularning hammasi miya qobig' ida nisbatan murakkab shartli aloqalarni vujudga keiishiga juda ko‘p mikdordagi takrorlashlarni talab etadi, hosil bo‘lgan aloqalar mustahkam emasligi bilan xarakterlanadi.
Murakkab shartli aloqalarning mustahkam emasligi diqqat, xotira, tafakkur va boshqa ruhiy jarayonlarda namoyon bo‘ladi. Nerv jarayonlarining asosiy harakatlarini o‘rganish natijasida oligolren bolalarda ruhiy jarayonlar sust, qotib qolgan xarakterda ekanligi aniqlandi. Nerv jarayonlari harakatining buzilishi oligofrenlarning tafakkurining o'ziga xos xususiyatli sustligi va qiyin harakatlanishi kuzatiladi. Oligofreniyada nerv jarayonli muvozanati ham o‘zgarishlar bo’libadi. Ko‘p hollarda qo‘zg‘alish yoki tormozlanishda patologiya ustunlik qiladi. Qo‘zg‘alish ustunlik qilganda bolalar hovliquvchan, tinib-tinchimas impulsiv, o‘zini tutib turolmaslik hollari kuzatiladi. Agar tormozlanish ustunlik qilsa harakatlar sustlashishi tafakkurning sustlashishi, nutq tempining sekinlashishi holati kuzatiladi.
Bizga ma’lumki, shartli reflekslar insonda birinchi va ikkinchi signal sistemalar orqali, so‘z va u bu bog‘liq bo‘lgan tafakkur orqali shakllanadi. Tadqiqotchilarg aqli zaiflarda signal sistemasining o‘zaro dissotsiyasini aniqlab berishdi. Signal sisitemasining o‘zaro defektlari qanchalik shiddatli bo‘lsa, bolaning intellektual doirasidagi defektlar shunchalik aniq namoyon bo‘ ladi.
Oligofreniyada asosiy nuqson bu asosiy analizator sohasidagi miya qobig1 i faoliyatining analitik sintetik tomondan sustligidir.
Yuqorida sanab o‘tilgan patofiziologik buzilishlar xarakterli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ularning natijasida oligofrenlarga xos bo'lgan bilish faoliyatlarining nuqsonlariga olib keladi. Masalan, aqli zaiflarga xos bo‘lgan xususiyatlarga sabab-oqibat bog‘lanishlarni va voqea-hodisalar, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni, asosiyni ikkinchi darajaligidan ajratishni, ma’lum bir holatini to‘g‘ri baholash, o‘ziga keraqli xulosa chiqarish, o‘z xatti-harakatlarini baholash, o‘z holatini anglashda buzilishlar kuzatiladi. Oligofreniyada abstrakt tafakkurda murakkab buzilishlar kuzatiladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin