7. Munosabatlarning tugashi – bir-birlari bilan boshqa sira yuz ko’rishmaslik bilan bog’liq qaror chiqarishdan boshlanadi. Ayrimlar sherigining aybdor emasligini bilib tursa-da, munosabatlarni tugatgisi kelaveradi, ayrimlar esa bir-biridan ko’ngilsiz bo’lib qolgan bo’lsalarda, birga yashayveradi. Bundaylar o’zaro muomalani keskin kamaytirib, deyarli gaplashmay ham yashayveradi, bunday arazlashlar ko’pincha u yoki bu tomonning depressiv holatini, asabbuzarlikni keltirib chiqaradi. Chunki odatda bunday holatda qolgan shaxs boshqa sevgilisi yo’qligidan yoki yangi tanishlar ham shunday aldab ketishidan, bolasi taqdirini ijobiy xal qila olmasligidan juda qayg’uradi va hatto kasalga ham chalinib qoladi.
Nazorat uchun savollar: Oila energetikasiga izoh bering.
Oilaviy munosabatlar tizimida Satirning ta’rifiga izoh bering.
Oilaning funksional hususiyatlari nimalardan iborat? (muloqot uslublari,oilaga xos tartib va boshqalar)
Oilaning chegarasi va hududi deganda nimani tushunasiz?
Psixoteraperaftlar Satir va Karil Lojersning oila amaliyotiga doir tadqiqotlariga ta’rif bering.
Oilaviy psixoteraperaft Salvador Minuxinning konsepsiyasiga izoh bering.
Oilada ‘’aka’’,’’opa’’tuzilmasiga izoh bering.
Muammoli oilalar deb nimaga aytiladi?
Distant oila yoki akkarion turidagi oilaga izoh bering.
Noto’liq oilaga izoh bering.
3-mavzu. Oila bilan ishlash qoidalari. Reja: Oila muammolarini hal qilish texnologiyalari.
Oila muammolarining turlari.
Oila bilan intervyu o`tkazish. Oila bilan ishlashning o`ziga xos hususiyatlari.
Turli xil oilalar bilan ijtimoiy ish.
Tayanch iboralar:liberal, demokratik, avtoritar, diffuz.
Oilaviy turmush va oila a’zolarining o`zaro muammolalarini tadqiq qilgan venger sotsiologi M.Komloshi 10-14 yoshdagi maktab o`quvchilarining o`qishga va mehnatga bo`lgan munosabatiga bevosita ta’sir qiluvchi oilaviy muhit (vaziyat, sharoit) omillarini 4 guruhga ajratadi:
Ota-onalarning jamoat faoliyati (ularning siyosiy pozitsiyalari, ishga nisbatan munosabatlari).
Oila davrasidagi munosabatlar (ota-onalarning o`quvchilarga munosabati, aka-ukalar va opa-singillarning o`zaro munosabatlari).
Ota-onalarning tarbiyaviy pedagogik faoliyati (ularning pedagogik qiziqishlari, maktab bilan hamkorliklari, o`quvchilarga dars tayyorlash negizida ota-onalarning yordami, ularning tarbiyaviy metodlari).
Oilada o`quvchining faoliyati (o`quvchining kun-tartibi, xo`jalik ishlardagi muayyan majburiyati) va boshqalar.
Tadqiqotchi M.Komloshi yiqqan materiallarini tahlil qilib oilaviy muhit (vaziyat,sharoit)ni uch kategoriyaga ajratadi: ijobiy, o`zgaruvchan va salbiy. Psixolog V.I.Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o`rganib, baxtli bolalik – bu oiladagi quvonchli hamjihatlikning hamda ota-onalarning o`z bolalariga g`amxo`rligining samarasidir degan xulosaga keladi. Agar oilalarning yo`nalishiga qarab uch toifaga mansub ekanligini ko`rsatib beradi: ijtimoiy progressiv, taraqqiyparvar yo`nalishdagi oila, past darajadagi ijtimoiy yo`nalishga mansub oila.
Birinchi toifaga xos bo`lgan oilalar mamlakatimiz oilalarining ko`pchilik qismini tashkil qiladi. Bunday oilalarda shaxslararo munosabatlar milliy, umumbashariy, xaqchil tamoyillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, shuningdek, har tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy ideali nazariyada tutiladi. Ijtimoiy-progressiv yo`nalishidagi oilalarning voyaga etgan a’zolari ishlab chiqarishda, korxonada, jamoat ishlarida faol ishtirok etadilar, ilg`or madaniyatga nisbatan qiziqishlarini namoyish qiladilar, shuning bilan birga bu narsalarga o`z farzandlarida ham havas uyg`otadilar. Oilada goho namoyon bo`ladigan ziddiyatlarni juda qisqa muddatda osoyishta yo`sinda hal qiladilar. Ushbu toifaga mansub oilalarda xo`jalik ashyolari, asboblari, qimmatbaxo materiallar har xil ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida qaraladi, bu narsalar shaxsning kelajak istiqboli bilan mutlaqo bog’lanmaydi.
Ikkinchi toifadagi oilada umumbashariy, milliy yo`nalishi uzil-kesil hal qilinmagan bo`ladi. Oilaviy turmush munosabatlari uzluksiz ravishda biron-bir g’oyaning boshqa-boshqa bir g’oya bilan o`zaro niqoblangan kurash bosqichida bo`lib, u yoki bu qarashlar, aqidalar ustunligi, istiqboli hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Bunday holatning ko`zga tashlanishi eskilik bilan yangilik o`rtasidagi kurashni aslo anglatib kelmaydi. Balki er-xotinning yoki boshqa voyaga yetgan oila a’zolarining murosasiz pozitsiyalari (nuqtai nazarlari) ko`pincha ularning xarakter xususiyatidagi tafovut negizida bog’liq bo`lib, mutlaqo eskilik sarqiti mohiyatidan kelib chiqmaydi. Oilada so`z bilan ish birligi masalasi qarama-qarshi yo`nalishli ikki markazga va 2 xil intilishga ega. Faqat burch hissigina, muayyan majburiyat bajarilishigina oila a’zolarini o`zaro birlashtirib turadi xolos. Mana bunday oilalarda er-xotinning bolalarga ta’sir o`tkazish uchun kurashi, raqobati yaqqol namoyon bo`ladi.
Uchinchi toifaga mansub oilalarda ko`pincha ishchanlik udumi va ideallari hokimlik qiladi. Mazkur oilada barcha narsa yagona narsaga bo`ysunilgan, ya’ni mol-dunyo to`plashga, moddiy-maishiy jihatdan ustunlikka erishishiga qaratilgan. Voyaga yetgan oila a’zolarining, ota-onalarning korxonada, muassasada, tashkilotda mehnat qilishi ana shu ko`zlagan maqsadga yetish vositasi sifatida, har qanday mehnat esa ish haqi miqdori bilan o`lchanadi. Ushbu toifa qatoriga yana fanatizm xususiyatli kishilar, ruhoniylar oilalari kiradi. Hoh ishchanlikka og’gan oilada bo`lmasin, hoh ruhoniy oilasida bari bir eski aqidaparastli munosabatlari qudratli kuchga ega. Jumladan, oila boshlig’ining zo`ravonligi, johilligi, unga ko`r-ko`rona va so`zsiz buysunishlik, sajda qilishlik, zaif va nimjon a’zolar faolligini poymol qilishga intilish va hokazo ishchanlik ideali va diniy e’tiqod doirasidan tashqari chiqish hollari kamsitilib, bekorga vaqt sarflash deb baholanadi, xuddi shu boisdan bunday ijtimoiy yo`nalishga mansub oilalardan ko`p hollarda xudbin, qo`rqoq, jamiyat taraqqiyoti uchun kam nafi tegadigan o`g`il-qizlar yetishib chiqadilar, chunki «qush-uyasida ko`rganini qiladi».
Taraqqiyparvar jahon psixologiyasi fanida oilaviy turmush munosabatlarining juda ko`p qirralari o`rganilgan.
Oilaviy munosabatlar ta’sirida ilk bolalikdan tortib mustaqillik, istiqlolga nisbatan sodiqlik, vatanparvarlik, sharqona an’ana shaxsiy qiziqishni jamiyat, mamlakat qiziqishiga bo`ysundirish hislati, qat’iylik, qadr-qimmat hissi kabi yuksak insoniy hislar shakllana boshlaydi. Asta-sekin tug’ishlanganlarga g`amxo`rlik, aka-ukalik va opa-singillik mehri, ota-onaga muhabbat va shafqat singari teranlik tuyg`ulari namoyon bo`lib boradi. Oilaviy turmushdagi samimiy va oqilona munosabatlar, iliq psixologik muhit ta’siri natijasida oila a’zolarida kamtarlik, ko`ngilchanlik, iltifotlilik, sabrlilik, to`g`rilik, yaxshilik, uyatchanlik, yumshoqlik, dilkashlik, mehribonlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, vijdonlilik, mehnatga ma’suliyatlilik, ozodalik, izzat-nafslilik, tejab-tergashlik kabi shaxs hislatlari tarkib topadi. Agarda oilaviy turmush munosabatlari qo`pollik, andishashizlik negiziga ko`rilgan bo`lsa u xolda oila a’zolari ruhiy dunyosida kekkayishlik, pismiqlik, jamoatchilik ma’qullagan narsalarni va ko`pchilik tomonidan qabul qilingan xatti-harakat qoidalarini sezmaslik, yalqovlik, ma’suliyatsizlik, ifloslik, shuhratparastlik, mag’rurlik, o`zini katta olish, dimog’dorlik singari illatlar yuzaga keladi, shakllanadi.
Shaxslararo munosabatlarning bir necha tiplari mavjud ekanligi pedagogik psixologiyada qayd etib o`tilgan.