1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja


Beva bo’lib qolish, yoki turmush o’rtog’ining vafoti munosabati



Yüklə 281,36 Kb.
səhifə5/57
tarix30.11.2023
ölçüsü281,36 Kb.
#170077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
OBBII 1-qism

Beva bo’lib qolish, yoki turmush o’rtog’ining vafoti munosabati bilan noto’liq bo’lgan oila ham ko’proq onaning farzandi bilan yolg’iz qolishidir. Bunday oilalardagi ma’naviy muhit ajrim tufayli paydo bo’lgan noto’liq oilanikidan farq qiladi. O’zbek onalari bunday holatlarda otasining ruhi hurmatidan farzandlarida yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashga intiladi. Bunday o’ziga xoslik qator tadqiqotlarda alohida qayd etilgan (G. Yadgarova, 2003).
Nikohdan tashqari oila 90-chi yillarda ko’paygan oila turi, unda asosan yolg’iz qolgan ayol-ona oilani tebratadi. Bunday oilalar o’sha davrda Rossiyada 20-21 foizni, Buyuk Britaniyada va Fransiyada – 32-35 foizni tashkil etgan bo’lib, ko’proq yoshgina bo’la turib ona bo’lganlar (15-19 yoshlilar) yoki aksincha, reproduktiv yoshdan o’tib qolganlar – 40-44 yoshlilar tashkil etadi. Bu o’rinda ikkala holatda xotin-qizlarning nikohga kirmasdan tug’ish motivlari turlicha bo’ladi.
Rossiyada ota-onalardan bittasigina bo’lgan oilalarda 1989 yilda 4,5 mln. bola yashagan bo’lsa, bu ko’rsatgich 1994 yilda 5 millonga etdi (A.G.Volkov, E.L.Soroko, 1999). O’zbekiston sharoitida bu kabi holatlar favqulodda holatlar sifatida qaraladi, chunki ayrim udumlar va milliy qadriyatlarimiz farzandning nikohdan tashqari paydo bo’lishini qoralaydi, shunday bo’lsada, turli sabablar va ota-onalarning vaziyatlar qurboni bo’lishi natijasida mamlakatimizda otalikni belgilash holatlari ortib bormoqdaki, unda ham ko’pincha rasman oila nikohsiz oiladay tasavvur etiladi. Sha’riy nikoh o’qilgani bilan rasmiy ravishda nikohning o’z vaqtida qayd etilmasligi mentalitetimizga zid bo’lgan shu toifa oilalarning rasmiylashtirilib qolishiga sabab bo’lmoqda.
Alternativ oila turlari – kam uchraydigan oila turlari bo’lib, ular ayrim jihatlari bilan boshqalardan farqlanib turadi va o’z navbatida toifalarga bo’linadi. Masalan, ulardan biri – fuqarolik nikohi deb atalib, unda erkak va ayol o’z ixtiyorlari bilan rasmiy nikohni qayd emay, yashayveradi. Ba’zan bunday qarorga ular kutilmagan homiladorlik paydo bo’lganda ham kelishlari mumkin. Bunday nikoh bizning shariatimizga, musulmonchilikka sira ham to’g’ri kelmaydi. Alternativ nikohlar ko’proq g’arb mamlakatlariga xosdir. Lekin Golodning ta’kidlashicha, hozirda Rossiyada mavjud oilalarning 7% shunday nikoh asosida tashkil topgan. Oilaning muqaddasligini tinimsiz targ’ib etishimiz azaliy qadriyatlarni ardoqlab kelayotgan yurtimizda bunday salbiy holatlarning bo’lmasligiga xizmat qiladi.
Alternativ nikohning yana bir ko’rinishi qayta nikohlardir. Odatda bunday nikoh turi beva yoki tul qolgan shaxslarda uchraydi. Aslida ham birinchi qayta nikohlar XVI asrda Angliyada qayd etila boshlagan. Hozirda esa bunday nikohlar odatda beva qolganlar yoki ajrashib ketganlar o’rtasida qayd etilishi mumkin. Bunday oila turi ham ajrimlar ko’payishiga mos tarzda ortib bormoqda.
Aralash oilalar yoki begona ota-onalar bilan yashaydiganlar oilasi. Bu – yetimlarni boqib olish hisobiga paydo bo’ladigan, otalikka olish, o’gay ota yoki ona bilan yashaydiganlar oilasidir. Ming afsuski, turli hayotiy vaziyatlar tufayli shunday oilalar ham bor, ular nisbatan ko’p bo’lmasada, O’zbekistonda ham mavjud.

Yüklə 281,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin