1-Маvzu: O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, organizm va muhit. Reja


O`sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari



Yüklə 34,21 Kb.
səhifə2/3
tarix07.03.2023
ölçüsü34,21 Kb.
#86975
1   2   3
1-2 ma\'ruza matnlari Fiziologiya kimyo uchun

O`sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari
Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlariga bo‘yning o‘sishi, vazn, bosh aylanasi, ko‘krak qafasi aylanasi kiradi.
Tana vaznkning yoshga qarab o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan qiz bolalarning o‘rtacha vazni 3,3 kg, o‘g‘il bolalarniki esa 3,4 kg bo‘ladi. Bolaning vazni tugilgandan keyingi birinchi oyda 600 g, ikkinchi oyda 800 g ortadi. Bir yashar bolaning vazni 6-7 kg bo‘ladi. 2 yoshda bola vazniga 2,5-3,5 kg qo‘shiladi- 4, 5, 6 yoshlarda bola vaz-kiga har yili 1,5-2 kg qo‘shilib boradi. 7 yoshdan bosh­lab uning vazni tez ortib boradi. Ayniqsa jinsiy balog‘at yoshida o‘smir vazniga har yili 6-7 kg dan qo‘shilib boradi.
Bolalarda yoshga qarab bo‘yining o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan bolaning bo‘yi 48-50 sm bo‘ladi. Bir yilda bolaning bo‘yi 25 sm ga uzayadi. 2, 3 yoshida bo‘yi har yili 8 sm dan cho‘ziladi, 4 dan 6 yoshgacha har yili 5-7 sm or­tadi. Jinsiy balog‘at yosh'ida har yili o‘smirning bo‘yi 7-8 sm ga ortadi.
Bosh miya va ko‘krak qafasi o‘lchamlarining yoshga qarab o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan bola boshining ayla­nasi ko‘krak qafasining aylanasidan katta bo‘ladi. Yan­gi tug‘ilgan chaqaloq boshining aylanasi 34 sm, ko‘krak qafasi aylanasi 33 sm bo‘ladi. Bola hayotining birinchi yilida boshining aylanasi 12 sm bo‘ladi, keyin har yili 2 sm dan ortib boradi, 6 yoshda bola boshining aylanasi 51 sm, 10 yoshda 52 sm, 15–16 yoshda 53 sm bo‘ladi.
Tana proporsiyalarining o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan bola boshining uzunligi tana umumiy uzunligining 1/4 qismini, 2 yoshda 1/5 qismini, 6 yoshda 1/6 qismni tashkil etadi. Yangi tug‘ilgan bola qo‘llarining uzunligi oyoqlar uzunligiga teng bo‘ladi. Boshqa organlarga qaraganda bosh miya tezroq o‘sadi. Yangi tug‘ilgan bolada katta odamnikiga nisbatan bosh miyaning vazni 25%, 6 oyligida 50%, 2,5 yoshda 75%, 5 yoshda 90%, 10 yoshda 95% ni tashkil etadi.
Butun rivojlanish davrida oyoqlar uzunligi 5 mar­ta, qo‘llarniki 4 marta, gavda esa 3 marta ortadi.
O‘sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda esa sifat jihatdan yangilanish bo‘lib, unda organizm tuzilishining murakkablashishi yoki to‘qima va organlarning morfologik takomillashuvi tushiniladi. Rivojlangish tufayli butun bir organizmlarning funktsiyalari va xulq-atvori mukammallashadi. Masalan: jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlariga bo‘yning o‘sishi, vazn, bosh aylanasi, ko‘krak qafasi kabilar kiradi.
Bu ikki jarayon notekislik, uzluksizlik, geteroxronik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi. Bolaning o‘sishi va rivojlanishi muayyan qonuniyatlar asosida boradi, bularga geteroxroniya va akselerasiya kiradi.
Organizmning normal holatida o‘sish va rivojlanishi juda uzviy bog‘langan va o‘zaro bir-biriga ta'sir qilsa-da, biroq ular bir vaqtda sodir bo‘lmaydi. Ular turli tezlikda boradi, chunki biror organ to‘qimaning massasi ortishi uning ayni vaqtda funksional jihatdan takomillashuvini bildirmaydi. Bu hodisa geteroxroniya, ya'ni rivojlanishning notekisligi nomini olgan. U chaqaloqning yashab ketishini ta'minlaydi, chunki hayotiy muhim sistemalar boshqa organlardan tezroq rivojlanadi.
Odam organizmi paydo bo‘lganidan to vafot etgunga qadar ketma-ket keladigan morfologik, bioximik va fiziologik o‘zgarishlarga uchraydi. Bu o‘zgarishlar o‘sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog‘langan. Biroq, bu irsiy faktorlarni yuzaga chiqishida, yosh hususiyatlarini shakllanishida ta'lim, tarbiya bolaning ovqatlanishi, turmushining gigiyenik sharoiti, uning kattalar bilan muloqati, sport va mehnat faoliyati, umuman olganda insonning ijtimoiy hayoti katta ta'sir ko‘rsatadi. Inson hayoti bu uzluksiz rivojlanish jarayonidir. Bolaning dastlabki qadam tashlashi va hayoti davomidagi harakat funktsiyasining rivojlanishi, bolaning birinchi aytgan so‘zi va hayoti davomida nutq funktsiyasining rivojlanishi, bolaning o‘smirga aylanishi, markaziy nerv sistemasining rivojlanishi, reflektor faoliyatining murakkablashuvi. Bular organizmda kechadigan, yuz beradigan uzluksiz o‘zgarishlarning bir bo‘lagidir. Bunday o‘zgarishlarni bolaning gavda proportsiyasini o‘zgarishida kuzatish ham mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloq katta odamdan oyoq – qo‘llarining kaltaligi, gavda va boshining kattaligi bilan farqlanadi. Yangi tug‘ilgan bola boshining uzunligi tana umumiy uzunligining 1|4 qismini, 2 yoshda 1|5 qismini, 6 yoshda 1|6 qismini tashkil qiladi. Yangi tug‘ilgan bola qo‘llarining uzunligi oyoqlar uzunligiga teng bo‘ladBoshqa organlarga qaraganda bosh miya tezroq o‘sadi. Yangi tug‘ilgan bolada katta odamnikiga nisbatan bosh miyaning vazni 25%, 6 oyligida 50%, 2,5 yoshida 75%, 5 yoshda 90%, 10 yoshda 95% ni tashkil etadi.
Odam yoshi bilan birga boshning o‘sishi sekinlashadi, oyoq-qo‘llarning o‘sishi tezlashadi. Jinsiy balog‘atga yetguncha qiz va o‘g‘il bolalar gavda proportsiyasida jinsiy tafovut sezilmaydi, biroq, balog‘at yosh davri kelishi bilan jinsiy farq yuzaga chiqadi, ya'ni o‘g‘il bolalarda oyoq-qo‘llari uzunlashadi, gavda kaltalashadi, tazi tor bula boshlaydi.
Bola bo‘yining uzunligi va massasining notekis o‘sishi va rivojlanishini quyidagi misollarda ko‘rish mumkin.
Bolalarda yoshga qarab bo‘yining o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan bolaning bo‘yi 48-50 sm bo‘ladi. Bolaning bir yoshigacha bo‘yining uzunligi har oyda ikki smdan o‘sib bir yosh oxirida 75 sm ga yetadi. Hayotining ikkinchi yilida atigi 10 sm ga o‘sadi. 6-7 yoshgacha bo‘yning o‘sishi yanada sekinlashadi. Boshlanchg‘ich maktab yoshida bola bo‘yi uzunligi 7-10 sm ga o‘sadi. Jinsiy yetilish munosabati bilan qizlarda 12 yoshdan, o‘g‘il bolalarda 15 yoshdan boshlab bo‘yiga o‘sish tezlashadi. Bo‘yiga o‘sish qizlarda asosan 18-19, yigitlarda 20 yoshda to‘xtaydi. Butun o‘sish davrida oyoqlarning uzunligi 5 marta, qo‘l uzunligi 4 barobar, gavda uzunligi 3 barobar, bosh balandligi 2 barobar ortadi. Jinsiy jihatdan voyaga yetish davrida bolaning bo‘yi 6-8 sm dan o‘sadi.
Tana vaznining yoshga qarab o‘zgarishi. Tana vazni yoshga qarab quyidagicha o‘zgaradi. Yangi tug‘ilgan qiz bolalarning o‘rtacha vazni 3 kg, o‘g‘il bolalarniki esa 3,4 kg., bo‘ladi. Bolaning vazni tug‘ilganidan keyingi birinchi oyda 600 g, ikkinchi oyda 800 g ortadi. Bir yashar bolaning vazni tug‘ilganidagi vaznidan uch marta ortib 9-10 kg ga yetadi. 2 yoshda bolaning vazniga 2,5 – 3,5 kg qo‘shiladi. 4, 5, 6 yoshlarda bola vazniga har yili 1,5 – 2 kg qo‘shilib boradi. 7 yoshdan boshlab uning vazni tez ortib boradi. 10 yoshgacha o‘g‘il bolalar bilan qiz bolalar tana vazni bir xilda o‘zgaradi. Jinsiy yetilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 4-5 kg dan 14-15 yoshda har yili 5-8 kg ortadi. O‘g‘il bolalarda esa 13-14 yoshdan vazni 7-8 kg ortadi. 15 yoshdan boshlab ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi.
Aqliy rivojlanishning notekisligini barcha sinf o‘quvchilarida ko‘rish mumkin. Bu notekislik ayrim hollarda bolaning aqliy jihatdan orqada qolishi bo‘lsa, boshqa holda shaxsning nisbatan tez o‘sib ketishi sabab bo‘ladi. Birinchi holda bu hususiyatning ustunligi kichik maktab yoshidagi bolalarga xos bo‘lsa, boshqa holatda o‘qituvchining dars berish mahoratiga ham bog‘liqdir. Ikkinchi holatda o‘quvchi o‘z sinfdoshlaridan o‘zib ketgan holda, u mustaqil bo‘lishga va o‘zbilarmonlikka berilib o‘qituvchiga ham buysinmay qoladi. Bunday o‘quvchilar o‘qituvchiga nisbatan tenglashishga harakat qilib, o‘z sinfdoshlariga hurmatsizlik bilan qarab hayot tajribasidan orqada qoladi. Shuning uchun bolalarni nisbatan o‘zib ketishiga nisbiy munosabatda bo‘lish kerak bo‘ladi. Bolalarni individual o‘sish va rivojlanishini e'tiborga olmasdan turib ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish mumkin emas. Bolalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi ularning shaxsiy qobiliyatiga va atrof muhit sharoitiga ham bog‘liqdir. Ularning aqliy va psixologik rivojlanishi bolalarni o‘rab turgan muhitga va o‘quv-tarbiyaviy ishlarga ham bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bolalarning nisbatan bir necha yil bir xil sharoitda yashashi ularning shaxsiy o‘sish tempiga ta'sir etadi. Shu bilan birga kichik maktab yoshidagi bolalar orasida o‘ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. Bularni vunderkinddar (nemis tilida sexrli bolalar) deyiladi. Ko‘pgina atoqli odamlarning yoshligidanoq katta qobiliyatga ega bo‘lganliklari bizga ma'lum. Jumladan, buyuk allomalarimizdan Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy va Abu Ali ibn Sinolarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino 16-17 yoshidanoq mashhur tabib-hakim bo‘lib tanilgan. Dunyoning birinchi vunderkindi deb Italiya yozuvchisi Torkvato Tasso e'lon qilingan. U 13 yoshida Balon universiteti talabasi bo‘lgan. Viktor Gyugo esa Frantsiya Akademiyasining rag‘batnomasini olgan. Yana buyuk kompozitor Motsartni misol qilishimiz mumkin. U 4 yoshida musiqa yozgan. Bunday misollarni tarixda ko‘p keltirishimiz mumkin. Hozirgi davrda bunday bolalarga davlatimizda katta e'tibor berilmoqda. Ular uchun maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan.
Bundan tashqari, ob-havo sharoiti, iqlim sharoiti, quyosh radiatsiyasi ham ularning o‘sishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Bolalar yoz faslida (iyul' –avgust) hususan tez o‘sadi. Agar bola kichikligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullansa u sog‘-salomat o‘sadi, uning organlari uygun rivojlanadi. (m-n. bola nafas organlarining takomillashuvi yurak – qon tomir tizimining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Akseleratsiya. 19 asr oxiri 20 asr boshlarida ko‘p mamlakatlarda bolalarning bo‘yiga o‘sishini tezlashganligi aniqlangan. Bu haqdagi ma'lumotlar 1876 yilda matbuotda e'lon qilingan. 1935 yilga kelib nemis olimi R.Kox o‘sish va rivojlanishdagi sodir bo‘layotgan tezlashuvni akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya – lotincha so‘z bo‘lib tezlashuv degan ma'noni bildiradi.
Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tez o‘sishidir. Akseleratsiya 100 yil ya'ni bir asr ichida yaqqol ko‘zga tashlanganligi uchun, akseleratsiya keng ma'noda "sekulyarniy trend" ya'ni asriy tendentsiya deyiladigan bo‘ldi. So‘nggi 100 yil ichida yangi tugilgan chaqaloqlarning bo‘yi 5-6 smga, kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalarning bo‘yi 10-15 sm ga, vazni esa 8-10 kg ga ortdi. Bundan tashqari akseleratsiya katta odamlar tana o‘lchamlarining ortishini, odam umrining uzayishini, xayz kechroq tugashini, ruxiy funktsiyalar va odam rivojlanishidagi boshqa o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
Ba'zi olimlar ul'trabinafsha nurlarning kuchli ta'siri bolalarning tez o‘sishiga sabab bo‘lmoqda, desalar boshqalari esa magnit to‘lqinlarining ichki sekretsiya bezlariga ta'sirini aytadilar. Yana birlari buni kosmik nurlarga bog‘laydilar. Oqsillar, yog‘’lar, uglevodlar, mineral tuzlar va vitaminlarga bo‘lgan extiyojning ortishi, fan va texnikaning olg‘a siljishi, ta'lim-tarbiya jarayonida yangi shakl va usullarning paydo bo‘lishi, sport va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish, genetik omillarni ham misol qilib keltiradilar. Bu omillarni biologik va ijtimoiy omillar deb atashimiz mumkin. Demak, o‘sish va rivojlanish murakkab protsess bo‘lib, undagi yashirin miqdor o‘zgarishlari ochiqdan-ochiq sifat o‘zgarishlari va ko‘rinishlariga olib keladi. M-n. bola balog‘atga yeta boshlashi bilan, atrof muhitga, borliqqa, undagi o‘zgarishlarga qiziqish bilan e'tibor berishi, ayniqsa yasli va maktabgacha yoshdagi bolalarda so‘z boyligini ortishini kuzatish mumkin.
Turli yosh davrining ta'rifi. Odam yoshini davrlarga ajratilish asosiy sababining poydevorida barcha organ va sistemalarning anatomo-fiziologik hususiyatlari va ijtimoiy kriteriyalari ya'ni bolaning yasli, bog‘cha va maktabdagi tarbiyalanish sharoiti yotadi. Masalan, yaslida tarbiyalansa, yasli yoshi, bog‘chada bog‘cha yoshi, maktabda ta'lim olsa, maktab yosh davrlari deb ataldi. Fanda rus gigiyenisti N.P.Gundobin tuzib bergan yoshlik davrlari sxemasi qo‘llaniladi. U odamning yoshlik yillarini quyidagi davrlarga birlashtirgan. Har bir davr o‘z ichiga bir necha yillarni qamrab oladi va har bir davrda o‘ziga xos jarayonlar sodir bo‘ladi.
1.Ona qornidagi rivojlanish davri. Bu davrda homilaning oziqlanishi, nafas olishi tana harorati va boshqalar bevosita ona organizmiga bog‘liq bo‘ladi.
2.Yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri. 1 kundan – 10 kungacha (kindik
tushguncha). Bu davrda bola yangi hayotga moslasha boshlaydi. Ilk bor mustaqil ravishda nafas oladi. Analizatorlar tizimi mustaqil ishlay boshlaydi.
3. Ko‘krak yosh davri 1 yoshgacha. Bu davr bola hayotidagi katta ahamiyatga ega bo‘lgan davr hisoblanadi. Bu davrda bolaning bo‘yiga o‘sishi 1,5 marta, og‘irligi 3 martaga oshadi, nutq paydo bo‘ladi. Qalqonsimon, ayrisimon va gipofiz bezlarining funktsiyasi kuchayadi. Ba'zi tizimlarning funktsional jihatdan mustahkam bo‘lmasligi, jumladan ovqat hazm qilish va nafas olish, bu yoshdagi bolalar orasida oshqozon–ichak kasalliklari va nafas olish organlarining kasalliklarining tarqalishiga olib keladi.
4. Bog‘cha yoshigacha bo‘lgan davr (1-3 yoshgacha). Bu davrda tananing bo‘yiga o‘sishi, og‘irligining ortishi biroz susayadi. So‘z boyligi ortadi, o‘zligini taniydi, taqlidchanligi ortadi, organ va tizimlar faoliyati takomillashadi.
5. Bog‘cha yosh davri (3-6, 7 yoshgacha). Bu davrda xotira, fikrlash tasavvur qilish protsesslari rivojlanadi, intizom paydo bo‘ladi, miya po‘stlog‘i juda ko‘p shartli bog‘lanishlar vujudga kela boshlaydi.
6. Kichik maktab yosh davri, (7-12 yosh). Skeletning suyaklashuvi davom
etadi, tana proportsiyasi o‘zgaradi, bosh miya katta yarim sharlari roli, jinsiy
bezlarning gormonal ta'siri orta boradi.
7.O‘rta maktab yosh davri (12-15 yosh). Bu davrda ikkilamchi jinsiy
belgilar paydo bo‘ladi, tormozlanish va qo‘zg‘alish protsesslari muvozanatlashadi, umumlashtirish protsesslari ortadi.
8. Katta maktab yosh davri yoki balog‘at yosh davri. Qizlar uchun 15 –yosh, o‘g‘il bolalar uchun 15-20 yoshgacha. Bu davrda jinsiy bezlar kuchaygan bo‘ladi, ikkinchi darajali jinsiy belgilar rivojlanadi, tananing bo‘yiga o‘sishi va og‘irligining ortishi tezlashadi. Barcha organ va sietsmalarning funktsiyasi takomillashadi. Bolaning ruxiy xolati o‘zgaradi.
1965 yili Moskvada yosh davrlariga bag‘ishlangan kengashda quyidagi yosh davrlari sxemasi qabul qilingan:
1. Yangi tug‘ilgan davr 1-10 kun
2. Emizikli davr 10-1 yoshgacha
3. Go‘daklik davri 1-3 yosh
4. Birinchi bolalik davri 4-7 yosh
5. Ikkinchi bolalik davri (o‘g‘il bolalar) 8-12 yosh
6. Ikkinchi bolalik davri (qiz bolalar) 8-11 yosh
7. O‘smirlik davri (o‘g‘il bolalar) 13-16 yosh
8. O‘smirlik davri (qiz bolalar) 12-15 yosh
9. Navqironlik davri (qiz bolalar)
16-20 yosh
10. Navqironlik davri (o‘g‘il bolalar) 17-21 yosh
11. Yetuklik I davri (erkaklar) 22-35 yosh
12. Yetuklik I davri (ayollar) 21-35 yosh
13. Yetuklik (to‘lishgan yosh) II davri (erkaklar) 36-60 yosh
14. Yetuklik (to‘lishgan yosh) II davri (ayollar) 35-55 yosh
15. Keksalik yoshi (erkaklar) 61-74 yosh
16. Keksalik yoshi (ayollar) 56-74 yosh
17. Qarilik yoshi (ayollar va erkaklar) 75-90 yosh
18. Uzoq umr ko‘ruvchilar 90 yosh va undan ortiq
Chet el olimlari Giorgio Barbareschi, Aagje Leven ning fikrichaham, bola – 18 – yoshga yetmagan har bir inson. 18 yoshdan katta bo‘lgan, hali kattalar hayotiga moslashib ulgurmagan yoshlar toifaga kiritiladi2
Zamonaviy biologiyaning asosiy muammolaridan biri organizmning rivojlanishini boshqarish yo‘llarini bilib olishdir. Irsiyat organizmlarning o‘z belgi va xususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmning belgi-xususiyatlari nasldan-naslga o‘zgarmagan holda o‘tadi.
Organizm belgi-xususiyatlarining bir qancha avlodda turg‘un saqlanib kelishi irsiyatning bir tomoni bo‘lib, ikkinchi tomoni organizmlarnivg ontogenezida ma’lum moddalar almashinuvini harakterini va rivojlanish tipini ta’minlashdir. Bularning hammasi irsiyat tufayli aniqlanadi. Har bir organizmning aniq rivojlanish tartibi uning irsiyati bilan aniqlanadi. Aks holda organizmlar avlodida o‘zgarish vujudga kelgan bo‘lur edi. (M-n bug‘doydan arpa, tovuqdan o‘rdak).
Organizmning ikki xususiyati irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganadigan fanga genetika fani deyiladi.
Irsiyat organizmning o‘z belgi va xususiyatlarini nasl­dan-naslga o‘tkazish xususiyati.
Dominant - nasldan-naslga o‘tganda yuzaga chiqadigan belgilar
Retsessivlik – nasldan-naslga o‘tganda yuzaga chiqmaydigan bel­gilar har bir hujayra sitoplazmasi, membrana, yadro, hujayra orgonoidlaridan tashkil topgan. Hujayra orgonoidlariga maxsus tuzilishga ega bo‘lgan va ma’lum funksiyalarni bajaradigan tuzilmalar kiradi. Hujayra membranasi tashqi va ichki muhit orasidagi modda almashinuvini boshqara- di. Zamonaviy genetikaning vujudga kelgan vaqti 1865 yil hisoblanadi, shu yili chex olimi Gregor Mendel’ bir va ikki belgisi jihatidan bir-biridan farq qiladigan no‘xat navlarini chatishtirib, belgilarning irsiy yo‘l bilan nasldan- naslga o‘tish qonuniyatlarini aniqlagan. U qizil gulli sariq no‘hatni oq gulli yashil no‘xat bilan changlatadi. Qizil va gulli oq o‘simliklar 3 : 1 nisbatda vedominant va retsessiv belgi asosida yuzaga chiqadi. Mendelning bu buyuk ishlariga zamondoshlari munosib baho bera olmadi. O‘z tajribalarida xuddi shunday natijalarni olgan golland olimi De Friz unutib yuborilgan Mendel’ tajribalarini qayta tahlil qilib, uning tadqiqotlarini to‘la to‘kis tasdiqladi. Shunday qilib, Mendel’ qonunlari tan olindi va genetika faniga asos solindi. Mendelning birinchi qonuni dominanta va retsessivlik konuni bo‘lib, yuzaga chiadan bedgilar dominanta belgilari yuzaga chiqmagan belgilar retsessiv belgilar deb yuritiladi. Ikkinchi qonuni ota-ona belgilari 3:1 nisbatda avloddan- avlodga O‘tadi, ya’ni 75% dominant, 25% retsessiv belgilar yuzaga chiqadi.
Irsiyatning moddiy negizi bu hujayraning o‘z nusxasini qayta vujudga keltira oladigan va bo‘linish protsessida qiz hujayralarga taqsimlanish xususiyatiga ega bo‘lgan barcha, elementlari hisoblanadi.
Organizmning bir butunligi. Organizm – bu yaxlit, barcha hujayralar, to‘qimalar, apzolar va apzolar tiziminixig tuzilishi va funksiyalari jihatidan o‘zaro bog‘langan. Har qanday hujayra, to‘qima, apzolar va apzolar tizimlari funksiyasi moddalar almashinuvining o‘zgarishi bilan o‘zgaradi va bu opzgarish opz navbatida boshqa hujayralar, to‘qimalar, apzolar va a’zolar tizimida moddalar almashinuvi o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Shu sababli organizmdan ajratilgan hujayralar, to‘qimalar va apzolarning funksiyasi hamda moddalar almashinuvi, organizmda kechayotgan jarayonlardan farq qiladi. Shunday ekan, organizmning izolyasiya qilingan qismlaridan olingan ma’lumotlarni - qonuniyatlarni bevosita butun organizmga o‘tkazish va so‘z yuritish mumkin emas.
Masalan, butun organizmga xos bo‘lgan yangi organizmlarni hosil bo‘lishiga olib keluvchi ko‘payish, xulq-atvor va Fikrlash kabi funksiyalar izolyasiya qilingan qismlar uchun xos bo‘lmagan funksiyalardir.
Funksiyalar birligi va shakllari. Quyi va oliy darajada rivojlangan odam va hayvonlar organizmining hayotiyligi yoki tirikligi faqatgina unga tashqi muhitdan moddalar tushib turishi hisobiga tapmin ctiladi. Bu moddalar yuqori darajada rivojlangan hayvonlar organizmiga nafas olish va ovqat hazm qilish apzolari orqali tushadi, ulardan qonga o‘tadi, so‘ngra ulardan foydalanuvchi a’zolar va to‘qimalarga yetkaziladi.
Organizm va undagi a’zolar mahsulotlar iste’molisiz faoliyat ko‘rsata olmaydilar.
Moddalar almashinuvi. apzolar funksiyasi va organizm xulq-atvoriga jiddiy ravishda bog‘liqdir. Bu esa organizmni faoliyati va tuzilishini, shaklini va uning apzolari namoyon qiladi. Organizmnig funksiyasi va tuzilishi chambarchas bog‘liqdir va ular bir-birini o‘zaro topldiradi. Lekin funksiyalarning birligi va shaklida, funksiya asosiy-boshlovchi rolni opynaydi, ya’ni bevosita moddalar almashinuvi bilan aniqlanadi. Organizmning funksiyalari va shakli-uning tarixiy va xususiy rivojlanishi natijasidir. Organizmning, apzolarning fuknsiyasi nisbatan juda tez o‘zgaradi, uning tuzilishi esa aksincha jiddiy darajada sekin o‘zgaradi.
Ayrim apzolar va funksional tizimlar fiziologiyasi. Turli a’zolardagi moddalar almashinuvi o‘xshashlik tomonlaridan tashqari, ularning funksiyalarini xarakterli xususiyatlarini aniqlovchi jiddiy farqlari ham mavjud. Bundan tashqari a’zolarni tashkil qiluvchi turli to‘qimalarning moddalar almashinuvida ham jiddiy farqlar bor.
Har bir organ ma’lum funksiyani bajaradi. Lekin apzolarning mustaqilligi nisbiy, chunki u apzolar tizimiga kiradi va uning faoliyati organizm tomonidan to‘lig‘icha boshqariladi. Apzolar butun hayot davomida faoliyat ko‘rsaruvchi doimiy va xususiy rivojlanishni ma’lum bosqichida hosil bo‘lib, so‘ngra ma’lum muddatdan keyin yo‘qolib ketiradi. A’zolar ma’lum funksiyalarni bajaruvchi tizimlarga birikishadi, masalan, asab, yurak-tomirlar, nafas, ovqat hazmi ajratuvchi va hokazo.
Hayvonlar organizmining tarixiy rivojlanish jarayonida asab tizimi muhim ahamiyatga ega, ya’ni bu tizim barcha tizimlar faoliyatini birlashtiradi va atrof muhitdagi organizmni xulq-atvorini, uning tashqi muhit ta’siriga qarshi kurashini ta’minlab beradi.
Organizmningyaxlitligivauninghayotsharoitlarinita’minlanishjarayonlaridabirnechaapzolartiziminingfaoliyatitanlanibbirikadilar. Bunday vaqtinchalik apzolar tizimining birikishi - funksional birikish deb ataladi. Masalan, xulq-atvor aktlarida asab tizimi, harakat apparatlari. yurak-tomirlar va nafas tizimlari funksiyalari birikadi. Funksional tizimlar apzolar tizimidan organizmning uning talab darajasiga qarab opzgaruvchan turli-tuman fiinksiyalarni bajarilishida ishtirok etishi bilan farq qiladi.
Organizmning a’zolari va funksional tizimlari uning tinimsiz opzgaruvchan atrof muhitdagi hayotining rivojlanishini tapminlashda, yagona funksiyani bajamvchi yaxlit jonzot bu organizmdir. Bu funksiya tashqi sharoitni jiddiy o‘zgarishiga qaramasdan, asosan asab tizimi ta’sirida ma’lum chegarada opzgaruvchan, nisbatan doimiy o‘rtacha darajaga qaytuvchi barcha apzolar, apzolar tizimi va funksional tizimning nisbatan mustaqil faoliyatidir. Organizm ichki apzolar funksiyalarini nisbatan dinamik doimiyligini va ichki muhitni tashkil qiluvchi suyuqliklaming biokimyoviy tarkibini bir xilda saqlanishini tapminlab turadi, bu gomeostaz deb ataladi.
Biologik va ijtimoiy jarayonlar birligi. Odamlar boshqa barcha tirik mavjudotlar ichida turli-tuman juda nozik harakatlarini bajarish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu qobiliyat esa mehnat jarayonida rivojlanadi va mukammalashadi. Odam o‘zining yashashi uchun xomashyo vositalarini yaratishi, o‘zining talablarini qondirish maqsadida, tabiat ehseklaridan unumli foydalanish uchun tabiatni qayta shakllantiradi (opsimliklarning yangi navlari, hayvonlaming yangi zotlarini yaratadilar, foydali qazilmalarni izlab topadilar va hokazo). Odamlar sezgi a’zolari, asab tizimi va skelet mushaklari ishtirokida tabiatga ta’sir ko‘rsatib, o‘zining tabiatini opz organizmining tuzilish va runksiyasini. ayniqsa sezgi a’zolari, asab tizimi va skelet mushaklari faoliyatini ham o‘zgartiradi.
Odam organizmi bilan hayvonlar organizmi orasidagi asosiy sifatiy farq qadimgi odamsimon maymunlar tanasidagi funksiyalarni va tuzilishini filogenez o‘zgarishini o‘rganishda aniq ko‘rish mumkin.



Yüklə 34,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin