2-Маvzu: Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigienasi.
Reja:
1-Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati.
2-Analizatorlarning turlari: ko`rish analizatorining yosh xususiyatlari.
3-Ko`rish qobiliyatining pasayishini oldini olish.
4-Eshitish analizatori. Bolalarda eshitish organining rivojlanishi. Eshitish gigiyenasi. Muvozanat apparati.
Tayanch so`z va iboralar: analizator, reseptor, mexanoreseptor, termoreseptor, xemoreseptor, fotoreseptor, signal, adaptasiya, ko`z, akkomodasiya, refraksiya, to`r parda, huloh nog`ora, chig`anoh, tovush vestibulyar teri, urun, hid,
Analizatorlarning umumiy tasnifi.Barcha tirik organizmlar o`z hayotini va turini davom ettirish, har xil xavf-xatarlardan o`zini himoya qilish, ma'lum mahsadga erishish uchun vaht va fazoni, tashhi muhitning asosiy xossalarini yaxshi his etish zarur. Analizator yoki sensor tizimlar ana shunday imkoniyatlarni yaratishga xizmat hiladi.Sensor tizimning handay bo`lishidan hat'iy nazar, uning tarkibida uchta asosiy hism mavjud bo`ladi. 1) ta'sirotlarni habul hiluvchi, maxsus ixtisoslashgan reseptor neyron; 2) reseptor neyronlar birligi (bloki) yoki ma'lumotlarni habul hiluvchi birlamchi markaz; 3) birlamchi markazlardan o`tgan ma'lumotlarni habul hiluvchi bitta yoki bir nechta ikkilamchi yoki birlashtiruvchi markazlar. Yuqoridarajada tuzilgan rganizmlarda birlashtiruvchi markazlar bir-biri bilan bog`langan. Ularning o`zaro munosabatlari natijasida ichki hamda tashhi muhit o`zgarishlari idrok etiladi.Ixtisoslashgan reseptorlar qabul qilgan turli fizikaviy ta'sirlar (nur, tovush, issih, sovuq) harakat potensialiga aylantiriladi va bu nerv impulslari tarzida ma'lum sezgini shakllantiruvchi markazga o`zatiladi.Markazga yetib kelgan impulslardan ma'lumot olinadi. Masalan, gulni ko`rganimizda uning rangi, hidi, shakli va ungacha bo`lgan masofani anihlaymiz. Bu ma'lumotlar birlamchi markazdan ikkilamchi va integrativ markazga o`tkaziladi; undan so`ng his qilinadigan narsa haqida fikr shakllanishi davom etadi. Integrativ markazlarga bu ma'lumotlarga qushni markazlardan kelgan va xotirada mavjud bo`lgan ma'lumotlar ham qo`shiladi. Shunda o`sha narsa yohud voheani his etish mujassamlashadi. Usha gul to`hrisida ko`ruv analizatori orhali olingan ma'lumotlarga hid bilish analizatori orhali olingan ma'lumotlar ho`shiladi. Gul to`hrisidagi tuyhu to`lihlanadi, shu gulni ilgari ko`rganini tahhoslash orhali idrok etiladi.Sensor tizimlarning har biri qabul qilinadiganq signalning bitta yoki bir nechta xossasini ajratadi. Masalan, ko`ruv analizatori yordamida rang va yorug`lik sezilsa, tam bilish analizatori achchih, shirin, nordon, sho`rni sezish imkonini beradi. hid bilish analizatori esa xushbo`y yoki badbo`yligini va hakoza. Sensotizimlarning bunday ajratgan holda sezishi, ular uchun maxsus ixtisoslashgan reseptorlarning borligidan dalolat beradi.Kabul qilishi mumkin bo`lgan adekvat ta'sirlovchilarga harab, reseptorlarning huyidagi turlari mavjud.
1. Mexanoreseptorlar. Bunday reseptorlar teri, yurak-tomir tizimi, ichki a'zolari, tayanch-harakat apparati, eshituv va muvozanat sahlash tizimlariga xos.
2. Termoreseptorlar. Bu reseptorlar issih va sovuhni sezuvchilar hahida, asosiy hismi terida joylashgan.
3. Xemoreseptorlar. Ximiyaviy omillar ta'siriga sezgir reseptorlar.
4. Fotoreseptorlar - nur energiyasini habul hiladi. Yorug`lik kuchini ajratish va rang ko`rish
imkoniyatini beradi.
5. Ohrih reseptorlari - ohrihni paydo hiluvchi ta'sirotlarni habul hiladi. Bu sezgi organizmdagi reseptorlarning deyarli hammasiga o`ta kuchli ta'sir qilganda paydo bo`ladi. Analizator tizimining va faoliyatining umumiy tamoyillari.Barcha analizatorlarning tuzilishda
huyidagi umumiy tamoyillar kuzatiladi.1. Ko`p havatlilik. Analizator tarkibida bir nechta havat neyron bor, ulardan birinchisi reseptorga bohlih, oxirgisi esa miya po`stlohining assosiativ sohasidagi neyronlarga kelib to`xtaydi. Bunday ko`p havatlilik organizmning signallarga tezlik bilan javob berishiga imkon beradi.2. Ko`p kanallik. Neyronlar havatining har biri juda ko`p (10 mingdan milliongacha) nerv unsurlari borligi va keyingi havatdagi neyronlarga bohlihligini ko`rsatadi.3. Yonma-yon havatlarda unsunlar sonining teng emasligi. Masalan, ko`ruv tizimida reseptorlar soni 130 mln bo`lsa, ko`zdan chihuvchi nervni tashkil etuvchi neyronlarning soni undan 100 marotaba kam, 1 mln.250 ming atrofida. Bu nisbat shundan dalolat beradiki, miyaning har handay yakka reseptorda vujudga kelgan impulsni habul hilolmasligidandan. Ma'lumot MNT ga yetguncha bir necha marta saralanadi. Ko`p sonli havatdan unsurlar kam havatga o`tish jarayonida ikkinchi darajali ma'lumotlar o`tkazilmaydi. Buni torayib boruvchi "voronka" sifatida miyaga o`tkaziladigan ma'lumotlarni kamaytiradi va fahat muhim axborotlarnigina o`tkazadi.
Ko`ruv analizatorida shuningdek kengayib beruvchi "voronka"ni ham uchratamiz. Miya po`stlohining ko`ruv sohasidagi neyronlar soni po`stloh osti ko`ruv sohasidagi neyronlardan ming marta ko`p. Keyingi "voronka" signallarning turli xossalarini taxlil qilish imkoniyatini beradi.
Ko‘z. Ko‘z (oculus, grekcha ophthalmos) ko‘z olmasi va ko‘ruv nervidan iborat.Ko‘z olmasi (bulbus oculi) yumaloq shaklga (148-rasm) ega bo‘lib, unda oldingi qutb (polus anterior) va orqa qutb (polus posterior) tafovut qilinadi. Oldingi qutb shox pardaning eng chiqqan joyiga to‘g‘ri kelsa, orqa qutbi ko‘ruv nervining chiqish sohasidan lateralroq joylashgan. Shu ikki nuqtani birlashtirgan chiziq ko‘zning tashqi o‘qi (axis bulbi externus) deb atalib, uzunligi 24 mm. Ko‘z olmasining ichki o‘qi (axis bulbi internus) shox pardaning orqa yuzasidan to‘r pardagacha bo‘lib, uzunligi 21,75 mm. Ko‘z olmasining vertikal o‘lchami 23,5 mm, ko‘ndalangi 23,8 mm. Ko‘zning oldingi qutbi bilan to‘r pardaning markaziy chuqurchasini bog‘lovchi chiziq ko‘zning ko‘ruv o‘qi (axis opticus) deb ataladi. Ko‘z olmasi ko‘zning ichki muhiti (oldingi va orqa kameralar suyuqligi, ko‘z gavhari, shishasimon tana) va uni qoplagan uch qavat pardadan iborat.Tashqi fibroz parda (tunica fibrosa bulbi) himoya vazifasini bajaradi. U ikki: oldingi shox va orqadagi oqsil pardadan iborat. Ularning o‘rtasida uncha chuqur bo‘lmagan aylanma egat (sulcus sclerae) bor.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda ko‘z olmasi nisbatan katta bo‘lib, bo‘ylama o‘lchami 17,5mm , ko‘ndalang o‘lchami esa 16,7 mm bo‘ladi. U bola hayotining birinchi yilida tez o‘sadi.Ko‘z o‘lchamlari hayot davomida 50% o‘ssa, og‘irligi 5 yoshda 70%, 20-25 yoshda esa 3 marta kattalashadi. Shox parda yangi tug‘ilgan chaqaloqda nisbatan keng va yassi bo‘lib, egriligi hayot davomida o‘zgarmaydi. U oqliq pardadan aniq ajralgan. Oqliq parda yangi tug‘ilgan chaqaloqda yupqa bo‘lib, undan tomirli parda havo rang soya berib ko‘rinib turadi. Tomirli pardada rangli modda kam bo‘lib, yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘zi kulrang yoki zangori rangda bo‘ladi. Doimiy rang 2 yoshlarda paydo bo‘ladi. Qorachiq mushaklari yaxshi taraqqiy etmagani uchun u tor (1,5-2 mm) bo‘ladi. Bola 5-6 yoshlarga to‘lganida qorachiq kengayadi, keyinchalik esa toraya boradi. Kiprikli tana yangi tug‘ilgan chaqaloqda kam taraqqiy etgan bo‘ladi. Unda biriktiruvchi to‘qima kam bo‘lib, o‘simtalari ingichka. Kiprikli mushak yupqa va qisqa bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda to‘r parda nisbatan yupqa va pigment hujayralari kam. Unda to‘r pardaning markaziy chuqurchasidan tashqari qismlari rivojlanishi tugallanmagan bo‘lib, markaziy chuqurcha taraqqiyoti bola hayotining 6 oylarida tugaydi.
Eshituv tizimi. Eshituv tizimi - insonlardagi eng muhim distant sensor tizimlardan biri bo'lib, insonlarda nutqning paydo bo'lishi va shaxslarning o'zaro munosabatida muhim ahamiyat kasb etadi. Akustik signatlar havoni har xil chastota va kuchda tebratib, ikkala quloqning chig‘anog‘ida joylashgan eshituv retseptorlarini qo‘zg‘atadi.
3Ташқи ва ўрта қулоқни бир-биридан 0,1 мм қалинлиқдаги ноғора пардаси ажратиб туради. Унга ўрта қулоқдаги суякчалар (болғача, сандон, узанги) бирлашган бўлиб, улар товушга мое равишда тебранма ҳаракат қилади ва ҳосил бўлган тўлқинларни кучайтирган ҳолда ички қулоққа ўтказади.
O`rta quloq burun-tomoq bilan eshitish yoki yevstaxiev nayi (3,5 sm uzunlikka, 2 mm kenglikka ega) orqali boglangan. Kishi yutinganida, esnaganida, chaynash harakatlarini qilganida bu nay orqali havo o`rta quloqqa o`tib, u yerdagi bosim tashqi quloqdagi bosim bilan tenglashadi.Ichki quloq suyakli va uning ichidagi pardali labirintlardan iborat, ularning orasida perilimfa, pardali labirint ichida esa endolimfa suyuqliklari bo`ladi. Ushbu suyuqliklar tovush ta'sirida noqora pardasi tebranishlarini o`rta quloqdagi suyakchalar tebranma harakatiga kura qabul qiladi va ularni nerv impulslariga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Suyakli labirint uchta, ya'ni daxliz, chiganoq va yarim doyra kanallardan tashkil topgan. Chiganoq ichida tovush qabul qiluvchi reseptor - spiralli kortiev a'zo joylashgan. Kortiev a'zoda tovush qabul qiladigan ichki (3500) va tashqi (1200) tukli hujayralar bo`ladi. Ushbu qujayralardan eshitish nervi boshlanadi.
Eshitish analizatori uchun adekvat qitiqlagich bu tovush to`lqinlaridir. Turli tovushlar ma'lumchastotada (1 sek davomida to`lqin soni gers (Gs) birligida) va kuchda (tebranish to`lqinlarining amplitudasiga kura desibillarda, db) bir-biridan farqlanadi. Odam eshita oladigan eng baland tovush 20.000 Gs ga, eng past tovush esa 12-24 Gs ga teng. Shundan yuqori tovushlar quloqda griq paydo qiladi (masalan, reaktiv motorli samolyot tovushi), pasti umuman eshitilmaydi.Inson 1000-4000 Gs tovushlarni eng yaxshi eshitadi yoki shunday tovushlarga quloqda yuqori qo`zhalish hosil bo`ladi. Undan past va yuqori chastotali tovushlarga nisbatan qo`zgalish juda kuchsiz bo`ladi.Tovush to`lqinlari tashqi va o`rta qulokdan yuqorida qayd qilingan mexanizm asosida ichki quloqka yetib kelib, chiganokdagi suyakli va pardali labirintlar orasidagi suyuqliklarga beriladi. Ularning tebranishi esa chiganokdagi asosiy membranaga beriladi va membrana tebranishi tukli xujayralarni harakatga keltiradi. Natijada ma'lum harakat potensiali yuzaga kelib, nerv tolalarida berilgan tovushga xos tegishli qo`zqalish yoki impuls hosil bo`ladi. Turli xil kuch va tonga ega tovushlar har xil tukli hujayralar tomonidan qabul qilinib, shunga tegishli harakat potensiallarini hosil qiladi.
Tashqi va o 'rta quloqning tuzilishi va vazifalari Tashqi eshituv yo‘li tovush tebranishlarini quloq pardasiga (nog‘ora parda) yetkazadi. Nog‘ora parda tashqi quloqni o‘rta quloqdan ajratib turadi, uning shakli ichkariga yo‘nalgan voronkani eslatadi (0,1 mm). Nog‘ora parda tashqi eshituv yo‘li orqali kelgan tovush to'lqinlariga tebranadi. O 'rta quloq. Havo bilan toMgan o‘rta quloqda uch xil suyakchalar mavjud. Ular bolg ‘acha, sandon va uzangideb nomlanadilar, bu suyakchalar nog‘ora pardaning tebranishlarini ichki quloqqa o'tkazadi. Suyakchalardan biri- bolg‘acha dastasi nog‘ora pardaga suqilib kirgan, bolg‘achaning ikkinchi tomoni sandonga birlashgan. Nog‘ora pardaning tebranishlari bolg'acha dastasi bilan sandon o‘sig‘idan tuzilgan richagning uzunchoq dastasiga o‘tadi, shu sababli tovush tebranishlari amplitudasi kamayib, kuchi oshgan holda uzangiga keladi. Uzangining boshi darcha membranasiga tarqalib turadigan yuzasi 3,2 mm2 ga teng. Nog‘ora pardaning yuzasi esa 70 mm2. Nog‘ora parda bilan o ‘zangi yuzasining nisbati 1:22, shu tufayli tovush to‘lqinlari oval darcha membranasini taxminan22 barobar ortiqroq kuch bilan bosadi. Havoli muhitda yoyiladigan tovush tebranishlari eshituv suyakchalari orqali o‘tib, endolimfa suyuqligining tebranishlariga aylanadi.
O’rta va ichki quloqning tuzilishi. Eshituv suyaklarning tasviri.O ‘rta quloqda m. tensor tumpani bilan m. stapedius deb ataluvchi ikkita muskul bor. Birinchisi qisqarganda nog'ora pardani taranglaydi, shu tufayli nog‘ora pardada tebranishlaming amplitudasi chegaralanadi, ikkinchisi esa uzangini mahkam ushlab turadi va shu bilan uning harakatlarini cheklaydi. Bu muskultar qattiq tovush berilgandan so'ng 10 ms dan keyin reflektor ravishda qisqaradi. O'rta quloq bo'shlig‘ini burun-halqumga tutashtiruvchi Evstaxiy nayi borligidan o'rta quloq bo‘shlig‘idagi bosim atmosfera bosimiga teng bo‘ladi.
Ichki quloq tuzilishi va vazifalari. Ichki quloqda chig‘anoq joylashgan bo‘lib, u yerda eshituv retseptorlari joylashgan. Chig‘anoq suyakdan tuzilgan spiral kanal bo‘lib, sekin-asta kengayib boradi, odamda 2,5 o‘ramni tashkil qiladi. Suyak kanalining diametri chig‘anoq asosida 0,04 mm, chig‘anoq uchida esa 0,5 mm ni tashkil qiladi. Suyak kanal boshidan oxirigacha, ya’ni chig'anoqning deyarli uchigacha ikkita parda bilan ajralgan: yupqaroq parda vestibulyar membrana yoki reysner membranasi, zichroq va mayinroq parda esa asosiy membrana deb ataladi.Chig'anoqning uchida ikkala membrana o‘zaro birlashadi, ularda helicotma degan teshigi bor. Vestibulyar membrana bilan asosiy membrana chig'anoq bilan suyak kanalini uchta tor yo‘l: yuqori, o‘rta va pastki kanallarga ajratib turadi.Chig'anoqning yuqori kanali yoki vestibulyar narvoncha (scala vestibuli) oval darchadan boshlanib, chig‘anoq uchigacha davom etadi, bu yerda teshik orqati chig‘anoqning pastki kanali-nog‘ora narvoncha (scala tumpani)ga kelib tutashadi, nog‘ora narvoncha esa yumaloq darcha sohasida boshlanadi. Yuqori va pastki kanallari perilimfa bilan to‘lgan, o‘z tarkibiga ko‘ra serebral suyuqlikka o‘xshab ketadi. Yuqori va pastki kanallar orasida o'rta kanal yotadi. Bu kanalning bo'shlig‘I ikkala kanal bilan tutashmaydi va endolimfa bilan to‘lgan bo‘ladi. Bu suyuqlikning tarkibi perilimfaga nisbatan 100 barobar ko‘p kaliy ionlarini ushlasa, 10 barobar oz natriy ionlarini ushlaydi. Chig‘anoqning o‘rta kanali ichida, asosiy hujayralar mavjud bo‘lib, ana shu hujayralar tovush tebranishlarini nerv qo‘zg‘alishlriga aylantiradi (trans formatsiya).
Dostları ilə paylaş: |