1-Mavzu: O‘zbek tili tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Turkiy tillar, o‘zbek tilining tarixiy ildizlari, davrlashtirilishi, o’zbek tilining shakllanishi va taraqqiy etish dinamikasi. Fonetika. Grafika. Singarmonizm


O’ZBEK TILI TARIXIY GRAMMATIKASINING MANBALARI. GRAFIKA



Yüklə 98,83 Kb.
səhifə14/16
tarix16.05.2022
ölçüsü98,83 Kb.
#58179
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
til tarixi ma #039 ruza 1-mavzu

O’ZBEK TILI TARIXIY GRAMMATIKASINING MANBALARI. GRAFIKA
Asosiy tushunchalar: bobo til, oltoy tili, mo‘g‘ul tili, tungus tili, turkiy tillar guruhi, sharqiy turkiy tillar, g‘arbiy turkiy tillar, tungus-manjur tillari, eng qadimgi turkiy til, xun davri, r-l tillari, z-sh tillari, qadimgi turkiy til.

Qadimgi turkiy til davri barcha turkiy urug‘ va qabilalarning umumiy tili sifatida VI-X asrlarni o‘z ichiga oladi. Qadimgi turkiy til kelib chiqishi va rivojlanishi jihatidan oltoy va xun tili davrlari bilan uzviy bog‘langan. Bu davr tili haqida B.Vladimirsov quyidagi fikrlarni bayon qiladi: «…mo‘g‘ul tili turk va tungus tillari bilan birga o‘zlarining bir umumiy ajdodiga ega bo‘lganki, uni shartli ravishda oltoy tili deb atash mumkin. Oltoy tilining rivojlanishi jarayonida tashkil topgan mo‘g‘ul, turk, tungus tillari ma’lum. Bu davr turkiy tillar taraqqiyotining birinchi, eng qadimgi bosqichi bo‘lib, fanda u oltoy til birligi nomi bilan yuritiladi. Bu davrda hali turkiy tillar mo‘g‘ul tillaridan mo‘g‘ul tillari esa, o‘z navbatida, tungus-manchjur tillaridan ajralib chiqmagan edi, ular bir til birligi sifatida qo‘llanar edi. Shunday qilib, qandaydir eng qadimgi tilning bo‘lganligi taxmin qilinadi. Bu tilga xos umumiy leksik, fonetik va grammatik belgi-xususiyatlar esa hozirgi mo‘g‘ul, turkiy va tungus-manchjur tillarida saqlanib qolgan»1.

Mutaxassislarning fikricha, qadimgi davrlardan milodiy V asrgacha bo‘lgan muddat “Eng qadimgi turkiy til” davri deb yuritiladi2. Adabiyotlarda bu davr oltoy va xun bosqichlariga ajratiladi. Oltoy davrining xarakteri, bu davrda yashagan xalqlar va ularning tili haqida aniq ma’lumotlar beruvchi tarixiy yodgorliklar yo‘q. Bu davr tilining ayrim xususiyatlari o‘lik tillarning eng qadimgi belgilari bilan hozirgi jonli tillarni tarixiy-qiyosiy usul asosida o‘rganish orqali taxminiy ravishda aniqlanishi mumkin. Tarixiy taraqqiyot jarayonida tillarning qo‘shilishi, ajralib ketishi natijasida oltoy davrining oxirlarida bu tillar tabaqalanadi va ikkita katta til guruhlariga bo‘linadi, ya’ni tungus-manchjur va turk-mo‘g‘ul tillar guruhlari ajralib chiqadi. O‘z navbatida ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning o‘sishi, ajralib chiqishi, farqlanish jarayonining davom etishi asosida bu tillarning har qaysisi asta- sekin o‘ziga xos leksik, fonetik va grammatik xususiyatlarga ega bo‘lib boradi. Buning natijasida xun davrining oxirlarida turk-mo‘g‘ul til birligidan turk tillari va mo‘g‘ul tillari ajralib chiqadi.

Turkiy tillarning eng qadimgi davrlardagi taraqqiyotining ikkinchi bosqichi xun davri hisoblanadi (eramizgacha III asrdan eramizning IV asrigacha). Bu davrda Markaziy Osiyodan Sharqiy Yevropagacha bo‘lgan katta hududda qudratli Xun imperiyasi tuziladi. Bu imperiya juda ko‘p turk-mo‘g‘ul, tungus-manchjur va boshqa qabilalarni birlashtiradi. Eramizning I asri oxirlarida o‘zaro ichki urushlar natijasida Xun davlati ikki qismga – G‘arbiy xun va Sharqiy xun davlatlariga bo‘lindi. Keyinchalik bular asosida g‘arb va sharqda turklar boshchiligida bir qancha qabila ittifoqlari mustahkamlanishi ko‘p jihatdan turkiy qabilalar va tillarning rivojlanishiga katta ta’sir qildi, ular umumiy belgilarini saqlagan holda, asta-sekin o‘zlariga xos xususiyatlarni ham hosil qila boshlaydilar, natijada bu barcha turkiy tillarning ikki guruh – sharqiy va g‘arbiy turkiy tillarga bo‘linishiga olib keldi. Bu davrdagi turkiy tillarning xususiyatlarini ko‘rsatuvchi tarixiy manbalar yo‘q. V.V.Bartold chuvash tili bo‘yicha tadqiqotlariga asoslanib, xun davridagi til chuvash tili bilan umumiylikka ega bo‘lgan, buni venger tilidagi turkiy unsurlarning chuvash unsurlari bilan o‘xshashligi ham tasdiqlaydi, degan fikrni ilgari suradi3.

Xun davrida turlicha turk, mo‘g‘ul, tungus-manchjur qabilalari tillarining o‘zaro bir-biriga ta’sir qilishi, qo‘shilishi, chatishib ketishi va qayta tashkil topishi jarayonida o‘sha vaqtda Markaziy va O‘rta Osiyo hamda Sharqiy Yevropada yashagan qadimgi eroniy, xitoy, sanskrit va slavyan qavmlari tillarining ishtiroki ham bo‘lgan.

Xun davrida turkiy tillar ham ko‘pgina urug‘ va qabilalarning tillari sifatida mavjud boʻlgan va ularga xizmat qilgan. Bu davrda ularning r-l tillari (qadimgi avar, bulg‘or va hozirgi chuvashlarning o‘tmishdoshi) hamda z-sh tillariga (qadimgi o‘g‘uz, qirg‘iz, qarluq va qipchoq) ajralishi yuz berdi. Fonetik qurilish va leksikadagi -s/z va l-sh/j tarzida moslashish hodisasining qoldiqlarini hozirgi oltoy va bir qator turkiy tillarda uchratish mumkin: r-s/z, bas-bormoq va bir-bormoq; kӛz va kӛr (ko‘rmoq), l-sh/j; besh va belek-tirsak (chuvashcha pilek-besh), bïsh-bulg‘a- aralashtirmoq kabi. Shu bilan birga, bu davrda mayda turkiy qabilalarning tabaqalanishi va bir-biriga qo‘shilishi, birlashishi jarayoni ham davom etar edi.

VI asr o‘rtalarida turklar kuchayib, yirik bir qabila ittifoqiga birlashdi, qo‘shni qabilalarni yengib, 552-yilda o‘zlarining mustaqil davlati – turk xoqonligini barpo qildi. 555-yilga kelib, Markaziy Osiyodagi xalqlar Manjuriya va Yenisey qirg‘oqlarigacha bo‘lgan yerlarni o‘zlariga qaratib oldilar. Harbiy va siyosiy qudrati asta-sekin kuchayib borgan turk xoqonligi eftalitlar davlatini tor-mor qildi, Amudaryo va Orolgacha bo‘lgan joylarni, VI asrning 70-yillarida esa Shimoliy Xitoydagi Chjou va Tsi davlatlarini bosib oldi. Xoqonlikning chegarasi Amudaryodan Hindistongacha cho‘zilgan edi. Ammo qabilalar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar, Xitoyning kuchayib ketishi va bu urushlarga aralashuvi natijasida VI asrning 80-yillarida turk xoqonligi parchalanib, Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketdi.

Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi, VII asrning 2-choragida Xitoyga qaram bo‘lib qoladi. 681-yilda Bilga xoqon qutlug‘ (Ilterin) va uning maslahatchisi Tonyuquq mustaqillikni qo‘lga kiritdilar. Sharqiy turk xoqonligining keyingi kuchaygan davri 682-745-yillarga to‘g‘ri keladi. Qapog‘on xoqon (691-716-yillar) davrida turklar Samarqandgacha borib yetdilar. Xoqon Bilga vafoti (734-yil)dan keyin kuchaygan o‘zaro urushlar natijasida Sharqiy turk xoqonligi parchalanib ketdi, 745-yilda esa uyg‘urlar tomonidan bosib olindi.

Markazi Yettisuv bo‘lgan G‘arbiy turk xoqonligi esa mustaqil davlat sifatida VII asrning 1-yarmida Sharqiy Turkistondan Kaspiy dengizgacha bo‘lgan yerlarda o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalari rivojlanadi. Samarqand, Buxoro, Choch (Toshkent), Marv, Chorjo‘y kabi katta shaharlar obod bo‘ladi. Ammo Xitoy va shimoliy qo‘shni davlatlarning hujumi, ichki o‘zaro feodal urushlar natijasida G‘arbiy turk xoqonligi tugatildi. Turklarning bir qismi Sharqiy Turkistonda o‘zlarining ittifoqini barpo qildi, Yettisuv va uning atroflarini esa turgeshlar qo‘lga kiritadi. Keyinroq bu yerlar Oltoydan ko‘chib kelgan qarluqlar qo‘liga o‘tdi. O‘g‘uzlar esa g‘arbga tomon yurish qilib, VIII asrda Sirdaryoning quyi qismi, Qoraqumgacha bo‘lgan hududda o‘z davlatlarini barpo qildilar.


Yüklə 98,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin