1-Mavzu: O‘zbek tili tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Turkiy tillar, o‘zbek tilining tarixiy ildizlari, davrlashtirilishi, o’zbek tilining shakllanishi va taraqqiy etish dinamikasi. Fonetika. Grafika. Singarmonizm



Yüklə 98,83 Kb.
səhifə12/16
tarix16.05.2022
ölçüsü98,83 Kb.
#58179
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
til tarixi ma #039 ruza 1-mavzu

O unlisi lablangan, keng va orqa qator; ө ham lablangan, keng,
lekin old qator unlidir. Qadimgi turkiy tilda orqa qator o bilan
alohida ikki fonemadir.

ol (u) өl (o’l)
ot (olov) өt (o’t-)
oz (o’z) өz (o’z, jon)


U unlisi lablangan, tor va orqa qator; ү ham lablangan, tor, lekin old qator unlidir. Bu unlilarning ham hozirgi holati ө va o unlilariniki singaridir. Qadimgi turkiy tilda ham u va ү alohida fonemadir.

tu- (to’s-) tү (tuk)

ur- (ur.-) үr- (pufla)

uch (tugash joyi) үch (3)

Hozirgi õ unlisini qadimgi turkiy tilda a unlisi ifodalaydi. Masalan hozirgi bõsh, so’zi bash, qõr so’zi qar tarzida talaffuz etiladi.


Undoshlar

Qadimgi turkiy tilda quyidagi undoshlar amalda bo’lgan:v, l, m, n, ң, r, b, g, d, z, g’, y, p, t, s, sh, k, q, ch

1. Sonorlar: l, m, n, ң, r

2. Jarangli: b, g, d, z, g’, y

3. Jarangsizlar: p, t, s, sh, k, q, ch

Avval ta’kidlaganimizdek, o’rxun alifbosidagi ayrim harflar tovushlar birikmasini ifodalaydi. Bu birikmalar jarangli va jarangsiz tovushlar birikmasidan iborat: bunday xususiyat uyg’ur va arab alifbosida uchramaydi.

Kadimgi turkiy tilda b, m, p lab undoshlari mavjud. Sirg’aluvchi lab undoshi f yo’q. O’rxun yozuvida v uchun maxsus harf yo’q. Uning o’rnida b ni bildiruvchi harf ishlatiladi. Uyg’ur yozuvida esa v uchun maxsus harf bor. b undoshi lab-lab, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh bo’lib, so’z boshida ham, o’rtasida ham, oxirida ham uchraydi: bu, yabg’u (amir), sab (nutq).

M undoshi b dan uning talaffuzida burun bo’shlig’ining - ishtiroki borligi va shovqinsizligi bilan farqlanadi. Demak, m lab-lab, nazal, portlovchi, sonor (shovqinsiz) undoshdir.

P undoshi b dan jarangsizligi bilan farq qiladi. Bu undosh hamma pozitsiyalarda uchraydi: Purum (Rum), Apa tarqan (unvon), tep (deb).



V undoshi, yuqorida aytilganidek, faqat uyg’ur yodnomalarda bor. V faqat so’z o’rtasi va oxirida o’rxun yodnomalaridagi b o’rnida uchraydi: sav (nutq), sәvinch (sevinch).

S til oldi-tish, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh fonema bo’lib, qalin (velyar) va ingichka (palatal) variantlariga ega.

Z undoshi s dan faqat jarangliligi bilan farq qiladi.

T undoshi s dan faqat portlovchililigi bilan farq qiladi.

D undoshi z dan faqat portlovchililigi bilan farq qilib, so’z o’rtasi va oxirida uchraydi. Bodun (xalq), od (zamon).

N undoshi d dan sonorligi bilan va nazalligi bilan farqlanadi. Demak, bu tovush til oldi, portlovchi, sonor, nazal undosh bo’lib, so’z boshida kamroq va boshqa pozitsiyalarda ko’proq uchraydi. Neңg (narsa), ana (ona), ben (men).

L undoshi n dan yon tovushligi va burnaki emasligi bilan farq qiladi. (yon yoki laterial undosh deb o’pkadan chiqqan havoning tilning bir yoki ikki yonidan o’tishi natijasida hosil bo’lgan tovushga aytiladi.)

R undoshi l dan yonsizligi va qaltiroqligi bilan farq qiladi. (Qaltiroq yoki vibrant undosh deb til uchining titrashi natijasida vujudga kelgan tovushga aytiladi).

Qadimgi turkiy tilda til oldi –tanglay, jarangsiz undoshlardan ch bilan sh bor.



J bilan җ esa yo’q. ch portlovchi, sh - sirg’aluvchi undosh: chab (shuhrat), shad (unvon).

Y til o’rta va til orqa variantlarga ega bo’lgan sirg’aluvchi sonor fonemadir. Yablaq (yomon), ay (oy).

K (q) til o’rta (k) va chuqur til orqa (q) variantlariga ega bo’lgan portlovchi, jarangsiz, undosh fonemadir. G (g’) fonemasi k (q) dan jarangliligi bilan farq qiladi.

Qadimgi turkiy tilda g’ (g) so’z o’rtasida va oxirida uchraydi: qag’an (xoqon), ogut (o’git).



Q tovushi g’ (g) dan nazalligi va sonorligi (shovqinsizligi) bilan farq qiladi. Bu fonema ham til o’rta va chuqur til orqa variantlariga ega bo’lib, so’z o’rtasida va oxirida uchraydi: yaңы (yangi), (ong).

Qadimgi turkiy tilda bo’g’iz undoshi h va til orqa x undoshi yo’q.



Singarmonizm

Qadimgi turkiy tilda singarmonizm qonuni amaldagi qonuniyat bo’lgan. Bu davrda birinchi bo’g’inning qattiq va yumshoqligiga ko’ra so’z yoki butun bir jumla qattiq va yumshoq talaffuz qilingan.

Singarmonizm deb so’zdagi tovushlarning bir-biriga hamda o’zakka qo’shimchalarning talaffuz jihatdan uyg’unlashishiga aytiladi. Masalan: kөrur, kөzum kөrməztəg, bilir biligim bilməz təg boltы. Qadimgi turkiy tilda singarmonizmning ikki qonuni mavjudligi aniq:

1) tanglay uyg’unligi yoki palatal attraktsiya;




Yüklə 98,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin