O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi: O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokining bir qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani, avvalo, til fani bilan bog'liq bo'lib, ilmiy nutq ilmiy uslub talabiga muvofiq aniq, lo‘nda, ixcham, mantiqli va ishonarli bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ilmiy uslub tili umumiste’moldagi adabiy tildan ajralmagan holda ishlatiladi, ya‘ni o‘zbek adabiy tili qonun-qoidalariga rioya qiladi.
Ilmiy ommabop uslubga xos materiallar huquqiy mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Ularning mohiyati, tayyorlanishi jamiyatdagi huquqiy me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum bo'lgan til birliklaridan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan terminlar mavjud. Ularni o‘rganish ham ushbu fanning maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani ixtisoslik fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |