2. Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi.Shaxs ijtimoiy munosabatlar iaravonida shakllanadi. Chunki ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog'liq bo'lgan holat va hodisalar o'rgatiladi. Bu jarayonda o'quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko'rsatma) orttiradilar, ya'ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o'rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta'sir etadi. Bu ta'sir ta'lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g'oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir ko'rsatadi.
Odamlar ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o'rganadilar.
Ijtimoiylashuv jaravoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba'zan aksi ham bo'ladi: to'liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba'zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko'rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko'p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o'qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g'oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. Zero, O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta'kidlab o'tilganidek, uzluksiz ta'limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta'limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |