2
Annotatsiya
60220300 – Tarix (mamlakatlar va yo`nalishlar bo`yicha) bakalavriat yo‟nalishi
bo‟yicha ikkinchi va undan keyingi ta‟limga kiruvchilarning
bilim darajasini sinash
maqsadida tuzilgan savollar ushbu yo‟nalishda ishlab chiqilgan nazariy asoslar, tamoyillar,
yo‟nalishlarni o‟z ichiga oladi.
Mazkur savollar O‟zbekiston Respublikasi Davlat ta‟lim
standartiga asoslangan
xolda, “Ta‟lim to‟g‟risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga mos
ravishda, amaldagi na‟munaviy dasturlar asosida tuzildi.
60220300 – Tarix (mamlakatlar va yo`nalishlar bo`yicha) yo„nalishi bo„yicha ikkinchi
va undan keyingi ta‟limga kiruvchilarning bilim darajasini sinash maqsadida tuzilgan savollar
ushbu yo„nalishda ishlab chiqilgan nazariy asoslar, tamoyillar, yo„nalishlarni o„z ichiga oladi.
Tuzuvchilar:
Erqo‘ziyevA.A.–NamDU Ijtimoiy iqtisodiy fakulteti, tarix kafedrasi mudiri, dotsent,
t.f.n.
Madrahimov Z.Sh. –NamDU Ijtimoiy iqtisodiy fakulteti,
tarix kafedrasi dotsenti,
t.f.n.
Taqrizchi: t.f.d., prof. A.Rasulov
Dastur NamDU Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix kafedrasining 2022 yil “___”
sentabrdagi -sonli yig„ilishida muhokama qilingan va ma‟qullangan
3
KIRISh
O„zbekistonning davlat mustaqilligini qo„lga kiritishi tufayli xalqimizning asriy
orzusi ushalib, o„z taqdirini hal etish kelajagini o„zi qurish imkoniyatiga ega bo„ldi.
Tarixan qisqa davrda jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida tub
ijobiy o„zgarishlar islohotlar bois erkin va demokratik
davlat barpo etish bosh
maqsadga
aylandi.
Mamlakatni
modernizatsiya
qilish,
faol
demokratik
yangilanishlarni amalga oshirish bilan bog„liq qator ishlar amalga oshirildi. Shubxasiz
bunday ulkan o„zgarishlar istiqlolni asrlar davomida orzu qilgan xalqimizning ko„hna
tarixiga bo„lgan munosabati tubdan o„zgardi. Tarixiy o„tmishga bo„lgan munosabat
davlat siyosati darajasiga qaratildi. Ayniqsa, bugungi murakkab globallashuv davrida
ma'naviyat sohasida vujudga
kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma'naviyatini
asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g„oya va
mafkuralar ta'siridan saqlash va himoya qilishda Vatan tarixini har tomonlama va
chuqur tadqiq etish, birlamchi manbalarga tayanib talqin etish, kelajak avlodga haqiqiy
tariximizni o„qitish orqali ularni yuksak ma'naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb
ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz tarixida yangi davr – mustaqil taraqqiyot davri boshlandi.
Xalqimiz demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish yo„lida
dastlabki sinovlardan o„tdi. Istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma'naviyatimizni
tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo„yicha
ulkan ishlar amalga
oshirildi. Demokratik islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda.
Yangi jamiyat qurish, avvalo, yosh avlodga, ularning ma'naviy dunyosi, kasb-
mahoratiga ham bevosita bog„liqdir.
Binobarin, yosh avlodda milliy g„oya, yuksak
ma'naviy fazilatlarni shakllantirishda, milliy ong va sog„lom fikrni uyg„otish,
ularni
Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun g„oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalashda,
yuksak ma'naviyatli komil inson bo„lib shakllanishida,
shuningdek, xalqimizning
ma'naviy yuksalishi yo„lida “O„zbekiston tarixi” fanining ahamiyati katta kasb etadi.
Mamlakatimizda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo„yicha O„zbekiston
Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuniga asoslanib mutaxassislarning kasbiy
maxoratini ko„tarish va malakali iqtisodchi kadrlarni xalqaro andozalar darajasida
tayyorlashni takozo etadi.
Dasturda qo„yilgan mavzu va masalalar 08.00.04-“Qishlok xo„jaligi iqtisodiyoti”
ixtisosligi bo„yicha talabgorlarning faqatgina shu sohadagi
umumiy bilim darajasini
aniqlash bilan cheklanmasdan, balki shu sohadagi muammolar va ularning
yechimlarini topish bo„yicha bilimga ega ekanligini namoyish eta olishini talab etadi.