Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi



Yüklə 48,59 Kb.
tarix28.04.2017
ölçüsü48,59 Kb.
#15976
UZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGLIKNI SAKLASh VAZIRLIGI

TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI

Davolash fakulteti

Tibbiy-pedagogika fakulteti

TERI-TANOSIL KASALLIKLARI KAFEDRASI

MAVZU № 6

MOXOV. TERI SILI. TERI LEYShMANIOZI.

Tuzuvchilar: dost. ALLAEVA M.d., dost MUSAEVA N.Sh.



TAShKENT - 2013

Ma’ruza rejasi va organizastion tuzilishi:


  1. Kirish suzi, boshlangich bilim darajasini aniklash, ma’ruza moxiyatini tushuntirish

  2. Kasalliklarning kuzgatuvchisi

  3. patogenezi, klinikasi, differenstial diagnostikasi, davolash

  4. kontrol savollar.



Ma’ruza №6



MOXOV. TERI SILI. TERI LEYShMANIOZI.

Teri sili.

Teri sili umumiy organizmdagi sil infekstiyasining bir ko’ri-ni-shi bo’lib, odatda bor ichki a’zolarni tuberkulyoz jaroҳatidan, aksa-riyat ichki superinfekstiyalanish natijasida teriga tarқalib vujudga keladi. Tekshirganda, umumiy tuberkulyozga xos bemorning tashқi ko’rinishi va ichki a’zolar yalliғlanishining obektiv belgilariga қo’shimcha, terida o’ziga xos toshmalar, ya’ni do’mboқchalar borligi aniқlanadi. Teri sili bugungi kunda juda kam uchraydi. Lekin keyingi yillar ko’p davlatlarda ijtimoiy kasalliklarini epidemik ҳolatda oshib ketishi va ular ichida sil kasallikning ҳam ko’payishi albatta ertaga terining spestifik yalliғlanishini, ya’ni teri sili oshib ketishiga keltiradi.

Etiologiyasi. Mycobacterium tuberculosis (Kox ,1882 y.) spirt va kislota ta’siriga juda chidamli tayoқcha bo’lib, bemorning ajralmasida ko’p miқdorda topiladi. Lekin sil kam yuқumli, surunkali, sekin rivojlanib kechadigan kasalliklar guruҳiga kiradi.

Teri silining klinik ko’rinishlari xilma xil bo’lib, ko’proқ mikobakteriyaning virulentligi va uning turi, organizmning immuniteti va kurash қobiliyati, bemorning meҳnat va turmush sharoitlari, ovқatlanish sifati bilan boғliқ bo’ladi.

Teri silini ikki guruҳga ajratadilar:

1. Chegaralangan (sil yugirigi, ya’ni oddiy volchanka, skrofuloderma, so’galsimon, yarali, sil shankr) teri sili.

2. Tarқalgan (papulo-nekrotik, Bazen indurativ eritemasi, lixensimon, milliar tarқalgan volchanka, o’tkir tarқalgan milliar) teri sili.

Amaliyotda, umumiy amaliyot shifokori, bemordagi belgilarga (do’mboқcha) asoslanib sil kasalligini aniқlab yoki borligidan shub-ҳa-lanib, mutaxassisga yuborsa, u katta yordam bergan bo’lardi. Chunki teri silining turlarini bir-biridan ajratish va davolash ko’proқ ftiziatr yoki dermatovenerolog mutaxassislarning vazifasidir.

SIL YuGIRIGI (sil volchankasi)

Sil yugirigi – teri silining eng ko’p uchraydigan turi bo’lib, asosan, yoshlikdan boshlanib, ko’proқ bemorning yuzidagi terisini ja-roҳatlaydi. Ko’p xalқlar, қolaversa olimlar eski davrdan, bu teridagi xunuk jaroҳat o’choғlarini bo’ri ғajigan inson terisiga o’xshatib, kasallikka “volchanka” deb nom berganlar. Shunday қilib, asosiy jaroҳatlar bemorning yuzida bo’lsa, ayrim bemorlarda қo’l-oyoқlarda yoki tanada joylashishi mumkin. Toshmalar odatda avval terida yoki burunning shilliқ pardalarda paydo bo’lib, keyinchalik atrofga tarқalib ketishi mumkin.

Klinikasi. Tuberkulez do’mboқchalari (lyupomalar) chuқur joylashib, boshlanishda sariқsimon-қizil rangli, mayda 2–5 mm kattalikdagi, aniқ chegarali doғ bo’lib ko’rinadi.

Bir necha oylar o’tib, yalliғlanish kuchayadi va do’mboқchalar teri satҳidan aniқ ko’tarilib ko’zga tashlanib turadigan bo’ladilar. Do’mboқchalarni paypaslaganda yumshoқ konsistenstiyaligi aniқlanib ular odatda oғriқsiz kechadi. Vaқt o’tib ular kattalashib bir-biri bilan қo’shilib ketishi mumkin. Do’mboқchani buyum oynasi bilan bosilsa (diaskopiya usuli), yalliғlangan o’choқdagi қon tomirlar қisқarib қonsizlangani oқibatida toshmalar rangi o’zgaradi va sariқ-si-mon-қizil rangli do’mboқchalar ko’proқ oқish-sariқ ko’rinishga ega bo’ladi va olma jelesini eslatadi (olma jelesi simptomi). Ikkinchi tuberkulyozga xos bo’lgan simptom yoki Pospelov A. siptomini (zond tushib ketishi simptomi) aniқlash uchun, o’tmas zond bilan do’mboқcha ustidan bosiladi. Bemor terisida kollagen va elastik tolalari kasallik oқibatida parchalangan bo’lgani uchun ular, epidermisdan o’tgandan keyin, қarshilik ko’rsatmasdan bosilgan zond teriga engil kirib ketishiga asos bo’ladi.

Sil yugirikda va teri silining boshқa turlarida ҳam do’mboқcha keyinchalik yaralanib bitadi yoki қuruқ bitish yo’li bilan surilib, yo’қolib o’rnida chandiқli atrofiya қoldiradi. Chandiқli atrofiya o’choғining terisi nozik, yupқa xuddi ғijimlangan papiros қoғozidek bo’lib, yaltirab turadi. Do’mboқcha o’rnida yara paydo bo’lsa, uning atrof chetlari yumshoқ, osilib turadigan, osti notekis va ko’p miқdorda seroz-yiringli, engil қonab turadigan ajralma ko’rinib turadi. Chandiқlar yuzasida vaқt o’tib, yangi do’mboқchalar vujudga kelishi teri siliga juda xos belgidir.

Sil yugirik kasalligi turli klinik ko’rinishda bo’lishi mumkin va ҳammasida ҳam regionar limfatugun yalliғlanib, kattalashib, bir-biri bilan boғlanib қoladi va bemor oғriқ borligini sezadi.

Sil yugirigi yoshlikda boshlanib, ko’p yillar davomida surunka, vaқti-vaқti bilan o’tkirlashib kechadi va terining anchagina қismini jaroҳatlashi natijasida ko’proқ ikkilamchi infekstiyalanish belgilari va ba’zan o’rnida xavfli o’smalar vujudga kelishi aniқlanib turadi.

Tashxisi.

1. Bemorning tashқi ko’rinishi.

2. Ichki a’zolar tuberkulezi.

3. Teridagi do’mboқchalardan iborat toshmalar va klinik belgilar (olma jelesi va zond tushib ketish simptomlari).

4. Teri biopsiyasi (granulema, kazeoz nekrozi).

5. Sil mikobakteriyalarni izlash.


Differenstial tashxisi:

1. Lepra.

2. Syphilis terciaria tuberculosa.

3. Leishmaniosis cutis.


SKROFULODERMA (Scrofuloderma)

Skrofuloderma yoki kollikvativ teri sili tez uchrab turadigan va ko’proқ yosh bolalar orasida tarқalgan. Kasallik ko’proқ o’pka va boshқa ichki a’zolardagi sil o’choқlaridan teriga ikkilamchi tarқalib, ko’pda limfatik tomirlar bilan boғliқ bo’ladi.

Klinikasi. Skrofulodermada sharsimon, diametri 1–3 sm lik, teri osti yoғ kletchatkasida va ko’proқ limfatik tomirlar yo’nalishi bo’yicha joylashgan tugunlar aniқlanadi. Ularning soni bittadan bir nechagacha etishi mumkin. Ular қattiқ konsistenstiyalik, ҳarakatchan bir-biri bilan boғliқsiz va oғriқsiz bo’ladi. Ustidagi teri o’zgar-magan. Keyinchalik tugunlar kattalashib atrofidagi to’қimalar va teri bilan қo’shilib ҳarakatchanligini yo’қotadi, ustidagi teri ko’kimtir-binafsha rangga kiradi. Vaқt o’tgach tugunlar yumshab, ustidagi teri yupқalashib flyuktuastiya rivojlanadi va bir yoki bir nechta joydan yorilib (svish) ko’p teshikli yaralar paydo bo’ladi. Yaralarning қirralari chuқur va yumshoқ, notekis, osilib turgan bo’ladi va tezda қon қo’shilib ko’p miқdorli yiring ajratishi xarakterlidir. Keyinchalik yaralarda sariқsimon granulyastiyalar paydo bo’lib ustida cho’ntakchalar vujudga keladi va ularning to’қimalari engil parchalanib, uzilib turadi. Yaralar yaxshi bo’lib ustida turli xil o’siқlari bor, notekis xarakterli chandiқlar ҳosil қiladi. Ayrim sabablarga ko’ra kasallik қayta rivojlansa, chandiқ ustida yangi toshmalar vujudga kelishi mumkin. Bemorning umumiy aҳvoli deyarli buzilmaydi.

Differenstial tashxisi:

Syphilis gummosa.

Ectima vulgaris.

Gidroadenitis.

Teri silini davolashda va profilaktikasidagi ҳarakatlar:

1. Umumiy sil jaroҳatlarini izlab butun organizmni davolash (PASK, streptomistin, rifampistin, ftivazid, tubazid);

2. Organizmning umumiy қuvvatini oshiradigan ҳarakat (sifatli ovқatlanish);

3. Atrof muҳitdagi negativ ijtimoiy-iқtisodiy omillar aҳamiyatini bartaraf etishga қaratilishi lozim.


TERI LEYShMANIOZI. BOROVSKIY KASALLIGI (Leishmaniosis cutis)

Teri leyshmaniozi – endemik, parazitar, yuқumli transmissiv kasallik. Kasallik vujudga kelishi uchun albatta infekstiya rezervuaridan (bemor odam yoki ҳayvon) moskit (infekstiya tashuvchi) қon bilan birga kasallik қo’zғatuvchisini (Leishmania tropica) yutib olishi kerak va keyinchalik bu moskit soғ odamni chaқib unga yuқtirishi mumkin.

Etiologiyasi. 1898 yilda Toshkent ҳarbiy gospital shifokori P.F.Borovskiy tomonidan kasallik қo’zғatuvchisi aniқlangan. Ke-yin-chalik (5 yildan keyin) Ҳindistonning turli shaҳarlarida ishlayotgan ingliz olimlari Leyshman va Donovan, bir-biridan va P.F.Borov-s-kiyning ishlaridan bexabar ҳolda vissteral leyshmaniozi қo’zғatuv-chi-sini aniқlaydilar va ularni nomi bilan u Leishmania donovani deb nomlanadi. Ingliz olimlari P.F.Borovskiyning ilmiy natijalari bilan tanishgandan keyin (1945 y), teri leyshmaniozini қo’zқatuvchisi uchun Borovskiy tanachalari degan sinonim kiritganlar.

Epidemiologiyasi. Leyshmaniozga қarshi kurashdagi yutuқlarning asosiy қismi ҳududimizda xizmat қilgan olimlar va mutaxassislar nomlari bilan boғliқ. Vissteral va teri leyshmaniozining shaҳar turlari to’liқ yo’қotilgan bo’lsa, teri leyshmaniozining қishloқ turi respublikamizda bugungi kunda faқat manbai bor joyda, ya’ni kemiruvchilar yashaydigan cho’l, қumlik voҳalarida uchraydi. Buxoro, Navoiy, Қashқadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Қoraқalpo-ғiston respublikasining ayrim cho’l voҳalarida, asosiy infekstiya-ning saқlovchilari ichidan ko’proқ қizil dumli қumsichқoni va nozik oyoқli yumronқoziқ tanildi. Ulardan odamga, қon so’rib olish vaқtida infekstiyani yuқtiradigan, kasallikni tashuvchi bo’lib chivin (moskit) Phlebo-to-mus papatachi topildi. Oldingi yillarda ko’p tarқalgan teri leysh-maniozining bugun kam uchrashining asosiy sababi bo’lib keltiril-gan kasallikni epidemiologik zanjirini aniқlab, uning uzishga қara-tilgan ҳarakatlar bo’ldi.

Klassifikastiyasi. Teri leyshmaniozining shaҳar turi (sinonimlari birinchi tip, kech yaralanadigan, ashxabadka, kokandka, yil yarasi), қishloқ turi (ikkinchi tip, o’tkir nekrozlanadigan, pendinka, murғab yarasi) va uchinchi tip yoki tuberkuloid leyshmaniozini ajratadilar.

Klinikasi. Moskitning қon so’rib terini jaroҳatlagan joyida keyinchalik, inkubastion davri o’tib kasallikka mos toshmalar, ya’ni leyshmaniomalar paydo bo’ladi. Odatda, moskit bir o’tirganda, sak-rab-sakrab terining bir necha joyida қon so’rar ekan va ҳar chaққan joyida keyinchalik leyshmanioma paydo bo’lib, bemorning terisida bittadan bir necha yuz leyshmaniomalargacha bo’lishi mumkin. Leyshmaniomalar soniga қarab epidemiologik ҳolatga baҳo berish mumkin.

Leyshmaniozning қishloқ turi қisқa 2–3 ҳaftalik inkubastion davrdan keyin, terida birinchi kundan, o’tkir yalliғlanish belgilari bilan kechadigan furunkulsimon tugun yoki shaҳar leyshmaniozidagidek do’mboқchalar bilan boshlanishi mumkin. Bu leyshmaniomaning markazidan 1–2 ҳafta o’tgach nekroz ҳosil bo’lib, bu erda notekis, chuқur chegarali yara vujudga keladi. Yaraning shakli noto’ғri oval bo’lib, notekis tubi sarғish-kulrang nekrotik parda bilan қoplangan bo’lishi mumkin. Paypaslaganda yaraning tagida va yaқin atrofida xamirsimon bo’sh infiltrat aniқlanadi. Ayrim ҳolatlarda, қo’shimcha jaroҳat oқibatida bemor oғriққa shikoyat қilishi mumkin. Leyshmaniomadan bir necha santimetr uzoқlikda, mayda ikkilamchi leyshmaniomalar, ya’ni tugunchalar (“bugorki obsemeneniya”) paydo bo’lib, yaralanib va keyinchalik bir-biriga қo’shilib ketishi mumkin. Leyshmaniozning ikki turiga ҳam oғriқsiz regionar limfa tomirlarning yalliғlanishi xarakterlidir va bu tomirlarning ustki қismi notekis-ligi bilan tasbeҳni eslatib turadi (“tasbeҳ simptomi”).

Leyshmaniozning қishloқ turida yaralar tezda (2–3 oy) 4–6 sm va undan kattaroқ bo’lib, atrofida ko’tarilib turgan valiksimon infiltrat (ҳalқa) bilan ajralib turadi. Keyinchalik yara nekrozlardan tozalanib, ustida baliқning қizil tuxumlarini eslatadigan granulyastiyalar rivojlanadi va yuқoriga o’sib ketadi. Bemorda “baliқning қizil ikrasi” simptomiga xos ko’rinish rivojlangani – yaralar tezda yaxshi bo’lib ketishining belgisi bo’ladi.

Yaraning o’rnida paydo bo’lgan chandiқ, ko’p yillardan keyin ҳam bemorning leyshmanioz bilan kasallanganini ko’rsatib turadi. Bu atrofik chandiқ shtamp қo’yilgandek aniқ chegarali, usti tekis va yaltiroқ, chegara қirrasi notekis festonsimon, atrofida vaқtinchalik giperpigmentastiya ҳam bo’lishi mumkin. Shunday қilib o’tkir nekrozlanadigan қishloқ leyshmaniozida birinchi toshmalar vujudga kelgandan to yaralar bitgungacha 2–3 oydan 5–6 oy o’tishi mumkin. Shaҳar leyshmaniozida bu davr o’rtacha 1 yilga teng bo’ladi va oldindan, ko’p xalқlar bu kasallikga “yil yarasi” deb nom berishlariga asos bo’lgan.

Immunitet paydo bo’lishi Shaҳar xili bilan kasallangan bemor қishloқ xili bilan yana kasallanishi mumkin Қishloқ xili bilan kasallangan bemor boshқa kasallanmaydi

Profilaktikasi. Kasallanish faқat yilning issiқ, chivinlar ko’p uchadigan oylarda, ya’ni may – noyabrda uchraydi. Kasallikning oldini olishga қaratilgan turli ҳarakatlar maқsadi faқat keltirilgan epidemiologik zanjirlarni buzishga қaratilishi lozim. Ya’ni, қishloқ leyshmaniozida bu ҳarakatlar infekstiya rezervuari bo’lmish kemiruvchilarni yo’қ қilmoқ zarur yoki infekstiya tashuvchisi moskit-larni yo’қotish kerak yoki soғ odamlarni bu chivindan ҳimoya қilish lozim. Mutaxassis bor imkoniyatlarini va ҳududdagi epidemiologik ҳolatni ko’zda tutib ҳarakat қilishi zarur.

Epidemiologik zanjir

Shaҳar leyshmaniozida:

Kasallangan inson – Moskit – Soғ odam.

Қishloқ leyshmaniozida:

Kasallangan kemiruvchi ҳayvon – Moskit – Soғ odam.

1. Kemiruvchi ҳayvonlarni қishloқ atrof erlarini ko’zdan kechirib, sichқonlar kovaklarini xlorpikrin, stianidlar bilan zaҳarlash usuli bilan yo’қotish.

2. Chivinlarni – ular yashaydigan turғun suv ҳovuzlarni insekti-stidlar (DDT, tiofos, geksoxloran) bilan zaҳarlash.

3.Soғ odamlarni ҳimoya қilish – pashshaxona, repellentlarni («Tayga» malҳami, chinnigul yoғi, dimetilftalat, kerosin, ayrim efir yoғlar) ishlatish.

4. Kasallangan insonda umrbod saқlanadigan immunitet rivojlanganini ko’zda tutib, endemik ҳududlarga chiқib ketishni mo’ljal-lagan (ekspedistiya) odamlarga, bugungi kunda turli emlash usullari taklif қilinyapti.

Davolash. Teri leyshmaniozining bugungi kundagi davolash natijalari қoniқarli emas. Buning asosiy sababi, monomistin amaliyotdan olingandan keyin (toksik ta’sir borligi uchun), boshқa talab-larga javob beradigan spestifik preparat topilmadi. Bemor davolanmasa ҳam, vaқti kelib kasallik o’z-o’zidan o’tib ketishini ko’zda tutganda, shifokorning asosiy vazifasi bo’lib, bemorga – oғriқ bezovta қilsa analgetiklar berish va yaralarni ikkilamchi infekstiyadan ҳimoya қilib antibakterial va antiseptik malҳamlar bilan birga, yaralarni tez berkilib ketishiga қaratilgan vositalar beriladi.

MOXOV (LEPRA)

Moxov – oғir, yuқumli, aniқlanmagan uzoқ inkubastion davr, turli boy klinik belgilar va ko’p ichki a’zolar va sistemalar jaro-ҳat-lari bilan kechadigan odamga xos kasallikdir. Kasallik eski zamondan keng tarқalgan bo’lib odamzodga ko’p қiyinchiliklar keltir-gan. XII–XIII asrlarda Evropa davlatlarida endemiya va pandemiya ҳolatida kechgan va birinchi kurash ҳarakati bo’lib, kasallik belgilari bo’lgan kimsalar shaҳar-қishloқlardan chiқarib yuborilgan va moxovxona yoki moxov қishloқlari vujudga kelgan. Ayrim davlatlarda bemorlarga bo’lgan munosabat undan ҳam daҳshatli bo’lgan. Bugungi kunda ro’yxatga olingan bemorlarning soni 12 mln bo’lib, ularning asosiy қismi Afrika, janubiy-sharқiy Osiyo va Osiyo davlatlarida yashaydi. Kasallik, asosan, bu erdagi aҳolining ijtimoiy va iқtisodiy aҳvoli, madaniy saviyasi past bo’lgan қismida uchraydi.

Etiologiyasi. Moxov қo’zғatuvchisi 1871 yil Hansen tomonidan aniқlangan va 1931 yil unga Mycobacterium leprae hominis nomi berildi. Ular tuberkulyoz mikobakteriyasini eslatadigan, spirt va kis-lota ta’siriga juda chidamli, uzunligi 1,5–6 mikron va kengligi 0,2–0,5 mikronga teng tayoқchalar bo’lib, ko’pincha parallel sigarasimon yoki sharsimon bo’lib joylashadilar. Bugungi kungacha uning sof undirma (kultura)si olinmadi va faқat keyingi yillarda ҳayvonlar--da (bronenosest) eksperimental chaқirish imkoniyati topildi. Bemor, ayniқsa yangi toshmalari bo’lsa juda ko’p miқdorda lepraning қo’zғa-tuv-chisiga ega bo’lib, ularni doimo ajratib turishga munosib bo’ladi. Mikobakteriyalar ko’p miқdorda insonning deyarli ҳamma suyuқliklar va ajramalarida topiladi. Misol burunning shilliқ қavati suyuқligidan bemor bir aksirganda yoki tinch 3–4 minut gapirganda bir necha yuz ming bastillalar atrofga ajralib ketadi. Bastilla tanaga faқat teri yoki shilliқ қavatlar butunligi buzilgan joyidan kirishi mumkin va insonning ҳimoya kuchlari juda kamayib ketgan ҳolda kasallik rivojlanishi mumkin. Bugungi kunda moxov kasalligini kam yuқumli deb tanidilar va uning yuқtirilishi mumkin bo’lgan davrlari bu, asosan, go’dak, kichik yoshdagi bolalik davri deb biladilar.

Klinikasi. Kasallikning inkubastion davri 1–2 yildan to 15–20 yillar va undan ko’proқ ҳam bo’lishi mumkin. Ayrim olimlar, moxovning birinchi klinik toshmalardan oldin prodromal davri borligi va unda revmatoid oғriқlar, paresteziya va gipersteziyalar mum-kinligini eslatadilar.

Moxovning lepromatoz, tuberkuloid va differenstiyalanmagan turlari ajratiladi.

Bulardan eng oғir va yuқumlisi lepromatoz moxov, yaxshi fe’lli tuberkuloid va ular o’rtasida turgan differenstiyalanmagan turi-dir. Oxirgisi, bemorning ichki ҳimoya kuchlarining rivojlanishiga қarab o’zgarib turadi. Ya’ni, қarshilik kuchaysa, kasallik – tuberkuloid turiga, pasaysa – yomon fe’lli lepromatoz turiga o’tishi mumkin.

Moxov kasalligida eritematoz, yaltiroқ, turli kattalikda bo’l-gan ovalsimon doғlar paydo bo’ladi. Tezda ular zang rangli bo’lib, infiltrastiya oқibatida zichlashib boradi va ichida asta-sekin kattalashib boradigan tugunlar ko’zga tashlanib қoladi. Bu moxovning asosiy klinik toshmasi bo’lib leproma deyiladi.

Moxovda, kasallik boshlanish davridan terida sezguvchanlik yo’қoladi. Tekshirilsa bemorda issiқ-sovuқni, oғriқni, bosimni sezish yo’қolgani engil aniқlanadi.

Vaқt o’tib, bemorning қosh, sochlari lateral tomondan tushib ketadi va yaltirab turgan terida rivojlangan infiltratlar orasidagi katta tugunlar bir-biri bilan қo’shilib, usti notekis bo’lib, o’z oғirligidan osilib қoladi. Bu moxov bemorning yuzi juda xarakterli bo’lib, «sher aftini» eslatadigan ko’rinish berib turadi.

Ayniқsa, moxovning lepromatoz turida burun, oғiz, ko’z shilliқ pardalari jaroҳatlanishi ko’p uchrab turadi. Bu erda seroz suyuқliklar ajralishi kamayib to’xtab қoladi va oқibatda burunning toғay қismi jaroҳatlanib ko’tarilib қoladi, ko’zlarni esa butunlay ko’r қilib қo’yadi.

Moxovning tuberkuloid turiga ko’proқ asab sistemasining jaroҳatlanishi va terida yumshoқ do’mboқchalar, gipopigment doғlar, soch to’kilishi ko’rinishi va bemorda terlash xususiyati yo’қolib ketishi xarakterlidir.

Differenstiyalanmagan moxovda ko’proқ eritematoz, gipopigment-li yoki giperpigmentli doғlar bilan, asab tolalarni simmetrik jaro-ҳatlanishi, bemorda paralichlar, kontrakturalar va chuқur atrofik yaralar vujudga keladi.

Moxov kasalligiga tez-tez o’tkirlashib turish xarakterlidir. Asablanish, ichki kasalliklar yoki ikkilamchi infekstiya қo’shilishi, faslga mos o’zgarishlar bunga sabab bo’ladi.

Tashxis. Albatta mutaxassis tomondan to’liқ tekshirilgandan keyin tashxis қo’yiladi.

1. Terining sezgirlik қobiliyatini aniқlash.

2. Bakterioskopiya – burun shilliқ қavatidan, limfatugun punkstiyasi.

3. Gistamin sinamasi – қizarish bo’lmaydi.

4. Minor sinamasi –10% yod surtib, ustidan kraxmal, keyin aktiv ҳarakat. Terlash oқibatida yod terini қora-binafsha rangga bo’yaydi. Moxovda terlash bo’lmaydi.

5. UFOga sinama – giperpigmentastiya bo’lmaydi.

6. Lepromin sinamasi (tuberkulin sinamasiga o’xshash).

Davolash.

1. Sulfon preparatlari – DDS (diamindifenilsulfon), sulfetron, leprosan, promin, diazon.

2. Bemorning oila a’zolarini va boshқa yaқin muloқotda bo’lganlarni tekshirib, kerak bo’lsa profilaktik davo olib borish kerak.

Tavsiya etilgan adabiyotlar:



Asosiy

1 Arifov S.S., Eshbaev E.X. Teri-tanosil kasalliklar. T.,1997

2 Vaisov A.Sh. Teri-tanosil kasalliklari. T., 2004

3 Vladimirov V.V., Zudin V.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. 4Atlas. Uchebnoe posobie dlya studentov med. VUZov.

5 Skripkin Yu.K. Kojnыe i venericheskie bolezni. Uchebnik dlya medistinskix institutov. M.,1979., 1980,

6 Skripkin Yu.K. Rukovodstvo po kojnыm i venericheskim boleznyam. M.Medistina, 1995.

7 Pavlov S.T., Shaposhnikov O.K.. Samstov V.I., Ilin I.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. L 1989g

8 Shadiev X.K., Axmedov. Teri-tanosil kasalliklar.,T.1993.

9 Karimov A.M. Teri va tanosil kasalliklari 1995 y

10 Kapkaev R.A. « Spravochnik dermatoveenrologa» 1997g.



Қo’shimcha

1. Kalamkaryan A.A., Mordovstev V.N. ,Trofimova Klinicheskaya dermatologiya, M.1989

2.Somov B.A., Dolgov A.B. Professionalnыe zabolevaniya koji v veduщix otraslyax narodnogo xozyaystva. M.1976.

3.Studnistin A.A., Berenbeyn B.A. Differenstialnaya diagnostika ojnыx zabolevaniy. M.Med.,1989

4. Shaposhnikov O.K., Venericheskie bolezni. L.1991.

Saytы Interneta :

1) www tma uz

2)www .mediashhera aha.ru // dermatol// derm –mn htm

3)www . matrix ucdavis edu // DOJ . htm l

4)www.c.c. emory .edu //WHCL// medveb. Dermatology .html/

5)www I . Mosbycom // Mosbi // Periodicals // medicals // CPDM // dm / html

6)www. Skindex . com .

7)www amaassu/org//journals // standing // derm // dermhome .htm



8)www.crawford .com //epo // mmwz //world.html
Yüklə 48,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin