«AQLLI TIBBIYOT» TIZIMI – aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratish. Ushbu tizim yoʻlga qoʻyilishi bilan kasalliklarni barvaqt aniqlash darajasi oshadi va kasalliklarning masofali profilaktikasi joriy etiladi. «Aqlli tibbiyot» tizimi shifokorga smart-devayslar hamda axborot tizimlari yordamida bemor bilan aloqani qoʻllab-quvvatlashga yordam beradi. Bemorning tanasiga mustahkamlangan maxsus chip yoki brasletlar qayerda boʻlishidan qat’i nazar, uning salomatligi haqidagi muhim ma’lumotlarni shifokorga yuborib turadi. Bu tana harorati, arterial qon bosimi, qondagi qand miqdori toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, elektrokardiogramma boʻlishi mumkin. Bunday axborot surunkali va yashirin kechuvchi kasalliklarni aniqlash, bemorning salomatligi holatini monitoring qilish, profilaktik davo choralarini tayinlash uchun zarur.
«PREVENTIV» – lot. praevenio – «oldini oluvchi, ogohlantiruvchi» ma’nosini anglatadi.
«KOMPLAENS NAZORAT» – bozor iqtisodiyoti qonunlarga asoslangan mamlakatlarda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat va xususiy sektor ishtirokchilarining xalqaro standartlar, qonun hujjatlari va boshqa zamonaviy usullarga muvofiq samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi muhim vositalardan biri oʻz tarkibida korruptsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat (compliance control) tizimi.
Korruptsiyaga qarshi komplayens nazorati – davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korruptsiya xavf-xatarlari, manfaatlar toʻqnashuvini oʻz vaqtida aniqlash va chek qoʻyish, qonun buzilishi va korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni oʻzida mujassam etgan profilaktik tizimdir.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Davlatimizda aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi, zamonaviy talablarga javob beradigan va mamlakatimizning barcha hududlarida aholiga malakali xizmat koʻrsatadigan, jumladan, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha yaxlit tizimni shakllantirish maqsadida qanday qonun qabul qilindi?
2. Davlatimizda tibbiy buyumlar va farmatsevtika faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, tibbiy buyumlar olinishi imkoniyatini va ularning sifatini, xavfsizligini va samaradorligini kafolatlash, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin ruxsat etilishiga qaratilgan qanday qonun qabul qilindi?
3. Oʻzbekistonda davlat sanitariya nazorati, insonning yashash muhiti, sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar, sanitariya-epidemiologik vaziyat, sanitariya-epidemiologiya xizmati, cheklovchi tadbirlar (karantin)ni, yuqumli va parazitar kasalliklarga qarshi emlash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida qanday qonun qabul qilindi?
4. Yurtimizda xususiy sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun ambulatoriya va statsionar tibbiy xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan qanday qonun qabul qilindi?
5. Oʻzbekistonda bugungi kunda oʻrtacha umr davomiyligi necha yoshni tashkil qiladi?
6. Oʻzbekistonda bugungi kunda oʻrtacha umr davomiyligi erkaklar uchun necha yoshni, ayollar uchun necha yoshni tashkil etmoqda?
7. «Elektron poliklinika» va «teletibbiyot» tajriba-loyihalari toʻgʻrisida tushuncha bering?
8. «Aqlli tibbiyot» tizimidan maqsad nima?
9. 2021 yilda sogʻliqni saqlash sohasidagi 5 ta ustuvor yoʻnalishni aytib bering?
10. 2020 yil 23 sentyabrь kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻgʻrisida»gi OʻRQ-637-son qonunining mazmun-mohiyati va maqsadi nimadan iborat?
11. Oʻzbekistonda ta’lim turlarini aytib bering?
12. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish masalalari toʻgʻrisida fikringizni bayon eting?
13. «Fuqarolik jamiyati» tushunchasini ifodalab bering?
14. Fuqarolik jamiyatining asoslari?
15. Iqtisodiy bilim va madaniyat, ijtimoiy-siyosiy bilim va madaniyat, huquqiy bilim va madaniyat hamda ma’naviy ong deganda nimalarni tushunasiz?
16. Faol fuqarolik pozitsiyasi deganda nimani tushunasiz?
17. Korruptsiya nima oʻzi?
18. Korruptsiyaning kelib chiqish ildizi qayerda?
19. Oʻzbekiston Respublikasining «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonuni qachon qabul qilindi, qonunning mazmuni va maqsadi nimalardan iborat?
20. Davlatimizning sogʻliqni saqlash tizimini korruptsiyadan holi «Korruptsiyasiz soha»ga aylantirish, tizimga ochiqlik va shaffoflik printsiplarini joriy qilish, korruptsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda korruptsiyani vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshirilayotgan preventiv chora-tadbirlarni aytib bering?
Dostları ilə paylaş: |