1-MAVZU: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TIBBIYOT SOHASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YOʻNALISHLARI
Reja:
1. Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyot sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari va sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar
2. Davlatimizda yuqori sifatli kadrlar tayyorlash, ularning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy ongini, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish vazifalari
3. Korruptsiya: uning tarixiy ildizlari, korruptsiyaga qarshi kurash usullari. Oʻzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosati
1. Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyot sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari va sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar
Sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish, davolashning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etish, xalqimizning munosib hayot sifatini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, har tomonlama sogʻlom avlodni tarbiyalash, tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarga alohida e’tibor qaratilib, izchil davom ettirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 38-moddasi)ga binoan har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari sogʻliqni saqlash borasida daxlsiz huquqqa egadirlar. Davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar fuqarolarning sogʻligʻi saqlanishini ta’minlaydi.
Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qat’i nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Davlatimizda aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi, zamonaviy talablarga javob beradigan va mamlakatimizning barcha hududlarida aholiga malakali xizmat koʻrsatadigan, jumladan, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha yaxlit tizimni shakllantirish, tibbiy buyumlar va farmatsevtika faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, tibbiy buyumlar olinishi imkoniyatini va ularning sifatini, xavfsizligini va samaradorligini kafolatlash, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin ruxsat etilishi, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi, davlat sanitariya nazorati, insonning yashash muhiti, sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar, sanitariya-epidemiologik vaziyat, sanitariya-epidemiologiya xizmati, cheklovchi tadbirlar (karantin)ni, yuqumli va parazitar kasalliklarga qarshi emlash tadbirlarini amalga oshirish, xususiy sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun ambulatoriya va statsionar tibbiy xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha quyidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari qabul qilinib, mustahkamlandi:
– 1996 yil 29 avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasining «Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi 265-I-son qonuni;
– 1997 yil 25 apreldagi Oʻzbekiston Respublikasining «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi 415-I-son qonuni va yangi tahrirdagi 2016 yil 4 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasining «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi OʻRQ-399-son qonuni;
– 2015 yil 26 avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasining «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida»gi OʻRQ-393-son qonuni;
– 2019 yil 10 maydagi Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida»gi OʻRQ-537-son qonuni.
Davlatimizda 2017 – 2021 yillarda sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, fuqarolar sogʻligʻini saqlashni yanada kuchaytirish, nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama manzilli qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, davlat tibbiyot tashkilotlari va aholini dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash borasidagi ustuvor yoʻnalishlar quyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida aks etdi:
– 2017 yil 7 fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida»gi PF-4947-son farmoni va ushbu farmon bilan tasdiqlangan «2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi»;
– 2018 yil 22 yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PF-5308-son farmoni;
– 2019 yil 17 yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PF-5635-son farmoni;
– 2020 yil 2 martdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PF-5953-son farmoni;
– 2021 yil 3 fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrsida»gi PF-6155-son farmoni
HAM DA
– 2017 yil 22 dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi (Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba oʻtkazilib boshlandi);
– 2018 yil 28 dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi;
– 2020 yil 24 yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi;
– 2020 yil 29 dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
Dostları ilə paylaş: |