1-mavzu: Oʻzbekiston respublikasining tibbiyot sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari reja


Korruptsiya: uning tarixiy ildizlari, korruptsiyaga qarshi kurash usullari



Yüklə 104,38 Kb.
səhifə5/13
tarix28.11.2023
ölçüsü104,38 Kb.
#168710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1 mavzu ma’ruzalar ma’tni

3. Korruptsiya: uning tarixiy ildizlari, korruptsiyaga qarshi kurash usullari. Oʻzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosati
Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga toʻgʻanoq boʻladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korruptsiya va poraxoʻrlikdir. Aynan shu illat sababli koʻplab davlatlarning inqirozga yuz tutgani ham tarixdan ma’lum.
Korruptsiya – bu jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga toʻsqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta’kidlab oʻtish oʻrinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambagʻal boʻlishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish boʻyicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan boʻlsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Korruptsiya (lot. Corrumpere – buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini koʻzlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
Koʻp hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korruptsiya koʻplab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi. Makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar, korruptsiya – davlatlarning iqtisodiy oʻsishi va rivojlanishiga ulkan toʻsiq ekanligini koʻrsatdi.
Korruptsiyaning tarixiy oʻzaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega boʻlish uchun qabila sardorlariga sovgʻalar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Oʻsha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korruptsiyaning davlat rivojlanishiga katta toʻsiq ekanligini koʻrsatdi. Korruptsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxoʻrligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obroʻsiga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxoʻrligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda «Sovgʻalarni qabul qilma, chunki sovgʻa koʻrni koʻradigan qiladi va haqiqatni oʻzgartiradi» deyilgan boʻlsa, Qu’roni Karimda «Boshqalarning mulkini nohaq yoʻl bilan olmangiz va boshqalarga tegishli boʻlgan narsalarni olish uchun oʻz mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar» deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro koʻproq ta’sir koʻrsata boshladi. Bu oʻsha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida oʻz aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin boʻlgan ikki jinoyatning biri sifatida koʻrsatib oʻtilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi oʻrnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korruptsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korruptsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida koʻrsatadi.

Yüklə 104,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin