1-mavzu: Oʻzbekiston respublikasining tibbiyot sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari reja



Yüklə 104,38 Kb.
səhifə7/13
tarix28.11.2023
ölçüsü104,38 Kb.
#168710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
1 mavzu ma’ruzalar ma’tni

Saylov tizimi orqali kurashish – demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korruptsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korruptsiyaga saylovlar orqali ta’sir oʻtkazish eng samarali usul hisoblanadi.
Korruptsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, korruptsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korruptsiyaga qarshi kurashda muhim oʻrin egallaydi.
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korruptsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korruptsiya darajasi juda past boʻlgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. Biz quyida Singapur davlatida korruptsiyaga qarshi kurashda qoʻllanilgan usullar haqida batafsil toʻxtalib oʻtamiz.
Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korruptsiya darajasi eng yuqori boʻlgan davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi oʻtkazilgan bir qator tadbirlar bu davlatda korruptsiyaning minimal darajaga tushishiga olib keldi. Birinchi navbatda bu yerda byurokratik jarayonlar yengillashtirilib sud tizimining mustaqilligi oshirildi (sudьyalarning daromadlari va imtiyozlarini oshirish evaziga). Shu bilan birga korruptsiya jinoyatlari uchun sanktsiyalar ogʻirlashtirilib, fuqarolarga korruptsiyaga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda bosh tortganligi uchun juda katta moliyaviy sanktsiyalar belgilandi. Bir qator davlat idoralarida ommaviy «tozalashlar» oʻtkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali butun mamlakatga namoyish qilindi. Yuqorida sanab oʻtilgan omillarning hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korruptsiya darajasi eng past mamlakatlar roʻyxatida ilgʻor davlatlar qatoriga olib chiqdi. Shuningdek, davlat xizmatchisining ahloq standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham Singapur davlatida korruptsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri boʻlib xizmat qiladi.
Jinoyatchi unsurlarning xoʻjalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va xufyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini tugʻdirishi, bu esa oʻz navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida korruptsiyaga qarshi kurashishda davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferentsiya tashkil etildi. Bu konferentsiya davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan «Korruptsiyaga qarshi haqaro konventsiya» imzolandi. BMT tomonidan butun dunyoda konferentsiyaning birinchi ish kuni 9 dekabrь – «Korruptsiyaga qarshi kurash kuni» deb e’lon qilingan. 2003 yil 31 oktyabrda BMT ning «Korruptsiyaga qarshi konventsiyasi» qabul qilindi va kuchga kirdi.
Konventsiyada korruptsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa jamiyat uchun xavfli boʻlgan salbiy omillarga qarshi kurashga ulkan toʻsiq boʻlishi mumkinligiga alohida urgʻu berilgan.
Ushbu Konventsiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:
– korruptsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul qilish va ularni mustahkamlash;
– korruptsiyaga qarshi kurashda halqaro hamkorlikni kengaytirish, yengillashtirish va qoʻllab quvvatlash.
2008 yil 7 iyulda Oʻzbekiston Respublikasining «Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida»gi OʻRQ-158-son qonuni qabul qilindi ya’ni Oʻzbekiston Respublikasi BMT ning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga qoʻshilgan boʻlib, ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati (hozir Davlat xavfsizlik xizmati) va Adliya vazirligi korruptsiyaning oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam koʻrsatishi mumkin boʻlgan organlar sifatida belgilab qoʻyilgan.
Ushbu Konventsiyada nazarda tutilgan va korruptsiya sifatida e’tirof etilishi mumkin boʻlgan qilmishlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy qilmish sifatida ta’qib qilinadi.
Korruptsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini oʻrganish shuni koʻrsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni ogʻirlashtirish yoʻli bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib boʻlmaydi (XXR da juda koʻp miqdorda pora olganlik uchun oʻlim jazosi mavjud). Bu illatni yengish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim boʻladi.
Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻyayotgan Oʻzbekiston uchun korruptsiyaning har qanday shakldagi koʻrinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli. Shu boisdan ham davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev oʻz vakolatiga kirishishi bilan Prezident sifatida imzo chekkan eng birinchi hujjat «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni boʻldi. 2017 yil 3 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasining «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-419-son qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun me’yorlarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida 2017 yil 2 fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-2752-son qarori qabul qilindi.
Umuman olganda, soʻnggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korruptsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tizimli choralar koʻrilganini koʻrsatib turibdi.
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Iqtisodiyotni yanada oʻstirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish muhim ahamiyatga ega. Bu esa korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha yangi tizimli choralar koʻrilishini taqozo qilmoqda. 2019 yil 27 mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» PF-5729-son farmoni ayni shu maqsadni koʻzlagani bilan ahamiyatli hisoblanadi. Korruptsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yoʻq qilib boʻlmaydi. Qachonki, barcha fuqarolarimiz, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yoʻq qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin.
Farmonning tub mohiyatiga e’tibor qaratadigan boʻlsak, korruptsiyaga qarshi nafaqat huquqni muhoza qiluvchi idoralar va davlat tashkilotlari, balki jamoatchilik nazorati instituti imkoniyatidan ham keng foydalanish belgilab qoʻyilganini koʻrishimiz mumkin.

Yüklə 104,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin