Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar – ushbu vaziyat huquqni qoʻllovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qoʻllash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi «vilka» sanktsiyalarni ham korruptsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni, sanktsiyaning aniq miqdori yoʻqligi sudьyada uni oʻz hohishiga qarab qoʻllashga sharoit yaratib beradi.
Aholi huquqiy savodxonligining pastligi – aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga oʻzining shaxsiy manfaati yoʻlida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi – mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bogʻliq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa oʻz navbatida korruptsiyaga qulay sharoit yaratadi.
Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi – aynan bitta faoliyatning turli instantsiyalar tomonidan tartibga solinishi:
– aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;
– davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin boʻlgan daromadlardan kamligi;
– iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;
– inflyatsiyaning yuqori darajasi;
– mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;
– mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.
Jahon mamlakatlarida korruptsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.
Ichki nazorat – bu usul boshqaruv apparatining oʻzida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspektsiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.
Tashqi nazorat – bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korruptsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga koʻproq erkinlik berish va h.k.