1-mavzu: Oʻzbekiston respublikasining tibbiyot sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari reja


Korruptsiyaga qarshi komplayens nazorati



Yüklə 104,38 Kb.
səhifə9/13
tarix28.11.2023
ölçüsü104,38 Kb.
#168710
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1 mavzu ma’ruzalar ma’tni

Korruptsiyaga qarshi komplayens nazorati – davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korruptsiya xavf-xatarlari, manfaatlar toʻqnashuvini oʻz vaqtida aniqlash va chek qoʻyish, qonun buzilishi va korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni oʻzida mujassam etgan profilaktik tizimdir.
Xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlaydigan boʻlsak, koʻplab davlatlarda, xususan Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi rivojlangan mamlakatlarda «Davlat xizmati toʻgʻrisida»gi, «Davlat xizmatida jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida»gi qonunlar hamda davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar, shuningdek sudyalarning xatti-harakat me’yorlarini tartibga soluvchi Axloq kodekslari mavjud ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Bundan tashqari, bugungi kunda ilgʻor xorijiy davlatlarning korruptsiyaga qarshi samarali kurash olib borish jarayonida qoʻllayotgan usullaridan biri – bu davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi harajatlarini deklaratsiya qilishning majburiy etib belgilanganligidir. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad mansabdor shaxslarning noqonuniy daromad olishni oldini olish va manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etishdan iboratdir. Davlat xizmatida ushbu usul bugungi kunda 150 dan ortiq mamlakatda qoʻllanilmoqda.
Davlat xizmatchilarining mulkiy deklaratsiya tizimi korruptsiyaning oldini olish, noqonuniy boyish va manfaatlar toʻqnashuvini aniqlashning qudratli vositasidir.
Bu borada Daniya tajribasiga koʻra, 2002 yilda qabul qilingan «Korruptsiya toʻgʻrisida»gi Daniya qonuni korruptsiyaning oldini olish chora-tadbirlarining ustuvorligini belgilovchi, ta’sirchan ogohlantiruvchi xususiyatga ega boʻlgan asosiy normativ-huquqiy hujjatdir. Xususan, ushbu qonunning qoidalari Daniya hukumati vakillarini har yili oʻz mol-mulki va shaxsiy daromadlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni nashr etishga, xorijiy kompaniyalarda aktsiyalarga ega boʻlishni taqiqlashga majbur qiladi, bu ularning boshqaruv faoliyatining oshkoraligi va shaffofligini, korruptsion holatlarini oldini olishga yordam beradi.
Korruptsiyani oldini olishning muhim omili shundaki, mamlakatda davlat xizmatchilari yuqori darajadagi ijtimoiy muhofazaga ega: ular bepul tibbiy xizmat va ta’lim olish huquqiga va ijtimoiy kafolatlarga tayanishlari mumkin, bu esa korruptsion harakatlar ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.
Bundan tashqari, Finlyandiyada Moliya vazirligi davlat xizmatchilari axloqining asosiy muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanishi bilan xarakterlidir. Moliya vazirligi hukumat amaldorlari uchun imtiyozlar va sovgʻalarni berish va olish tartibini belgilaydi, shuningdek davlat xizmatchilari daromadlarini tekshirish vakolatiga ham ega. Finlyandiya milliy taftish byurosi (NAOF) esa mamlakatda korruptsiyani oldini olish maqsadida yilda ikki marotaba markaziy hukumat moliyasini tekshiradi, soliq siyosatini nazorat qiladi va siyosiy partiyalar va saylov kompaniyasini moliyalashtirishni nazorat qiladi.
Yuqoridagi tahlillar, korruptsiyaga qarshi kurashish hamda mazkur turdagi jinoyatlarni oldini olish borasida mamlakatimizda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligini koʻrsatmoqda:
– xalqaro va ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini chuqur oʻrgangan holda davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi harajatlarini deklaratsiya qilishni tartibga soluvchi normalarni milliy qonunchilik tizimiga implemenetatsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Bu esa oʻz navbatida mansabdor shaxslarning mol-mulkidagi oʻzgarishlarni muntazam ravishda kuzatish imkoniniyatini beradi, deklaratsiyalarning ommaviyligi, ya’ni jamoatchilik uchun ochiqligi esa ularning korruptsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyatini yanada oshiradi.
Davlatimizda korruptsiya jinoyatlarining asosan tibbiyot, ta’lim, davlat xizmati koʻrsatish, xususan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga litsenziya va ruxsat berish bilan bogʻliq sohalarda hali hamon kamaymayotganligi tashvishlidir.
Sogʻliqni saqlash tizimini korruptsiyadan holi sohaga aylantirish, korruptsiyaviy holatlarga barham berish, tizimga ochiqlik va shaffoflik printsiplarini joriy qilish, korruptsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda korruptsiyani vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Fuqarolarda huquqiy madaniyatni oshirish hamda jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
2020 yil 12 noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6110-son farmoni asosida Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligiga Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda «Korruptsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqish, unda har bir oilaviy poliklinika va shifoxonalarning kirish joylarida korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan chaqiriqlar, «ishonch telefonlari» va boshqa targʻibot materiallarini joylashtirish vazifasi yuklatildi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Korruptsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi tomonidan «Yoʻl xaritasi» ishlab chiqildi va unga muvofiq, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan targʻibot materiallari respublika boʻylab barcha oilaviy poliklinika va shifoxonalarning kirish joylarida joylashtirildi.
Sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarida korruptsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish va ularning ushbu sohadagi bilimini oshirish maqsadida «Sogʻliqni saqlash xodimlari uchun korruptsiyaga qarshi kurashishga oid eslatma» tayyorlanib, tizim xodimlariga tarqatildi. Tizimdagi korruptsiyaga oid holatlar haqida tezkor xabar berish uchun «1203» qisqa raqamli «ishonch telefoni» - Sall-markaz tashkil etildi.
Xalq tilida soddagina qilib – korruptsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini bilishimiz lozim boʻladi.
Korruptsiya nima oʻzi?
Qonun hujjatlarida korruptsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Korruptsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yoʻsinda, gʻayriqonuniy shaxsiy naf koʻrish maqsadida, oʻz xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir»​.
Aslida korruptsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda oʻzining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir.
Iqtisodchi Berdxenning fikriga koʻra, makroiqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichiga eng katta salbiy toʻlqinni olib kiruvchi omil aynan korruptsiya hisoblanadi. Uning koʻrinishlari turlicha boʻlishi mumkin.
Korruptsiyaning kelib chiqish ildizi qayerda?
Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korruptsiyaga qarshi kurashning samarali yoʻllarini topish boʻyicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar oʻtkazilgan. Oʻziga xos reytinglar tuzilib, har xil koʻrsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korruptsiyaning xilma-xil koʻrinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qoʻl keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yoʻq.
Korruptsiyaning kelib chiqishi inson nafsidanmi?
Albatta, bu ehtimol bejizga emas. Chunki insoniyat paydo boʻlibdiki, uni nafsi bor, nafs boʻlgan joyda suiiste’molchiliklar boʻladi.
Keling, shu oʻrinda, korruptsiyaning kelib chiqish sabablariga e’tibor qarataylik. Tadqiqotchilar korruptsiyaning asosiy sabablari sifatida toʻrtta omilni koʻrsatadi.

Yüklə 104,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin