1-mavzu: Oʻzbekiston respublikasining tibbiyot sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari reja



Yüklə 104,38 Kb.
səhifə2/13
tarix28.11.2023
ölçüsü104,38 Kb.
#168710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1 mavzu ma’ruzalar ma’tni

2018 yil 7 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5590-son farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon bilan tasdiqlangan «2019 – 2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi» soha taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtardi.
Natijada bugungi kunga kelib Oʻzbekistonda oʻrtacha umr davomiyligi 73,8 yoshni: erkaklar uchun – 71,4 yosh, ayollar uchun esa – 76,2 yoshni tashkil etmoqda. Butun dunyoda esa umr davomiyligining oʻrtacha koʻrsatkichi ayollarda 74 yoshni, erkaklarda esa 69 yoshni tashkil qiladi.
Shu bilan birga aholining tibbiy madaniyatini oshirish hamda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda jahon tajribasida ilk bor homilador ayollarni tarkibida foydali mikroelementlari boʻlgan polivitaminlar bilan bepul ta’minlash amaliyoti joriy etildi. Bunday keng qamrovli ishlar natijasida mamlakatimizda mustaqillik yillarida onalar oʻlimi 3,2 barobar, bolalar oʻlimi 3,4 barobar kamaydi. Mamlakatimizda kamolga yetayotgan bolalarning 92 foizi rivojlanish koʻrsatkichlari boʻyicha Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti standartlariga toʻla mos keladi.
Shuningdek, bugungi kunda qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalar faoliyatini yaxshilash orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda aholining tibbiy xizmatlardan kengroq foydalanishiga imkon yaratishga qaratilgan bir qator zamonaviy tibbiy xizmat turlari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Bugun hudularda «Elektron poliklinika» xizmati faoliyat koʻrsata boshladi. Endilikda tibbiy kartalarni roʻyxatxonadan qidirishga ham hojat qolmadi. Chunki «elektron poliklinika» avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishga tushirish oldidan poliklinikalar xizmat koʻrsatadigan mahallalarda yashovchilar tibbiy kartalaridagi ma’lumotlar Sogʻliqni saqlash vazirligi koorporativ tarmogʻidagi elektron bazaga kiritildi.
Natijada bemorlar mamlakatimizning qaysi shahri yoki tumanida boʻlishlaridan qat’iy nazar, oʻsha hududdagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldi.
Shu bilan birgalikda mamlakatimizdagi qator davolash-profilaktika muassasalarida, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari hamda ular tarkibidagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda «elektron poliklinika» va «teletibbiyot» tajriba-loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda sohada aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish hamda sohada sogʻlom raqobat muhitini yaratish orqali xizmat koʻrsatish sifatini xalqaro darajada amalga oshirish uchun tibbiyotning xususiy sektorini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tibbiyotdagi islohotlarni sifatli, manzilli amalga oshirish, odamlarni rozi qilish, sogʻligʻini tiklash chora-tadbirlari yuzasidan 2021 yil 18 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sohadagi vazifalarni 5 ta yoʻnalishda koʻrsatib oʻtdi:

Yüklə 104,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin