-III-
1) O’zbekiston tarixining dolzarb muammolari:
- O’zbek halqining kelib chiqishi va shakllanish bosqichlari; Vatanimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan aholi, ularning joylashuvi va ijtimoiy aloqalari; bu aholining qo’shni qabilalar va elatlar bilan o’zaro turli munosabatlari.
- Dastlabki o’zbek davlatchiligining paydo bo’lishi va rivojlanishi muhim masaladir. Ayniqsa, mahalliy qadimgi aholi o’troq yashaganligi, dehqonchilik xo’jaligini rivojlantirganligi, dastlabki aholi manzilgohlarining paydo bo’lganligi; dastlabki manzilgohlar rivojlanib ilk shaharlarga aylanganligi; dastlabki shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’muriy markazlar sifatida rivojlanganligi va nihoyat, mazkur jarayonlarga asos bo’lib xizmat qilgan omillar o’ta muhimdir.
- Arxeologik manbalar asosida o’lkamiz hududida qadimdan vujudga kelgan ilk davlat uyushmalari tarixi, ularning o’zaro va qo’shni davlatlar bilan olib borgan turli aloqalari, ularning tarixiy-geografik hududi va chegaralarini o’rganish ham munozarali mavzu hisoblanadi. Shu o’rinda yurtimiz hududlari va xorijda bitilgan o’rta asrlarga oid yozma manbalar asosida O’zbekiston tarixi sahifalarini yanada kengaytirish va boyitish bo’yicha qilinadigan ishlar nihoyatda ko’p.
2) O’zbekiston tarixini davrlashtirish:
O’zbekiston tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi:
- Ibtidoiy jamoa tuzumi;
- Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi;
- O’rta asrlar davri (ilk o’rta asrlar – V-VIII asrlar, Uyg’onish davri – IX-XII asrlar, mug’ullar istilosi – XIII asr, Temur va Temuriylar davri – XIV-XV asrlar, xonliklar davri – XVI-XIX asrlar);
- Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida;
- O’zbekiston sovetlar hokimiyati davrida;
- Mustaqillik davri.
3) O’zbekiston tarixini o’rganishda manbalarning o’rni
Tarixiy manbalarni o’z mazmuni va mohiyatiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi manbalarga ajratish mumkin. Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi, ikkilamchi manbaga esa, mana shu birlamchi manbalar asosida e’lon qilingan maqola va kitoblarga keltirilgan ma’lumotlar kiradi.
Manbalar o’z holatiga ko’ra, moddiy va yozma ko’rinishlarga ega bo’ladi.
Moddiy manbalar:
1. Mehnat qurollari.
2. Harbiy qurol-yarog’lar.
3. Tanga pullar.
4. Uy-joylar, qabrlar.
5. Uy-ro’zg’or buyumlari: idish-tovoqlar va boshqalar.
6. Devoriy tasvirlar.
7. G’al’alar, shaharlar va boshqalar.
Yozma manbalar:
1. Yozuv belgilari.
2. Toshga yozilgan bitiklar.
3. Teriga, qog’ozga yozilgan ma’lumotlar.
4. Xalqlar hayoti, yuz bergan voqyea va hodisalar haqida yozilgan kitoblar.
5. Davlat boshliqlarining yozma shakldagi farmonlari.
6. Yer, qimmatbaho narsalarni in’om qilish, meros qoldirish, sotib olish bo’yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar.
7. Arxivlar.
8. Yordamchi manbalar (esdaliklar, xotiralar, kundaliklar).
O’zbekiston tarixini yaratish va o’rganishdagi asosiy manbalar:
1. Arxeologik, etnografik, numizmatik manba va materiallar, yozma manbalar – «Avesto», «mixxat, fors yozuvlari, qadimgi yunon, xitoy, hind, rim va vizantiya tarixchilarining asarlari.
2. Ulug’ ajdodlarimiz – buyuk allomalar va dono mutafakkirlar, tarixchilar, shoirlar, yozuvchilar qoldirgan asarlar.
3. Turli hujjatxonalarda saqlanayotgan qo’lyozma asarlar, hujjatlar, ashyolar.
4. Kutubxonalarda saqlanayotgan yozma kitoblar, ilmiy, badiiy, memuar asarlar, darsliklar, qo’lyozmalar, risolalar, to’plamlar.
5. Muzeylarda saqlanayotgan ko’rgazma zallari hujjatlari, birinchi navbatda arxeologiyaga oid qazilma yodgorliklari.
6. Muzey-shaharlar, tarixiy obidalar, yodgorliklar.
7. Kino, fono, foto hujjatlar va hokazolar.
-IV-
O’zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
O’zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir:
- Birinchidan, yoshlarga va bo’lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g’oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish.
- Ikkinchidan, yoshlarga milliy tafakkur, g’urur va milliy vijdon va umuminsoniy barkamollikni tarbiyalash.
- Uchinchidan, yoshlarga otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatni tarbiyalash.
- To’rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.
- Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularni sadoqat ruhida tarbiyalash.
Dostları ilə paylaş: |