MA’LUMOTNOMA
2021-yil 01-fevral kuni Qarshi davlat universiteti akademik litseyida universitet va akademik litsey o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan Qarshi DU O‘zbekiston tarixi kafedrasi o’qituvchisi Karimov Bahrom tomonidan “O’zbekiston tarixining dolzarb muammolari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
DARS MAVZUSI: O’ZBEKISTON TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI
I. MAHORAT DARSI MAZMUNI:
Akademik litsey va kasb-hunar kolleji darsliklari mazmuniga mos keladi.
Zamonaviy ilmiy texnik darajalarga to‘la javob beradi.
II. O‘QITUVCHI MAHORATINING UMUMIY BAHOSI:
Qarshi davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi o’qituvchisi Karimov Bahrom tomonidan “O’zbekiston tarixining dolzarb muammolari” mavzusidagi mahorat darsi yuqori saviyada tashkil etildi. Mavzu izchillikda ilmiy jihatdan mukammal bayon etildi. Dars jarayonida zamonaviy axborot va o‘qitishning ilg‘or usullaridan unumli foydalanildi.
O‘qituvchining pedagogik mahorati yuqori, nutqi ravon va boy. Vizual materiallar slayd, ko‘rgazmalar, test, grafik organayzerlar tarzida bayon etildi.
III. TEKSHIRUVCHILARNING XULOSA VA TAKLIFLARI:
Mahorat darsi yuqori ilmiy-nazariy darajada o‘tkazildi. Taqdim etilgan materiallar tizimli, aniq va ilmiy asosli tarzda bayon etildi.
Taqdim etilgan mahorat darsi litseyning o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
MAHORAT DARSIGA QATNASHDILAR:
Tarix o’qituvchisi ___________ Yu.Bekqulova
Xulosalar bilan tanishib chiqdi:__________ ___________
Fan o‘qituvchisi ________ B.Karimov
Yechim qabul qilindi: mahorat darsi materiallari Qarshi davlat universiteti akademik litseyi o‘quvchilarini o‘qitishga tatbiq etilsin. Bayonnoma №______ 2021-yil
Qarshi DU akademik litseyi direktori: I. Xushmurodova
Dostları ilə paylaş: |