1. Mavzu: Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga gigiyenik talablar va ularga gigiyenik xulosalar berish Reja


II Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi



Yüklə 117,18 Kb.
səhifə18/38
tarix18.01.2022
ölçüsü117,18 Kb.
#51386
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
1. Mavzu Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga gigiyenik talabla

II Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi

O‘z SMTda mahsulotlarni sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

SO ga sertifikatlash yuzasidan ariza berish va uni ko‘rib chiqish;

taqdim etilgan mahsulot MH va arizaga ilova qilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish;

v) ariza bo‘yicha qaror qabul qilish;

g) sinov dasturini tayyorlash va tasdiqlash (6 va 9-chizmalardan tashqari);

namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish (6 va 9-chizmalardan tashqari);

namunalarni ASL da sinovdan o‘tkazish (6 va 9-chizmalardan tashqari);

j) mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini baholash (sertifikatlashning 3, 4 va 5-chizmalari uchun);

z) sifat tizimini baholash (5 va 6-chizmalari uchun);

mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash (9-chizma);

olingan natijalarni tahlil qilish, muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish;

muvofiqlik sertifikatini O‘zR SMT Davlat reyestrida ro‘yxatga olish.

Taqdim etilgan mahsulot uchun MHda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik talablar mavjud bo‘lganda, SO sanitariya-epidemiologiya va veterinariya ekspertizalarini, fitosanitariya nazorati yoki ekologik ekspertizadan o‘tkazish zarurligini aniqlaydi.

Mazkur amallar sertifikatlashtirish sinovlari bilan bir vaqtning o‘zida o‘tkazilishi mumkin va arizachiga muvofiqlik sertifikatini berishdan avval, bu amallar tegishli hujjatlarni taqdim etilishi bilan tugallanishi lozim.

SO, tadbirkorlik subyektlarining yozma arizasiga muvofiq, sertifikatlashtirishni o‘tkazishda davlat sanitariya nazorati idoralaridan, davlat veterinariya nazorati idoralaridan va o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat idoralaridan, shuningdek tabiatni muhofaza qilish davlat idoralaridan barcha zarur xulosalarni olishga oid agentlik xizmatlarini ko‘rsatishga haqlidir. Bunda namunalarni to‘g‘ri tanlab olinganligi va ularni tegishli davlat idoralariga taqdim etilishida javobgarlik SO ga yuklatiladi.

SO arizachining talabiga muvofiq, quyidagi axborotlarni tayyorlashi va taqdim etishi lozim:

majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxati yoki bu ro‘yxatdan ko‘chirma;

SO ning akkreditatsiya doirasi bo‘yicha mahsulotni sertifikatlashtirish qoidalari;

sertifikatlashtirish xizmatlari bo‘yicha xizmatlariga haq to‘lash preyskuranti (tariflari);

“O‘zstandart” agentligi tomonidan berilgan akkreditatsiya guvohnomasi.

Mahsulotni O‘z SMTda sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun arizachi mazkur Qoidalarning 2-ilovasida* keltirilgan shaklda arizani tegishli SO ga yuboradi.

Arizachi mahsulotni sertifikatlashtirish organi va sertifikatlash qoidalari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmagan taqdirda, bu to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha Milliy idora (keyinchalik matn bo‘ylab — SMI) dan yoki uning hududiy idorasidan olishi mumkin.

Chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

ishlab chiqariladigan mahsulotga me’yoriy hujjat nusxasi (amalda bor bo‘lgan taqdirda);

mahsulot yorlig‘idan namuna yoki mahsulot to‘g‘risida ma’lumot;

mahsulotning O‘zbekiston Respublikasi bojxonasi hududiga kelganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan tovarga qo‘shib jo‘natiladigan hujjat nusxasi (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura);

amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlarning natijalarini o‘z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va sinov bayonnomalari, MHda belgilangan boshqa talablar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza);

olib kirilayotgan mahsulotning aniq hajmi (soni) ko‘rsatilgan tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) va mahsulotni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi o‘rtasida tuzilgan kelishuv(lar) nusxasi (mahsulotlarni 7A chizmasi asosida sertifikatlashtirilganda).

Agar arizachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya xulosasini va muvofiqlik sertifikatini olishga ariza bergan bo‘lsa, bunday holda sanitariya-epidemiologiya xulosasining nusxasi uni belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan keyin beriladi.

Majburiy tartibda sertifikatlashtiriladigan, chetdan keltirilgan mahsulotga respublikada MH mavjud bo‘lmagan taqdirda, sifat ko‘rsatkichlari va xavfsizlik bo‘yicha sertifikatlash sinovlari o‘xshash turdagi mahsulotga bo‘lgan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.

Arizachi tomonidan chetdan keltirilgan mahsulotga zarur bo‘lgan MH yoki xavfsizlik bo‘yicha texnik tavsiflar taqdim etilmasa, mazkur mahsulotni sertifikatlash o‘xshash turdagi mahsulot hujjatlari bo‘yicha yoki identifikatsiya qilish orqali sanitariya-epidemiologiya xulosasi asosida amalga oshiriladi.

MHga ega bo‘lmagan, sanitariya-epidemiologiya xulosasi talab etilmaydigan, shuningdek, sinovlarni amalga oshirish uchun ASL mavjud bo‘lmagan taqdirda mahsulotlarni sertifikatlash identifikatsiya yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etishi lozim:

ishlab chiqariladigan mahsulotga MH nusxasi;

mahsulot yorlig‘ining namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot);

amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkaziladigan sinovlarning natijalarini o‘z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va MH da belgilangan boshqa talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza).

Agar arizachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya xulosasi va muvofiqlik sertifikatni olishga ariza taqdim etgan bo‘lsa, bunday holda sinov bayonnomalari bilan sanitariya-epidemiologiya xulosasi nusxasi uni belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan so‘ng beriladi.

Arizada ko‘rsatilgan mahsulotni sertifikatlash uchun ariza berilgan paytda akkreditlangan SO mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza SMIga yoki uning hududiy organiga sertifikatlash ishlarini tashkil etish va sertifikatlash sinovlari o‘tkaziladigan ASLni aniqlashi uchun yuboriladi.

Arizada keltirilgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun bir nechta SO mavjud bo‘lsa, arizachi o‘zining xohishiga ko‘ra ularning bittasiga murojaat qilishi mumkin.

Ariza berilgandan so‘ng SO uni ko‘rib chiqib, taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va arizani olgandan keyin ikki kundan kechiktirmay, arizachiga mahsulotlarni sertifikatlashning belgilangan tartibiga asoslanadigan sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartlari, shu jumladan sertifikatlashtirish chizmasi va sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun MH, sinovlarni o‘tkazadigan ASL ko‘rsatilgan qarorni ma’lum qiladi. Qarorning tavsiya etilgan shakli mazkur Qoidalarning 3- ilovasida* keltirilgan.

Sertifikatlashtiriladigan mahsulotning MHda gigiyenik, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik normalar va talablar mavjud bo‘lsa, qarorda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya, xulosalarni yoki ekologik ekspertizani olish zarurligi ham ko‘rsatiladi.

Mahsulotga (transport vositalaridan tashqari) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etilgan paytdan boshlab (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya, xulosalarni yoki ekologik ekspertizani) uch ish kunidan oshmasligi kerak.


Yüklə 117,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin