Oldingi tahrirga qarang.
Sertifikatlashtirilgan mahsulotning bir qismi, muvofiqlik sertifikatining nusxasi asosida, tayyorlovchi-tashkilot tomonidan realizatsiya qilinishi mumkin.
(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 4-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1458-5, 05.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1458-5/0129-son)
Sertifikat aslining egasi tomonidan berilgan nusxalar mahsulotga qo‘shib jo‘natiladigan hujjatga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Har bir nusxada uning qayd etilgan raqami, realizatsiya qilinadigan mahsulotning miqdori ko‘rsatiladi.
Muvofiqlik sertifikati amalda bo‘lgan davrda ishlab chiqarilgan mahsulot sertifikatlashtirilgan deb hisoblanadi va qayta sertifikatlashtirilmaydi. Mahsulot sertifikatlashtirilganligini tasdiqlovchi asos sifatida muvofiqlik belgisi va mahsulotga qo‘shib yuboriladigan va ekspluatatsiya hujjatlardagi ishlab chiqarish sanasi xizmat qiladi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin, arizachi ishlab chiqarilayotgan mahsulotini qayta sertifikatlashtirish maqsadida SO ga ariza berish huquqiga ega. Bunda SO inspeksiya nazoratining natijalarini hisobga olib, sertifikatlashtirish chizmasini o‘zgartirishi mumkin.
Mahsulot konstruksiyasiga (tarkibiga) yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasiga mahsulotning tavsiflariga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan, sertifikatlashtirishda tasdiqlanadigan o‘zgartirishlar rejalashtirilganda tayyorlovchi-tashkilot bu to‘g‘risida to‘g‘irlovchi amallarni o‘tkazish zaruriyati yuzasidan qaror qabul qilish uchun SO ni xabardor qilishi lozim.
Seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini bergan SO bir yilda kamida bir marotaba mahsulotning sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida, sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazadi. Inspeksiya nazoratida sertifikatlashtirishning chizmasiga qarab, mahsulotning sinovi va/yoki ishlab chiqarish sharoitlarini baholash amalga oshiriladi.
Inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatining amal qilishi va muvofiqlik belgisini qo‘llash tasdiqlanishi, to‘xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan o‘tkaziladigan inspeksiya nazoratining hajmi, inspeksiya nazoratini o‘tkazish qoidalarida belgilanadi.
SO sertifikatning amal qilishini to‘xtatilganligi yoki bekor qilinganligi va muvofiqlik belgisining arizachi tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida tayyorlovchini va SMIni xabardor qilishi shart.
SMI tegishli davlat boshqaruv idoralariga va ommaviy axborot vositalariga bekor qilingan sertifikatlar to‘g‘risida ma’lumot berish zarurligini aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |