17 – Amaliy mashg’ulot



Yüklə 11,7 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü11,7 Kb.
#197382
17. Amaliy mashg’ulot


17 – Amaliy mashg’ulot


Yig’ma birlik umumiy ko’rinish chizmasi bo’yicha detallarga ajratish.
O’qituvchi boshchiligida XChI bajarish

Quyida berilgan o,tkazuvchi klapan va plevmatik silindrni yig,ish chizmasiga qarab uni detallarga ajratib chizishni o,rganamiz. Buning uchun avvalo yig,ish chizmalarining nechta detaldan tashkil topganligi va qanday vazifani bajarishi undan tashqari qanday materialdan tayyorlanganligi aniqlanadi.


Yig,ish Chizmalari orqali buyum yig’iladi,ta’mirlanadi, takomillashtiriladi, va konstruktsyasi o’rganiladi. O’qish jarayonida yig’ish chizmalarini detallarga ajratib chizish orqali buyumning detallari uning yig’ish chizmasi orqali mukammal o’rganiladi. Buning uchun buyum barcha nostandart detallarning ish chizmalari alohida –alohida farmatlarga chizib chiqiladi. Shu davrda buyumning yig’ish chizmasi ham ko’zdan kechiriladi ya’ni o’qiladi.
Yig’ish chizmalarini o’qish uning asosiy yozuvidan boshlanadi.Buyumning nomi ham buyum to’g’risida ko’p ma’lumotlar beradi. Detallarning o’zaro joylashishi, bir-biriga qanday qilib turganligi va birikganligi kabi ma’lumotlar o’rganiladi.Shundan so’ng yig’ish chizmasi detallarga ajratib chiziladi. Avval sodda detallar eskiz ko’rinishida ajratib chiziladi. Buning uchun detalning tartib raqami orqali detal buyumning bosh ko’rinishida qirqimga tushgan bo’lsa,shtrix yo’nalishiga ahamiyat beriladi hamda shu detalning boshqa ko’rinishlarida konturi aniqlanadi.
Detalning konturi aniqlangandan keyin uning texnik rasmi chizib ko’riladi. Shunda detal to’g’risida to’liq ma’lumot olish mumkin bo’ladi. Detalni yaxshilab kuzatgandan so’ng, shu tartibda detalning barcha elementlarining kerakli o’lchamlarini aniqlash mumrin bo’ladi. Masalan, 17.6-chizmada tasvirlangan plevmatik silindrning yig’ish chizmasini detallarga ajratib chizish uchun yozma ma’lumoti o’qib chiqiladi. U uzatish mexanizmining kuchaytiruvchi moslama sifatida qo’llaniladi. Buyum tayanch qopqoq 1, silindr 8, porshin 5, shtok 11, qopqoq 9, qistirma 2, vint 12, gayka 3, halqalar 6,7,10, shayba 4 dan tashkil topgan bo’lib, shtok yordamida porshin harakatga keladi. Shu harakat davrida siqilgan havoni tashqariga chiqarib turiladi.
Buyumning yig’ish chizmasi ikki ko’rinishda chizilgan bo’lib, vint yordamida qopqoqlarning silindr bilan mahkamlanishi A-A qirqimda chiqarib ko’rsatilgan. Yig’ish chizmasidagi 1, 5, 8, 9, 10 detallar ajratib chizilishi mumkin, qolganlari standart detallar hisoblanadi.
Nostandart detallarichida eng soddalari qistirma va porshindir. Ammo qistirmani chizish shart emas. Shuning uchun porshinni ajratib chizishni ko’ramiz. Porshin bosh ko’rinishda aniq tasvirlangan. Shunga ko’ra bu detal silindr bo’lib, o’rtasida shtokka kiydirish uchun silindrik teshik ochilgan. Porshin harakati davrida bosimli havo hosil qilish uchun unga rezinali xalqa kiydirish maqsadida unda ikkita aylanma (silindrik) ariqcha o’yilgan. Po’rshinning ikkala tomonida faska ham bor. Avval porshinning ko’turi chizib olinadi. (17.6-chizma). Detal qiyofasini ko’z oldiga keltirish qiyin bo’lsa, uning texnik rasmi chiziladi. (17.5-chizma). Diqqat bilan o’rganilsa, bu detal bitta ko’rinishda tasvirlanishi mumkin ekan.(17.5-chizma). Shu tartibda boshqa detallar ham ajratib chiziladi.
Endi dars davomida,Plevmatik silindr, yig’ish chizmasining qolgan detallarini ajratib chizishga harakat qilib ko’ringizlar. Ko’rib turganingizdek ushbu plevmatik silindrli yig’ish chizmasi 13 ta standart va nostandart detallardan tashkil topgan shu sababli siz standart detallarni chizmasini chizishingiz mumkin (17.5-chizma). Amaliy mashg’ulot mavzusini mustaxkamlash va yanada talabalarga ko’proq yig’ish chizmalari haqida ma’lumotlar berish maqsadida yana bir yig’ish chizmasi suv mahkamlagich jumrakni detallarga ajratib chizishni tafsiya etamiz.(17.6-chizma).
17.4-chizma



17.5- chizma

17.6-chizma
1



1 Colin H Simmons, Dennis E Maguire “Manual of Engineering Drawing” Colin H. Simmons and Denis E. Maguire, Great Britain-2004.32


Yüklə 11,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin