Microsoft Word 4-Mavzu. Tijorat banklari passivlari va ulurning joylashishi docx



Yüklə 248,84 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü248,84 Kb.
#209488
  1   2
2-MAVZU. TIJORAT BANKLARINING PASSIV OPERATSIYALARI VA ULARNING JOYLASHISHI


4-MAVZU. TIJORAT BANKLARINING PASSIV OPERATSIYALARI TARKIBI VA ULARNING JOYLASHISHI
REJA:

  1. Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi.

  2. Banklarning passiv operatsiyalarining turlari va balansda joylashishi.

  3. Tijorat kapitalining tarkibi, etarliligiga qo‘yilgan xalqaro talablar va samaradorligini oshirish yo‘llari.

  4. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lari va depozit xamda nodepozit operatsiyalarining tavsifi.

  5. Aholi pul jamg‘armalari ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va ularni kafolatlashning huquqiy asoslari.

  6. Tijorat banklarining kredit potensiali. Banklararo kredit resurslari, ularning ahamiyati va o‘tkazish tartibi.

  7. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi.

  1. Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi.

Resurs - fransuzcha «ressourse»14 so‘zidan olingan bo‘lib, pul mablag‘lari, yordamchi mablag‘, imkoniyat, zaxira, mablag‘ va imkoniyatlar manbayi, daromadlar manbayi, xom ashyo degan ma’nolarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Iqtisodiy manbalarda «resurs» so‘zi turli xil ma’nolarda, ya’ni, tabiat resurslari, moliyaviy resurslar, iqtisodiy resurslar, inson resurslari va boshqa ko‘rinishlarda tez-tez uchrab turadi. Shundan iqtisodiy resurslarni jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida taqsimlanadigan iqtisodiy imkoniyatlarining asosiy elementlaridan biri deb hisoblash mumkin.
Undan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning aniq maqsadlariga erishishda foydalaniladi. Iqtisodiy resurslar asosiy qismi, bu moliyaviy resurslar bo‘lib, bu resurslar iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlash uchun foydalaniladigan pulkredit va byudjet mablag‘larini tashkil qiladi.
Moliyaviy resurslarning asosiy manbayi bo‘lib, vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘lari, soliqlar, jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari, chek-depozit emissiyasi bilan bog‘liq mablag‘lar va boshqalar hisoblandi.
Iqtisodiy manbalarda va bank mablag‘larining shakllanishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda «bank resurslari», «kredit resurslari», «depozit resurslari», «bank passivlari» kabi tushunchalarni uchratishimiz mumkin va bu tushunchalarga mualliflar o‘zlarining turlicha ta’riflari orqali izoh berganliklarining shohidi bo‘lamiz.
Rossiyalik olim O.Lavrushinning fikriga ko‘ra, tijorat banklarining resurslari yoki «banklarning resurslari» bankning ixtiyorida bo‘lgan o‘z va jalb qilingan resurslarining yig‘indisi bo‘lib, uning
aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi.

Yüklə 248,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin