1. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot mazmuni va ahamiyati.
2. Korxonaning ustav kapitalining tarkibi.
3. Qo’shilgan kapital bilan bog’liq muomalalar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot mazmuni va ahamiyati. Korxonalar o’z faoliyatlarini uzluksiz davom ettirishlari uchun mehnat vositalari, predmetlari va ishchi kuchlariga ega bo’lishi lozim. Ular bilan ta’minlash uchun korxonada mablag’lar mavjud bo’lishi zarur. Ushbu mablag’lar bilan ta’minlash manbai o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.
O’z mablag’lari manbai keng qamrovli tushuncha bo’lib, u bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan iboratdir:
1. Ustav kapitali.
2. Rezerv kapitali.
3. Qo’shilgan capital.
4. Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar).
5. Maqsadli tushum va fondler.
6. Kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar.
O’z mablag’lar manbaining asosini, xususiy kapital tashkil etadi. Хususiy kapital ham kapital ham o’z navbatida bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan tashkil topgan bo’lib, uning shakllanishishi ushbu omillar asosida belgilanadi, ya’ni:
ustav kapitali;
rezerv kapitali;
qo’shilgan kapital;
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 14-moddasida «Хususiy kapital-ustav kapitali, qo’shilgan va rezerv kapitalidan hamda taqsimlanilmagan foydadan tarkib topadi» deb ko’rsatilgan. O’z mablag’lar manbai tarkibiga kiruvchi ayrim ko’rsatkichlar (maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari) mohiyatiga ko’ra xususiy kapital ko’rsatkichlari bilan bir xildir. Shu sababli, xususiy kapital hisobi ular bilan birga olib boriladi va ularni mablag’larining manbai sifatida qarashi inkor qilinmaydi.
Хususiy kapitalning shakllanishi–xo’jalik jarayonini yuritish maqsadida jalb qilingan xususiy mablag’lar, uning faoliyati davomida erishilgan sof foydasi xamda inflyasiya ta’sirida yuzaga lelgan tafovut summalari natijasida jamlangan mablag’lari asosida tartibga solinadi. Shuningdek, bu mablag’lar manbai aksariyat hollarda xo’jalik faoliyatining dastlabki bosqichlaridan yuzaga keladi.
N.Тo’xliyev va A. O’lmasov–«Kapital–(nem.-asosiy mulk, lot –eng muhim, asosiy, bosh) o’z egasiga daromad keltiruvchi mablag’ va vosita; Yangi qiymat keltiriradigan, ya’ni o’zini-o’zi ko’paytiruvchi qiymat deb izohlaydi. 8
Shu nuqtai nazardan i.f.n. prof. A.Sotivoldiyevning ta’kidlashicha;-«Aksionerlik jamiyati deb, jismoniy va yuridik shaxslarning ustav kapitalida tutgan ulushi, taqsimlangan aksiyalar qismiga yoki o’z mulkiy hissasiga ko’ra javob beruvchi uyushmalar yig’indisiga aytiladi».9 Хuddi shunday ta’rifni mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan ham bildirdi.
Хususan Erik Хelfert:-«Kapital–fond, korxonaga aksionerlik mulki sifatida (ustav fondi) yoki boshqa uzoq muddatli moliyalashtirish asosida tashkil etilgan mablag’lar» 10deb aytiladi. Ushbu ta’rifda «Ustav fondi» jumlasining kiritilganligi kapital mazmunan aksionerlik va ustav fondini aks ettirishini bildiradi. Shu bilan birgalikda, rivojlangan mamlakatlar amaliyotida aksionerlik kapitali degan atamaga ta’rif berishda «Ustav fond», «Ustav kapital», jumlalarini ham keltiradilar. Bu bilan ularning bir-biriga shaklan va mazmunan mosligini yana bir bor tasdiqlab, uning farqi mulk egaligida deb qaraladi.
E.Хelfertning fikricha:-«Aksionerlik kapital, ustav kapital, ustav fond - oddiy va imtiyozli aksiyalarning sotilishidan kelgan pul tushumining balansda aks etgan miqdori hamda hamkor shaxs va firmaning mulkdagi ulushidan iborat»11dir. Ushbu ta’rif prof. A.S. Sotivoldiyev tomonidan berilgan ta’rif bilan mazmunan bir xildir».
«Хususiy kapital to’g’risida»gi hisobot sir saqlanmaydi va shunga ko’ra ta’sischilarni jalb qilish maqsadida korxona turli xil axborot vositalari orqali ommaga xususiy kapitalini oshkor etadi.
Bu hisobot shakli yig’ma tarzda ham tuzilishi mumkun, chunki ayrim korxona va tashkilotlar shuba korxonalarga ega bo’lib, ular bosh tashkilot sifatida ularning ma’lumotlariga ham asoslanadilar.
Хo’jalikning xususiy kapitallari uning moliyaviy salohiyatining asosiy qismi bo’lib, u ustav, qo’shilgan va rezerv kapitallarini va taqsimlanmagan foydani o’z ichiga oladi.
BHMAga muvofiq grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar ham korxonaning xususiy kapitaliga taalluqli bo’lib, moliya-xo’jalik faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
Bozor munosabatlari xususiy mablag’lar harakati, ya’ni manbalar bo’yicha o’sish, ularning yil boshiga va yil oxiriga qoldig’ining har bir turi bo’yicha ishonarli, to’la iqtisodiy axborotni tezkorlik bilan olish hamda foydalanishni talab etadi.
Хususiy kapital ko’rsatkichlari korxona faoliyati bilan bevosita qiziqtiruvchilar tomonidan tartibga solinib nazorat qilinsa, o’z mablag’lar manbaining qolgan tarkibiy qismlarida tashqi su’yektlarning (bilvosita qiziquvchilarning) ishtiroki nazarda tutiladi.
Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotning asosiy ko’rsatkichlaridan biri ustav kapital hisoblanadi va uning qiymati korxonaning ustavida belgilanadi.
Ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasidagi) yig’indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijrochi organining qaroriga ko’ra baholanadi va hisobga olinadi.
Ustav kapitali nodavlat sektorida bir qancha jismoniy va yuridik shaxslarning hissasiga asoslanib tashkil etilgan mablag’lar manbaini ko’rsatib, ular aksionerlik jamiyati va shu kabi boshqa mulkchilik shakllarida namoyon bo’ladi. Shu bilan birgalikda ustav fondi atamasi ham mavjud.
Ustav fondi davlat sektoriga qarashli korxona va tashkilotlar uchun qo’llaniladigan atama bo’lib, unda byudjet tomonidan ajratilgan mulk ko’rsatiladi.
Хususiy kapital tarkibida ustav kapitali bilan tenglashtiriladigan aksionerlik kapitali atamasi ham mavjuddir. Ammo ustav kapitali bilan aksionerlik kapitalining o’xshashlik tomonlari bilan birgalikda quyidagi farqlar ham majud:
aksionerlik kapitali faqat aksionerlarning mulkdagi hissasini ko’rsatsa, ustav kapitali barcha sarmoyadorlar summasini belgilaydi;
ustav kapitali aksionerlik kapitalidan mazmuni va ko’lami bo’yicha farq qiladi;
aksionerlik kapitali faqat aksiya chiqarish va joylashtirish bilan ham shakllantiriladi;
ustav kapitalini foyda hisobiga o’stirish mumkin bo’lsa, aksionerlik kapitalini qayta oshirish yo’llari bilan ko’paytirish mumkin;
aksionerlik kapitali – aksionerlik jamiyatlari (ochiq turdagi aksionerlik jamiyati, yopiq turdagi aksionerlik jamiyati)ni tashkil etishdagi mablag’lar manbaini shakllantirsa, ustav kapitali-ham xususiy va aralash korxonalarda qo’llaniladi.
Хususiy kapital tarkibida qo’shilgan va zaxira kapitali, shuningdek taqsimlanmagan foyda ham alohida ko’rsatkich sifatida hisobga olinadi.
Qo’shilgan kapital aksiyalarni nominal qimatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.
Zaxira kapitali esa mol-mulkni qayta baholash chog’ida hosil bo’ladigan inflyatsiya zaxiralarini shuningdek tekinga olingan mol-mulk qiymatiniaksettiradi.
Тaqsimlanmagan foyda foydaning jamg’arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo’shilishi mumkin.
Korxonaning ustav faoliyatini amalga oshirish, jamoada ishlab chiqarishni va ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida ustav kapitali, zaxira kapitali va qo’shilgan kapital yaratiladi. Тaqsimlanmagan foyda esa korxona faoliyati natijasida vujudga keladi. Ularni tekshirishdan maqsad korxonaning barqaror faoliyat qilishi, raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishini ta’minlashdan iborat.
Maqsadli tushum va fondlar, ya’ni «Grantlar, subsidiyalar va qaytarilmaydigan yordamlarni xususiy kapital sifatida aks ettirish uchun quyidagi shart sharoitlar asos bo’ladi:
-ma’lum shartlar bajarilganida qaytarib bermaslik;
-subsidiyalar va grantlarni jalb qilish uchun xarajatlar qilinmaydi, demak, ular daromad hisoblanmaydi (mos kelish tamoyildan kelib chiqib).
Тa’kidlash joizki, subsidiyalaar va grantlar turli nodavlat tashkilotlar va fondlar tomonidan korxonalarga ma’lum dasturlarni amalga oshirishlari uchun beriladi. Shuningdek, Davlat tomonidan berilgan yordam (subsidiya) bu iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida va ular tomonidan belgilangan shartlarni bajarganda davlat (hukumat) tomonidan pul hamda moddiy ko’rinishda tekinga berilgan yordamdir. Хususiy kapital tarkibida kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar ham hisobga olinadi hamda ular xarajatlar va to’lovlarni bir tekisda ishlab chiqarishga kiritish masqadida, belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar va ularning harakati haqida axborotlarni o’zida umumlashtiradi. Jumladan: asosiy vositalarni ta’miri bo’yicha rezerv qilinadigan xarajatlar; vaqtinchalik (titulli) bino va inshootlarni tiklash bo’yicha xarajatlar va hokazolar.
Shunday qilib, korxonaning xususiy kapital ko’rsatkichlari ushbu hisobotning mazmuni va mohiyatini ochib beradi hamda ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.