1. Mavzu: Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga gigiyenik talablar va ularga gigiyenik xulosalar berish Reja


-Mavzu:Sanitar gigiyenik meyorlar va qoidalar



Yüklə 117,18 Kb.
səhifə9/38
tarix18.01.2022
ölçüsü117,18 Kb.
#51386
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
1. Mavzu Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga gigiyenik talabla

7-Mavzu:Sanitar gigiyenik meyorlar va qoidalar

Insoniyat bugungi kunda juda katta miqdordagi fizikaviy, kimyoviy,

biologik va ijtimoiy-gigiyenik omillar ta’sirida yashamoqda, bu omillarning tabiati va ta’sir etish darajasi u yoki bu ko‘rinishdagi patologiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Masalan, Jahon Sog‘liqni saqlash Tashkilotining bergan ma’lumotiga ko‘ra 80% kasalliklarning kelib chiqishi sifatsiz ichimlik suvini

iste’mol qilish bilan bog‘liqdir. Shuning uchun aytish lozim-ki, ko‘pchilik kasalliklarni oldini olishda atrof-muhit omillari inson organizmi

uchun muvofiq yoki juda bo‘lmasa befarq bo‘lishi lozim. Atrof-muhitning bunday parametrlari gigiyenik me’yorlar, qoidalar, reglamentlar

hisoblanadi va ularni umumlashtirib “gigiyenik normativlar” deb nomlanadi.

Ammo shuni hisobga olish kerak-ki, keltirib o‘tilgan barcha gigiyenik normativlarning o‘z xususiyatlari mavjuddir.

Gigiyenik me’yorlar, qoida bo‘yicha doimo ta’sir ko‘rsatuvchi va

inson uchun kerakli omillar hisoblanadi. Masalan, ovqatlanishning gigiyenik me’yorlari, mikroiqlim me’yorlari, suv iste’moli me’yorlari

mavjud.

Gigiyenik (sanitar) qoidalar - tabiatda bor bo‘lgan u yoki bu omilga

bo‘lgan gigiyenik talablarning og‘zaki ta’rifi hisoblanadi. Masalan,

sanitariya qoidalariga suv manbaini tanlashga bo‘lgan talablar yoki suv

manbai atrofiga o‘rnatiladigan sanitariya himoya zonalarini aytish

mumkin.


Sanitariya qoidalari ko‘pincha ularning tarkibiga muayyan gigiyenik

me’yorlarni yoki reglamentlarni kiritilishini taqozo qiladi. Shundan kelib

chiqib, eng muhim gigiyenik normativlardan biri bo‘lgan sanitariya

qoidalari va me’yorlar (San Q va M) ni keltirish mumkin.

Gigiyenik reglamentlar deganda odam organizmiga negativ ta’sir

ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan o‘rnatiladigan me’yorlarni nazarda

tutiladi. Bu omilning ta’sir ko‘rsatish tabiatiga ko‘ra ular quyidagilarga

bo‘linadi: REK - ruxsat etiladigan konsenratsiya (masalan, havo, suv,

oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida bo‘ladigan kimyoviy moddalarga

o‘rnatilgan REKlar), RED - ruxsat etiladigan daraja (masalan, shovqin,

tebranish va radioaktiv ifloslanishlarning REDlari), RED - ruxsat

etiladigan doza (masalan, ionlantiruvchi nurlarning RED). Har qanday

holatda ham ruxsat etiladigan degan so‘z shu ma’noni anglatadi-ki,

mazkur miqdordan oshib ketgan sharoitda bu omillar shu odamning

o‘zigagina emas, balki uning kelgusi avlodi uchun ham xavfli

hisoblanadi.

Gigiyenik normativlar sanitariya-epidemiologiya nazorati faoliyatining asosi hisoblanadi, chunki SEOA ning asosiy vazifalari ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazoratida gigiyenik normativlarning bajarilishini nazorat qilishdir.

1.8. O‘zbekiston Respublikasidagi gigiyenik normativlar

Bugungi kunda O‘zR da 100 dan ortiq gigiyenik normativ hujjatlar

tasdiqlangan va amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya qilingan bo‘lib,

ularning asosiylari San Q va M hisoblanadi. Bu hujjatlarning aksariyat

qismi oldin o‘rnatilgan normativlar bo‘lib, ularga ayrim yangilik va qo‘-

shimchalar kiritilgan, bunda O‘zbekistondagi geografik-iqlim sharoitlarining o‘ziga xosligi, respublika iqtisodiyotining xususiyatlari hamda

jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar inobatga

olingan. Bu hujjatlarning bir qismi ko‘pincha gigiyenik reglament

ko‘rinishi (masalan, atmosfera havosidagi kimyoviy moddalarning REK,

shovqin va tebranishning RED) tabiatiga egadir, ammo bu hujjatlarning

ko‘pchilik qismi o‘z tarkibiga sanitariya qoidalari va me’yorlarini yoki

sanitariya qoidalari va reglamentlarini oladi.

SanQ va Mdan tashqari O‘zR da normativ hujjatlar qatoriga uslubiy

tavsiyanomalar, uslubiy ko‘rsatmalar, instruktiv xatlar, tekshirish

usullari kirib, ilmiy izlanish natijalari asosida tayyorlangan hamda ko‘p

bosqichli ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishi shart bo‘lgan sharoitlarda ishlab chiqilib, O‘zR SSV tomonidan tasdiqlangan.

Gigiyenik normativlarning ishlab chiqishning asosiy bosqichlari

Gigiyenik normativlarni ishlab chiqish - ko‘p bosqichli murakkab

ilmiy izlanish natijalari va tashkiliy tarkibga ega jarayon. Ammo, har

qanday holatda ham gigiyenik me’yorlashtirish va reglamentlash quyi

dagi asos bo‘luvchi prinsiplarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi

kerak:

1. Gigiyenik normativlarning davlat xarakteriga ega ekanligi. O‘zRda sanitariya nazorati davlat xarakteriga ega, shuning uchun barcha



gigiyenik normativlar ham davlat xarakteriga egadir. Ishlab chiqilgan

har bir normativ ko‘p bosqichli tekshirishlardan (ekspertiza) o‘tkaziladi,

O‘zR SSV tomonidan tasdiqlanadi va O‘zR dagi “Aholining sanitariyaepidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (2015) ga muvofiq

qonuniy kuchga egadir.

2. Tekshirilgan omilni amaliyotda qo‘llashdan oldin shu omilga

nisbatan ilmiy asoslangan reglament ishlab chiqilishi shart. Bu prinsipni

har qanday kimyoviy modda uchun ishlab chiqiladigan REK misolida

ko‘rsatish mumkin: yangidan sintezlangan kimyoviy moddaning hech

biri, insonning u yoki bu turdagi faoliyatida oldindan gigiyenik-toksikologik tekshirishlarsiz va shunga muvofiq gigiyenik normativ ishlab

chiqmasdan tatbiq qilinishi mumkin emas.

3. Xavfsizlik prinsipi (yoki omilning tibbiy-biologik ko‘rsatkichlari): gigiyenik normativlarni ishlab chiqishda birinchi navbatda shu

omilning tirik organizm uchun ta’sir ko‘rsatish ahamiyati, undan keyin

esa uning iqtisodiy samaradorligi, texnologiyalarning yangilanishi inobatga olinishi lozim.

4. Atrof-muhit obyektlarini bo‘lish prinsipi: gigiyenik me’yorlashtirish barcha omillar va atrof-muhitdagi obyektlar uchun bir xil bo‘lmasligi kerak. Masalan, kimyoviy modda uchun ishlab chiqiladigan REK

havo, suv, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida bo‘lishi zarur.

5. Tekshirilayotgan omilning keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan nomuvofiq samaralarining majmuasini hisobga olish prinsipi. Masalan,

dispersli moddani atmosfera havosi uchun me’yorlashtirishda uning

faqat odam organizmi uchun zararli ta’sir etishi mumkinligigina emas,

balki umumsanitar sharoitlarning yomonlashishi, quyosh radiatsiyasi

tarkibidagi ultrabinafsha nurlarning jadalligini pasaytirish kabilar hisobga olinadi.

6. Zararning cheklovchi ko‘rsatkichidan foydalanish prinsipi: gigiyenik reglamentni o‘rnatishda o‘rganilayotgan omilning ta’siriga tekshirish jarayonida eng sezgir bo‘lgan ko‘rsatkichga asoslanish lozim.

7. “Doza-samara”, “vaqt-doza”, “doza-vaqt-samara” ning bog‘liqligini hisobga olish. Mazkur prinsip gigiyenik reglamentni ishlab chiqishga asos bo‘luvchi hisoblanadi, chunki omilning miqdoriy ta’rifini, uning

ta’sir etish muddatini va keltirib chiqargan samarasini hisobga olmay

turib, reglament o‘rnatish mumkin emas.

8. Eksperiment sharoitida omilning ta’sirini modellashtirish prinsipi.

Ko‘p hollarda gigiyenik me’yor yoki reglamentni shu omilning ta’sir

ko‘rsatish sharoitini modellashtirmasdan ishlab chiqish mumkin emas.

Masalan, kimyoviy moddaning havzadagi suvning sanitar tartibiga ta’sir

etishi mumkinligini aniqlash uchun shunday sharoitni laboratoriya

sharoitida sun’iy yaratish orqali, kimyoviy moddaning oziq-ovqat

mahsulotining organoleptik ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish uchun

modelli sharoitda degustatsiya tekshirishlarini o‘tkazish talab etiladi.

9. Ta’sir sharoitini qattiqlashtirish prinsipi. Gigiyenik me’yor va

reglamentni ishlab chiqishda shu omilning real sharoitda ta’sir etishi va

shu sharoitni qattiq nazoratda bo‘lishini yaratish lozim. Masalan, u yoki

bu xonaning yoritilishiga bo‘lgan gigiyenik me’yorni ishlab chiqishda

ish jarayonida farqlanadigan obyektlarning eng kam miqdorlari, kichik

kontrastli fon va yoritilganlikni ko‘rish organiga maksimal uzoq

muddatlarda ta’sir ko‘rsatish sharoitini yaratish kerak.

10. Gigiyenik reglamentlash bo‘yicha tekshirish bosqichlari. Gigiyenik normativlarning ko‘p qismi ko‘p bosqichli tekshirish natijalari

hisoblanadi, ularning tabiati esa me’yorlashtiriluvchi omilning tabiatiga

bog‘liq. Masalan, kimyoviy omilni gigiyenik reglamentlashda gigiyeniktoksikologik tekshirishlar 4-6 bosqichdan iborat bo‘ladi va bu haqdagi

ma’lumot keyinroq bayon qilinadi.

11. Iqlim - geografik sharoitlarni hisobga olish. Mazkur prinsip juda

ko‘p gigiyenik normativlar uchun muhimdir, chunki muayyan hududning iqlim-geografik sharoiti atrof-muhitdagi omilning organizmga ta’sir

ko‘rsatish darajasi va tabiatini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin.

Masalan, Rossiya sharoitida suv iste’molining fiziologo-gigiyenik

me’yorlari bir odam uchun 2,5 l/ kunni tashkil etsa, O‘zR ning issiq

iqlim sharoitida yoz kunlari bu me’yor 4-5 l/ kungacha ko‘tarilib ketadi.

12. Me’yorlashtirishga ekologo-gigiyenik yondoshish. Hozirgi vaqtda atrof-muhitning ekologik sharoitini yomonlashishi bilan bog‘liq

holda shunday savol qo‘yilayaptiki, gigiyenik normativlar shu omilning

inson organizmiga faqat negativ ta’sirini oldini olishga qaratilmay, balki

insonning yashash muhitini tanazzulga uchrashini oldini olishga

qaratilishi lozimligini talab qiladi.

13. Gigiyenik normativlarning nisbiyligi. Ishlab chiqilayotgan hamma gigiyenik normativlar bir umrga emas, balki vaqti-vaqti bilan qayta

ko‘rib chiqilishi lozimligini talab qiladi. Chunki u yoki bu omilning

organizmga ta’siri haqidagi yangi ma’lumotlar olinmoqda, tekshirish

usullari takomillashayapti, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar o‘zgarayapti –

bularning hammasi gigiyenik normativlarda o‘z aksini topmasdan iloj

yo‘q. Shunga bog‘liq holda gigiyenik me’yorlashning lozimligi,

gigiyenik me’yorlar, qoidalar va reglamentlarni yangidan aniqlash va

takomillashtirishni doimo amalga oshirishni talab etadi.




Yüklə 117,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin