Nazorat savollari:
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog’liq xavflarni qanday turlari mavjud?
Oziq-ovqat mahsulotlari qanday xavfsizlik ko’rsatkichlari bo’yicha me’yorlanadi?
5-Mavzu:Atrof muhit oziq ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va mikroorganizmlar faoliyatini o’rganish
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi to’yib ovqatlanish imkoniyatiga ega emas. Bu jahon aholisining deyarli har sakkiz nafaridan biri, deganidir. Bundan tashqari, sayyoramiz nufusining 30 foizidan ziyodi to’laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqdaki, bularning barchasi oziq-ovqat xavf-sizligini ta’minlash naqadar dolzarb masala ekanligini yaqqol ko’rsatib turibdi.
Aslida oziq-ovqat xavfsizligi juda keng tushuncha bo’lib, u, eng avvalo, aholi ehtiyojini fiziologik me’yorlarga mos ravishda iste’mol tovarlari bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Biroq keyingi paytda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sishi aholi soni va ehtiyojlarining ortishidan orqada qolayotgani, ayniqsa, qishloq xo’jaligi hamda qayta ishlash sanoati rivoji uchun yetarli sharoit mavjud bo’lmagan mamlakatlarda muammo tobora chuqurlashib borayotgani tashvishlanarlidir.
Shunday murakkab bir paytda O’zbekistonimizda aholining muhim kundalik iste’mol tovarlariga bo’lgan talabi to’liq qondirilibgina qolmay, katta miqdorda eksport qilinayotgani tahsinga loyiq.
Gap shundaki, yurtimizda jon boshiga qariyb 300 kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm uzum to’g’ri kelmoqda. Bu optimal, ya’ni maqbul deb hisoblanadigan iste’mol me’yoridan uch barobar ko’pdir. Qolaversa, 180 turdan ortiq sarxil meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlar dunyoning 80 ta davlatiga eksport qilinayotgani kimni quvontirmaydi deysiz?!
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti bosh direktori Joze Gratsianu da Silva 2014 yilning 5-6 iyun kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan “O’zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzuidagi xalqaro -konferensiyada so’zlagan nutqida mamlakatimizda mazkur jabhada qo’lga kiritilayotgan yutuqlarga alohida to’xtalib, jumladan, shunday degan edi: “2000 yillarning boshlaridan bugungi kungacha O’zbekiston qishloq xo’jaligi sohasida hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida ulkan taraqqiyotga erishdi. 2000 yildan boshlab qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va hosildorlik muttasil oshirib kelinayotgani bunday hayratlanarli yutuqlarning bosh omilidir”.
Darhaqiqat, O’zbekiston — qishloq xo’jaligida ko’p yillik boy tajriba va yuksak ilmiy salohiyatga ega mamlakat. Biroq mustabid tuzum davrida paxta yakkahokimligi halokatli darajada avj olishi oqibatida iqtisodiyot biryoqlama yo’ldan ketdi. Istiqlolga erishgach, soha tubdan isloh qilinib, yurtimiz qishloq xo’jaligi tarixida tamomila yangi davr boshlandi. Prezidentimiz Islom Karimovning 1991 yil 29 noyabrdagi “Respublikada dehqon (fermer) xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va -tadbirkorlik faoliyatini davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni bunda tamal toshi bo’lib xizmat qildi.
Respublikamiz agrar soha xodimlarining bugungi mehnatlari zamirida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirish orqali xalqimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishdek yuksak vazifalar mujassam. Soha ravnaqiga qaratilayotgan e’tibor, qishloq odamlariga yaratib berilayotgan munosib mehnat sharoitlari tufayli ushbu ezgu maqsadga to’liq erishilmoqda. Bunday deyish uchun asoslarimiz yetarli, albatta. Masalan, 1990 yilda yurtimiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go’sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji, asosan, import hisobiga qondirilgan bo’lsa, bugungi kunda ularning deyarli barchasi o’zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar evaziga qoplanmoqda. O’tgan davrda aholi soni 11 milliondan ziyod o’sganiga qaramay, jon boshiga go’sht iste’moli 1,4 barobar, sut va sut mahsulotlari 1,5 karra, kartoshka 1,9 marta, sabzavot 2,6 barobardan ziyod, meva 6,3 marta ortgani ko’p narsani anglatadi.
Shubhasiz, bu muvaffaqiyatlar negizi Yurtboshimiz tashabbusi bilan 1989 yilda, ya’ni sobiq ittifoq davridayoq, qishloq aholisini ijtimoiy himoya qilish, ularning daromadlarini oshirish va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirish maqsadida ko’plab oilalarga tomorqa berila boshlanganiga borib taqaladi. Uzoqni ko’zlagan holda boshlangan ushbu sa’y-harakatlar Prezidentimizning 1991 yil 11 yanvardagi “Kolxozchilar, sovxozlarning ishchilari va qishloq joylarida yashovchi boshqa fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo’jaliklarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq, yanada keng quloch yozdi.
Mazkur tarixiy hujjatda 1991 yilning sentyabriga qadar ajratib beriladigan tomorqa uchastkalari rasmiylashtirilishini ta’minlash, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda 1989-1990 yillarda ajratib berilgan barcha tomorqa yerlarini qayta ro’yxatga olish, foydalanilmayotgan uchastkalarni muhtoj oilalarga berish, yer uchastkalari ajratishda ijtimoiy adolatga rioya etilishini qat’iy nazoratga olish kabi vazifalar belgilab olingan ediki, bu yurti, xalqi uchun har qanday xizmatga tayyor turgan davlat rahbarining qahramonligi va yuksak jasorati namunasi bo’ldi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz.
Amalga oshirilgan bunday oqilona tadbirlar natijasida 1,5 million oila o’z tomorqa maydonlarini kengaytirish, 500 mingdan ortig’i yangi tomorqa olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Shu ma’noda aytganda, bu mazkur islohot tufayli respublikamizdagi 2 milliondan ortiq oila, ya’ni o’rtacha 10 milliondan ziyod qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy muammosi ijobiy hal etildi, degani emasmi?!
Ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda yerni haqiqiy egasiga berish va qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini ko’paytirish yo’lidagi ana shunday yirik siyosiy-ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar takomillashtirilib, jamoa va shirkat xo’jaliklarining yerlarini xususiy mulkchilik shaklidagi fermer xo’jaliklariga uzoq muddatga ijaraga berish amaliyoti boshlandi.
Bugungi kunda yurtimizda 160 mingdan ziyod fermer xo’jaliklari faoliyat ko’r-satayotgan bo’lib, ularning 36 mingdan ortig’i ko’p tarmoqli yirik sub’yektlardir. Ularda dehqonchilik yoki chorvachilik bilangina cheklanib qolmasdan, balki zamonaviy texnologiyalar, ixcham qayta ishlash uskunalari jalb etilgan holda, qo’shimcha tarmoqlar o’zlashtirilgan. Bu aholi, ayniqsa, qishloq odamlarining bandligini ta’minlash, daromadini oshirish, ichki bozorni arzon va yuqori sifatli mahsulotlar bilan to’ldirishda muhim omil bo’lmoqda.
Oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi haqida gap ketganda, istiqlol yillarida ekin maydonlarining tarkibi o’tgan asrning 90-yillaridagiga nisbatan tamoman o’zgarganini alohida ta’kidlash o’rinlidir. Agar o’sha paytlarda asosiy maydonlarda g’o’za parvarishlangan bo’lsa, hozirgi paytda paxta maydonlari deyarli 2 barobar qisqartirilib, ularning o’rniga don, sabzavot, poliz, moyli ekinlar ekilib, bog’ hamda tokzorlar barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2008 yil 20 oktyabrdagi “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni bu jarayonda dasturilamal bo’lib xizmat qilayotir. Unga asosan, 2009 yil hosilidan e’tiboran 75,8 ming gektar, 2012 yil hosilidan esa yana 30,1 ming gektar paxta maydonlari qisqartirilgan bo’lsa, Asaka, Jomboy hamda Yangiyo’l tumanlarida bu ekin o’rniga to’lig’incha meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirila boshlandi.
Prezidentimizning 2015 yil 29 dekabrda qabul qilingan “2016 — 2020 yillar davrida qishloq xo’jaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bu boradagi islohotlarning uzviy davomi bo’ldi. Unga ko’ra, 2016 — 2020 yillar mobaynida 170,5 ming gektar paxta va 50 ming gektar g’alla maydonlari o’rniga oziq-ovqat ekinlari ekilishi belgilanib, joriy yilning o’zida paxta maydonlari 30,5 ming gektarga qisqartirildi. Bularning samarasi o’laroq, mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 2 barobardan ziyod oshdi, xususan, kartoshka 7 marta, meva qariyb 4,1 marta, sabzavot 2,8 marta, sut va sut mahsulotlari 1,7 marta, go’sht 1,3 barobar o’sdi.
Eng muhimi, O’zbekiston juda qisqa vaqt ichida g’alla mustaqilligini qo’lga kiritib, don va don mahsulotlarini eksport qiluvchi davlatlar safidan mustahkam o’rin egalladi. E’tibor qiling: 1990 yilda atigi
1 million tonnadan ziyodroq g’alla hosili yetishtirgan dehqon va fermerlarimiz 2000 yilda 4,1 million tonna, 2015 yilda esa 7 million 300 ming tonnadan ziyod sara don yig’ishtirib olib, o’zbek dehqonlarining hyech kimdan kam emasligini amalda isbоtladilar.
O’zbekiston o’zining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdan tashqari, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish orqali xorijiy davlatlarning oziq-ovqat ta’minotiga munosib hissa qo’shayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkilotining 2015 yil iyun oyida Italiyaning Rim shahrida bo’lib o’tgan 39-konferensiyasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgan davlatlarni taqdirlash marosimida O’zbekiston 14 ta davlat qatorida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda erishgan mislsiz yutuqlari uchun maxsus mukofot bilan taqdirlangani fikrimiz tasdig’idir.
Mamlakatimizda sabzavot, poliz, kartoshka ekinlari, shuningdek, bog’ va tokzorlar maydonlari kengaytirilishi bilan birga, ushbu tarmoqlarda ishni to’g’ri tashkil qilish orqali uning samaradorligini oshirish uchun barcha zaruriy shart-sharoit yaratib berilgan. Ya’ni dehqon va fermer xo’jaliklari, aholi tomorqalarida ekinlar ekilishi bo’yicha monitoring yuritish mexanizmi yo’lga qo’yilib, zaruriy miqdordagi urug’lik, mineral o’g’it, yonilg’i-moylash mahsulotlari, mevali daraxtlar ko’chatlari yetkazib berishning maqbul tizimiga asos solingan.
Yurtimizda oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari faqat ekin maydonlarini kengaytirish hisobigagina emas, balki jahonning ilg’or tajribalari, zamonaviy va intensiv agrotexnologiyalar tatbiq qilinayotgani, istiqbolli navlar yaratilib, -amaliyotga joriy qilinayotgani tufayli mustahkamlanayotir. Birgina akademik M. Mirzayev nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olim hamda mutaxassislari tomonidan meva va uzumning 28 ta serhosil navi yaratilib, Davlat reyestriga kiritilgan bo’lsa, olma, nok, shaftoli, o’rik, gilos, bodom, yong’oq, qorag’at (smorodina) hamda qulupnayning yana 36 ta yangi navi yaratilib, O’zbekiston Respublikasida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jaligi ekinlari davlat reyestriga kiritish va rayonlashtirish uchun taqdim etilgani diqqatga sazovordir.
Shu bilan birga, O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining seleksioner olimlari tomonidan har xil muddatda pishadigan hosildor, yuqori sifatli hamda kasalliklarga chidamli sabzavot ekinlarining 41, polizning 5 ta, kartoshkaning 6 ta yangi navi yaratildi.
Keyingi yillarda dunyo bo’yicha iqlim o’zgarishi oqibatida yuzaga kelayotgan ekologik omillar seleksionerlar oldiga yangi talablarni qo’ymoqda. Ilmiy asoslangan, taj-ribada sinalgan, suv tanqisligi va qurg’oqchil sharoitga moslashuvchan, turli -zararkunandayu kasalliklarga chidamli, yuqori hosilli navlarni ko’paytirishni hayotning o’zi taqozo etmoqda. Shu ma’noda, o’tgan yili akademik M. Mirzayev nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan “Invitro” laboratoriyasi ishga tushirilgach, viruslardan xoli bo’lgan meva va uzum ko’chatlarini yetishtirish imkoniyati yuzaga keldi.
Umuman olganda, urug’chilik tizimini rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash bo’yicha ilg’or texnologiyalar joriy etilishi hisobiga oxirgi 5 yilda qayta ishlangan mahsulotlar hajmi qariyb 5 marotaba oshdi.
Ma’lumki, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini ta’minlovchi asosiy tarmoqlardan yana biri chorvachilikdir. Chunki ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 42,2 foizi mazkur soha hissasiga to’g’ri keladi. Ushbu jabhada erkin bozor mexanizmlari shakllantirilgani, ko’plab imtiyozlar taqdim etilayotgani natijasida chorva mollari soni hamda go’sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi muttasil ravishda ortib borayapti. 2015 yil yakunlariga ko’ra, barcha toifadagi xo’jaliklarda qoramollar soni 1991 yildagiga nisbatan 2,4 barobarga, jumladan, sigirlar soni 2 barobar, parrandalar soni 1,8 marta ko’paygani shunday deyishimizga to’la asos bo’la oladi.
Mamlakatimizda chorvachilik fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, ularda naslli qoramollar podasini ko’paytirish maqsadida birgina keyingi o’n yil mobaynida Polsha, Avstriya, Gollandiya, Germaniya kabi Yevropa mamlakatlaridan 60 mingdan ortiq naslli sigirlar keltirildi. Bu, o’z navbatida, mahsuldorlikning oshishiga katta turtki bo’ldi.
...Istiqloldan avval yurtdoshlarimiz bugungi dorilamon kunlar, farovon hayot, beqiyos imkoniyatu g’amxo’rliklar haqida tasavvur ham qila olmasdi. Axir ilgari ular umr bo’yi dalada mehnat qilib, kosasi oqarmay, biri ikki bo’lmay, amallab ro’zg’or tebratgan, xolos. Bugun-chi? Yaratib berilgan qulay shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, fidokorona mehnat qilayotgan dehqon va fermerlar nafaqat jamiyatimizga naf keltirayapti, balki o’zlari katta manfaat hamda rag’bat ko’rayotir. Ularning ishlab topgan daromadi oila a’zolarining farovon turmush kechirishi, dasturxoni to’kinligi, yurtimiz taraqqiyotining kafolati bo’lib xizmat qilmoqda.
Bu Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash maqsadida har tomonlama puxta o’ylangan va uzoqni ko’zlagan siyosat, hayotiy -dasturlarning beqiyos samarasidir.
Mikroorganizmlarni organik olamdagi o‘rni. Mikroorganizmlarni organik olamdagi o‘rni biz bilan va bilmagan holda juda kattadir. Chunki mikroorganizmlar xilma-xil bo‘lib ba’zilari o‘simlik olamiga taalluqli bo‘lsa, ikkinchi bir xillari hayvonot va insoniyatga taalluqlidir. Ammo, mikroorganizmlarning atmosferadagi, suvda, tuproqda, yerning chuqur qatlamlarida ham tarqalganligini, ularning butun organik va anorganik dunyo bilan munosabati juda murakkabligini hisobga olinsa uning organik va anorganik olamdagi o‘rni kattaligini bilamiz. Ko‘pchilik mikroorganizmlar biri hujayralik bo‘lib faqat mikroskop yordamida ko‘rish mumkin. Mikroorganizmlar ichida mogor zamburuglari, achitkilar va sodda hayvonlar ancha yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, ular uncha tashvish tugdirmaydi. Ammo, bakteriyalarning o‘rni haligacha ham aniq emas, ularning ba’zilarini bir hujayrali suv o‘tlariga o‘xshatish mumkin, lekin xlorofill yo‘q, mikroskopik zamburug o‘xshatilsa ulardan ham farqi katta, (asosan harakatchanlikda va tana takomillashuvida, axir ko‘pchilik zamburuglar misellarga ega, bakteriyalarda yo‘q va x.zo). Shuning uchun ham bakteriyalar bilan boshqa organimzlar o‘rtasidagi kelib chiqishdagi boglanish xanuzgacha to‘liq o‘rganilmagan, ammo ularning organik olamdagi o‘rni kattadir. 2. Bakteriyalar va ularning sistematikasi. Bakteriyalar tashqi ko‘rinishi ham xar xildir. Ularni sharsimon, tayoqchasimon va egilgan (buralgan) shakllarga ajratilgan. Sharsimon shakllardagi bakteriyalar ham xar xil bo‘ladilar va har xil nomlanadilar. Agar bitta shardan iborat bo‘lsa, monokokki, ikkita sharligi diplokkokki, to‘rtta sharligi tetrokokki, ko‘p sharligi, ammo munchoqsimon tuzilganlari streptokokki, agar hujayralar bo‘linishi 3ta perendikulyar tomonga bo‘lsa sarsina deb nomlanadilar. Har xil yo‘nalishda, uzum shingilini eslatuvchi ko‘rinishda bo‘lishi va ko‘rinishda bo‘lganlarini stafilokka deb nomlanadi. Sharsimon bakteriyalardan spora hosil qilmaydiganlarni basillar deyiladi. Buralgan shakllardagi bakteriyalar spirillalardir. Verglsimon, ozgina buralgan shakldagi bakteriyalarni vibrional deyiladi. Yon o‘simtasi mavjud bo‘lgan uzun tayoqcha va ipsimon bakteriyalarni mikobakteriyalar guruhiga birlashtirilgan. Ko‘p hujayrali ipsimon va shilimshiq va shilimshiq bakteriyalarni miksobakteriyalar deyiladi. Bakteriyalar shakliga qarab har xil kattalikda bo‘ladilar. Sharsimonlarning diametri 1-2 mikron silindrsimonlarining uzunligi 1-4 mikron, eni 0,5-1 mikron bo‘lsa, oltingugurt bakteriyalarning uzunligi 50 mikrongacha boradi. Bakteriyalarning xilma-xilligi va ko‘pligi uchun ularni o‘rganishda ma’lum yaqin belgilarga qarab klassifikatsiyalangandir. Bunday belgilarga a) morfologik belgilar: b) kulturada namoyon bo‘lgan belgilari: v) fiziologik belgilari kiradi. Bakteriyalarni bir sistemaga solishda ko‘p fikrlar bo‘lgan. N.AyuKrasilnikov bakteriyalarni xilma-xil gruppalardan iborat deb hisoblangan va 4ta gruppaga ajratgan. 1. Aktinomisetlar. 2.Bakteriyalar; 3.miksobakteriyalar; 4.Spiroxetalar. Ammo, Leymon va Neymonlar hamma bakteriyalar va aktinomisetlarni Shizomisetlar degan bitta sinfga kiritib, ikkita tarkibga ajratadilar. Leymon va Neymonlar sistematikasida bakteriyalarni oilaga bo‘lishda spora hosil qilishqilmasligi tashqi shaklga e’tibor beradilar, turlarga bo‘lishda fiziologik va kulturada hosil bo‘lishi belgilarini asoso qilib oladilar. Biz ko‘pchilik munozalari narsalarga to‘xtalib o‘tirmasdan Leymon va Neymon tomonidan tuzilgan sodda sistematikaga to‘xtalib o‘tamiz xolos. A.Shizomisetlar tartibi. Bu tartibga qattiq po‘stli va bo‘luvchi to‘siq hosil qilib bo‘linib ko‘payuvchi barcha haqiqiy bakteriyalar kiritilgan. Bu tartib 6ta oilaga bo‘linadi. 1. Kokkilar oilasi (streptokokkilar, sarsinalar, mikrokokkilar avlodiga bo‘lingan). II. Bakteriyalar oilasi; III.Ipsimon bakteriyalar oilasi (o‘z ichiga 5- avlodni birlashtirgan); IV.Spirallalar oilasi (2 avlodga ajratilgan). V. Spiroxetalar oilasi. VI. Basillalar oilasi. B. Miksobakteriyalar tartibi. Miksobakteriyalar oilasi va unga mansub avlod bu tartibga kiritilgan. V. Aktinomisetlar tartibi. 1.Aktinomisetlar oilasi (2 avlodga ajratilgan) II. Mikromonosporalar oilasi; III.Miksobakteriyalar oilasi (2 avlodga ajratilgan). 2. Zamburug‘lar to‘grisida tushuncha. Tuproqdagi mikroorganizmlar vakillaridan yana bittasi zamburuglardir. Bular ham tuproqdagi turli mineral va organik moddalarning o‘zgarishida faol qatnashadilar. Bularga mogor zamburuglari, mikoriza zamburuglari, tushushlar (achitqilar) kiradilar. Shuningdek tuproqdagi sodda hayvonlar, suv o‘tlari ham ahamiyatlidirlar. Zamburuglar ko‘pchiligi gif deb ataluvchi shoxlangan ip shaklida o‘sadilar. Bular zamburug miseliysini (tanasini) hosil qiladilar. Ba’zi zamburuglar giflari qisqa xjayralarga (oidiya) bo‘linishi va shu hisobiga ko‘payishi mumkin. Achitqida shunday vazifani kurtaklanuvchi misella bajaradi. Zamburugdarni bir qancha morfologik va fiziologik belgilariga qarab 6 sinfga bo‘lingan. 1. Xitridiomisitlar 2. Oomisetlar 3. Zigomisetlar 4. Bazidiyamisetlar 5. Xaltachali zamburuglar 6. Takomillashmagan zamburuglar 4.Viruslar haqida tushuncha. Viruslar – ultramikroskopik, faqat hujayra ichida ko‘payishiga moslashgan, obligat mikroorganizmlar bo‘lib o‘simlik, hayvon, inson hatto sodda hayvonlar va boshqa mikroorganizmlarda ham kasallik qo‘zgatadilar. Viruslarni 1892 yilda D.I.Ivanovskiy ochgan. Viruslar bakteriologik filtrdan ham o‘tadi, hujayraviy tzilishiga ega emas, o‘sishga va binar bo‘linishiga qobiliyatsiz, maxsus modda almashinuvi sistemasiga ega emas, faqatgina bitta nuklein kislota RNK yoki DNK bor xolos. Viruslar ham tayoqchasimon, ipsimon, sferik, kubsimon, to‘gnagich shaklida bo‘lishi mumkin. Mikroorganizmlarning ximiyaviy tarkibi. ham yuksak o‘simliklar va hayvonlarning hujayralari kabi 75-85% suv (hayvonlarda 65-70% bo‘ladi) 15- 25% hujayraning umumiy ogirligi hisobidan quruq moddalardan iborat bo‘ladi. Mikroblar hujayrasida organogen elementlar uglerod, azot, kislorod va vodorod 90-97% tashkil etadi. Kuruq moddasining asosiy qismi 80% ga yaqin mikroblar hujayrasida oqsillarga to‘gri keladi. Uglevodlar ko‘proq polisaxaridlar uchraydi. Lipidlar protoplazma yuzasida va asosan hujayra pustida uchraydi. Tuzilishiga kelsak prokariot (bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlari,) aktinomisitlar va x.k) mikroorganizmlarda shakllangan yadro (magiz) yo‘q. Bakteriyalar prokariotlarga mansub bo‘lsa ham yadrosi takomillashgan eukariotlar hujayralari singari murakkab tuzilishiga egadirlar. Bakteriyalar hujayra po‘sti rangsiz, uglevod, pektin, lipoid va xitin moddalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Hujayradan hujayra po‘sti orqali muxitga sitoplazmatik o‘simtalar chiqadi. Bu o‘simtalar xivchinlar deyiladi. Hujayra pusti ustida ipsimon ingichka va uzunligi 0,3-0,4 mm keladigan o‘simtalar (PILI) sitoplazma membranalarida joylashadi. Pililar muhitdagi buyumlar va boshqa hujayralarga yopishib turish vazifasini bajaribgina qolmasdan ba’zilari jinsiy organ rolini bajarishda ham ishtirok etadi. Sitoplazma mayda donali, rangsiz, yarim suyuq modda bo‘lib, uning 80% suv 20% organik va anorganik moddalarga to‘gri keladi. Ular asosan xivchinlari yordamida xarakatlanadilar. Ayrim mikroorganizmlarda (spiroxeta va spirillalar) xivchinlar bo‘lmaganligi uchun siljib, sirgalib (ilonga o‘xshash) xarakatlanadilar. Xamirtrush zamburugi bir joydan ikkinchi joyga siljimaydi, bir joyda xarakatlanib turadilar. Bakteriyalar ko‘payishiga kelsak asosan oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadilar. Agar hujayra teng ikkiga bo‘linsa izomorf bo‘linishi yangi hujayralarning biri katta ikkinchisi kichik bo‘lib qolsa geteromorf bo‘linish deb ataladi. Ba’zi bakteriyalar jinsiy yo‘l bilan ko‘payadilar. Bunda ikkita yetilgan hujayra qo‘shiladi, buni kon’yugatsiya deyiladi. Hujayralar ichida hosil bo‘lgan konidiyalardan bo‘shab chiqqan bakteriyaning yangi hujayralari yetiladi. Mikroblar juda tez ko‘payadi. Bakteriya hujayrasi har 20-30 minutda bo‘linishi mumkin. Bitta bakterial hujayra 5 soatda 1024 hujayra, 10 sotada 10485576 hujayra, 20 soatda 1099 mld 511,6 mln hujayra hosil qilish ogirligi 80 mg ga yetishi, 25 soatda 82 gramm, 30 soatda 89,2 kg, 40 soatdan keyin esa 18841,6 tonnagacha ko‘payishligi hisobla chiqilgan. Zamburuglar ko‘payishiga kelsak ular vegetativ, jinsiy va jinssiz ko‘payishiga moslashgandirlar. Mikroorganizmlarda irsiy belgilarni eukariot hujayralarda yadro, prokariot hujayralarda nukleotidlar saqlaydilar va naslga o‘tkazadilar. Bakteriyalar DNKsi uzun ikkita polimer zanjirdan iborat polinukletoid bo‘lib, nukleotidlar monomerlaridan tashkil topadi. Bakteriya hujayrasi DNKsi ipsiomn bo‘ladi va shu ipni bakteriya xromosomasi deyiladi, o‘zida genlarni ushlaydi. Aga shu genlar yordamida irsiy informatsiyalar nasldan naslga o‘tkaziladi. 5.Xulosalar. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak mikroorganizmlar dunyosi juda katta va murakkabdir. Faqatgina zamburuglarning o‘zi 70 mingdan ortiq turga egaligi ham fikrimizning dalilidir. Ana shu mikroorganizmlar tuproqda turli-tuman faoliyat ko‘rsatib, o‘simliklarning oziqlanishi uchun, tuproq unumdorligi oshirilishi uchun juda katta samara beradilar. SAVOLLAR: 1. Mikroorganizmlar organik olamdagi o‘rni nimada? 2. Bakteriyalar shakllari qanday bo‘ladi va qanday nomlanadi? 3. Bakteriyalar kattaligi qanchalik bo‘ladi? 4. Bakteriyalar klassifikatsiyasini ayting, ularni qanday belgilariga qarab klasssifikatsiyalanadi?
Dostları ilə paylaş: |