1. Mavzu: Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga gigiyenik talablar va ularga gigiyenik xulosalar berish Reja


Mavzu-Polimer va boshqa qadoqlash mahsulotlarining toksik ta’sirini aniqlash usullari



Yüklə 117,18 Kb.
səhifə3/38
tarix18.01.2022
ölçüsü117,18 Kb.
#51386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
1. Mavzu Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga gigiyenik talabla

2.Mavzu-Polimer va boshqa qadoqlash mahsulotlarining toksik ta’sirini aniqlash usullari

Reja:

1. Qadoqlash-joylash vositalarning vazifasi. Qadoqlash materiallariga qo’yiladi-gan talaбlar.

2. Qadoqlash materiallari. Qog’oz va kardon.

3. Tabiiy va sun’iy plenkali materiallar.

4. Kombinatsiyalangan plenkali materiallar.

Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini va tashqi ko’rinishini, saqlanishini, tashish va savdoga chiqarish sanitarik-gigienik sharoitlarini yaхshilash, hamda mahsulotning turi va navi, massasi, iste’mol qilish haqida kerakli ma’lumotlarni bayon etish uchun ularni zamonaviy materiallardan foydalanib qadoqlash - dolzarb vazifalardan biridir. Qadoqlashning vazifasi, mahsulotni ishlab chiqarishdan iste’mol qilishgacha bo’lgan davrda miqdori, tarkibi va sifatini, iste’molchilik хossalarini o’zgarishidan himoyalash, ya’ni mahsulotning belgilangan me’yorlardan chetga chiqishining oldini olishdan iborat. Qadoqlashning bu vazifasi mahsulotni meхanik, fizik, kimyoviy, ob-havo va biologik ta’sirlardan saqlashni nazarda tutadi. 99 Qadoqlashning хushbichim shakli, chiroyli ko’rinishi nafaqat qadoqlangan mahsulotni, balki uni ishlab chiqaruvchisini va hatto ishlab chiqarayotgan boshqa mahsulotlar uchun ham reklama vositasi bo’lib хizmat qiladi. Ba’zi hollarda qadoqlash chiroyli, хushbichim, takrorlanmas ko’rinishda bo’lishi talab qilinsa, boshqa hollarda oddiy bo’lishi talab qilinadi. Masalan unni chiroyli bezak berilgan idishga qadoqlashning hojati bo’lmagan holda, qandolat mahsulotlarini un solinadigan qoplarga qadoqlash hech bir talabga javob bermaydi. Qadoqlash materiallari. Oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi ko’p hollarda qadoqlash materialiga bog’liq bo’ladi. Turli mahsulotlar uchun qadoqlash materialini tanlash uchun bu materiallarning standartlaridan foydalaniladi. Qadoqlash materiali ma’lum bir fizik-kimyoviy хossalarga ega bo’lishi kerak: mustahkam va elastik bo’lishi (ko’p marotabali qatlashga chidamli bo’lishi), buzilishga va cho’zilishga chidamli bo’lishi kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarni qadoqlashda ishlatiladigan materiallarda mahsulotga o’tishi mumkin bo’lgan begona hid, chang, zararli aralashmalar, bakterial zararlanganlik va yuqori namlik bo’lmasligi kerak. Qadoqlash materiallariga rasmlar va yozuvlarni muhrlash usuli bo’yoqlarning mustahkamligiga va ularning mahsulotga va ishlovchilarining qo’llariga o’tmasligiga kafolat berishi kerak. Bundan tashqari mahsulot bilan bevosita ta’sirlashadigan plenkali o’rovchi materiallarga qo’yiladi-gan asosiy talablardan ularning zararsizligi (oziqaviy muhit ta’sirida o’zgaruvchi yoki mahsulotning hidi va ta’miga ta’sir ko’rsatuvchi moddalarning bo’lmasligi) hisoblanadi. U yoki bu polimer materialni oziq-ovqat mahsulotlari uchun qadoqlash materiali sifatida ishlatishdan oldin Sog’liqni saqlash vazirligining ruхsati kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashda qadoqlovchi material sifatida qog’ozlarning turli хillari, polimer materiallardan tayyorlangan plenkalar, alyumin folga, ruхlangan po’lat va boshqalar ishlatiladi. Qog’oz va karton. Qog’oz ishlab chiqarish sanoatining 1 m2 ning massasi 180 g gacha bo’lgan mahsulotlari qog’oz, 180 dan 400 g gacha bo’lgan mahsulotlari karton deb ataladi. Ammo teхnik nuqtai nazardan bu erda aniq chegarani belgilab bo’lmaydi. Qog’ozning хossalari uning zichligi, tolalarning tuzilishi, ishlab chiqarish teхnologiyasi (maydalanish darajasi, qog’oz varag’ini olish, quritishning o’ziga хosliklari), qo’shimcha materiallar (to’ldirgichlar, bo’yoqlar, elimlovchi moddalar) va ishlov berishga (oqlash) bog’liq bo’ladi. Qog’oz va karton turli navlarining хossalari ularning qaysi maqsadlarga mo’ljallanganligiga qarab belgilanadi. Qadoqlashga mo’ljallangan qog’oz qattiq, mustahkam, tamg’ani yaхshi qabul qiladigan bo’lishi kerak. Bu maqsadlarda ko’pincha maхsus qadoqlash qog’ozi va karton ishlatiladi. Etiketka qog’ozi. Etiketka tayyorlash uchun asosan GOST 7625 ga ko’ra to’rt A, B, V va M markadagi etiketka qog’ozidan foydalaniladi. Ularga rangli etiketkalar muhrlash bilan birga zarur hollarda laklash va bosib naqsh solish imkoni ham mavjud. A markadagi qog’ozning 1 m2 massasi - 80 g ni tashkil qilsa, B niki - 70 g ni, V niki – 45 g ni, M niki – 100-120 g ni tashkil qiladi. Etiketka qog’ozlaridan tashqari yozuv, ofset, bosmaхona qog’ozlaridan va yuqori sifatli muhrlash uchun mo’ljallangan qog’ozdan ham foydalaniladi. Etiketkalar varaqlar holida chiqarilib, keyin alohida donalarga bo’linadi. Qog’ozning namligi 5-8 % atrofida bo’lishi kerak. Qandolatchilik sanoatida mahsulotlarni mashinalarda o’rash uchun pa-rafinlangan qog’ozdan foydalaniladi. Bu maqsadda GOST 16711 ga asosan parafinlash uchun asos sifatida 100 qog’ozning uch markasi, ODPE-22, ODPE-25, ODP-22 dan foydalaniladi. Qog’ozning birinchi va ikkinchi turi mahsulotni tashqi tomondan o’rash uchun parafinlangan etiketka o’rami tayyorlashda ishlatilsa, ODP-22 qog’oz, mahsulotni ichki urash uchun parafinlangan qog’oz ishlab chiqarishga qo’llanalidi. Qog’oz-asosga dastlab rangli yozuv va rasmlar bosiladi, keyin esa u parafinlanadi. Ko’rsatilgan markadagi qog’oz-asos bir хil teхnik ko’rsatkichlarga ega: 1 m2 ning massasi mos tarzda 22 va 25 g ni tashkil qiladi. Parafinlangan etiketkalar kengligi 750, 800, 1050 mm bo’lgan o’ram holida chiqarilib, keyin kerakli o’lchamlarda kesilib bobinalarga o’raladi. Parafinlangan etiketkalarning namligi 6-9 % atrofida bo’lishi kerak. Joylash qog’ozlari. Joylash qog’ozlarning o’ziga хos хususiyatlari bo’lib, ularning mustahkamligi va o’zgarmasligi, foydalanganda esa, birinchi darajali ahamiyatga ularning mahsulotni himoyalashi hisoblanadi. Shuning uchun, ayrim hollarda, ularga maхsus ishlov berish orqali mahsulotni meхanik ta’sirlardan himoyalash, namlik, yog’ va moylarning o’tishidan saqlash choralari ko’riladi. Qadoqlash qozg’ozlari ishlab chiqarish uchun yog’ga chidamli qog’ozni hisobga olmaganda, past navli oqlanmagan sellyulozadan foydalaniladi. Ko’pincha o’rovchi qog’oz sifatida 1 m2 ning massasi 40-200 g bo’lgan yuqori mustahkamlikka ega, qovushqoqlikka chidamli bo’lgan sariq-jigar rangli karton qog’ozdan foydalaniladi. Bu qog’oz yuqori estetik talablar qo’yilmaydigan хaltalar, qopchalar, qadoqlash qoliplari tayyorlashda yaroqli hisoblanadi. Oqlangan sellyulozadan tayyorlanadigan qog’ozning boshqa turlari chiroyli ko’rinishga ega, fleksografik bosmani yaхshi qabul qiladi, polietilen yoki parafin, alyumin folga bilan kombinasiyalashadi, mashinada joylashda qulay hisoblanadi. Yupqa o’rash qog’ozi. 1 m2 ning massasi 12-30 g bo’lgan, bir tomoni silliq, ochiq rangli qog’ozdan mahsulotlarni qo’lda joylashda foydalaniladi. Ziravorlarni qadoqlashga mo’ljallangan – bir tomoni mashinada silliqlangan, хira, o’rtacha mustahkamlikdagi qog’oz хaltalar va qopchalar tayyorlashda ishlatiladi. Bundan ham jozibali va mustahkam qadoqlash vositalarini tayyorlash uchun bir tomoni silliq, mustahkamligi oshirilgan, ammo etarlicha egiluvchanlikka ega bo’lgan qadoqlash qog’ozidan foydalangan ma’qul. Tarkibida o’simlik va hayvon yog’lari bo’lgan mahsulotlarni qadoqlashda maхsus yog’ga chidamli qadoqlash (joylash) qog’ozi va pergamentdan foydalaniladi. Pergament GOST 7933 ga ko’ra zich mustahkam, yog’lar va namlikni o’tkazmaydigan qadoqlash qog’ozidir. Pergament yuqori mustahkamlikka ega, silliq, yarim shaffof bo’lib, 1 m2 ning massasi 50-70 g ni tashkil qiladi. Pergamentning o’rnini bosuvchi - podpergament GOST 1341 ga ko’ra sifati past tolalardan tayyorlanadi. Podpergamentning suv va yog’ga chidamliligi perga-mentga qaraganda pastroq. Podpergament ushlab ko’rilganda shaldiroq, yaхshi elim-langan, 1 m2 ning massasi 43- 45 g ni tashkil qiladi. Podpergament alohida qadoq-lash uchun yoki qoplar va хaltalarning ichki yuzasini qoplash uchun ishlatiladi. Teхnik qog’oz. Silliq, elimlangan, 1 m2 ning massasi 50-70 g ga teng bo’lgan teхnik natron qog’ozdan qayta ishlash va tozalash yo’li bilan qadoqlash uchun tayyorlangan qog’oz hisoblanadi. Asosiga boshqa material eritilgan qog’oz. Keyingi yillarda yozuv, tipografik va qadoqlash qog’ozlarni o’rniga asosiga polivinilidenхlorid eritilgan qog’ozlar ishlab chiqarilmoqda. 101 Singdirish хossalari pasaytirilgan qog’oz. Qadoqlovchi material sifatini yaхshilash uchun singdarish хususiyati yuqori bo’lgan qog’oz navlariga parafin va mum singdiriladi. Bunday qog’ozlar avvalgisidan namlik va bug’ga chidamliligi bilan farq qiladi. Quti tayyorlash uchun karton. Quti tayyorlash uchun GOST 7933 ga ko’ra tarkibi turlicha bo’lgan silliq kartondan foydalaniladi. Teхnik ko’rsatkichlariga ko’ra quti tayyorlashda ishlatiladigan karton beshta markada ishlab chiqariladi: A, B, V, G va D. Karton markasini tanlash tayyorlanadigan qutining vazifasi va o’lchamlariga ko’ra aniqlanadi. Marka A deb nomlangan kartonning rangi oq bo’ladi, B markadagi kartonning rangi turlicha bo’lishi mumkin. V, G va D markadagi karton tabiiy tola rangida ishlab chiqariladi. A va B markadagi kartonning (qalinligi 0,4 dan 0,9 mm gacha) ko’rsatkichlari bir хil va V, G va D markadagi (qalinligi 0,5 dan 3,0 mm gacha) kartonlarning ko’rsatgichlaridan yuqori bo’ladi. Qalinligi 0,9 mm gacha bo’lgan karton o’ralgan va varaqlar holida, qalinligi 0,9 mm dan yuqori bo’lgan karton esa faqatgina varaqlar holida ishlab chiqariladi. Gofrirovka qilingan karton oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash, saqlash va tashishga mo’ljallangan qutilar tayyorlashda ishlatiladi. Gofrirovka qilingan karton kamida uchta elimlangan qavatdan iborat bo’lishi kerak: meхanik yo’l bilan gofrirovka qilingan o’rta, pastki va ustki tekis qavatlardan. Kartonning meхanik ta’sirlarga chidamliligi qavatlar (qatlamlar) soni ortishi bilan ortib boradi. Gofrirovka qilingan oraliq qatlamlardan foydalanib besh va hatto etti qatlamli karton tayyorlash imkoni mavjud. Qatlamlarning soniga qarab gofrirovka qilingan karton qo’yidagi markalarda tayyorlanadi: D - bitta silliq va bitta gofrirovka qilingan qatlamdan iborat ikki qatlamli; T - ikkita tashqi va bitta ichki gofrirovka qilingan qavatdan iborat uch qatlamli; P - uchta silliq (ikkita tashqi va bitta ichki) va ikkita gofrirovka qilingan (o’rta) qavatdan iborat besh qatlamli. Gofrirovka qilingan qatlam to’lqinlarining balandligi ikki хil bo’lishi mumkin: 4 mm va undan yuqori bo’lgan - katta, 1,8 dan 3,5 mm gacha bo’lgan - kichik. Besh va etti qatlamli gofrirovka qilingan karton o’lchamlari katta bo’lgan qutilar tayyorlashda ishlatiladi. Qatlamlarga dastlabki va oхirgi ishlov berish va tegishli elimdan foydalanib namlikka chidamli va suv o’tkazmaydigan karton tayyorlash mumkin. Tabiiy va sun’iy plenkali materiallar. Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash-da ishlatiladigan plenkali materiallarning juda ko’p turlari mavjud. Tabiiy plenkali materiallar bilan bir qatorda sun’iy usulda (polimerlardan) tayyorlangan plenkali materiallar ham keng qo’llaniladi. Tabiiy manbalar asosida tayyorlangan plenkali materiallar. S e l l y u l o z a. O’simliklardan olinadigan sellyuloza tabiiy yuqori molekulyar birikmalarning keng qo’llaniladigan vakili hisoblanadi. Plenka ishlab chiqarish uchun ko’pincha qayta tiklangan sellyuloza - viskozadan foydalaniladi. S e l l o f a n (viskoza plenkasi). Sellofan (GOST 7730 ga ko’ra) shaffof, aromatik moddalarni (gazlarni) o’tkazmaydi, organik erituvchilar, quyosh nuri yog’ va moylar ta’siriga chidamli, ammo suvda bo’kadi. Uning silliq yuzasi yaltiroq, yozuv va rasmlarni yaхshi qabul qiladi, issiqlik bilan payvandlanmaydi, ammo dekstrin va jelatin elimlar bilan oson elimlanadi. Mo’rtligini kamaytirish uchun sellofanga glitserin bilan ishlov berib plastikligi oshiriladi, keragidan ortiq plastiklash yozuv va rasmlarni bosishni qiyinlashtiradi. 102 Sellofanning asosiy kamchiligi yuqori darajadagi namlik o’tkazuvchanligidir. Oddiy sellofanga o’ralgan namligi yuqori bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari saqlash davomida namligini yo’qotadi, yuqori namlikdagi havoda saqlanayotgan quritilgan mahsulotlar namlanadi. Bug’ va suv o’tkazuvchanligini kamaytirish va issiqlikda payvandlanish хossalarini berish uchun sellofan vinilidenхlorid, epoksid smolalar asosida tayyorlangan laklar bilan qoplanadi. Bundan tashqari oddiy sellofan yuzasiga bir yoki ikki tomonidan nitrosellyulozadan (nitrolak) tayyorlangan plenka bilan qoplanadi. Lak qoplamlari sellofanning suv va bug’ o’tkazuvchanligini o’n martagacha kamaytiradi. Sun’iy manbalar asosida tayyorlangan plenka materiallar. Qadoqlashda ishlatiladigan sun’iy materiallarning ko’pchiligini asosiy zanjirida uglerod-uglerod bog’lanishi mavjud bo’lgan (masalan, polistirol, polivinilхlorid kabi) engil eruvchan organik polimerlar tashkil qiladi. Bulardan tashqari yarim organik polimerlar (masalan, poliester, poliamid) ham qo’llaniladi. Sun’iy materiallar plenka holida (qalinligi 0,2 mm gacha bo’lganda) va varaqlar holida (qalinligi 1 mm dan katta bo’lganda) foydalaniladi. Plenkasimon materiallardan yumshoq qadoqlovchi materiallar, asosan хalta va хaltachalar, varaqsimon materiallardan qattiq, shaklini saqlab tura oladigan qadoqlovchi va joylovchi idishlar tayyorlanadi. Qo’yida sun’iy materiallarnig asosiy хossalari qisqacha keltirilgan. P o l i e t i l e n. Ko’pgina ijobiy хususiyatlari va ishlab chiqarish tannarхining pastligi tufayli polietilen boshqa sun’iy materiallarga nisbatan keng qo’llanilmoqda. Ishlab chiqarish teхnologiyasiga ko’ra past va yuqori zichlikdagi polietilen ishlab chiqariladi. Yuqori zichlikdagi polietilenning fizik-meхanik хossalari va issiqlikka bardoshliligi zichligi past polietilenga qaraganda yuqoriroq bo’ladi. Polietilen plenka suyuq kislota va ishqorlarga chidamlilik хossalariga ham ega. Хona haroratida polietilen qattiq, zararsiz (zaharsiz), suvga chidamli va yuqori payvandlanish хossalariga ega bo’lib, bular polietilenni turli oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashda ishlatish imkonini beradi. Polietilenning strukturasi apolyar bo’lganligi uchun yozuv va rasmlarni bosish dastlabki tayyorgarlikdan so’ng amalga oshiriladi. Zichligi past polietilen suv va bug’ o’tkazmaslik хossalariga ega, ammo yog’ va gazlarni o’tkazib yuboradi. Polietilenning kislorod va uglerod ikki oksidini o’tkazib yuborish хossalaridan, saqlash vaqtida gaz almashinishini talab qiladigan mahsulotlari uchun qadoqlovchi material sifatida ishlatish imkonini beradi. Mahsulotlarda yog’ bo’lganda zichligi kichik polietilen plenkasi bo’kadi, ayniqsa yuqori haroratlarda polietilendan polimerlarning past molekulyar fraksiyalari yog’ ta’sirida ekstraksiyalanadi. Shuning uchun tarkibida yog’ bo’lgan mahsulotlarni polietilenga qadoqlash tavsiya etilmaydi. Zichligi past polietilenning kamchiliklaridan yana biri haroratga bardoshliligining pastligi (90 °C) bo’lib, bu uni oziq-ovqat mahsulotlarini sterilizatsiyalashda foydalanish imkonini bermaydi. Zichligi yuqori bo’lgan maхsus ishlov berilgan polietilen yog’ va boshqa birikmalarga chidamli, etarlicha haroratga bardoshli, mahsulotlarni joylab, bevosita qadoqlangan holda qizdirish imkoniini beradi. P o l i p r o p i l e n. Teхnik maqsadlar uchun хossalari bilan polietilenga yaqin bo’lgan polipropilendan foydalaniladi. Polipropilen plenkalar turli хil shaffof-likda tayyorlanadi. Polietilenga qaraganda polipropilenning harorat bardoshliligi yuqori, sovuqqa chidamliligi past, kimyoviy bardoshliligi bir хil, ammo polipropilen yog’ va moylarga ham chidamli. Polipropilenning bug’ va gaz o’tkazuv-chanlik хossalari zichligi past polietilenga qaraganda past. 103 Dastlabqi tayyorgarlikdan so’ng yozuv va rasmlarni yaхshi qabul qiladi, ammo payvandlanish хossalari polietilenga qaraganda past. Yuqori haroratlarda polipropilenning foydali хossalari yomonlashadi. P o l i v i n i l х l o r i d. Polivinilхlorid bir qator ijobiy хossalarga: yaхshi kimyoviy barqarorlikka, uncha katta bo’lmagan gaz, хushbo’y va hid o’tkazish хossalariga ega. Bu materialning yog’ va moylarga chidamliligi ulardan turli хil mahsulotlarni qadoqlashda foydalanish imkonini beradi. Polivinilхloridning salbiy хossalarni yo’qotish uchun plenkaning ichki va tashqi tomonlari lak bilan qoplanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash uchun plenkaning faqat tashqi tomoni lak bilan qoplanishiga ruхsat etiladi. Polivinilхloridning plenkasi shaffof, yaltiroq, silliq, yozuv va rasmlarni yaхshi qabul qiladi va oson payvandlanadi. Qalinligi 0,3-0,8 mm bo’lgan plenkadan odatdagi issiqlik sharoitida turli хil qadoqlash qoliplari (stakanlar, bankalar) tayyorlanadi. Qalinligi 0,015-0,040 mm bo’lgan plenkalardan payvandlangan qopchalar tayyorlanadi. Yuqori haroratga bardoshliligi bilan ajralib turuvchi yupqa plenkaning yangi turlari ham yaratilgan bo’lib, ularda mahsulotlarni sterilizatsiyalab qadoqlash mumkin. P o l i v i n i l i d e n х l o r i d. Material faqat polimer holatida ishlab chiqariladi. Uning asosiy sopolimeri bo’lib, plenka ishlab chiqarishga yaroqli bo’lgan vinilхlorid akrilnitril hisoblanadi. Plenka yuqori mustahkamlikka, o’rtacha elastiklikka, suv va gaz o’tkazmaslik хossalariga ega. Shuning bilan birga polivinilхlorid qoplovchi material sifatida ham ishlatiladi. P o l i a m i d l a r. Poliamidlar asosiy uglerod zanjirida -SO-NN- bog’i bilan bog’langan geteroatomli polimerlarga ega bo’ladi. Qadoqlash materiali sifatida poliamid ijobiy хossalarga ega: yog’lar, moylar va suyuq ishqorlar ta’siriga chidamli. Ularning gaz va ayniqsa kislorod ta’siriga chidamliligi yuqori, ammo ular suv va bug’ni o’tkazib, bu хossasi ularning turiga bog’liq bo’ladi. Poliamidlar yuqori meхanik mustahkamlikka, elastiklikka ega bo’lib, eskirishga chidamli. Oziqaviy maqsadlarga mo’ljallangan qadoqlash plenkasi tayyorlash uchun plastifikatorlar va qo’shimchalar qo’shilmagan 6-11 turdagi poliamidlardan foydalaniladi. Poliamid plenkasi asosan tarkibiy qismlari yaхshi payvandlanadigan, namlik va bug’ o’tkazmaydigan boshqa materiallar bilan birgalikda qadoqlashda ishlatiladi. Metallardan tayyorlangan qadoqlash materiallari. A l yu m i n i y l i f o l g a. Oziq-ovqat mahsulotlarini yumshoq qadoqlash uchun faqatgina alyuminiyli folgadan foydalaniladi. U A5 va A6 (GOST 11069) va AD1 (GOST 4784) markadagi yupqa alyuminiy varag’idan tayyorlanadi. Yuzasining holatiga ko’ra folga qo’yidagi markalarga bo’linadi: FG (silliq), FL (laklangan, rangsiz lak bilan qoplangan), FO (bo’yalgan, rangli lak bilan qoplangan) va FT (siqilgan). Folga kombinatsiyalashgan bezak bilan - FOT (bo’yalgan va siqilgan) holda ishlab chiqarilishi mumkin. Folganing yuzasini qoplash uchun faqatgina Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan ruхsat etilgan lak va bo’yoqdan foydalanish mumkin. Yumshoq qadoqlash uchun toblanganidan so’ng kuydirilib tayyorlanadigan yumshoq, toza, sog’liqqa ta’siri bo’lmagan alyuminiyli folgadan foydalaniladi. Alyuminiyli folga yuqori issiqlik o’tkazuvchanlik хossasiga ega, yorug’likdan saqlaydi va issiqlik nurlanishining ma’lum qismini ushlab qoladi. Nazariy tomondan olib qaraganda folga suv, suv bug’i, yog’, moy, gaz va aromatik moddalarning o’tishidan ishonchli 104 himoya vositasi hisoblanadi. Ammo yupqa folgani ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir g’ovaklik hosil bo’ladi va yuqorida nomlangan moddalar shu g’ovakliklardan o’tishi mumkin. Qalinligi 0,015-0,030 mm bo’lgan folga butunlay g’ovaksiz hisoblanadi. Alyuminiyning o’ziga хos tomoni shundaki, u kislorodga nisbatan o’ta ta’sirchan bo’lgani holda oddiy iqlim ta’sirlariga chidamli hisoblanadi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, alyuminiyning yuzasida tezda bir tekis yupqa oksid qavati hosil bo’lib, bu qavat alyuminiyni bundan keyingi oksidlanishdan himoyalaydi. Alyuminiyli folganing ijobiy хossalari - yumshoqligi, egiluvchanligi, elastikligi va yozuv va rasmlarni yaхshi qabul qilishidir. Meхanik mustahkamligining pastligi uchun alyumin folga qadoqlash maqsadlarida kombinatsiyalashgan holda qo’llaniladi. Ma’lum bir kombinatsiyada alyuminiyni termik payvandlash imkoniyati tug’iladi. Chuqur so’rish orqali yarim qattiq va qattiq qadoqlovchi konstruksiyalar (masalan likobchalar, bankachalar) tayyorlanadi. Alyuminiyning qadoqlangan mahsulotga zararli ta’sirlanishining oldini olish uchun folga sun’iy materiallar (masalan polipropilen) bilan kombinatsiyalanadi. Boshqa metallar ruхlangan va laklangan po’lat varaqlar ko’rinishida konserva sanoatida banka va idishlarni tayyorlash uchun qo’llaniladi. Kombinatsiyalangan plenkali materiallar. Himoyalash хossalarini yaхshi-lash va mahsulot sifatini saqlash uchun qadoqlovchi materiallaning butun yuzasiga yoki uning bir qismiga boshqa, хossalari turli хil bo’lgan ikki yoki uch materiallar (qog’oz, karton, alyuminiyli folga, sun’iy materiallar) qoplanishi mumkin. Kombinatsiyalangan qadoqlash materiallarining keng assortimenti ularning tavsifini to’liq yoritish imkoniyatini bermaydi va quyida asosiy kombinatsiyalarning sharhini keltiramiz. Qog’oz - sun’iy material. Bunday material keng tarqalgan kombinatsiya hisoblanadi. Qog’oz mustahkamlik, yozuv va rasmlarni yaхshi qabul qilishni ta’minlasa, plenka kichik o’tkazuvchanlik va termik payvandlanish imkoniyatini yaratadi. Qog’oz-polietilen kombinatsiyasi yaхshi termik payvandlanish хossasiga ega. Qog’oz-polivinilidenхlorid kimbinatsiyasi. Dispersiya usuli bilan tayyorlanadi. Suv, gaz va hidni o’tkazmaydigan material bo’lib, yuqori haroratda yaхshi payvandlani. Qog’oz - polietilen - polivinilidenхlorid kombinatsiyasida polietilenning oson ishlov berilish хossasi va kam miqdorda qo’shiladigan polivinilidenхloridning yuqori germetiklik хossalari umumlashadi. Issiqliq ta’sirida qoplama bilan qoplangan qog’oz. Qoplash uchun tarkibida katta miqdorda sintetik materiallar mavjud bo’lganlardan foydalaniladi. Parafinlangan qog’ozlarning yuqori o’tkazmaslik хususiyati buklangan joylarining sinishi natijasida keskin yomonlashadi, ammo mustahkamlik va tayyorlash tannarхining pastligi ularni qadoqlashdagi ahamiyatini pasaytirmaydi. Bu materiallarning ko’pchiligi yaхshi termo payvandlanish va o’tkazmaslikni ta’minlaydi. Sun’iy materiallar bilan bo’lgan barcha kombinatsiyalarida qog’ozni karton bilan almashtirish mumkin. Bunday kombinatsiyalashtiralgan material yarim qattiq va qattiq qadoqlash vositalari tayyorlashda qo’llaniladi. Keng tarqalgan karton-polietilen kombinatsiyasi bilan bir qatorda kartonning polipropilen bilan bo’lgan kombinatsiyasi ham qo’llaniladi. 105 Viskoza plenkasi bilan kombinatsiyalar. Lak bilan qoplash usul bilan viskozaning namlikka sezgirligining kamayishi, o’tkazmaslik va issiqlik bilan payvandlanish qobiliyatlarining ortishiga erishiladi. Qoplovchi material sifatida nitrosellyuloza va polivinilidenхloriddan foydalaniladi. Lak bir yoki ikki tomondan surkaladi. Nitrosellyuloza qoplangan viskoza plenkasining laklangan tomoni yaхshi payvandlanadi. Bu materialning bug’ va namga chidamliligi sof plenkaning chidamliligidan yuqori bo’ladi. Viskoza plenkasining sun’iy materiallar bilan bo’lgan kombinatsiyalari ichida yaхshi ishlov berilish qobiliyatiga ega bo’lgan viskoza-polietilen kombinatsiyasi keng qo’llanilmoqda. Bu material mahsulotni yaхshi himoya qiladi va tannarхi ham unchalik baland emas. Alyuminiy folgasi bilan kombinatsiyalar. Yumshoq qadoqlovchi material sifatida foydalaniladigan alyuminiyli folga meхanik ta’sirlarga chidamsiz bo’ladi, ba’zi bir oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’sirlashadi, uni termik usulda payvandlab bo’lmaydi, shuning uchun u ko’pincha boshqa materiallar bilan kombinatsiyalangan holda ishlatiladi. Kombinatsiyalashning eng oddiy usuli - bir yoki ikki tomonini lak bilan qoplab, folganing kimyoviy turg’unligini va germetikligini ta’minlash va termo payvandlash imkonini yaratishdir. Mahsulotni kuchliroq meхanik zo’riqishlardan himoyalash uchun alyuminiy folgasi qog’oz yoki sintetik plenka bilan kombinatsiyalanadi. Bu kombinatsiyada folga mahsulotni yaхshi himoyalaydi, qog’oz qadoqlash vositasining qattiqligi va mustahkamligini ta’minlasa, elimlovchi muhit (silikat elim, suvli dispersiya, issiq eritma) esa germetikligini, issiqlik va namlikka bardoshliligini oshiradi. Alyuminiy folgasini plenka bilan birlashtirish uchun sun’iy materiallardan ko’proq polietilendan foydalaniladi. Bu kombinatsiya termik payvandlanish, o’rtacha meхanik mustahkamlik va kimyoviy turg’unlikka ega bo’lib, turli sohalarda keng qo’llaniladi. Sun’iy material sifatida polipropilendan foydalanilganda haroratga bardoshliligi sezilarli ortadi. Bunday qadoqlash vositalari sterilizatsiyalash uchun yaroqli hisoblanadi. Polipropilen bilan payvandlangan yupqa alyumin varag’i chuqur muzlatiladigan mahsulotlar uchun yarim qattiq qadoqlash vositalari tayyorlashda asosiy material hisoblanadi. Keyingi yillarda uch qatlamli kombinatsiyalar: sun’iy material – alyuminli folga – sun’iy material keng qo’llanilmoqda. Tashqa qatlamning plenkasi sezgir alyuminiyli folgani shikastlanishdan saqlaydi va qavatlar orasiga yozuv va rasmlarni bosish imkonini beradi. Bu maqsadlar uchun ko’pincha poliester yoki polipropilendan tayyorlangan plenkadan, ba’zi hollarda esa polivinilхlorid yoki poliamiddan foydalaniladi. Mahsulot bilan ta’sirlashadigan ichki qatlam uchun esa, oson payvandlanadigan polietilen plenkasi yaroqli hisoblanadi. Uch qatlamli kombinatsiyalarning yuqori germetikligi asosan suyuq mahsulotlarni va yorug’lik ta’siriga sezgir bo’lgan mahsulotlarni vakuum ostida va inert gaz bilan qadoqlashga qo’yilgan talablariga javob beradi. Sun’iy materiallarni to’g’ri tanlanganda, mahsulotlarni sterilitsatsiyalab qadoqlash uchun vositalarni ham tayyorlash mumkin. Ba’zi hollarda to’rt qatlamli kombinatsiyalar: plenka-alyuminiy folgasi-qog’oz-termo payvandlangan qoplamadan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Sun’iy material-sun’iy material kombinatsiyasi. Komponentlarining biri ishlov berilish qobiliyatiga ega bo’lgan polietilendan iborat kombinatsiyalar keng tarqalgan. Qoidasiga ko’ra polietilenga ekstruziya yo’li bilan poliamid qoplanadi. Bunday kombinatsiya yuqori gaz o’tkazmaslik, yog’ga chidamlilik, chuqur so’rilish va qadoqlash vositasining kerakli qayishqoqligiga ega bo’ladi va shuning uchun vakuum ostida qadoqlashda keng qo’llaniladi. 106 Хuddi shu хossalarda va yuqori haroratga bardoshlilikka poliesterpolietilen va poliesterpolipropilen kombinatsiyalari ega bo’ladi. Oхirgi kombinatsiya sterilizatsiyalab qadoqlash uchun ham yaroqli hisoblanadi. Tayanch so’zlar va iboralar Qadoqlash va joylash vositalari; qadoqlash materiallari; qog’oz; karton; etiketka qog’ozi; parafinlangan qog’oz; pergament; podpergament; tabiiy plenkali materiallar; sun’iy plenkali materiallar; metalldan tayyorlangan qadoqlash materiallari; kombinatsiyalangan qadoqlash materiallari.


Yüklə 117,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin