1. «Materiallar qarshiligi» fani haqida tushunchalar



Yüklə 77,26 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü77,26 Kb.
#206554
  1   2   3   4   5   6
1. «Materiallar qarshiligi» fani haqida tushunchalar-fayllar.org


1. «Materiallar qarshiligi» fani haqida tushunchalar

1. «Materiallar qarshiligi» fani haqida tushunchalar (vazifalar, mustahkamlik, bikrlik, ustivorlik, qisqacha tarix, «Nazariy mexanika» bilan ziddiyatlar).


«Materiallar qarshiligi» fani umummuhandislik fani hisoblanib, konstruktsiyalar (tuzilmalar), inshootlar, mashina va mexanizmlar qismlarini mustahkamlikka, bikrlikka va ustvorlikka hisoblash usullarini o’rgatadi. Mustahkamlik - yuqoridagilarning tashqi kuchlar ta’sirida yemirilishiga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir. Ma’lumki, tabiatda absolyut qattiq, ya’ni deformatsiyalanmaydigan va yemirilmaydigan jismlar mavjud emas. Masalan, og’irligi 75 kg bo’lgan kishi oddiy qurilish g’ishtini bossa, uning balandligi 1/20.000 sm ga kamayadi. Bunda g’ishtning ikki qo’shni atomi bir - biriga taxminan 1/500000 Å (angstrem) ga yaqinlashadi (210-14 sm). Ma’lumki, 1 A=1/10000 mikron=110-8 sm. Muhandislik tuzilmalari qismlarining tashqi kuchlar ta’sirida o’zlarining dastlabki muvozanat holatlarini saqlash qobiliyatlari ustivorlik deyiladi. Tuzilma qismining tashqi kuchlar ta’sirida o’zining dastlabki muvozanat shaklini va deformatsiyalanish tarzini sifatan o’zgartirmasligi uning mehyoriy ishlashida nihoyatda muhimdir. «Materiallar qarshiligi» faniga oid dastlabki ishlarni tarixda 1638 yildagi G. Galiley (Italiyaning Padue shahridagi o’quv yurtining matematika professori) ishlari bilan bog’lashadi. Bahzi manbalarda italyan olimi Leonardo Da Vinchi (1452-1519) ham bahzi hisoblarni bajarganligi ko’rsatiladi. Fanning vujudga kelishi va rivojlanishiga R. Guk, E. Mariott, Dyugamel’, SH. Kulon, Ya. Bernulli, T. Yung, O. Koshi, A. Sen-Venan, O. Mor, L. Eyler, D.Juravskiy, F. Yasinskiy, S. Timoshenko, A. Belyaev, S. Ponomarev, V. Feodos’ev, o’zbek olimlaridan M. O’razboev, X. Raxmatullin, K. Mansurov, T. Rashidov, Q. Abdurashidov va boshqalarning tadqiqotlari va yaratgan adabiyotlari katta ahamiyatli bo’ldi. Materiallar qarshiligidan dastlabki kitob Frantsiyada 1826 yilda nashr qilindi. Ayni paytda ham ushbu fanning hal qilishi zarur bo’lgan masalalarining yetarliligini tahkidlash lozim. Bu fan o’z masalalarini boshqa fanlarga asoslanib, ular bilan uzviy aloqada hal qiladi. Materiallar qarshiligi fani, ayniqsa, nazariy mexanika fani bilan bog’liq. SHu bilan birga ular orasida bahzi masalalarga turlicha yondoshish ham mavjud. Masalan, nazariy mexanika jismlarni absolyut qattiq deb hisoblasa, materiallar qarshiligi fanida ularning deformatsiyalanishlari ham nazarda tutiladi. Ushbu asosiy ziddiyat oqibatida nazariy mexanikaning to’plangan kuchni ta’sir chizig’i bo’yicha, juft kuchni o’z ta’sir tekisligida ko’chirish qoidalarini deformatsiyalanuvchi jismlar mexanikasida qo’llab bo’lmaydi.
2.Egilish. Normal kuchlanishlarni aniqlash. Navg’e formulasi.( tekis va qiyshiq, sof va ko’ndalang, neytral qavat, o’q, egrilik,taqsimlanish, qarshilik momenti ).

Yuqori aytib o'tilganidek, egilishda brusning ko'ndalang kesmi yuzasida eguluvchi moment va ko'ndalang kuch paydo bo'ladi.Kuchlanish xolatini o'rganish ko'ndalang kuch nolga teng xususiy xoldan, yani sof egilishdan boshlash qulaydir. Sof egilishdek brusni ko'ndalang kesim yuzasidagi kuchlanishlarning taqsimlash qonunini o'rganamiz va eng katta qiymatini topamiz.Agar brusning yon sirtiga bo'ylama va ko'ndalang to'g'ri chiziqlar bilan tur chizilma egilish deformasiyasidan keyin bo'ylama chiziqlar esa to'g'rilgicha qoladi. Bu xol chuzishdagi kabi egilishda teks kuchlanish gepotezasi to'g'ri ekanligin ko'rsatadi: balkaning deformasiyagacha tekis bo'lgan ko'ndalang yuzasi deformatsiyadan keyin ham twekisligicha qoladi. Bu gepopeza statika tenglamalari bilan birgalikda sof egilishdagi kuchlanishlarni aniqlash imkonini beradi. Deformasiyadan keyin egiladigan, uzunligi dz bo'lgan brus elementini ko'rib chiqamiz.Ikkta qo'shni kesim bir-biriga qarab og'adi va de burchak xosil bo'ladi.Bunday sharoitda yuqoridagi tolalar siqiladi, plastdagilar esa cho'ziladi Qandaydir balandlikda etuvchi tolalari deformasiyalanmaydi, ularni neytral tolalar deb aytamiz. Neytral tolalar etuvchi tekislik ko'ndalang kesim bilan kesishishda xosil bo'lgan chiziq oxga neytral o'q deyiladi. Neytral tolaning radiusini R bilan belgilaymiz. Ox o'qidan bir hil deformasiyalanadi Guk qоnunigа аsоsаn


ekanligini nazarda tutib, quyidagiga ega bo’lamiz 0ga teng bo’lmagan miqdor

*Ushbu ifoda normal kuchlanishni chiziqli qonuniyat bo’yicha o’zgarishini ifodalasada, normal kuchlanishni hisoblab bo’lmaydi, chunki bu erda neytral qatlamning egrilik radiusi ma’lum emas, uni topish uchun quyidagi tenglamalar tuziladi

Ushbu ifodalar tarkibida ko’ndalang kesim yuzaning neytral o’qqa nisbatan

inersiya momentlarini ifodalaydi


Y uqoridagilardan ko’rinadiki , ekanligi kelib chiqadi.

3. Muxandislik tuzilmalari qismlarining hisob sxemalari (Tuzilmalar elementlari: brus, plastinka, qo, massiv, sterjen, val, balka, ferma, rama).


Murakkab shaklli muhandislik tuzilmalarining elementlarini sxemalashtirib, oddiy shaklli jismlar ko’rinishiga keltiriladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: 1. Brus - ko’ndalang kesimining ikki o’lchamlari uchinchi o’lchami (uzunligi) ga nisbatan ancha yuqori tartibda katta jism. Bruslar to’g’ri va egri o’qli bo’ladilar. Ko’ndalang kesimlar og’irlik markazlarining brus uzunligi bo’ylab geometrik o’rni brus o’qini tashkil qiladi. Agar brus cho’zilish yoki siqilishga ishlasa - sterjen, buralishga ishlasa - val, egilishga ishlasa – balka to’sin deb yuritiladi. 2. Plastinka - ikkita tekis sirt bilan chegaralangan jism bo’lib, tekis sirtlar orasidagi masofa, ya’ni jism qalinligi, boshqa ikki o’lchamlariga nisbatan ko’p marta kichikdir 3. Qobiq - ikkita egri sirt bilan chegaralangan jism bo’lib, uning qalinligi, ya’ni sirtlar orasidagi masofa qolgan ikki o’lchamiga nisbatan ko’p marta kichikdir. () 4. Massiv (vazmin jism) - uchala o’lchami bir xil tartibda bo’lgan jism. 5. Sterjenlarni sharnirlar yordamida tutashtirib tuzilgan shakli geometrik o’zgarmas sistema ferma deb yuritiladi. Fermani tashkil qiluvchi sterjenlar faqat cho’zilish - siqilishga ishlaydi. 6. Bruslarni bikr qilib tutashtirib tuzilgan shakli geometrik o’zgarmas sistema rama deyiladi
4.To’g’ri to’rtburchak va qo’shtavr kesimlarda urinma kuchlanishlarning taqsimlanishi. Balkalarning mustahkamligini urinma kuchlanishlarga tekshirish (Juravskiy formulasi, to’g’ri to’rtburchak, parabola, maksimal qiymat, qo’shtavr, tokcha, devor, mustahkamlik sharti).

bunda  - ko’ndalang kesimning ixtiyoriy nuqtasidagi urinma kuchlanish; Q – tekshirilayotgan ko’ndalang kesimdagi kesuvchi kuch; аж Sх - ko’ndalang kesimdan urinma kuchlanish topiladigan qatlamdan yuqorida qolgan yuzaning neytral o’qqa nisbatan statik momenti; b – urinma kuchlanish topiladigan qatlamdagi ko’ndalang kesimning eni; Jx – ko’ndalang kesimning inerstiya momenti. Bu formulani Juravskiy formulasi (1855 y.) deb ataladi. To’gri to’rtburchakli ko’ndalang kesimning balandligi bo’yicha urinma kuchlanishning taqsimlanish qonunini tekshiramiz . Urinma kuchlanish faqat S ga bogliq bo’lib, har bir kesim uchun Q, b va Jx miqdorlari o’zgarmas son. Binobarin, urinma kuchlanish topilishi kerak bo’lgan nuqtadan yuqorida joylashgan yuzaning neytral o’qqa nisbatan statik momentini aniqlanadi. Qo’shtavr kesimlar uchun urinma kuchlanishlarning kesim balandligi bo’ylab o’zgarishini ham formulaga asoslanib topamiz . Qo’shtavr devorida neytral o’qdan y masofada joylashgan biror 3 – nuqtaning urinma kuchlanishini aniqlaymiz:


Qo’shtavr kesim uchun ham normal kuchlanish diagrammasi to’gri chiziq qonuni bilan o’zgaradi. Agar normal va urinma kuchlanish diagrammalarini taqqoslab qarasak, quyidagi xulosa kelib chiqadi: urinma kuchlanish maksimal qiymatga erishgan nuqtalarda normal kuchlanishlar nolga teng, normal kuchlanish maksimal qiymatga erishgan nuqtalarda esa urinma kuchlanishlar nolga tengdir. Balka urinma kuchlanishga puxta qarshilik ko’rsatishi uchun unda hosil bo’ladigan maksimal urinma kuchlanish balka materiali uchun ruxsat etilgan urinma kuchlanishdan ortib ketmasligi kerak. Bahzi materiallar urinma kuchlanishga zaif qarshilik ko’rsatadilar. Masalan, yogochdan yasalgan balka sinishdan oldin neytral qavat tekisligi bo’yicha yoriladi, bu hol ana shu qavatdagi tolalarning urinma kuchlanishga bardosh bera olmasligi tufayli vujudga keladi. Bunday balkalarning urinma kuchlanishga mustahkamligini albatta tekshirib ko’rish talab qilinadi. Shunday qilib, balkaning urinma kuchlanish bo’yicha mustahkamlik sharti quyidagicha yoziladi:
5.«Materiallar qarshiligi» fanida qabul qilingan asosiy faraz va cheklanishlar (tuzilishning uzluksizligi, bir jinslilik, izotroplik, zo’riqmaganlik, tahsirlarning mustaqilligi, Sen-Venan qoidasi).

«Materiallar qarshiligi» usullarida bajarilayotgan hisoblarda ko’rilayotgan jismlarning barcha xususiyatlarini nazarda tutib bo’lmaydi. Hisob usullari sodda va hisoblarda qo’llanilishi qulay bo’lishlari lozim. Ular yetarli aniqlikda va tuzilmaga qo’yiladigan asosiy talablarni qanoatlantiridigan bo’lishlari zarur. SHu maqsadlarda quyidagi asosiy umumiy farazlar nazarda tutiladi. 1 - faraz. Jism materialining tuzilishi uzluksiz. Bunda jismning atom tuzilishi hisobga olinmaydi, material jism hajmini bo’shliqlarsiz to’ldiradi deb qaraladi. 2 - faraz. Jism materiali bir jinsli va izotrop, ya’ni jismning xususiyatlari uning barcha nuqtalarida va yo’nalishlarida bir xil. 3 - faraz. Jismga tashqi kuch qo’yilgunga qadar uning tashkil qiluvchilari orasida o’zaro ta’sir kuchlari bo’lmaydi (zo’riqmaganlik). 4 - faraz. Kuchlar ta’sirining mustaqillik qoidasi (printsipi). Bu farazga ko’ra kuchlar tizimining jismga ta’sirlarining umumiy natijasi har qaysi kuchning alohida - alohida ta’sirlari natijalarining yig’indisiga teng. 5-faraz. Sen-Venan qoidasi (printspi). Bu farazga ko’ra tashqi kuchlarning qo’yilish nuqtalaridan yetarlicha uzoqlikda joylashgan nuqtalardagi ichki kuchlarning xarakteri bu kuchlarning ta’sir usuliga bog’liq emas. Bu farazga asoslanib, kichik yuzalardagi taqsimlangan kuchlarni, hisoblarni soddalashtirish maqsadlarida, to’plangan kuch bilan almashtirish mumkin. Ushbu asosiy umumiy farazlardan boshqa cheklanishlar fanning tegishli bo’limlarida ko’rsatiladi


6. Balkalarni normal kuchlanish bo’yicha mustahkamlikka hisoblash. (Kuchlanish: eng katta, ruxsat etilgan, material turi, nosimmetrik kesim, uch xil masala).

Balka mustahkam bo’lishi uchun uning xavfli kesimida hosil bo’luvchi maksimal normal kuchlanishlar balka materiali uchun ruxsat etilgan kuchlanishdan ortib ketmasligi kerak.

4 - shakl
Agar balka cho’zilish va siqilish uchun bir xilda qarshilik ko’rsatuvchi materiallardan yasalgan va kesim shakli neytral o’qqa nisbatan simmetrik
(1 - shakl, a dagi kabi)bo’lsa, balkaning mustahkamlik sharti (6) formula asosida bunday yoziladi:
(11)
bunda - balka xavfli kesimidagi eguvchi moment; [] - balka materiali uchun ruxsat etilgan kuchlanish.
Agar balka materiali cho’zilish va siqilish uchun har xil qarshilik ko’rsatadigan, chunonchi, mo’rt materiallardan yasalgan bo’lsa va kesim shakli neytral o’qqa nisbatan nosimmetrik bo’lsa (4 - shakl, b), balka cho’ziluvchi va siqiluvchi zonalar uchun alohida - alohida tekshirilishi kerak:
(12)
bunda ch - cho’zilishdagi normal kuchlanish; s - siqilishdagi normal kuchlanish.
(12) formulada keltirilgan qarshilik momentlari quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi (4 - shakl,b):
va
Balkaning mustahkamlik sharti (4) ga muvofiq, quyidagi uch xil masala hal qilinishi mumkin:
1. Agar balkaga qo’yilgan kuchlar va balkaning ko’ndalang kesim o’lchamlari ma’lum bo’lsa, xavfli kesimlarning eng katta kuchlanishlari topilib, balkaning mustahkamligi tekshiriladi:
(13)
Bu kuchlanishlar balka materiali uchun ruxsat etilgan kuchlanishdan 5% gina farq qilishi mumkin, aks holda balkaning mustahkamligi yoki materialning tejalishi ta’minlanmay qoladi.
2. Agar balka materiali va ko’ndalang kesim o’lchamlari ma’lum bo’lsa, balka ko’tara oladigan kuchni topish mumkin bo’ladi. (11) formula asosida ni hisoblash kerak:
(14)
Xavfli kesimning eguvchi momenti ni balkaga qo’yilgan kuchlar bilan bolab, qo’yilishi mumkin bo’lgan tashqi kuchlar aniqlanadi.
3. Agar balka materiali va unga qo’yilgan kuchlar ma’lum bo’lsa, balkaning mustahkamligini ta’minlovchi ko’ndalang kesimni tanlash va uning o’lchamlarini topish uchun (11) formuladan zarur qarshilik momentini aniqlash kerak:
(15)
Topilgan qarshilik momenti bo’yicha kesimning shakliga qarab, yuqoridagi formulaga shu shakl qarshilik momentining geometrik ifodasi qo’yiladi va undan kerakli o’lchamlar aniqlanadi. Agar balka prokat po’latdan yasalgan bo’lsa

(15) formuladan hosil bo’lgan qarshilik momenti Wx ning qiymatiga ko’ra balkaning ko’ndalang kesim o’lchamlari GOST jadvalidan olinadi (qo’shtavr, shveller va boshqalar).


7.Tashqi kuchlar va ularning klassifikatsiyasi (Hajmiy, sirtqi, to’plangan, taqsimlangan, statik, dinamik, doimiy, vaqtli, tsiklli).

Muhandislik tuzilmalarining qismlari ish jarayonida tashqi ta’sirni kuch ko’rinishida qabul qiladilar va ularni bir - birlariga uzatadilar. Tashqi kuchlar eng avvalo qo’yilish shartiga ko’ra hajmiy va sirtqi turlarga bo’linadi. Hajmiy kuchlar jismning barcha tashkil qiluvchi zarralariga ta’sir qiladi (jismning og’irlik kuchi, inertsiya kuchlari, magnit ta’siri). Sirtqi kuchlar jismlarga qo’shni jismning tegib turgan sirti orqali uzatiladi. Sirtqi kuchlar to’plangan va taqsimlangan bo’lishlari mumkin. To’plangan kuch jismning juda kichik yuzasiga qo’yilib, hisoblarni yengillashtirish maqsadida nuqta orqali ta’sir qiladi deb hisoblanadi. Uzunlik yoki yuzaga uzluksiz qo’yilgan kuch taqsimlangan kuchdir. Ularning asosiy tahrifi uning jadalligi (intensivligi) hisoblanadi .Taqsimlangan kuchlar tekis taqsimlangan yoki tekis taqsimlanmagan bo’lishi mumkin. Tashqi kuchlar vaqt bo’yicha o’zgarish tarziga ko’ra statik va dinamik kuchlarga bo’linadi. Jismga asta - sekin qo’yiladigan, jismni tebratmagan holda noldan eng yuqori qiymatigacha o’sib borib, keyin o’zgarmay qoladigan yoki sezilarsiz o’zgaradigan kuch statik kuchdir. Uning yorqin misoli sifatida tomga yoqqan qor og’irligini keltirish mumkin. Vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan, jismning tezlanishlari va tebranishlariga sabab bo’ladigan kuchlar dinamik kuchlardir. Bunga zarb ta’sirni, bexosdan qo’yilgan kuchni misol qilib ko’rsatish mumkin. Umuman dinamik kuch statik kuchdan ma’lum tezlanishda qo’yilishi bilan farqlanadi. Bu esa o’z navbatida ancha katta qiymatlarda inertsiya kuchlarining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Tashqi kuchlar, bulardan tashqari doimiy (ko’prikning xususiy og’irligi) va vaqtinchalik (ko’prikdan o’tayotgan poezd og’irligi), shuningdek, siklik (davriy o’zgaruvchi yoki takrorlanuvchi o’zgaruvchi) bo’lishi mumkin.


8.Mustahkamlik nazariyalari (kriteriylari). (mustahkamlik sharti, cho’zilish – siqilish, kuchlanish: ruxsat etilgan, xavfli, bosh; klassik: eng katta normal, chiziqli deformatsiya, urinma, shakl o’zgarishi solishtirma potentsial energiyasi)

Real inshootlar va muhandislik konstruksiyalari asosan murakkab kuchlanish holatida ishlaydi. Shuning uchun ularning elementlarini buzilishi, bosh kuchlanishlar yoki bosh kuchlanishlar nisbatlarining turli xil qiymatlarida sodir bo‘lishi mumkin. Bunday holatlar uchun materiallarning mexanik xarakteristikalarini aniqlash va hisob ishlarini bajarish ko‘p qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu bilan birga bunday ishlarni amalga oshirish murakkab laboratoriya sinovlarini tashkil etishni talab qiladi. Murakkab kuchlanish holatidagi jism elementlarining mustahkamligini chiziqli kuchlanish holati uchun o‘tkazilgan laboratoriya tadqiqotlari asosida aniqlash mustahkamlikni baholashda ko‘p qulayliklar yaratadi. Shuning uchun materiallar qarshiligi fanida mustahkamlikni baholash uchun bir nechta nazariyalardan foydalaniladi. Odatda murakkab kuchlanish holatidagi jism elementlarining mustahkamlik shartini tuzish, hamda nazariy va tajriba natijalarini birbiri bilan solishtirish uchun ekvivalent kuchlanish σekv deb ataluvchi kattalik ishlatiladi. Ekvivalent kuchlanish σekv murakkab kuchlanish holatida, materialni xuddi cho‘zilish va siqilishdagidek xavfli holatga olib keladigan kuchlanishdir. Umuman murakkab kuchlanish holatida mustahkamlik shartini quyidagicha ifodalash mumkin:


bu yerda, [σ] –cho‘zilish yoki siqilishda ruxsat etilgan kuchlanish. Hozirgi kunda materialda xavfli holat yuz berishini aniqlovchi qator gipoteza va mustahkamlik shartlari mavjud. 1. Ularning ichida eng soddasi Lame (1833-yil) va Renkin (1850- yil) lar tomonidan taklif etilgan «eng katta normal kuchlanishlar nazariyasi»dir, unga asosan bosh kuchlanishlardan birining qiymati ruxsat etilgan kuchlanishga yetganda materialda xavfli holat boshlanadi deb qaraladi. Shunga asosan tekis kuchlanish holatida foydalanib mustahkamlik shartini quyidagicha yozish mumkin:
Ushbu shartni σ1 > 0 bo‘lgan holda qo‘llash, mo‘rt materiallarda o‘tkazilgan tajriba sinovlarida tasdiqlangan bo‘lib, u materiallarning. alohida bo‘lakchalarni bir–biridan ajralib, buzilishi haqidagi farazni o‘zida aks ettiradi. 2. Kulon tomonidan taklif etilgan eng katta urinma kuchlanishlar nazariyasida yoki kesish nazariyasida, (uchinchi mustahkamlik nazariyasi) ekvivalent σekv kuchlanish eng katta urinma kuchlanishga teng deb olinadi, ya’ni σekv=τmax. Tekis kuchlanish holatida bu nazariyaga asosan mustahkamlik shartini quyidagicha yozish mumkin:
Ushbu mustahkamlik nazariyasi jismlarni siljitish orqali buzish mumkinligi haqidagi farazni tasdiqlaydi va u cho‘zilish va siqilishga bir xil qarshilik ko‘rsatuvchi plastik jismlar uchun qo‘llaniladi.
9.Deformatsiyalar va ko’chishlar (chiziqli, burchak, elastik, plastik).

Yuqorida belgilanganidek, jismlar tashqi kuchlar ta’sirida o’zlarining shakl va o’lchamlarini o’zgartiradi, ya’ni deformatsiyalanadi. Jismning yoki uning biror qismining chiziqli o’lchamining o’zgarishi - chiziqli, burchak o’lchamining o’zgarishi - burchak deformatsiyasi deb yuritiladi. Agar deformatsiya jism hajmi bo’yicha sodir bo’lsa, jismning ma’lum yo’nalishda mazkur nuqtasidagi deformatsiyasi to’g’risida gap boradi. CHiziqli deformatsiya o’lchovi sifatida nisbiy uzayish yoki nisbiy qisqarish () qo’llanadi. Burchak deformatsiyasining o’lchami siljish burchagi () hisoblanadi. Tajribalarning ko’rsatishicha chiziqli va burchak deformatsiyalari yuk olinganidan keyin to’la yoki qisman yo’qolishlari mumkin. Jismdan tashqi kuch ta’siri olingandan keyin yo’qoladigan deformatsiya qayishqoq yoki elastik deformatsiya, jismlardan kuch olinganidan keyin o’zining dastlabki o’lchamlarini va shaklini saqlash qobiliyati qayishqoqlik deyiladi. Kuch olinganidan keyin ham saqlanadigan deformatsiya qoldiq yoki plastik deformatsiya, jismlarning yemirilmasdan qoldiq deformatsiya berish xususiyati plastiklik deb yuritiladi. Jismning barcha nuqtalaridagi deformatsiya va jismning mahkamlanish shartlari ma’lum bo’lsa, uning nuqtalarining ko’chishlarini, ya’ni ularning deformatsiyadan keyingi vaziyatlarini (ya’ni koordinatlarini) aniqlash mumkin.


10. Ichki kuchlar. Kesish usuli. Kuchlanishlar (birlamchi ichki kuchlar, ichki zo’riqish kuchlari, kesish usuli mohiyati, normal va ko’ndalang kuchlar, eguvchi va burovchi momentlar, o’rtacha haqiqiy, to’la, paskal).

Jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar orasida o’zaro ta’sir kuchlari (birlamchi ichki kuchlar) ta’sir qilib, ular jismning yaxlitligini tahminlaydi. Jismga tashqi kuch qo’yilganida elementar zarralar orasida birlamchi ichki kuchlarga qo’shimcha ichki qarshilik kuchlari hosil bo’ladi. Bu kuchlarni ichki kuchlar, yoki zo’riqish kuchlari, yoki qayishqoqlik kuchlari deb yuritiladi. Ular qism deformatsiyasiga qarshilik qiladi, ya’ni jismning dastlabki shakli va o’lchamlarini tiklashga intiladi. Bu ichki kuchlarning qiymati deformatsiya ortishi bilan ichki va tashqi kuchlar muvozanatlashgunga qadar ortib boradi. Agar bu muvozanat sodir bo’lmasa qattiq jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar muvozanati, ya’ni ularning o’zaro bog’liqligi buziladi. Natijada jismning tegishli joyida mikroyoriq hosil bo’ladi va jism yemiriladi. Demak, jismning yemirilishining bevosita sababchisi sifatida qiymati molekulalararo o’zaro ta’sir kuchlari kattaligiga erisha oladigan ichki zo’riqish kuchlarini ko’rsatish mumkin. SHuning uchun ularning kattaligini aniqlash muhim masala kasb etadi. Bu maqsadlarda kesish usulidan foydalaniladi. Kesish usulining mohiyati quyidagicha. Biror nuqtasidagi zo’riqish kuchlarini topish zarur bo’lgan jism P1, P2, P3 va R4 kuchlar sistemasi ta’sirida muvozanatda turibdi 1. Jismni bizni qiziqtirayotgan nuqta va kesim orqali o’tuvchi tekislik bilan fikran kesamiz. Jism ikki bo’lakka bo’linadi. 2. Ajratilgan bo’laklardan biri, masalan, o’ng II tomon tashlab yuboriladi 1- qism olib qolinadi. Bunda qolgan chap I qism muvozanati buziladi. 3. Olib qolingan qism muvozanatini tiklash uchun tashlab yuborilgan o’ng II qismning olib qolingan chap I qismga ta’sirini ichki zo’riqish kuchlari bilan almashtiramiz. Ularning kattaligi, yo’nalishi va taqsimlanishi qonuni noma’lum. Ammo, ma’lumki, har qanday kuchlar sistemasini bitta bosh vektor va bitta bosh momentga keltirish mumkin. Ularni bahzan ichki kuch omillari deb ham yuritiladi. 4. Qoldirilgan chap qismning muvozanat sharti yoziladi.) Ichki kuch omillarining har bir alohida turi deformatsiyaning alohida turi bilan bog’liq. Masalan, brus ko’ndalang kesimlarida faqat normal kuch N hosil bo’lib, qolganlari nolga teng bo’lsa, brus cho’zilish yoki siqilish deformatsiyasi ta’sirida bo’ladi. Brus ko’ndalang kesimlarida faqat ko’ndalang kuch (QX yoki QY) ta’sir etsa-siljish, faqat burovchi moment MZ ta’sir etsa buralish deformatsiyasi sodir bo’ladi. Brus ko’ndalang kesimlarida bosh moment tuzuvchilaridan faqat Mx yoki Mu ta’sir etsa, u sof egilish deformatsiyasi ostida bo’ladi. Bir vaqtda ko’nd alang kesimda bir necha zo’riqish kuchlari ta’sir etsa brus murakkab deformatsiya vaziyatida bo’ladi. Ichki kuchlarning jadalligini (intensivligini) baholash uchun kuchlanish tushunchasi kiritiladi. Kuchlanish topilishi zarur bo’lgan K nuqta atrofida elementar F yuzacha ajratamiz .Unda o’rtacha kuchlanish Ajratilgan elementar yuzacha qancha kamaytirilsa, kesim nuqtasidagi ichki kuch intensivligi shuncha aniqroq topiladi. Ajratilgan elementar yuzacha nolga intilganda (nuqtaga tortilganda) nuqtadagi kuchlanish haqiqiy kuchlanish deyiladi.
11.Siljish. Kuchlanish, deformatsiya, potentsial energiya (urinma kuchlanishlar, sof siljish, Guk qonuni, absolyut va nisbiy siljish, potentsial energiya).


Yüklə 77,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin