Cho’zilish va siqilish uchun mustahkamlik sharti
Bikirlik sharti
|
Cho‘zilish va siqilishga ishlayotgan sterjenlarning mustahkamligini ta’minlash uchun sterjen ko‘ndalang kesimlarida paydo bo‘ladigan normal kuchlanish σ ruxsat etilgan normal kuchlanish [σ] ga teng yoki undan kichik bo‘lishi kerak. Kuchlanishlarning eng katta qiymati paydo bo‘ladigan ko‘ndalang kesim xavfli kesim deyiladi. Ko‘ndalang kesimlari o‘zgarmas bo‘lgan sterjenlardagi xavfli kesimni ichki kuchlar, ya’ni N ning epyurasidan aniqlash mumkin. Chunki bu holda ichki kuchlarning eng katta qiymatiga erishgan kesim xavfli kesim bilan ustma-ust tushadi. O‘zgaruvchan kesimli, masalan pog‘onasimon sterjenlarda ichki kuchlar N epyurasidan xavfli kesimni topib bo‘lmaydi. Buning uchun sterjen uzunligi bo‘yiga normal kuchlanish σ ning epyurasini qurish kerakCho‘zilish va siqilishda sterjen uzunligi bo‘yicha normal kuchlanishlar o‘zgarishini ko‘rsatuvchi grafikka normal kuchlanishning epyurasi deyiladi. Kuchlanishlar epyurasining ordinatalari bo‘ylama kuch N ordinatalarini sterjenning mos ko‘ndalang kesim yuzalariga bo‘lish orqali topiladi.
27.Egilishdagi potentsial energiya. Urinma kuchlanishlarni aniqlash (ko’ndalang egilish, juftlik qonuni, ajratilgan yuza, statik moment, Juravskiy, maksimal qiymat, mustahkamlik sharti).
Egilishda potensial energiya. Oldin aniqlaganidek, elastik deformasiyalar chegarasida jismning xajmi birligida to'planadigan potensial energiya quyidagiga teng bo'ladi.
normal kuchlanishlar ta'sir etganda :
urinma kuchlanishlar ta'sir qilganida:
;
balkaning egilishidagi potensial energiyasi.
Bu ifodaning birinchi integrali egilishdagi potensial energiyani, ikkinchisi siljishidagi potensial energiyani bildiradi. formuladagi eguvchi moment va ko'ndalang kuchlarning kvadratlari olinadi, musbat ishorali bo'ladi.
Siljish energiyasi egilishi energiyasiga nisbatan ancha kichikdir. Shuning uchun siljish energiyasi hisobga olmasdan egilishdan potensial energiya topiladi. Sof egilishda farqli ravishda ko'ndalang egilishda brusning kesim yuzasidan eguvchi momentdan tashqari ko'ndalang kuch ham paydo bo'ladi. Shuning uchun ko'ndalang kesim yuzasida normal kuchlanishlar bilan bir qatorda urinma kuchlanishlar ham paydo bo'ladi. Urunma kuchlanishlarning juftlik qonuniga asosan ular bo'ylam kesimlarda ham paydo bo'ladi, ular ayrim tolalarni bir biriga nisbatan siljitadi.
28.Temperatura o’zgarishida hosil bo’ladigan kuchlanishlar (temperatura, harorat kuchlanishi, chiziqli kengayish koeffitsienti).
Dostları ilə paylaş: |