Nazorat savollari: Kuzatishmetodini tushuntirib bering.
So’rov metodlari nima?
Eksperiment tadqiqot metodlarini tushuntirib bering.
Mavzu. 16. Pedagogik tajriba-sinov ishlari dasturini ishlab chiqish metodikasi Reja: Tajriba-sinov ishlari.
Dastlab pedagogik jaraѐnlarni boshqarish.
Faraz.
Tajriba-sinov ishlari ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning ajralmas qismi bo’lib, u sohaga oid har qanday izlanishlar natijalarining haqqoniyligi, amaliy ahamiyati hamda tatbiqiyligini tasdiqlashning bosh mezoni hisoblanadi. Tadqiqotchi va amaliѐtchi pedagoglar aniq ta’limiy muammolar yechimiga bag’ishlangan tajriba-sinov ishlaridan o’z pedagogik va metodik mavqeini oshirish, qo’llanilaѐtgan pedagogik innovatsiyalar tasdig’ini topish, ta’limda sifat o’zgarishi yasashga intiladilar. Demak, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va qatnashishda tadqiqotchi va amaliѐtchi pedagoglar uchun turli sabablar - motivlar bo’lishi mumkin, biroq yagona bir shart mavjudki, unga ko’ra bu jaraѐnga o’z hissasini qo’shishga qaror qilgan har bir ijrochi o’z kasbining ustasi bo’lishi, bor kasbiy mahoratini ishga solishi talab etiladi. Tajriba-sinov jaraѐnida yuksak natijalarga erishishi uchun tadqiqotchi o’z ishini rejalashtira olish, vazifalar tizimini aniq belgilash, ular orasidan muhimlarini ajrata olish, qo’yilgan vazifalarning tez va tejamli bajarish usullarini topa bilish, vazifalarning bajarilishini tezkor va aniq nazoratini amalga oshirish, o’z ishini tashkil qilishga tegishli o’zgartirish va tuzatishlar kirita olish, olingan umumiy natijalarni tahlil qila olish, ularni belgilangan talablar bilan qiѐslash, talablarning bajarilmaslik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf eta olish bilan bog’liq maxsus bilim va ko’nikmalar tizimiga ega bo’lishi kerak. Ta’lim islohotlari sharoitida tizimli ravishda amalga oshirilaѐtgan tajriba-sinov ishlari amaliѐti ko’rsatib turibdiki, tajriba-sinov dasturlari, mazmuni hamda qo’llaniladigan metodik vositalari puxta ishlab chiqilishi, amalga oshirilish ko’lamlarining to’g’ri belgilanishi belgilangan maqsadlarga erishishning hal qiluvchi shartlaridan biri hisoblanadi. Tajriba-sinov ishlari sifatiga ta’sir qiluvchi bir qancha ob’yektiv hamda sub’yektiv omillar mavjud. Jumladan, tajriba-sinov o’tkazuvchi tadqiqotchining xohish-istaklari, uning intiluvchanlik darajasini sub’yektiv omillar qatorida, tajriba-sinov ishlariga qo’yiladigan me’ѐriy-huquqiy hamda pedagogik-psixologik talablarni ob’yektiv omillar qatorida qayd etish mumkin. Bu kabi talablar tajriba-sinov ishlarining turi (izlanuvchi, tasdiqlovchi ѐki shakllantiruvchi), ko’lami (respublika, mintaqa, viloyat ѐki shahar va tuman darajadasida, maktablararo, maktab darajasida, individual ѐki jamoaviy tajriba-sinov maydoni); tajribasinov ishlarining miqѐsi (muddati, o’quv materialini hajmiga ko’ra bir qancha mavzular, chorak, o’quv yili, bir necha yilni qamrab oluvchi) va boshqalarda ifodalanishi mumkin. 2 Ta’lim muassasasi ma’muriyati tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish borasidagi vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash bilan bog’liq tadbirlar majmuini amalga oshirishi lozim, jumladan: amaliѐtchi o’qituvchilarni tajriba-sinov jaraѐniga jalb etishning motivatsion shart-sharoitlarni ishlab chiqish; tajriba-sinov jaraѐnining barcha ishtirokchilari (o’qituvchilar, o’quvchilar, ularning ota-onalari)ni yuz berishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlardan saqlashga qaratilgan huquqiy-me’ѐriy asoslarni belgilab olish; tajribasinov ishtirokchilariga nisbatan muayyan talablarni belgilash bilan bog’liq olish talab etiladi. Tajriba-sinov ishlarining barcha bosqichlari o’zining aniq belgilangan maqsad va vazifalarning ijrosini nazarda tutuvchi quyidagi talablarning ijrosini ta’minlashga yo’naltirilmog’i lozim: 1. Dastlab pedagogik jaraѐnlarni boshqarish, unga zarur tuzatishlarni kiritish imkonini beruvchi tajriba-sinov ishlarining dasturi ishlab chiqilishi, unda tajriba-sinovga oid tadbirlar rejasi, kutilaѐtgan natijalar, unga erishilganlik darajasini belgilash usullari aks ettirilishi lozim. 2. Tajriba-sinov ishining muayyan davri yakunlariga ko’ra tahlillar o’tkazib borilishi, ular hisobotlar, ma’lumotnomalar hamda maqolalar kabi shakllarda rasmiylashtirilishi lozim. Bu ortiqcha rasmiyatchilik emas, balki tajriba-sinov ishlarining zaruriy sharti, tajriba-sinov natijalarining asosligi hamda amalga oshirilaѐtgan tadbir muhimligini belgilovchi omil bo’lib hisoblanadi. Bu boradagi masalalar aniqlashtirilmasdan turib, tajriba-sinovni o’tkazaѐtgan tadqiqotchi nimalarni hal qilaѐtganligi, qanday natijalarni kutaѐtganligi va qanday baholash mezonlari asosida ish yuritaѐtganligi, natija sifatida nimalarga erishilganligi mavhum bo’lib qolaveradi. Tajriba-sinov ishlari dasturida ilmiy farazning to’g’ri shakllantirilishi uning murakkablik darajasi hamda yo’nalishini belgilab beradi. Faraz umumiy ѐki xususiy, intuitiv ѐki mantiqan asoslangan, ishchi ѐki ilmiy asoslangan bo’lishi mumkin. Odatda, faraz quyidagi tuzilishga ega o’ziga xos formula asosida shakllantiriladi: "agar ... bo’lsa, ... ga erishiladi". Misol uchun: "Agar tabiiy fanlarni o’qitish jaraѐnida leksiya, laboratoriya, seminar va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ishlar mavzularini o’quvchilar bilish oshirishga qaratilsa, ularda fanga oid bilim, ko’nikma va malakalarni mustaqil o’zlashtirish qobiliyatlarini muvaffaqiyatli shakllantirishga erishiladi". Tajriba-sinov ishlarining yana bir muhim jihati kutiladigan natijalarni baholash mezonlarini ishlab chiqish bilan bog’liq. Agar mezonlar to’g’ri tanlanmasa, ilgari surilgan farazning to’g’ri ѐki noto’g’riligini, taklif etilaѐtgan ishlanmalarning samaradorlik darajasini ob’yektiv baholab bo’lmaydi. Ushbu mezonlarni ishlab chiqishda tadqiqotchi tajriba-sinov jaraѐnida qo’llaniladigan materiallar (o’quv dasturlari, metodikalar, didaktik tamoyillar, pedagogik usullar 3 majmuasi) ta’sirida o’quvchilarda yuz beradigan o’zgarishlar qaysi nuqtai nazardan baholanishini belgilab oladi. Navbatdagi vazifa sifatida olinadigan natijalarini baholashning didaktik vositalari ishlab chiqiladi. Bunday vosita sifatida anketalar, test savollari, nazorat topshiriqlari, suhbat o’tkazish uchun savollar va h.k.lar xizmat qilishi mumkin. Ularning barchasini ishlab chiqish va ѐki tanlashda tajriba-sinov ishlaridan kutiladigan natijalarni baholash mezonlariga e’tibor qaratiladi. Tajriba-sinov ishlari ob’yektining tanlanishi tadqiqot doirasi va amaldagi tartib, shart-sharoitlarga kiritiladigan o’zgartirishlar chegarasi belgilab olinishi bilan bog’liq bo’lib, unda tadqiqotchi o’rganiladigan sohaning chegaralari va nima o’rganilishini aniqlashtiradi. Misol uchun, tajriba-sinov ishlari ob’yekti sifatida quyidagilar olinishi mumkin: fizika fanini o’qitish jaraѐni; maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’zaro hamkorlik jaraѐni; yuqori sinf o’quvchilarida dastlabki kasbiy tushunchalarni shakllantirish jaraѐni va h.k. Tajriba-sinov ishlari predmetini belgilashda ob’yekt qanday o’rganilishi; ob’yektda qanday xususiyat, munosabat va funksiyalar ajralib turishi; aynan olingan tajriba-sinov ishlarida ob’yektning qaysi jihatlari ochib berilishi lozimligi bilan bog’liq masalalar aks ettirilishi lozim. Uning funksiyasi tadqiqot jaraѐnida amalga oshiriladigan ta’sir doirasini qayd etish, chegaralash bilan bog’liq bo’ladi. Tajriba-sinov ishlari maqsadi natija sifatida yaratiladigan va sinovdan o’tkazish bilan bog’liq masalalarni aniq va lo’nda ifodalarda shakllantirib olishga qaratiladi. Masalan: o’quvchilarning o’zaro muloqot madaniyatini shakllantirishga qaratilgan pedagogik usullar majmuasini ishlab chiqish va sinovdan o’tkazish; o’quvchi shaxsining ijtimoiylashuvi va bozor iqtisodiѐti sharoitlariga moslashuvini ta’minlovchi tarbiyaviy ishlar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o’tkazish. Tajriba-sinov ishlari dasturida vazifalarni belgilashda maqsadga erishish uchun amalga oshirilishi kerak bo’ladigan tadbirlar, olinadigan natijalar ketma-ket belgilab chiqiladi. Vazifalar belgilangan umumiy maqsadning nisbatan aniq qismlarga ajratilgan xususiy maqsadlar sifatida ham qaralishi mumkin. Masalan: mehnat ta’limi metodikasi rivojining zamonaviy yo’nalishlarini tahlil qilish; mehnat ta’limi samaradorligini belgilovchi pedagogik usullar hamda metodlar majmuasini aniqlash hamda ahamiyatiga ko’ra tabaqalashtirish; ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida mehnat ta’limini samaradorligini oshirishga qaratilgan usul va metodlar majmuasini sinovdan o’tkazish. Tajriba-sinov ishlari odatda uzoq muddat davom etganligi tufayli u muayyan bosqichlarga ajratilgan holda amalga oshiriladi. Tajribasinovning ajratiladigan bosqichlarida uning qismlari, oraliq natijalar hamda ularga erishish ketma-ketligi belgilab olinadi. Qismlar muayyan 4 belgilangan vaqt oralig’ida tadqiqot ilmiy farazida ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishning uzviyligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bosqichlar esa oraliq natijalarni aniqlash, ularni baholash va tegishli tuzatishlar kiritish imkonini beradi. SHu sababli, tajriba-sinov bosqichlarini belgilashda oraliq natijalar hamda ularga erishish ketmaketligi, buning uchun zarur bo’ladigan muddatlar oldindan aniqlab olinadi. Tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish va bu boradagi dasturlarni ishlab chiqishga oid mulohazalarimizni xulosalab, bu jaraѐnning barcha ishtiroklari uchun muhim bo’lgan quyidagi muhim jihatlarni ta’kidlab o’tmoqchimiz: tajriba-sinov ishlari amaldagi jaraѐnlarga o’zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi tadbirlar majmuasi bo’lib, unda har bir tadbir oqibatini baholanib, puxta o’ylangan holda ishlab chiqilmog’i, qo’llaniladigan metodika va yangi tajribalar ilmiy-metodologik jihatdan asoslangan hamda qiѐsiy o’rganilgan holda tavsiya etilmog’i lozim.