1-Mavzu: Pedagogik ilmiy-tadqiqot jarayonini Modellashtirish fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə1/37
tarix31.01.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#81992
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Metodologiya majmua (3)


1-Mavzu: Pedagogik ilmiy-tadqiqot jarayonini
Modellashtirish fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Reja:

  1. Modellashtirish tushunchasi.

  2. Pedagogik jarayonlari.

  3. Ideallashtirish metodi.

Tayanch tushunchalar: model, andoza, modellashtirish, pedagogic model lashtirish, abstraktsiya, ramz, timsol.


Modellashtirish - lotincha modulus - oich ov, m e’yor – biror obyektlar tizimining obrazi yoki namunasi. Bilish obyektlarni tadqiq qilish, rnavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash, tizimli,o ‘rganish imkonini beradi. Modellashtirish metodidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda, u ilmiy tadqiqot jarayonini engillashtiradi, ba’zi hollarda murakkab obyektlarni o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Bu ayniqsa, mavhum obyektlarni, ta’lim-tarbiya jarayonini tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega. Modellar obyekt xususiyatlarini unda sodir boMadigan jarayonlarni tushuntirib berish uchun qo‘llaniladi. Modellashtirish tadqiqotchilik faoliyatining yaxlit turkumini aks ettirishga xizmat qiladi. Tadqiqotchi turkum mohiyatini sinchiklab o ‘rganib chiqadi. Zero, u yakuniy model sifatida nazariyani xulosa va g ‘oyalar biian boyitadi. Demak, modellashtirish tanlangan obyekt turkum ko'rinishida tasavvur etishga imkon beradi. Modellashtirish - turli tabiatdagi obyektlarni ularning analoglari asosida mavjud obyekt yoki qaytadan bunyod qilinayotgan obyektlar xususiyatlarini belgilash yoki aniqlashtirish maqsadida tadqiq qilish metodi. “Model” atamasi qandaydir bir tizimni (namuna, andoza) ifoda etib, uning muayyan xususiyatlarini, boshqa, haqiqiy deb yuritiluvchi tizim bilan aloqasini aks ettirishi kerak va belgilangan ma’noda uni o‘rnini bosishi kerak. “Model” tushunchasi ilm-fanning ko‘p sohalarida qo'llaniladi. Model - sxema, fizik konstruksiyalar, belgili shakllar va formulalar ko‘rinishida sun’iy hosil qilingan obyekt bo‘lib, u tadqiq qilinayotgan obyektga o ‘xshash bo‘ladi, uning tuzilishini, xususiyatlarini, obyektning elementlari orasidagi o‘zaro aloqalar va munosabatlami sodda va tushunarli tarzda aks ettiradi.
Model - rasm, jadval, chizma kabilar ko‘rinishida tadqiq qilinayotgan obyektga o'xshash bo‘lgan, uning tuzilishi, xususiyatlari, elementlari orasidagi o ‘zaro aloqa va munosabatlami sodda, kichraytirilgan ko‘rinishda aks ettiruvchi va namoyon etuvchi ramziy hosil qilingan obyekt. Pedagogik ilmiy tadqiqot jarayonini, natijalarini modellashtirish, tizimli tadqiq etish, ifodalash, pedagogik va axborot texnologiyani keng joriy etilishi, ta’lim-tarbiya jarayonini serqirra murakkab, mavhum xususiyatlarini modellashtirish orqali samarali tadqiq etish mumkin. Modellashtirish o ‘zining murakkab kompleks harakteriga ko'ra, tadqiqot usullariga ko‘proq mansubdir. U bunday tadqiqot usuliki, unda tadqiqotchini qiziqtirgan obyekt shunga o ‘xshash boshqa obyekt bilan almashtiriladi. Bunda birinchi obyekt original, ikkkinchisi esa model bo‘ladi. Modellashtirish chizmali, matematik, mantiqiy, belgili shaklda namoyon bo‘lishi mumkin. Model - bilish obyekti o ‘rnini bosadigan, amalda obyektlashtirilgan yoki fikran tasavvur qilinadigan narsa. Modelning asosiy vositalarini tanlashga nisbatan modellashtirishning turii xillari ham farqlanadi. EHMning yangi avlodi paydo bo‘lishi bilan fanda komp’yuterli modellashtirish keng miqyosda ommalashdi. Komp’yuterli modellashtirish mantiqiy va matematik modellashtirishdan foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. Pedagogik iimiy tadqiqotlarni modellashtirishda tadqiqot obyekti va uning mantiqiy modeli o ‘rtasida o ‘xshashlik, muvofiqlik bo‘lishi g'oyani ifodalash, tadqiqot nazariy darajasini oshirish imkoniyatini beradi. Modellashtirish metodidan keng foydalanish ilmiy tadqiqot jarayonini engillashtiradi, ta’lim-tarbiya obyektini o ‘rganishning qulay vositasiga aylanadi. Shuningdek, modellashtirish pedagogik obyekt xususiyatlarini tushuntirib berish uchun ham qo‘llaniladi.
Modellashtirish har doim boshqa ilmiy metodlar bilan birga qo‘llaniladi va u eksperiment bilan chambarchas bog‘liq. Pedagogik tizimni tadqiqotida modelli eksperiment qoilaniladi. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarda mantiqiy modellashtirishning har xil shakllaridan foydalanish ta’lim-tarbiya jarayonini tizimli ifodalash imkoniyatini beradi. Modelli eksperiment ta’lim-tarbiya muassasalarining loyihasida, ta’lim-tarbiya vositalarini ishab chiqishda samarali metoddir. Masofali ta’limni yoMIarini, shakllarini, tizimini yaratishda ham modelii eksperiment qo‘llaniladi. Ta’lim-tarbiya jarayoni pedagogik kadrlar tayyorlashni ideallashtirishda modellashtirish hal qiluvchi imkoniyatga ega. Pedagogik jarayonning idéal shakli, tizimli modellashtirish orqali ifodalanadi, konseptual xulosa va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Savol va topshiriqlar


1. Modellashtirish deganda nima tushiniladi?
2. Model nima va u qanday shakllarda loyihalashtiriladi?
3. Pedagogik modellashtirish tushunchasiga izoh bering.
4. Pedagogik jarayon modeli qanday ko‘rinishga ega?
5. Ideallashtirish metodining modellashtirish jarayonidagi o ‘rnini
izohlang.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin