Ijtimoiy (sotsial) konflikt sabablari: 1) moddiy resurslar;
2) o‘ta muhim hayotiy ko‘rsatma(ustanovka)lar;
3) hokimiyat vakolatlari;
4) ijtimoiy (sotsial) tuzilmadagi maqom-vazifaga oid farqlar;
5) shaxsga doir (emotsional-psixologik) farqlar va h.k.
Konflikt sotsial (ijtimoiy) o‘zaro ta’sir(harakat)ning turlari sifatida, uning sub’ektlari va ishtirokchilari bo‘lib alohida individlar, katta va kichik sotsial guruhlar va tashkilotlar keladilar.
Konfliktli qarama-qarshilik – tomonlarning o‘zaro kurashi, ya’ni bir-biriga qarshi qaratilgan harakatlaridir.
Sotsial konflikt asosida faqat sabablari o‘zaro tubdan zid bo‘lgan manfaat, ehtiyoj va qadriyatlar bo‘lgan ziddiyatlar yotadi; bu kabi ziddiyatlar tomonlarning ochiqdan-ochiq kurashi, real qarama-qarshilikka o‘tib ketadi.
Konfliktda to‘qnashuvlarning kuch ishlatiladigan va kuch ishlatilmay digan shakllari mavjud.
Sotsial konflikt o‘z ichiga raqib faoliyatini to‘siq bo‘layotgan yoki boshqa odam(guruh)larga zarar yetkazayotgan individ yoki guruh faolligini oladi.
Konfliktlar problematikasi sohasida quyidagi atamalar qo‘llanadi: “bahs”, “munozara”, “savdolashuv, tortishuv”, “raqobatchi lik va nazorat qilinadigan to‘qnashuvlar”, “bilvosita va bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) zo‘ravonlik”.
Pedagogik konflikt – ta’lim tizimida pedagogik konfliktlarni vujudga kelish sabablari va tabiatini o‘rganadigan, ularni bartaraf etish usullari va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadigan nazariy-amaliy yo‘nalish hisoblanadi. Pedagogik konflikt ijtimoiy hayotdagi ko‘p uchraydigan holat hisoblanib, tabiiyki jamiyatning kuchli ijtimoiy munosabatlari to‘plangan bo‘laklari maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’limda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Ta’limda o‘z “Men”ini qattiq hurmat qilishga odatlangan o‘quvchi yoki talabalar orasida konfliktli munosabatlarni bo‘lishi tabiiy hodisadir, lekin amaliy ko‘nikmalarga, kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan pedagog yoki rahbarlar ham konfliktli munosabatlarni vujudga kelishiga sharoit yaratib berishi mumkin.
Pedagogik konfliktni pedagogika va psixologiya fanlari bir-biri bilan uzviy holda o‘rganadi va hal qiladi. Ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni – insonni psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixologik tayyorgarliksiz auditoriyaga kirishi mumkin emas. Shuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarur. Shaxsni shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar va jamiyatning roli juda kattadir. Chunki, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi. O‘qituvchi shularni hisobga olgan holda bolalarni psixikasini va xarakterini o‘rganishi va shu asosda o‘qitishning aniq va izchil tizimini ishlab chiqishi lozim.
Psixologiyadagi mavjud 4 ta temperamentni pedagog yaxshi bilishi zarur, chunki ana shu tushunchalar ta’lim tizimidagi pedagogik ziddiyatlarni oldini olishning asosiy omilidir.
Ta’lim-tarbiyaning samarasi, ta’sirchanligi, avvalo o‘qituvchiga, uning bilim saviyasiga, kasbiy tayyorgarligiga va pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. O‘qituvchi ijodiy fikrlovchi: umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi, o‘z kasbi va bolalarni yaxshi ko‘radigan insonparvar adolatli, talabchan, odobli, har bir o‘quvchisi ulg‘ayib kelajakda yaxshi inson bo‘lishiga ishonadigan, ularning barkamol shaxs, ishbilarmon kishi bo‘lib yetishishiga ko‘maklashadigan mutaxassis bo‘lmog‘i lozim.
Pedagogik konfliktni yuzaga keltirmasligi uchun o‘qituvchi nozik psixolog va mohir pedagog bo‘lishi lozim. Tarbiyachi nazariy bilimlari va pedagogik sezgirligi vositasida o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan oson aloqaga kirishadi, maktabda va undan tashqarida birgalikdagi faoliyatnimohirlik bilan uyushtiradi, tarbiyalanuvchining fikri, tuyg‘usi va irodasini bevosita va bilvosita boshqarish san’atini egallagan bo‘ladi.4 Tarbiyalanuvchi muomala odobini asosan tarbiyachi timsolida anglab oladi. Ustoz tarbiyalanuvchi uchun bir umrga sevimli, ideal, ibrat, namuna bo‘lib qolishga muyassar bo‘lmog‘i lozim.
Pedagogik konfliktlarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning fe’l-atvoridagi xatti-harakatlarida shaxsga mansub bo‘lgan millat, xalq, xudud xususiyatlarida namoyon bo‘ladi.