Ma`ruza 5 Mavzu Amaliy metodlar turlari va tavsifi



Yüklə 36,76 Kb.
səhifə1/6
tarix19.05.2023
ölçüsü36,76 Kb.
#116771
  1   2   3   4   5   6
Ma`ruza 5 Mavzu Amaliy metodlar turlari va tavsifi reja


MA`RUZA 5


Mavzu Amaliy metodlar turlari va tavsifi


REJA
1. Tajriba — tabiatshunoslikni o’qitishning yetakchi uslubi sifatida, amaliy uslublar, ularning turlari
2.Amaliy uslub va uning turlari
3. Tabiatshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi ekanligi
4.Amaliy ishlarga tayyorlanish bosqichlari
5.Sinfda amaliy mashg‘ulotlar.
6. Ekskursiyalarda amaliy ishlar
7.Eksperimentlar o’tkazish


Tayanch tushunchalar:

Tajriba, kundalik kuzatish daftari, oddiy tajribalar, murakkab tajribalar, eksperiment, sinfda amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalarda amaliy ishlar, eksperimentlar o’tkazish




1. Tajriba — tabiatshunoslikni o’qitishning yetakchi uslubi sifatida, amaliy uslublar, ularning turlari
Tajribalar atrof tabiatni bilishning samarali metodi hisoblanadi, chunki ularda bolalarni qiziqtiradigan elementlar mavjud. Bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy fikr yuritish va nutqni tarbiyalashda tajribalar katta ahamiyatga ega. Bolalar kishilarning tabiatni o’zgartirishlarida tajribalar chinakam vosita boiishini ko’rishlari kerak. Tajribalami o’quvchilar asosan mustaqil holda o’tkazadilar. Asboblar va moddalar bilan juda ehtiyot bolib ishlash talab etiladigan tajri- balarni o’qituvchining o’zi o’tkazadi. Tajriba o’tkazishdan oldin o’quvchilar undan ko’zlangan maqsadni yaxshi tushunib olishlari, tegishli anjomlar (moddalar, asboblar va boshqalar) bilan tanishib chiqishlari kerak. Tajribani o’tkazish, uning borishi va natijalarini «Kundalik kuzatish daftari»ga yoki tutilgan daftarlarga yozib borish uchun bolalar bilan birgalikda batafsil ishlab chiqilgan reja bo’lishi zarur. Tajribalar natijalari ham daftarlarda yoritiladi va xulosalar chiqariladi. Sinfda, maktab o’quv-tajriba maydonchasida va joylarda olib boriladigan amaliy ishlardan maqsad bilimlarni o’zlashtirib olishdangina emas, balki ma’lum malaka va ko’nikmalami egallab olishda ham o’quvchilarga yordam berishdan iborat. Bunday ishlar sirasiga, masalan, tabiat ustidan kuzatuv olib borish; kuzatuv natijalarini yozib borish va ishlab chiqish malakasini egallashga, gerbariy, kolleksiyalar, ko'rgazmali qo’llanmalar tayyorlashga, o'lchov ishlarini bajarishga (havoning harorati, gnomon soyasining uzunligi va boshqalarni o’lchashga) qara- tilgan ishlar; tuproqning xossalarini, foydali qazilmalarni, odamning tanasi, shaxsiy hamda jamoat gigiyenasi qoidalarini o’rganishga bog‘liq bo’lgan amaliy ishlar kiradi. 0 ‘quvchilaming har bir amaliy ishi oldindan yaxshilab tayyor- langan, to’g‘ri tashkil etilgan, aniq rejalashtirilgan, topshiriqlar mazmuni puxta tuzilgan bo’lsagina ular samarali natija berishi mumkin. Tajriba tabiatshunosiikni o’qitishning yetakchi uslubi ekanligi bois hamda ba’zi turdagi amaliy ishlarni tayyorlash, tashkil etish, ularning o’zlariga xos xususiyatlari va ahamiyati bilan tanishamiz.
Tajriba tabiatshunosiikni о ‘qitishning amaliy metodidir. Tajriba o’qitish metodi bo’lib, uning yordamida o'rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi. Tajribalar o’tkazishda o’quvchilarda boshqa metodlar bilan egallash mumkin bo’lmagan tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi. Tajribalar atrof olamni bilib olishning qiziqarli va samarali metodidir. Ular ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuv- chanlik, mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. U dunyoning moddiyligini, uni idrok qilib olish mumkinligini tasdiqlovchi har xil jismlarning xossalarini bilib olishning chinakam ilmiy metodidir. Tajribalar mavhum tushunchalarni aniq tushunchalarga aylantirishda bolalarga yaqindan yordam beradi. Masalan, ular faqat tajriba jarayonidagina termometming simob ustuni haroratning o’zgarishiga qarab ko’tarilishi va pasayishiga ishonch hosil qiladilar. Faqat tajribagina suvning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishini ko’rsatadi. Oddiy tajribalar o’quvchilar tomonidan uy sharoitlarida, o’quv-tajriba maydonida yoki tirik tabiat burchagida mustaqil bajariladi. Murakkabroq tajribalarni oeqituvchi darsda namoyish qiladi. Shuni esda tutish kerakki, mazmuni jihatidan eng oddiy tajriba faqat bilim berishi bilangina emas, balki kuzatish jarayonini fahmlashga, uning natijalarini ta’riflashga yordam berishi bilan ham qimmatlidir. Faraz qilaylik, o’quvchilar darsda Quyoshning Yer yuzasiga nisbatan holatiga qarab kuzda ob-havoning sovib borishi to’g‘risida bilim olishlari kerak. Bu hodisani tushuntirish uchun o’qituvchi tajriba o’tkazadi. U yonib turgan shamga ingichka qog‘oz tasmachasini tutadi. Bitta tasmachani shamning tepasida, ikkinchisini shamdan sal uzoqroqda ushlab turadi. 0 ‘quvchilar qog‘oz tasmachalarning qaysinisi oldinroq yonganligini aytishlari va nima uchunligini tushuntirishlari lozim. 0 ‘quvchilar bu tajriba orqali yozda va kuzda Quyosh nurlarining Yer yuzasini qanday isitishini bilib oladilar. Tajribaning borishini kuzatib, o’quvchilar kuzda Quyosh Yer ustida kun sayin tobora pasayishi to’g‘risida xulosa chiqaradilar. Uning qiya tushayotgan nurlari Yer yuzasidan uzoqlashib o’tadi va havoni isitmaydi. Shuning uchun ham kuzda sovuq tusha boshlaydi. Materialni mustahkamlash uchun o’qituvchi namoyish qilgan va o’quvchilaming o’zlari o'tkazgan tajribalaming rasmini chizish yoki ularni ta’riflab yozish, ba’zi hollarda uni ham, buni ham bajarish kerak. Asbob va moddalar bilan ishlashda ehtiyotlikni talab qiluvchi tajribalarni o’qituvchining o’zi o’tkazadi. Har qaysi tajribani boshlashdan oldin o’quvchilarga uning maqsadini, tajriba o’tkazishda nima uchun xuddi shu asbob va moddalar olinganligini yaxshilab tushuntirish, tajribaning o’tkazilishini hikoya qilib berish rejasini yozish kerak.

Yüklə 36,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin