1. Sug’oriladigan hududlardagi o’simliklar



Yüklə 113,56 Kb.
səhifə1/12
tarix13.12.2023
ölçüsü113,56 Kb.
#174603
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sugoriladigan hududlardagi osimliklarning tur tarkibi.Keng tarqalgan oilalar


Sug’oriladigan hududlardagi o’simliklarning tur tarkibi.Keng tarqalgan oilalar.Begona o’t o’simliklari. Ularning foydali xususiyatlari.Namunalar yig’ish va gerbariy tayyorlash.
Reja:

1. Sug’oriladigan hududlardagi o’simliklar


2. Begona o’tlar haqida tushuncha.
3. Begona o’tlarning zarari.
4. Begona o’tlarning biologik xususiyatlari.
5. Begona o’tlar klassifikatsiyasi.
O`simliklar olami anorganik moddalardan organik moddalarni hosil qiluvchi, qayta tiklash mumkin bo`lgan tabiatning mo`jizaviy organizmi bo`lib, modda almashinuvida boshlang`ich bo`g`im hisoblanadi. Inson uchun kerakli bo`lgan moddiy boylik, ya’ni oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg`i-energiya hamda qurilish materiallari asosan o`simlik mahsulotlaridir. Ular asosan fotosintez jarayonida hosil bo`ladi. Shuning uchun o`simliklarni insonlarni turli ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy tabiiy resurslar sifatida ta’riflaymiz.
Hozirgi vaqtda Yerning biosferasida 20 mingdan ortiq zamburug`lar, 23 ming yo`sinlar, 9 ming paporotniklar, 640 ochiq urug`li va 200 mingdan ortiq yopiq urug`li o`simlik turlari uchraydi. O`simlik turlarining tarqalishi bo`yicha golarktik hududlaridan turlar soni kamroqdir, lekin palearktik va neotropik viloyatlar hududlarida o`simlik turlarining xilma-xilligi va soninig boyligi kuzatiladi.
Yer yuzida hosil bo`ladigan biologik massaning asosini fitomassa tashkil qilib, u hayvonlar hosil qiladigan ikkilamchi massadan o`simliklar hosil qiladigan ikkilamchi massadan o`simliklar hosil qiladigan biomassa 70-100 marta ko`pdir. Yer yuzidagi hosil bo`ldigan biomassaning umumiy miqdori 3·1012 - 1·1013 tga teng, shundan tuproq organizmlarining o`g`irligi 109 t ga ga teng bo`lsa, o`simliklar hosil qiladigan biomassaning miqdori 1,5-5,510 t ga tengdir. O`simliklar quyoshdan keladigan energiyadan (yiliga 5x1020 kkal) to`la foydalanadi va fotosintez jarayonida turli miqdorda organik moddalar hosil qiladi. Quyosh energiyasidan foydalanish hiisobiga quruqlikda yiliga 3,1x1010 – 5,8x1010 t va dengizlarda 2,7 x 1010 organik moddalar hosil bo`ladi. Shu jumladann o`rmonlarda hosil bo`ladigan organik moddalarning miqdori 2,04 x 1010 t teng; o`t o`simliklar 0,38x1010t, cho`l o`simliklari esa 0,56x1010 t organik modda hosil qiladi.
Bizga ma’lumki,o`simliklarning 500 minnggacha turlari mavjud. Shulardan 40 mimg turi yo`qolish xavfi ostida. Sobiq Ittifoq hududlarida o`simliklarning 17520 turi o`sgan. Ularni 1676 turkum v 160 oilaga biriktirilgan. Ilmiy ma’lumotlarga ko`ra, qutb va tundra hududlarida gulli o`simliklarning 189-507 ga yaqin turiuchraydi. Rossiyaning Yevropa va G`arbiy Sibir hudularida uchraydigan o`cimliklarning turlar soni 1061-1347ta atrofida. Sharqiy Sibir, uzoq Sharq va kam o`rmonli o`tloqzorlarda 640-1185 ga yaqin o`simlik turlaritopilgan. Janubiy tog`li tumanlarda o`simliklarning 1774-2935 turi, Volga bo`ylarida 1418 turi, Irtish vohasida 1600 turi uchrashi aniqlangan.
Eron-Turon tekisliklarida 704-1647 ga yaqin, Pomir-Oloy tog`li tumanlarida esa 3460 dan ortiq, Qizilqum cholida esa hammasi bo`lib 940 ga yaqin tur o`simlik turlari topilgan.
Hozirgi kun ma’lumotlariga ko`ra, O`rta Osiyo hududida 11-12 ming gulli o`simliklar turi, 3,4-4000 atrofida zamburug`lar, 3,8-4000 atrofida suvotlar va 400 dan ortiq yo`sinlarning turlari tarqalgan. O`zbekistonda 4200 ta yuksak o`simliklarning turi tarqalgan. O`rta Osiyo bo`yicha quyi va yuksak o`simliklarning umumiy turlar soni 20000 ni tashkil etadi.
Yer yuzida flora turiga eng boy hudud bu tropik mintaqa hisoblanadi. U yerlarda gulli o`simliklarning 120 mingdan ortiqroqdir. Amazonka tekisliklarida 50 mingdar ortiq, Shimoliy Amerikada 17000, Yevropada 12000 turlar aniqlangan. Malayziya florasi ham turlarga juda boy joy bo’lib,u yerda 40000 ga yaqin o`simlik turi uchraydi. Hindixitoyda 25000 tur, Yangi Zellandiyada 19 ming o`simlik turi uchraydi.
Afrika qit’asi ham o`ziga xos flora turlariga ega bo`lib, Gvineya-Kongo florasida 8000-20000 gacha gulli o`simliklar turi bo`lib, ularning 80 %i endemik (mahalliy)dir. Zambiyada 850 tur bo`lib,uning 54%i endemik. Sudan yerlarida 2750 tur uchrasa, Kap viloyatida 7000 dan ortiq tur uchraydi. Ularning ½ qismi endemiklarga to`g`ri keladi. Sharqiy Madagaskarda 6100 tur gulli o`simliklar osadi. Ularning 17,7%i endemiklarga to`g`ri keladi. Sahroi Kabirda 1620 dan ortiq tur o`simlik o`sishi aniqlangan. AQSh da 22 ming, Hindistonda 40 ming tur o`simliklar uchrashi aniqlangan.
Tabiatda uchraydigan o`simliklarning 2500 dan ortiq turi insonlar tomonida foydalaniladi. Ularning ko`pchiligi madaniylashtirilgan. Bularga bug`doy, arpa, sholi, jo`xori, olma, uzum, nok, piyoz, sabzi va boshqalar kiradi. Insonlar tomonidan foydalaniladigan madaniy o`simliklarning umumiy soni 2,5 ming yoki, Yer yuzidagi o`simliklarning 10 % ni tashkil etadi. Inson hayoti uchun oziq-ovqat manbaini hosil qilishda 20 ta o`simlik turi va ularning yuzlab navlari qatnashadi. Ularga bug`doy, sholi, no`xat, qovun, tariq, paxta, uzum, kartoshka, olma va boshqalar kiradi, Yer yuzidagi 6,5 mlrd. aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun har yili 1,2-1,2 mlrd tonna g`alla kerak. Insonning och qolmasligi uchun esa har bir odam hisobiga 0,6 ga yerga ekin ekib hosil olish kerak.
Gulli o’simliklarning hayotiy shakllari haqida umumiy tushuncha
O’simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga hayotiy shakl deyiladi.
Gulli o’simliklar hayotiy shakllariga ko’ra daraxt, buta, yarim buta, bir yillik va ko’p yillik o’tlarga bo’linadi.
Daraxtlar - tanasi yog’ochlashgan, asosan bitta yo’g’on tanasi, baquvvat ildizi va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklardir. Daraxtlar bo’yiga qarab uch guruxga
1. 35 m dan baland (chinor, terak, qora qayin, qarag’ay).
2. 25-35m (qayrag’och, yong’oq, oq qayin, tol, qatrong’i).
3. 25 m gacha (zarang, chetan, shotut va boshqalar) bo’linadi.
Mevali daraxtlar ham shakliga ko’ra uch guruxga
1. Shox-shabbasi ko’p baland bo’lib o’sadigan nok, gilos, yong’oq, olmaning ayrim navlari.
2. Tanasi ko’rimsiz, ildiz bachkilaridan ham ko’payadigan bo’yi past (shaftoli , olmaning pakana xillari, olcha va olxo’rining ayrim turlari va b).
3. Birinchi va ikkinchi gurux oralig’idagi o’rta bo’yli daraxtlar (olma va o’rikning ko’pchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari) ga bo’linadi.
Bular guli, mevasi, to’pguli, poyasining eni bo’yi, shox-shabbasi va barglari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, olma, o’rik, yong’oq va shaftolining shox-shabbasi yoyiq, qarag’ay va terakniki g’uj va tik, sada qayrag’ochniki sharsimon bo’ladi.
Daraxtlar oz yoki ko’p yil yashashiga ko’ra turli xil bo’ladi. Masalan, Afrikada o’sadigan baobob daraxti 4000-5000 yil, archa, savr 1000 yil, sohta kashtan 2000 yil, chinor 800 yil, o’rik va yong’oq 70-100 yil yashashi mumkin.
Tabiiy holda tarqalgan daraxtlar sharoitga qarab bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, bir turga mansub bo’lgan va tog’larning shimoliy yonbag’rlarida o’sadigan daraxtlar janubiy yonbag’rlarida o’sadigan daraxtlardanshox-shabbasining ko’pligi, kengligi va balandligi bilan farq qiladi. Tog’larning o’rta qismida archa bo’ydor bo’lib o’ssa, eng balandlardagisi esa yerdan 0,5-1 m ko’tariladi., xolos. Bu hol o’simliklarni doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi.
Inson tomonidan ekilmaydigan ammo ekinlar orasida o’sib, ularga zarar yetkazadigan o’simliklar bego-na o’tlar deyiladi. Begona o’tlar haqiqiy va shartli begona o’tlarga bo’linadi. Haqiqiy begona o’tlar bu ekinlar orasida o’sadigan yovvoyi o’tlar. Shartli begona o’tlar yetishtirilayotgan ekinning u yer, bu yerida uchraydigan madaniy o’simliklardir. Masalan, paxtazorda uchraydigan makkajo’xori, tarvuz, pomidor shartli begona o’t hisoblanadi. Ba’zi begona o’tlar alohida ekin orasida o’sishga moslashgan. Masalan, kurmak sholipoyada, zarpechak dukkakli ekinlar orasida o’sishga mos-lashgan.

Yüklə 113,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin