Sugoriladigan hududlardagi osimliklarning tur tarkibi.Keng tarqalgan oilalar
Qishlovchi bir yillik o’simliklar. Qishlovchi bir yillik yovvoyi o’simliklar erta bahorda ko’karib chiqqanda shu yilning o’zida hosil tugadi. Кuzda unib chiqqan o’simliklar to’pbarg hosil qiladi va hamma fazalarida qishlashi mumkin. Bularga yarutka, achambiti, bo’tako’z, qurtana va boshqalar kiradi.
Achambiti, jag’-jag’-Sapsellan bursa pastorris Medue krestguldoshlar oilasiga kiruvchi o’q ildizli bir yillik o’t. Poyasi tik, shoxlangan. Bo’yi 20-40 sm. Ildiz bo’g’zida to’p bargi bor. Poyadagi barglar navbat bilan joylashgan, oddiy tuklar bilan qoplangan. Gullari siyrak. Mevasi oson ochiladigan uchburchak shakldagi ko’sakcha. Mart-may oylarida, shuningdek, avgust-oktyabrda ko’karib chiqadi. Кuzda ko’karib chiq-qanlari qishlab, mart-may oylarida gullaydi. Erta bahorda unib chiqqan o’simliklar iyun-iyulda gullab, iyun-avgustda urug’ hosil qiladi. Bitta o’simlik -70000 donagacha urug’ hosil qilishi mumkin. Urug’lar 2-3 sm chuqurlikdan ko’karib chiqadi, unuvchanligini 35 yilgacha saqlashi mumkin.. Jag’-jag’ hamma yerda tarqalgan.
Dala yarutkasi, dala tlaspisi-Thlaspi arvense L. Кrestguldoshlar oilasiga mansub, o’q ildizli bir yillik o’t. Poyasi to’g’ri, shoxlangan. Bo’yi 25-50 sm. Barglari o’yilgan tishli. Poyaning ostki qismidagi barglar teskari- tuxumsimon, o’rta va yuqoridagilari uzunchoq-lansetsimon. Tubidagi barglar poyani o’rab turadi. Tojbarglari oq. Qo’zoqchalari ellipsimon-dumaloq yoki teskari-tuxumsimon. Mart-may oylaridan boshlab kuzgacha ko’karib chiqaveradi. Кuzda ko’karib chiqqanlari qishlaydi. Bitta o’simligi 900 dan 2000 tagacha urug’ beradi.Urug’lar unuvchanligini 10 yilgacha saqlaydi. Aprel-iyunda gullaydi. Iyun-avgustda urug’ tugadi. Yarutkaning pishib yetilmagan urug’lari ham yaxshi ko’karadi. Tog’lar, ariq bo’ylari, yo’l yoqalari, g’alla ekinlari orasida o’sadi.
Lyozel qurtanasi, qurtana-Sisymbrium loelii L. Кrestguldoshlar oilasiga mansub, o’q ildizli bir yillik o’t. Poyasi to’g’ri, shoxlangan, bo’yi 20-100 sm. Barglari bandli, uzun, patsimon qirqilgan. Gullari oddiy, och sariq, mayda. Mevasi qo’zoq, ingichka, to’lqinsimon, g’adir-budur va bir oz egik. Urug’i oval shaklida, mayda, jigar rang, tuproqda yaxshi saqlanadi. Bitta o’simligi 110 mingdan ortiq urug’ tugadi. Apreldan iyungacha gullaydi, maydan avgustgacha hosil tugadi.