Ma`ruza 5 Mavzu Amaliy metodlar turlari va tavsifi


Ekskursiyalarda amaliy ishlar



Yüklə 36,76 Kb.
səhifə5/6
tarix19.05.2023
ölçüsü36,76 Kb.
#116771
1   2   3   4   5   6
Ma`ruza 5 Mavzu Amaliy metodlar turlari va tavsifi reja

6. Ekskursiyalarda amaliy ishlar.
Ekskursiyalar o’tkazishda o'qituvchining topshirig‘iga muvofiq mustaqil ish bajarilishi (barglar yig‘ish, qurigan shoxlarni qirqish, rasmlar chizish, o’lchashlar o'tkazish, foydali qazilmalar kolleksiyasini yasash va hokazolar) ga katta e’tibor beriladi. Ish bajarish oldidan o’quvchilar o’qituvchidan topshiriqlar oladilar, u o’quvchilarni ish uslubi (masalan, qanday barglarni yig‘ish, shoxlarni qanday kesish, o’simiiklarni qanday kovlab olish) bilan tanishtiradi. Ekskursiyalarda maktaboldi maydonidagi ishlardagidek o’qituvchi xilma-xil metodik uslublardan foydalanib, bolalarga yordam ko’rsatadi. Quyi sinflarda ko’rgazmali qurollar tayyorlash bo’yicha amaliy ishlar olib boriladi. Ular uchun kerak bo’ladigan narsalami tabiat qo’ynida o’tkaziladigan ekskursiyalarda ham, maktaboldi maydonidagi ishlarda ham yig‘ish mumkin.
Tabiatshunoslik bo'yicha amaliy mashg‘ulotlarda, mehnat darslarida kichik yoshdagi maktab o’quvchilari ushbu ko’rgazmali qurollarni: tuproqlar, foydali qazilmalar va hasharotlar kolleksiyalarini; hasharotlardan karam kapalagi, tut ipak qurti rivojlanishini aks ettiruvchi stendni; gerbariylar (barglarning har xil shakllari, ularning ranglarini o'zgarishi, o’lkaning har xil manzarali daraxt va butalari, o’t o’simliklarning shoxlari, o’simliklaming urug‘dan izchil rivojlanish bosqichlari)ni tayyorlashlari mumkin. 0 ‘quvchilar tayyorlagan ko’rgazmali qurollar bilan tabiatshunoslik xonasini jihozlash, ulardan darslarda tegishli mavzularni o’rganishda foydalanish mumkin. Shunday qilib, darsning maqsadi va mazmuniga qarab 0‘qituvchi o'qitishning xilma-xil metodlari hamda uslublarini qo’llaydi. 0 ‘qituvchi qanaqa metod va uslublar tanlamasin, ulardan kompleks, bir-birini to’ldirgan holda foydalanishi bu asosiy maqsad — o’rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalari- ning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamda tabiatshunoslik fanining tushunchalarini to’g‘ri shakllanishiga xizmat qilishi kerak.
7.Eksperimentlar o’tkazish
Eksperimentlar ko’pincha fiziologik jarayonlarni o’rganishda o’tkaziladi. Eksperimentlar uzoq va qisqa muddatli boiadi. Tabiatshunoslik hamda botanika darslarida o’tkaziladigan qisqa muddatli eksperiment yoki tajribaga urug‘ning tarkibi, tuproq- ning flzik xossalari, bargda kraxmal hosil boiishi va shunga o'xshashlarni o’rganishga umum maium ishlar misol boia oladi. Urugiarni unib chiqish sharoitlari,’ barg orqali suvni bugian- tirish kabi ancha sodda tajribalarni o’quvchilar uyda bajaradilar. Odatda, eksperimental ishlarni 0‘quvchilar darsdan tashqari mashg‘ulot (indiviudal va guruh) sifatida maktabning tirik tabiat burchagi yoki o’quv tajriba maydonida bajaradilar. Amaliy ishlar kuzatuv va tajribalarni toidiradi, tabiiy materialni o’rganishda bolalarni birlashib ijodiy ravishda ishlashga o’rgatadi. Amaliy ishlar dars jarayonida, ekskursiyalarda olingan bilimlarni har tomonlama mustahkamlashga imkon beradi. Bundan tashqari, amaliy ishlar bolalarda mehnat malakalari va ko’nikmalari hosil boiishiga, mustaqil ishlashga yordam beradi.

Yüklə 36,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin