2-Mavzu: Opalubkalarning zamonaviy turlari va ularning afzalliklari bilan tanishish
―Opalubkа turli materiallardan tayyorlanadigan shakl beruvchi va shaklni tutib turuvchi xilma-xil konstruksiyalar haqidagi termin bo‘lib, ular ishchi holiga keltirib o‘rnatilgandan so‘ng beton quyilib barpo etilishi talab etilgan konstruksiyalarga mos holdagi konfiguratsiya va o‘lchamlarni beradigan qoliplar tushuniladi. Bu konstruksiyalarni bino va inshootlar bevosita barpo etiladigan qurilish maydonlarida va temirbeton buyumlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan zavodlardagi va poligonlardagi qoliplardan farqli ravishda quriladi. Opalubkalarning asosiy vazifasi bo‘lib beton qorishmasiga u qotgunga qadar zaruriy shaklni berish va qolipdan chiqargandan so‘ng beton talab etilgan mustahkamlikka erishishi hisoblanadi. Bundan tashqari opalubkada qator hollarda armaturalar, alohida ko‘shimcha metall detallar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Opalubka aksariyat hollarda beton sirtining sifatini, uning mustahkamligi va boshqa xususiyatlarini ham aniqlab beradi. Opalubkani betonning tez qotishi maqsadlarida ham ko‘llash mumkin. Bu hollarda issiqlik tutuvchi qatlamli va termoaktiv opalubkalardan foydalaniladi.
Baʼzi turdagi opalubkalarni qo‘llash bilan beton konstruksiyalariga boshqacha xususiyatlar berish mumkin. Ushbu maqsadda masalan yechib olinmaydigan gidroizolyasion (suv o‘tkazmaydigan) va tashqi sirtida qoladigan opalubkalardan foydalaniladi.
Opalubkalarning tasniflanishi
Opalubkalarni funksional tayinlanishiga ko‘ra betonlanayotgan konstruksiyalar tipi (turi)ga bog‘liq holda tasniflanadi. Bu hollarda quyidagi tartibda opalubkalar turlarga ajratiladi: tik yuzani olish uchun (devorlarni ham inobatga olganda); gorizontal va qiya nishablikdagi yuzalarni; egri sirtlarni olish uchun (masalan pnevmatik); xona va turar- joylarni bir varakayiga devorlari hamda yopmalarini betonlashda. Devorlarni betonlash uchun quyidagi tartibda opalubkalar tayyorlanadi: mayda shitli va yirik shitli; ko‘tarma-ko‘chiriladigan; blok-qoliplar; blokli; sirpanuvchan.
Orayopmalarni betonlash uchun qo‘shimcha ko‘tarib turuvchi elementlari bo‘lgan yechib-ko‘chiriladigan opalubkalardan foydalaniladi; yirik shitli, masalan opalubka sirtlari va ko‘tarib to‘ruvchi elementlari panelga biriktirilgan bo‘lib, ularni butunligicha ko‘tarma kran yordamida ko‘chiriladigan turlari. Bir vaqtning o‘zida devor va orayopmalarni yoki bino qismlarini betonlash uchun hajmiy-ko‘chma opalubkalar ishlatiladi.
Gorizontal ko‘chiriladigan, shuningdek g‘ildiraydigan opalubkalar tik (vertikal), gorizontal va qiya yuzalarni shuningdek bir varakayicha devor opalubkalarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallarga ko‘ra ular metall, yog‘och, fanera, palastmass, aralash materialli va maxsus sirtli bo‘lishi mumkin. Ishning bajarish usullariga ko‘ra opalubkalar: ko‘chirib o‘rnatiladigan, sirpanuvchi va gorizontal ko‘chiriladigan turlari bo‘yicha tasniflanadilar.
Qish mavsumida betonni issitish uchun termoaktiv opalubkalardan foydalaniladi. Bulardan tashqari turar-joy binolari qurilishi va monolit yupqa devorli konstruksiyalar xususiyatlarini inobatga olingan bo‘lsa, ularning katta sirtli moduli xarakteri tufayli ko‘p turli opalubkalarni alohida eʼtirof etish mumkin.
Bu maqsadlarda tayyorlangan opalubkalarga masalan, devor va shiftlarning geometrik o‘lchamlari aniqligini va sirtning estetik ko‘rinishini yaxshilovchi yuqori bikrlik talablari qo‘yiladi. Mayda va yirik shitli opalubka. Mayda shitlarni aksariyat hollarda turli o‘lchamdagi konstruksiyalarni betonlash zarurati tug‘ilganda ko‘laniladi. O‘lchamlari takror qaytariladigan sirtlarni betonlashda mayda shitli opalubkalarni bir biriga tutashtirib yirik panellar shakliga keltiriladi. Ushbu usul bilan bir butun yoki qisman kran bilan montaj qilinadigan yirik opalubka bloklarini komplektlash (yig‘ish) mumkin.
Mayda shitli opalubkalar odatda 50 kg gacha bo‘lgan kichik o‘lchamlardagi elementlardan tashkil topib, ularni o‘rnatish va yechish qo‘l kuchi bilan amalga oshiriladi. Opalubka qismlari sifatida 1 m 2 gacha bo‘lgan tekis elementlar, opalubkani gorizontal va qiya sirtlarini tutib turuvchi elementlar va tutashtiruvchi hamda mahkamlovchi elementlar xisoblanadi.
Yechiladigan opalubka elementlaridan kran yordamida montaj va demontaj kilinadigan, elementlarga ajratmasdan yirik panellar va bloklarni yig‘ish mumkin.
Universal maqsadlarda tayyorlangan opalubkadan takrorlanuvchan o‘lchamlardagi, u qadar kata bo‘lmagan turli monolit konstruksiyalar uchun foydalaniladi. Bunday opalubkani aksariyat sanoat inshootlari uchun kam hajmli unifikatsiyalashmagan konstruksiyalarni betonlash uchun qo‘llash mumkin.
Yirik shitli opalubka yirik o‘lchamlardagi shitlar, tutashma va birikma elementlaridan tashkil topadi. Opalubkaning shitlari qo‘shimcha yuk ko‘taruvchi yoki tutib turuvchi elementlarni o‘rnatishsiz barcha texnologik yuklanishlarni o‘ziga qabul qiladi. Bunday shitlar bikrlik elementlari va yuk ko‘taruvchi elementlardan iborat; ular betonlash uchun hovoza turg‘unlikni oshirish maqsadlarida tirgaklarni o‘rnatish boshqariladigan yoki o‘rnatadigan domkratlar bilan jihozlanadi. Yirik shitli opalubkani o‘ta uzun bo‘lgan devorlarni, tunellarni, yopmalar (masalan, karkas inshootlari)ni betonlashda qo‘llaniladi. Betonlangandan so‘ng bu opalubkalar yechib olinadi.
Ko‘tarib ko‘chiriladigan opalubkaning ko‘tarish uchun maxsus moslamalari va ilgaklari mavjud bo‘lib shitlardan montaj qilinadi. Maxsus moslamalar bilan ko‘tarib ko‘chirishdan avval opalubkani elementlarga bo‘linadi yoki ajratiladi. Mazkur opalubkani enlama o‘lchami o‘zgaruvchan bo‘lgan temirbeton inshootlardagi mo‘ri, gradiren va shu kabi boshqa qismlarni betonlashda qo‘llaniladi. Gorizontal ko‘chuvchan (g‘ildiraydigan) opalubka karkas (rama) va aksariyat unga biriktirilgan qimirlamaydigan opalubka shitlardan tashkil topadi. Karkas aravaga yoki boshqa moslamaga o‘rnatiladi va qurilayotgan inshoot bo‘ylab ko‘chiriladi. Uzun tekis yoki egri shakldagi, shuningdek yopiq shakldagi konstruksiyalarni (tunnel, kollektor, suv uzatgich) betonlash maqsadlarida opalubkalarning ochiq usulda olib boriladigan turlari qo‘llaniladi.
Blok-qoliplar, bu fazoviy yopiq bloklar bo‘lib, ajratilmaydigan va bikr (konus ko‘rinishida tayyorlangan) yoki ajratiladigan va siljitiladigan turlari mavjud. Ularni rostverk (qoqilgan ustun qoziqlar uchini birlashtiruvchi plita) tipidagi kichik hajmli yopiq konstruksiyalarni zinapoyasimon poydevorlarni betonlashda qo‘llaniladi. Hajmiy-ko‘chma opalubka P-shakldagi qolip bo‘lmalaridan tashkil topgan bo‘lib, uzunasiga ulanganida tunnellar hosil qiladi. Parallel o‘rnatilgan tunnel sistemasi bir-biri bilan perpendikulyar joylashib, planga mos konstruksiya hosil qiluvchi opalubka devor va oryopmani betonlash uchun xizmat qiladi. Seksiyadan opalubkani ko‘chirishda ichki qismi siqiladi va ochiq tomoniga kran bilan tortib olish uchun surib boriladi. Bunday opalubkalar turar-joy va fuqaro binolarini ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi devor va quyma temirbeton orayopmalarni betonlashda qo‘llaniladi.
Blokli opalubkani yopiq kesim bloklaridan yig‘iladi, opalubkani ko‘chirishda ularni ichkariga itariladi va kran yoki domkrat yordamida ajratib olinadi. Ularni yopiq konstruksiya yoki lift shaxtalari, zinapoya kataklari va boshqalarni betonlashda qo‘llaniladi. Suriluvchan opalubka domkrat ramasiga ishchi pol, domkrat, uzatuvchi stansiya va boshqa elementlarga mustahkamlangan shitlardan tashkil topadi. Butun sistemani vaqti-vaqti bilan betonlash darajasiga qarab domokratlar bilan ko‘tariladi. Ularni temirbeton binolarining vertikal elementlarini va juda baland inshootlarni betonlashda qo‘llaniladi. Pnevmatik opalubka egiluvchan havo o‘tkazmaydigan qobiq ko‘rinishida va inshoot turiga mos bichimli bo‘ladi. Uni ishchi holatga keltirish maqsadida avval betonni quyib yoki beton quyilmasdan oldin katta bosimli havo yoki gaz bilan to‘ldirib ko‘tariladi. Shuningdek tutib turuvchi yoki ushlovchi va ko‘taruvchi opalubka elementli pnevmatik ballonlar qo‘llaniladi. Qiyshiq chiziqli katta bo‘lmagan hajmdagi inshootlarni betonlash uchun shunday opalubkalardan foydalaniladi.
Termoaktiv opalubka–bunday turdagi har qanday opalubka sistemalarida ularga o‘rnatilgan betonni qizdiruvchi elementi bo‘ladi.
Olinmaydigan opalubka. Uning elementlari konsturksiya ichkarisida betonlangandan keyin qoladi va qator gidroizolyasiya, tashqi sirt, issiqlik tutish kabi funksiyalarni bajaradi. Bunday opalubkalarni tayyorlashda turli materiallardan xususan, matosimon to‘r, metall, plastmassa, armotsement, steklotsement, temir-betondan foydalaniladi. Maxsus opalubkalar noanʼanaviy, kam uchraydigan yoki katta bo‘lmagan hajmli maxsus yuzali murakkab konsturksiyalarda, masalan, zinapoya marshi, karnizlar, kichik arxitektura qoliplari, interer bezagini betonlash uchun xizmat qiladi.
Tunnel opalubkalari tunnelning ichki qismidagi quyma temirbeton sirtini betonlash uchun foydalaniladi va u yopiq usuldagi qoliplovchi va tutib turuvchi seksiyalar bilan xarakterlanadi. U gidravlik uzatma yoki mexanik mexanizmi yordamida suriladi. Beton qorishmasi qoliplovchi seksiyaga uzatiladi va preslovchi mexanizm yordamida zichlanadi. Opalubka qotgan betonga tiranib suriladi. Qotib ulgurmagan betonni buzilishini kamaytirish maqsadida tutib turuvchi seksiyalarni odatda egiluvchan elementlardan yasalib, ularni shakl beruvchi qattiq seksiya bilan bog‘lanadi. Opalubka turi betonlanadigan konstruksiyaga va bajariladigan ish turiga qarab tanlanadi. Uni tanlash uchun har tomonlama qurilish muddatini hisobga olgan holda opalubkaning aylanish tempi, konsturksiya takrorlanishi, mexanizmning mavjudligini iqtisodiy taxlil qilish zarur.
Mehnat sarfi individual yirik o‘lchovli opalubka sistemasining qo‘llanishi bilan pasayadi, buning uchun zarur beton hajmi va bir turdagi konstruksiya bo‘lishi kerak. Har xil turdagi konstruksiyani betonlashda ko‘p holatlarda birlashtiriladigan, yechilib ko‘chiriladigan universal maqsadda qo‘llaniladigan opalubkalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Alohida xarakterli va yalpi konstruksiyalarni tayyorlashda maxsuslashtirilgan– ochiladigan-qo‘zg‘oluvchan yoki turli o‘lchovlarga moslab to‘g‘rilab foydalaniladigan opalubkalardan foydalanish qo‘l keladi.