Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etishga doir o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi.
Ta’lim usuli – o‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va metod butun hamda qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi.
Metodika – qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi.
“Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi.
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR 1. Pedagogik texnologiya tushunchasiga ta’rif bering.
2. Pedagogik texnologiyalar fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
3. Pedagogik texnologiyalar fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligini qanday ifodalaysiz?
4. Metod va metodologiya tushunchalari orasidagi bog‘liqlik va farqli jihatlar qanday?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2020-yil, 31-avgust.
2. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: Fan, 2006.
3. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: “Moliya” nashriyoti, 2003. 15-b.
4. Tojiyev M., Tolipov O‘., va boshqalar. Pedagogik texnologiya (1-qism). – T.: Ishonch, 2008. 38-b.
5. Shermuhammedova A.N. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. – T.: O‘MU. 2013.
6. Xo‘jayev B. “Metod, usul va texnologiya: mazkur tushunchalarni qachon farqlashga o‘rganamiz!?”. “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali. № 9. – Т.: 2014. - 10-11-b.