3.Ma’lumotlarni kodlash.Axbоrоtni kоmpyuterda tasvirlanishi.
Kоmpyuter faqat raqamli ko’rinishdagi axbоrоtni qayta ishlaydi. Barcha bоshqa turdagi axbоrоt (оvоzlar, tasvirlar va bоshq.) kоmpyuterda qayta ishlanishi uchun raqamli ko’rinishga keltirilishi zarur. Оvоzni raqamli ko’rinishga o’zgartirish uchun kichik vaqt оralig’ida оvоz intensivligini o’lchash va har bir o’lchash natijalarini raqam ko’rinishida aks ettirish zarur. Kоmpyuter dasturi yordamida оlingan axbоrоtni qayta ishlab, hоsil bo’lgan natijani оvоz shakliga qaytarish mumkin. Kоmpyuterda matni axbоrоtni qayta ishlash uchun matni kоmpyuterga kiritilayotganda har bir xarf ma`lum bir raqam bilan kоdlanadi. Tashqi qurilmalarga (mоnitоr ekrani yoki printer) chiqarilayotganda esa insоn qabul qilish uchun ushbu raqamlar оrqali xarflarning tasviri quriladi. Xarflar to’plami va raqamlar o’rtasidagi mоslik belgilarni kоdlashtirish deb ataladi. Kiritiladigan axborotlarni kodlash. Sonlarni va komandalarni EXM xotirasidagi ko’rinishi. Mashinada arifmetik amallarni bajarilishi. Insoniyat o’zining tarixi mobaynida modda, quvvat va axborotlarni o’zlashtirib keladi. Insoniyatning rivojlanishida butun bosqichlar ushbu bosqichning eng ilg’or texnologiyasi nomi bo’yicha nomlanadi. Bundan 20-30 yil oldin atom asri boshlandi deyilgan bo’lsa, xozirgi kunda ko’prok axborot asri va EXM asri xaqida eshitish mumkin.
Axborotni ishlaydigan universal mashina – EXM ning paydo bo’lishi axborotni yig’ish, Uzatish va ishlash soxasida inqilob boshlanganligini ifoda etadi. Shunday qilib, axborot nima? Bu atama informatikada ta’riflanmaydigan boshlang’ich tushunchadir.
Informatikada axborotni ishlash deganda axborotni qatori rasmiy qoidalarga asosan bir turdan ikkinchisiga ixtiyoriy tarzda o’zgartirish tushuniladi. Axborotni ma’lum qoida, qonun va belgilar asosida qayta ifodalash kodlash deb ataladi.
Qadimda kodlash maxfiy yozuv uchun foydalanilgan. Rim imperatori Yuliy Sezar begonalar davlat axamiyatiga ega ma’lumotlarni o’qiy olmasliklari uchun shartli belgilardan foydalangan. Uning shartli belgisiga ko’ra alifbo aniq sondagi xarfga o’ngga yoki chapga surilar edi. Masalan, biri o’zgarmagan, ikkinchisi bir xarfga chapga surilgan ikki qator o’zbekcha xarflarni yozaylik;
ABVGDEYoJZIYKLMNOPRSTUFXSChShO’HG’EYuYaO’ЉG’H
BVGDEYoJZIYKLMNOPRSTUFXSChShHG’EYuYaO’QG’HA
U xolda, bunday usul bilan PAXTA so’zi RBSUB ko’rinishda maxfiylashtirilishi mumkin. Xuddi shunga o’xshash kodlashning boshqa usulini qurish mumkin. Masalan, alifbo xarflarini kodlashning boshqa usulini qurish mumkin. U xolda, bunday kodlashda PAXTA so’zini 17,1,23,20,1 kabi raqamlar ketma-ketligida yozish mumkin,eng sodda kodlashdir. Eski telegrafda, masalan, axborot Morze alifbosi bilan, ya’ni nuqta va tirelar ketma-ketligi ko’rinishida kodlashtirilar va o’zgartirilar edi. Zamonaviy xisoblash texnikasi ko’pincha axborotni signallarning ketma-ketligi yordamida kodlashning ikki usulidan foydalaniladi magnitlangan va magnitlanmagan, yuqori yoki past kuchlanishli va xokazo. Bir xolatni 0 bilan, ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan. Bunday kodlash ikkilik kodlash deyilib,0 va 1 raqamlari bitlar (ing. Dit-dinary-digit-ikkilik raqam) deb ataladi. Bunda xar bir murakkab tushuncha, ikkilik belgilari ketma-ketligida ifodalanadi. Shunday qilib quyidagilar bajariladi.
O’nlik raqamlarni ikkilikda (binarli) kodlash.
Alifbo belgilarini ikkilikda kodlash (axborot almashinishning alifbo standart kodi -AASK). Kodlar ikki xil: tekis va tekis bo’lmagan turda bo’lishi mumkin. Tekis ikkilik kodlari ketma-ketligi bir xil ikkilik belgilariga ega bo’lsa, tekis bo’lmagan turi teng bo’lmagan ikkilik belgilariga ega. Tekis bo’lmagan kodga Morze alifbosi misol bo’la oladi, chunki unda xar bir xarf va raqamga uzun va qisqa signallarning ikkilik ketma-ketligi mos keladi.
Masalan, Ye xarfiga birgina nuqta mos kelsa, R xarfiga to’rtta mos keladi.
Xisoblash texnikasida odatda tekis kodlardan foydalaniladi. Matnli axborotni ikkili kodlashda xar bir belgiga uning kodi-belgilangan mikdordagi nollar va birlar ketma-ketligi mos qo’yiladi. Ko’pgina zamonaviy EXM larda xar bir belgiga bayt deb ataladigan 8 ta nol va birlardan tashkil topgan ketma-ketlik mos keladi. Ular jahmi 256 ta bo’lib, ular 256 xil turli xarflarni, raqamlar, tinish belgilari va xokazolarni kodlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |